Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Пулатов А.К., Джураева Н.
Разработка формальной модели грамматики узбекского языка // 
Узбекский математический журнал. 2002, №1. –С.47-54; 
Пулатов А.К., Алиходжаев Б., 
Джураева Н
. Разработка программы компьютерного анализа и синтеза глаголов узбекского 
языка // ЎзМУ хабарлари. 2002, 2-сон. –Б.17. 
Пўлатов А.Қ., Муҳамедова С.Х.
Компьютер 
тилшунослигида автоматик таҳрир қилувчи дастурнинг лингвистик таъминотини яратиш 
асослари // Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. –Т., ТДПУ илмий тўплами, 2003. –
Б.32-36. 
2
Дўсимова У.
Матндаги феълларни автоматик таҳрир қилувчи дастурнинг лингвистик 
таъмини (расмий-идоравий услубдаги матнлар асосида). Магистрлик дисc. –Т., 2002, 56 б.; 
Валиева Г.
Расмий-идоравий услубнинг лисоний бирликларини моделлаштириш. 
Магистрлик дисc–Т., 2003, 60 б.
3
Курбонова F.
Ҳолат феъллари тезауруси. МД. –Т.,2014.
4
Abduhamidova L.
Kompyuter lingvistikasining avtomatik tahrir yo‗nalishi. BMI. –T.,2015.
5
Абжалова М.
Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг 
лингвистик таъмини. Магистр илмий даражасини олиш учун ѐзилган диссертация. –Т., 2011.
6
Абдураҳмонова Н.
Машина таржимаси. –Т., 2008; F. Qurbonova. Kompyuter lug‗atlari: 
tezaurus. –T.,2014; 
Abduhamidova L.
Tilshunoslikning yangi yo‗nalishlari: kompyuter lingvistikasi. 
–T., 2015.


37 
5. O‗zbek kompyuter adabiyotshunosligi asoslarini aniqlash. 
6. O‗zbek tilidagi internet sahifalarini (site) yaratish asoslarini ishlab 
chiqish. 
7. ―Inglizcha-o‗zbekcha tarjimon‖ kompyuter dasturini yaratish. 
8. O‗zbek tilida matnlarni avtomatik tahrir qilish dasturlarini yaratish. 
9. O‗zbekcha-ruscha-inglizcha grammatik terminlar lug‗atini yaratish. 
10. O‗zbek tili fani bo‗yicha dasrliklarning (maktab, kollej, litsey va 
oliy o‗quv yurtlari uchun) elektron versiyalarini ishlab chiqish. 
11. Ijtimoiy va psixologik omillarning tilga ta‘sirini o‗zbek tili va 
jamiyati misolida tadqiq etish. 
12. Inglizcha-o‗zbekcha, o‗zbekcha-inglizcha kompyuter lug‗atlarini 
ishlab chiqish. 
13.O‗zbek tilining fundamental bazasini shakllantirish. 
14.O‗zbek tilining til korpusini shakllantirish. 
15.O‗zbek tilida mashina tarjimasini shakllantirish. 
16.O‗zbek tilidagi axborot uslubini shakllantirish.
17.Matnlarni ―BORIS tizimi‖ asosida tahlil qilish. 
18.Kompyuter tizimi asosida nogrammatik ifoda ko‗rinishlarini 
aniqlash. 
19. Kompyuterga xoslangan o‗zbek tili tezaurusini yaratish 
(tezauruslar nafaqat to‗g‗ri yozish, balki vaqtni tejashni va har bir 
berilayotgan so‗z haqida bir vaqtning o‗zida har tomonlama, to‗liq 
ma‘lumotlarga ega bo‗lishni ta‘minlaydi). 
Bunday masalalar olimlardan va yosh izlanuvchilardan katta bilim va 
mahorat talab etadi. Hozirga qadar ruslarda, inglizlarda tezaurus 
lug‗atlarning turli ko‗rinishlari mavjud. 
O‗zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasining bir qator 
yo‗nalishlari bo‗yicha f.-m.f.d., professor A.Po‗latovning ilmiy maqolalari, 
―Kompyuter lingvistikasi‖ o‗quv qo‗llanmasi (2011), S.Muhamedova bilan 
hamkorlikda yozgan o‗quv qo‗llanmasi (2008,2009) muhim ahamiyatga 
ega. B.Yo‗ldoshevning ―Kompyuter lingvistikasi‖, A.Rahimovning 
―Kompyuter lingvistikasi asoslari‖ o‗quv qo‗llanmalari mazkur fanni 
o‗zbek tilidagi ta‘lim yo‗nalishlarida o‗qitishda asosiy adabiyotlar sifatida 
xizmat qilib keladi. 
Mutaxassislar va tilshunoslar o‗zbek tilining matematik va kompyuter 
modellarini yaratish, o‗zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, inglizcha-
o‗zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo‗yicha ilmiy va 
amaliy-tadqiqiy ishlar olib borishmoqda. Lingvistikaga doir masalalar, 


38 
ya‘ni tillarni o‗qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan 
ikkinchi tilga tarjima qilish kabi masalalar o‗rganilmoqda. 
Ko‗rinadiki, so‗nggi o‗n yillikda o‗zbek tilshunosligida kompyuter 
lingvistikasining avtomatik tahrir (AT), mashina tarjimasi (MT), avtomatik 
tarzda til o‗qitish (ATO‗) kabi yo‗nalishlarida bir qator tadqiqotlar, amaliy 
ishlar yuzaga keldi. Mavjud tadqiqotlar tavsifiy xarakterda bo‗lib, o‗zbek 
kompyuter lingvistikasining shu yo‗nalishdagi tadqiqotlari uchun manba 
vazifazini o‗taydi. Axborot va kompyuter texnologiyalari rivojlangan 
bugungi kunda o‗zbek kompyuter lingvistikasi taraqqiyot yo‗lini tutdi. 
Kompyuter lingvistikasiga bag‗ishlangan ilmiy ishlar hajmi, ko‗lami 
kengaydi. Мashina tarjimasiga bag‗ishlangan doktorlik dissertatsiyasilari 
himoya qilindi.
1
O‗zbek tilidagi matnlarni tahrir va tahlil qiluvchi 
dasturning lingvistik modullarini ishlab chiqish maqsadi qo‗yilgan 
tadqiqotlar amalga oshirildi
2
. O‗zbek tili mualliflik korpusini tuzishning 
lingvistik asoslari monografik planda ishlab chiqildi
3
. O‗zbek tili milliy 
korpusining sinonim so‗zlar bazasini shakllantirishga doir ilmiy tadqiqot 
yaratildi
4

Bugungi kunda o‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi bilan 
bog‗liq hal etilishi lozim bo‗lgan quyidagi vazifalarni ta‘kidlash mumkin: 
-o‗zbek tilining kompyuter uslubini yaratish; 
-axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik mezonlarini belgilash; 
-kompyuter izohli va tarjima lug‗atlarini yaratish; 
-o‗zbek tili va adabiyot darsliklarining elektron versiyasini ishlab 
chiqish; 
-kompyuterda inglizcha-o‗zbekcha tarjima dasturlari uchun lingvistik 
ta‘min yaratish; 
-kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish. 
Bu vazifalarni amalda bajarish uchun tilshunoslar va kompyuter 
mutaxassislari birgalikda ish olib borishlari lozim.
O‗zbek kompyuter lingvistikasida ilk marta bajarilgan amaliy ishlar 
sifatida kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o‗zbek alifbosining 
kompyuter dasturlariga ilova qilinishini, o‗zbek tilidagi ba‘zi o‗yin 
1
Абдураҳмонова Н. 
Инглизча матнларни ўзбек тилига таржима қилиш дастурининг 
лингвистик таъминоти. Филол. фан. фалс. д-ри. (PhD) diss. –T., 2018.
2
Aбжалова M.
Ўзбек тилидаги матнларни таҳрир ва таҳлил қилувчи дастурнинг лингвистик 
модуллари (расмий ва илмий услубдаги матнлар таҳрири дастури учун). Филол. фан...(PhD) 
дисс. –Т., 2019. 
3
Захаров В.П., Богданова С.Ю.
Корпусная лингвистика. –Иркутск: ИГЛУ, 2011. – С.5. 
4
Эшмўминов А.
Ўзбек тили миллий корпусининг синоним сўзлар базаси: Филол. фан. фалс. 
д.-ри (PhD) дисс. автореф. – Қарши, 2019. –Б.21. 


39 
dasturlari, ba‘zi darslik va qo‗llanmalar, ―orfoslovar‖lar, kirill yozuvidan 
lotin yozuviga, lotin yozuvidan kirill yozuviga tabdil qiluvchi ―TransEdit‖ 
tizimi hamda antivirus dasturlarini keltirish mumkin.
O‗zbekistonda kompyuter lingvistikasi sohasini rivojlantirish 
maqsadida Xalqaro konferensiyalar o‗tkazilmoqda, davlat ahamiyatiga 
molik hamkorlik aloqalari yo‗lga qo‗yilmoqda. 2018-yil 18-20 oktyabrda 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‗zbek tili va adabiyoti 
universitetida 
kompyuter lingvistikasi masalalariga bag‗ishlangan 
―Turklang.2018‖ Xalqaro konferensiyasi o‗tkazildi
1

Kompyuter lingvistikasi yirik sohadir. Uni qo‗shimcha fan sifatida 
chuqur o‗zlashtirib bo‗lmaydi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bu 
sohada yuzlab olimlar, o‗nlab ilmiy tekshirish institutlari ish olib 
borayotgan, yo‗nalishlar, fakultetlar, xalqaro miqyosdagi uyushmalar, 
yig‗inlar tashkil etilayotgan bir paytda o‗zbek kompyuter lingvistikasini 
rivojlantirish masalalari imkon doirasida hal etilmoqda. Birinchi vazifa 
sohaning har tomonlama yetuk mutaxassisini shakllantirishdan iborat. Shu 
maqsadda universitetlarda alohida kompyuter lingvistikasi yo‗nalishlarini 
ochish, fakultetlar tashkil etish lozim bo‗ladi. Mazkur yo‗nalishda qiyosiy 
tilshunoslik, matematika, mantiq, kompyuter dasturlash tili, o‗zbek tili, 
xorijiy til kabi fanlardan olingan bilimlar kompyuter lingvistikasi bo‗yicha 
malakali mutaxassis shakllantirishni ta‘minlaydi. Kompyuter lingvistikasi 
rivojlangan xorijdagi yirik ilmiy tadqiqot markazlari bilan muttasil ilmiy 
aloqalar yo‗lga qo‗yiladi.
Dunyo kompyuter tarmoqlarida o‗zbek tilidagi ma‘lumotlar 
bazasining yaratilishi va o‗zbek tilidagi matnlarni avtomatik tarzda boshqa 
tillarga (yoki boshqa tildagi matnlarni o‗zbek tiliga) tarjima qiluvchi 
dasturlarning yaratilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Tilshunoslikning yangi yo‗nalishi bo‗lgan kompyuter lingvistikasi bir 
qator nazariy va amaliy tilshunoslik yo‗nalishlarining vujudga kelishiga 
zamin hozirlaydi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish