Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti



Download 39,82 Kb.
bet6/7
Sana11.03.2022
Hajmi39,82 Kb.
#490971
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Xolmurodova

istiyordum” Bu ikki jumlada qo‘llanilgan, usmoniylar davrida turk tiliga kirgan ehemmiyetli (muhim – sifat turkumi) ehemmiyet (ahamiyat – ot turkumi) so‘zi hozirgi turk tilida faol nutqda qo‘llanilmaydi. Uning o‘rniga hozirgi turk tilida önemli (muhim – sifat turkumi) va önem (ahamiyat – ot turkumi) so‘zi qo‘llaniladi. Eskirgan leksika 20-asrda ijod etgan va hozir ham ijod etayotgan ko‘pchilik yozuvchi va shoirlarning asarlarida ko‘p uchraydi. Shu narsa qiziqki, hozirgi turk tilida eskirgan so‘z hisoblangan leksik birliklar hozirgi o‘zbek tilida hech qanday eskirgan so‘z hisoblanmaydi, nutqda juda faol qo‘llaniladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ba’zi holatlarda ifodaning ko‘tarinkiligini ta’minlash maqsadida hozirgi nutqda eskirgan so‘zlar siyosatchilar, olimlar tomonidan, badiiy adabiyotda yozuvchilar tomonidan keng qo‘llanadi. Undan tashqari, zamonaviy nutqda eskirgan so‘zlarning qo‘llanilishi oddiy, zamonaviy so‘z bilan tasvirlanishi mumkin bo‘lgan hodisaning muhimligini ta’kidlashga yordam beradi. Masalan: "Fakat her halde altın saçlı ve mavi gözlü olmadığı muhakkaktı”. – Faqat, harholda, oltin sochli va moviy ko‘zli bo‘lmaganligshi aniq edi” Ushbu gapda qo‘llanilgan muhakkaktı (aniq edi) so‘zini zamonaviy turkchadagi kesindi (aniq edi) deb berish mumkin edi. Lekin muallif uni eski arabcha muhakkak so`zi bilan berib, ta’sirni yanada kuchaytirgan.
Arxaizmlar saqlanib qolgan badiiy matnlar sirasiga turk xalq maqollarini ham kiritish mumkin. Chunki xalq maqollari ming yillar ilgari paydo bo‘lgan ma’naviy xazinadir. Maqollarda ifodalangan xalq falsafasi, uning o‘ziga xosliklarini aks ettirgan o‘gitlar bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Faqat maqollar tarkibidagi ayrim so‘z va birikmalar ular paydo bo‘lgan davr, ya’ni qadimgi turkiy tilga oiddir. Misol uchun hozirgi turk tilida arxaizm bo‘lib qolgan al so‘zini faqat badiiy matlar, maqol va matallar tarkibida uchratish mumkin: Al ile arslan tutulur, güç ile sıçan tutulmaz (Hiyla bilan arslon


tutiladi, ammo kuch bilan sichqon tutilmas). Bu maqol tarkibidagi sıçan so‘zi ham eskirgan so‘z hisoblanadi. Chunki hozirgi turk tilida “sichqon” fare deyiladi. Shuningdek, Al ile güzellik olmaz, zor ile pazarlık olmaz maqoli tarkibidagi al (ol) so`zi o`rnida hozirgi turk tilida kırmızı so`zi ishlatiladi (Ol (qizil) bilan go`zallik bo`lmas, zo`ravon bilan tortishib bo`lmas) kabi. Quyida keltirilayotgan misollarda belgilangan so`zlar arxaik leksikaga oiddir: Arı eken arı, darı eken darı alır (Toza don ekkan, toza don, tariq ekkan tariq oladi, ya’ni “nima eksang shuni o`rasan”); Ekmeğin arısını, kömürün irisini, odunun kurusunu marta sakla (Bug`doy (non)ning tozasini, ko`mirning yirigini, o`tinning qurug`ini mart oyiga saqla). Hozirgi turkchada er so`zi faqat eng kichik harbiy unvon (kichik serjant) sifatida qo`llaniladi. Maqollar tarkibidagi er so`zi esa “erkak”, “yigit”, er (koca) va boshqa ma’nolarga ega: Er ekmeği - meydan ekmeği. / Baba ekmeği - zindan ekmeği (ma’nosi: erkak kishi topib kelgan non ayoli uchun beminnat nondir, ota esa bir umr qizni o`z uyida saqlab boqa olmaydi). Erim er olsun da, yatar yerim çalı olsun (Hozirgi turkchaga o`girganda “Kocam koca olsun da, yatar yerim çalı olsun” – Erim er bolsin-u, yotar joyim to`qayzor bo`lsin), Er olan ekmeğini taştan çıkarır (Erkak kishi nonini tosh orasidan chiqaradi), Ersiz avrat, yularsız at (Ersiz xotin, jilovsiz ot) va hok. Bu maqollardan o`zbek tilida er so`zining tola saqlanib qolganligini ham ko`rish mumkin. Bunday misollardan o`nlab keltirish mumkin: Bir dirhem et bin ayıp örter (Bir dirham go`sht ming aybni bekitadi); Ağacı nem, insanı gam yıkar (Daraxtni nam insonni g`am yiqitadi); Avrat vardır, arpadan eder; avrat vardır, bulguru keş eder (Xotin bordir arpadan osh pishiradi, xotin bordir toza guruchdan shovla pishirolmaydi). Eşek ne anlar hoşaftan, suyunu içer, denesini bırakır (Eshak kompotdan nimani tushunardi, suvini ichib, donini yemaydi). Faydasız kardeşten yeğen, çakmaksız tüfekten söven (yeğdir) (Befoyda ukadan jiyan, chaqmoqsiz miltiqdan so`yil yaxshi).
Güzellik on - dokuzu don (Go`zallik on bo`lsa, to`qqizi kiyim). Çocuğu babanın akçasıyla ananın bohçası okutur (Bolani otaning aqchasi bilan onaning bo‘xchasi o‘qitadi). Adam adamdır olmasa da pulu, eşek eşektir atlas olsa çulu (Odam odamdir bo‘lmasa ham puli, eshak eshakdir, atlasdan bo‘lsa ham juli). Bobning xulosasi sifatida shuni aytish mumkin: Badiiy asarlar, turk xalq maqollari va idiomalar, realiyalar arxaizmlarning koni hisoblanadi. Ular badiiy asarlarga rang, tus, joziba berishdan tashqari, tilning boy tarixini ham namoyish etadi.
XULOSA

Hozirgi zamon turk tilidagi lug‘atlardan joy olgan arxaizmlar semantik nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan, leksik qatlamlarning til lug‘at tarkibida tutgan o‘rni, leksik birliklar semantikasi bilan bog‘liq masalalar tadqiqiga bag‘ishlangan bitiruv ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:


- hozirgi zamon turk tilini o‘rganishda arxaik so‘zlarni bilish va ushbu leksik qatlamni o‘xshash birliklardan farqlay olish ba’zi qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, arhaik leksikani tarixiy leksikadan farqlash va o‘xshash jihatlarini aniqlash qator qiyinchchiliklar tug‘dirmoqda. Undan tashqari, turk tilining izohli lug‘ati va o‘zbekcha-turkcha, turkcha-o‘zbekcha lug‘atlarda berilgan so‘zlarning ba’zi ma’nolari eskirganligi yoki tarixiy leksikaga aylanganligi chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Mazkur muammolarga qisman javob berish maqsadida boshlagan bitiruv malakaviy ishi hozirgi kunda turk tili leksikologiyasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi;
- arxaizmlar tilning boshqa qatlamlari bilan birga tilshunoslikning turli nuqtai nazarlaridan ko`rib chiqilgan, turk tilining leksikologiyasi, semantikasiga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarda, amalga oshirilgan ba’zi ilmiy ihlarda arxaizmlar ustida qisqacha to‘xtab o‘tilgan;
- turkcha arxaizmlar va ularning o‘ziga xosliklari borasida yevropa, rus va turk tilshunosligida qiziqarli tadqiqotlar amalga oshirilgan;
- turkcha arxaizmlar va tarixiy leksika mavzusi turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari va urf-odatlarini saqlab qolish ma’nosida dunyo fanining diqqat markazida turadi;

- ish jarayonida turk tilidagi arxaik qatlam o‘rganilib, ularning turk tili leksikasida tutgan o`rni va ahamiyati ta’kidlandi;


- tilining lug‘at tarkibida arxaizmlarning taxminiy miqdori, ularning tarixiy so‘zlar bilan o‘zaro munosabati belgilandi;

- turkcha arxaizmlarining semantik xususiyatlari, sinonimlik munosabatlari, turli ma’no qirralari aniqlandi;


- arxaizmlarning badiiy asarlar leksikasida tutgan o‘rnini belgilandi;
- chet tilini o‘rganishga uni ona tiliga qiyoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashning muhimligi ta’kidlandi;
- turk tili arxaik leksikasini bakalavrlimk bitiruv-malakaviy ishi darajasida o‘rganish ishning yangiligini belgilaydi.
- tadqiqot natijasida tarixiy so‘zlar va arxaizmlar orasidagi o‘xshash va farqliliklar ajratilib, tarixiy so‘zlartshtp hozirda mavjud bo‘lmagan narsa hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlari, bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskirishi, arxaik so‘zlarning esa hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlari bo‘lib, bunda so‘z eskirishi, lekin tushuncha eskirmasligi, boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qolishi, bunday so‘zlarning iste‘moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlar ekanligi alohida ta’kidlandi;
- hozirgi turk tilining arxaik qatlamini sozlardan tashqari qo‘shimchalar va o`xshash grammatik shakllar ham tashkil etadi. Chunki tilda so‘zlar eskirgani kabi qo‘shimchalar ham eskirishi mumkin. Bular jumlasiga ba’zi so’z yasovchi va kelishik qo`shimchalari kiradi;
- tadqiqotda hozirgi turk tilida eskirgan so‘z hisoblangan leksik birliklarning zamonaviy o‘zbek tilida eskirgan so‘z emasligi, nutqda faol qo‘llanib kelinayotgani, ba’zi holatlarda ifodaning ko‘tarinkiligini ta’minlash

maqsadida hozirgi nutqda eskirgan so‘zlar qo‘llanilayotgani uqtirishga harakat qilindi;


- BMIda badiiy asarlarlarning arxaizmlarning koni hisoblanishi, ularning badiiy asarlarga rang, tus, joziba berishdan tashqari, tilning boy tarixini ham namoyish etishi ta’kidlab o‘tildi. Arxaizmlar saqlanib qolgan badiiy matnlar sirasiga turk xalq maqollarini ham kiritish mumkinligi, xalq maqollari ming yillar ilgari paydo bo‘lgan ma’naviy xazina sifatida ularda ifodalangan xalq falsafasi, uning o‘ziga xosliklarini aks ettirgan o‘gitlar bugun ham dolzarbligini yo‘qotmaganligi, maqollar tarkibidagi ayrim so‘z va birikmalar ular paydo bo‘lgan davr, ya’ni qadimgi turkiy tilga oidligiga alohida ahamiyat berildi$

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, tadqiqot davomida ega bo‘lingan ma’lumotlarni akademik litseylarda turk tilini o‘qitish jarayonida ma’ruza sifatida qo‘llash, arxaik shakllarning tilni o‘rganishda qanchalik muhim ekanligini o‘quvchilarga material shaklida yetkazish, to‘plangan arxaizmlar va eskirgan so‘zlarning kichik lug‘atini tuzish mumkin.



Download 39,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish