Ularning bunday shaklda tilimizga kirishida bir zarar yo’qdir.
Tasfiyachilarning semantik aniqlovchilarni qiyosiy bog’lovchilar qatoriga qo’yaroq va tarkib usullari ijod etarak, bular vositasida yangi kalimalar bunyod etishlari yanglishdir. Chunki, bir hayvonning va yoki o’simlikniing vujudiga begona bir vujud parchasini bog’lash qanchalik qiyin bo’lsa, tilga yangi bir qiyosiy qo’shimcha va yoxud yangi bir tarkibni bog’lash ham shu qadar qiyindir. Shuning uchun ham «gunaydin», «tunaydin» kabi tarkiblar yangi turkchada yashay olmagani kabi semantik qo’shimchalar-la yasalgan ta’birlar ham tilimizga singib ketolmadi.
Shu bilan birga tasfiyotchilarning (o’zlashtiruvchilarning) bu oshiri inqilobchiligi uloqtirib tashlanganidan so’ng adabiyotimizdan va hatto usmonli lug’atimizdan ham juda ko’p chiqarib tashlanishi lozim bo’lgan so’zlarni ko’ramiz: xoh ilmiy terminlarda bo’lsin, juda ko’p keraksiz so’zlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «jo’shqinlik» so’zini «jo’shish» so’zi bilan almashtirish mumkinmi? Bosh og’rig’iga «sada» deyishga bir ehtiyoj bormi? Tib qomusiga bir nazar tashlaylik: «suyak»ni «azim», «bosh»ni – «res», «tish»ni - «sin», «sinir»ni - «asab» deb ataydigan bir qomusda lisonimizga kirishi uchun hech bir zarurat bo’lmagan qancha arabcha va forscha so’zlar bor. «Adale»(muskul. Tarj.), «hujayra», «protoplazma» kabi turkchada muqobili topilmagan so’zlarning boshimiz ustida o’rni bordir. Tilimizni boyitgan bunday atamalar uchun qomusimiz ochiqdir. Ammo turkcha shakli mavjud bo’lgan va boshqa hech bir ma’noni anglatmagan takroriy so’zlardan qutilishimiz kerak.
5. QOLIPLAR, QO’SHIMCHALAR, TARKIBLAR
1. Turkchilarga ko’ra, bir til boshqa tillardan o’zida muqobili bo’lmagan kalimalarni oladi va olishi mumkin. Ammo hech bir lison boshqa lisonlardan qolip ololmaydi. Usmonlichilar nuqtai nazariga ko’ra esa, usmonli tili arab va fors tillaridan so’zlar bilan birga qoliplarni ham olishi mumkin. Masalan, «maktub» so’zi usmonlichilar fikriga ko’ra, «kutub» so’zidan olingan bo’lib, «yozilgan» ma’nosini anglatadi. Shunga binoan, usmonlichilar fikricha, «huquqi maktuba» yoxud «maktub huquqi» singari atamalarni tilimizda qo’llashimiz mumkin. Turkchilar esa, «maktub» so’zining bunday ko’rinishda qo’llanishiga qarshilar. Chunki, «ismi ma’ful» ta’biri turkchada ham mavjuddir: «maktub» kalimasi «ismi ma’ful» bo’lganida buning turkchasi «yozilgan»dir. Demak, usmonlichilarning «maktub huquq» degan ta’birini biz «yozilish huquq» deya atashimiz mumkin. Bu holda «maktub» kalimasining bir «ismi ma’ful» shaklida lisonimizda iste’mol etilishiga bir ehtiyoj yo’qdir.
Faqat «maktub» so’zi «ma’ful» kalimasi singari jonsiz bir ism kabi qo’llanilmoqda. Fransuzlar «lettre» deb atagan narsani turklar «maktub» deb atamoqdalar. «Bir maktub yozdim. Bu hafta bir maktub oldim», jumlalaridagi «maktub» so’zi shu ikkinchi ma’noda qo’llanilmoqda. «Maktub»ning bunday shaklida ta’bir mohiyati yo’q. Bu oddiy bir kalimadir. Shunday ekan, butun arabcha va forscha so’zlarni ta’bir va kalima o’laroq ikki qismga ajratishimiz mumkin. Bularning ta’bir mohiyatiga ega bo’lganlarini darhol tilimiizdan chiqarib tashlashimiz kerak, kalima qismiga oid bo’lganlarini esa - agar xalq tilida bularning muqobillari bo’lmasa – yangi turkchaga taraddudsiz qabul etishimiz lozim.
Shu mulohazalardan kelib chiqqan holda, «kotib» so’zi lisonimizda ismi fail o’laroq qo’llanilolmaydi. Masalan, «bu maktubning kotibi kimdir?» deyish mumkin emas. Faqat «kotib»(sekretarie) muqobil o’laroq eski paytlardan beri qo’llanilmoqdadir. «Majlis kotibi», «tujjor kotibi» kabi. «Kitobat» so’zini ham na «yozmoq» ma’nosida va na «kotiblik» ma’nosida qo’llash mumkin emas. Oti bir ism o’laroq, sobiq «insho» ta’birining ifoda etgani – «komposition» muqobili o’laroq qo’llanilmoqdadir: «kitobat darsi», kitobat imtihoni». «Mutassaruf» so’zi ham «tasarruf» so’zidan kelib chiqqan ismi fail bo’lgan bir qolipdir. Bu qolipning qo’llanishi ham joizdir. Masalan, «shu tomorqaning mutassarrufi» deyish o’rniga «shu tomorqaning tasarruf sohibi bo’lgan odam» deyishimiz to’g’ri bo’ladi.
Faqat bu so’z bir idoraning buyuk bir ma’muriga ism sifatida aytilganida u qolip mohiyatini yo’qotib, ism holiga keladi.
Bunday misollar shuni ko’rsatadi-ki, arabcha va forschadan qolip mohiyatiga ega hech bir kalimani olmayapmiz. U holda, arabcha va forschadagi bir kalimani qabul etganimizda undan kelib chiqqan butun so’zlarni ham olishimiz shart emas. Masalan, shu «ishtiqoq» kalimasini foydali o’laroq qabul etib, so’ngra undan kelib chiqqan «mushtoq», «mushtoqi min», «mushtoqat» kabi qoliplarni ham qo’llashimiz shart emas. Shu bilan birga ba’zan «kitob», «kitobat», «kotib», «maktub» kabi ayni o’zakdan tashkil topgan bir qancha kalimalrni ham tilimizda qo’llamoqdamiz. Ammo yuqorida aytganimizday, bu so’zlarning ko’pchiligi o’zlaridagi eski qolip mazmunalarini yo’qotganlar. «Kitob» so’zining qolip o’laroq mazmuni «yozmoq» ma’nosida keladi, ammo lisonimizda «kitob» kalimasi hech qachon bunday mazmunda ishlatilmagan. «Kitob» so’zi bir kalima o’laroq fransuzchadagi «livre» kalimasiga muqobildir va turkchada bu so’z faqat shu ma’noda qo’llaniladi. «Muharrir» kalimasini «redacteur» so’zi muqobili o’laroq qo’llanishimiz mumkin. Faqat ismi ma’ful shaklida «yozilgan» ma’nosini beruvchi «muharrer» kalimasini qo’llamaymiz. Masalan, «balada muharrer» demay, «yuqorida yozilgan» deyishimiz lozim. «Tahrir» o’zagini ham qo’llash mumkin emas. Faqat «tahrirat» kalimasi rasmiy maktublarning xususiy nomi bo’lgani tufayli jamiy qolipi tan olinmasligi sharti bilan qo’llash mumkin.
Bir kalimaning jamiy shakli kalima emas, qolipdir: arabcha va forschadagi jamiy qoliplar turkchada qo’llanilmaydi. Xususan, «zabitan», «zubbat», kabi qoliplar yangi turkchaga kirolmaydi. Turkchaning o’ziga xos jamiy qolipi –«lar» qo’shimchasi bilan ifodalanadi. Yani, lisonimizda «zabit» so’zining ko’pchilik shakli «zabitlar»dir.
Ba’zi arabcha va forscha jamiylar(so’zning ko’plik shakli Tarj.) bordir-ki, tilimizda jamiy ma’nosini, qolip mohiyatini yo’qotgandir. Yuqoridagi «tahrirat» kalimasi shular jumlasidan bo’lgani singari bu toifaga «axloq», «talaba», amela», «adabiyot», «yoron», «avlod» kabi so’zlar ham kiradi. Bu kalimalarning jamiy qolipida bo’lmaganligiga dalil esa, ularga turkchadagi «lar» qo’shimchasi bilan jamiyalantirilishidir: «axloqchilar», «talabalar», «adabiyotchilar», «yoronlar», «avlodlar», «tahriratlar» kabi.
2. Bir lison boshqa bir lisonning faqat qoliplarinigina emas, balki, qo’shimchalarini ham ololmaydi. Chunki, bir kalimaning xoh boshiga va xoh oxiriga bo’lsin, qo’shimchalar qo’shib, uni qolipga aylantiradi.
Tilshunoslikda qoliplarga va yoki xususiy ma’noga ega so’zlarga bir qo’shimcha qo’shish yo’li bilan ma’nosi o’zgartirilgan so’zlarga «morfem» deyiladi. Demak, «hech bir lison boshqa lisondan morfemlar ololmaydi», desak, bu so’z-la ham qoliplarning, hamda qo’shimchalarning bir lisondan boshqa lisonga kirolmasligini tushuntirgan bo’lamiz.
Zotan, arabacha va forschdan olajagimiz barcha qo’shimchalarning turkchada muqobillari bordir: «hamdard-darddosh, hamfikr-fikrdosh, tojdor-tojli, donishmand-donishli, sitamkor-sitamchi» kabi. Bularning mutlaqo turkcha muqobillari qo’llanishi lozim.
«Hukmdor», «hamshira», «perkar» kabi kalimalardagi «dor», «ham», «kor» qo’shimchlari esa, qo’shimchalik mohiyatini yo’qotib, kalimaning ichiga singib ketgandir. Yani, bu kalimalarda morfem mohiyati qolmagan. Bular ham, lisoniy nuqtai nazardan olganda, boshqa ismlar kabi jonsiz kalimalar qatoriga kirganlar.
Forschadan, mustasno o’laroq, xalq tiliga faqat uchta qo’shimcha kirgan: bulardan biri haqiqatan ham qo’shimcha bo’lgan nisbat «i» sidir. Boshqalari esa, asosan ism bo’lgani holda xalqimiz tilida qo’shimcha holiga tushgan «xona» va «noma» so’zlaridir.
«I» qo’shimchasi avvalo xususiy ranglarni ifoda etgan sifatlarning so’nggida keladi, masalan, «baqlajoniy», «temiriy», «kumushiy», «qo’rg’oshiniy», «portaholiy», «somoniy» va hokozo.
«I» qo’shimchasini yana turk qabilalarining musiqalariga oid nomlarda ham ko’rishimiz mumkin, masalan: «turkmaniy», «varsagiy», «bayotiy», «karchariy», «turkiy» kabi. Bu ikki misolda keltirilgan «i» qo’shimchasining turkcha bir qo’shimchaga aylanganini ko’rishimiz mumkin. Ammo «i» qo’shimchasining yuqorida keltirilgan ikki holatdan tashqarida qo’llanilishi turkcha emasdir. Demak, bu ikki holatdan boshqa hollarda bu qo’shimchani qo’llashdan tiyilib, uning turkcha muqobillarini izlashimiz lozim bo’ladi.
Masalan, «adabiy hafta» o’rniga «adabiyot haftasi» deyishimiz mumkin. «Hayotiy masala» jumlasi o’rniga «hayot masalasi» deb, «sarkitobiy» so’zi o’rniga «bosh kitobchi» so’zini ishlatishimiz mumkin. Shu yo’sin «jabriy»ni «jabrchi», «hayuyun»ni «hay’atchilar» deb atashimiz mumkin.
Shunday yo’l bilan «i» qo’shimchasining tilimizdagi iste’molini ozaytirish bilan birga, afsus-ki, tilimizning asosiy qoida va amallariga zid bo’lsa ham, bir qancha atamalarda bu qo’shimchani qabul qilishga majburmiz. Turkchilik yangi turkchamizga qarshi turgan butun to’siqlarni yengib o’tar ekan, eng kichik bir qo’shimcha oldida murosa qilishga majbur bo’ldi. Masalan, «tabiiy hodisalar» jumlasini «tabiat hodisalari» deb aytishimiz mumkin, ammo «shu hodisa tabiiydir» yoxud «tabiiy emas» deyishga kelganda «i» qo’shimchasini chiqarib tashlay olmasligimizni tan olishga majburmiz. «Maraziy», «ijtimoiy», «ruhiy», «hayotiy», «dunyoviy» kalimalari ham aynan shunday vaziyatdadir. Modomiki, bu qo’shimcha yuqoridagi kabi kalimalarda turkcha bir qo’shimcha holiga kelgan ekan, uni boshqa kalimalarda ham termin o’laroq qo’llanmoq joizdir. «Xona» so’zini «yozuvxona», «yemakxona», «yotoqxona» kabi so’zlarda va «noma» kalimasini esa, «Yilduznoma», «Og’uznoma» kabi so’zlarda ko’rishimiz mumkin. Luzum ila bunday qo’shimchalar ham turkchamizga olib kirilsa, tilimiz yanada boyiydi.
Bir til boshqa tildan qolip va qo’shimchlarni olmagani kabi tarkib qoidalarini ham ololmaydi. Holbuki, eski usmonli tilida arabcha va forschaning izofiy va tavsifiy kabi turli xil tarkiblari mavjuddir.
Tarkiblar ham qoliplar va qo’shimchalar kabi morfem qatoriga kiradi. Har bir tilda muzafinuleyh va yoki muzaf morfemdir, xuddi shuningdek, sifat ham, mavsuf(tavsif) ham morfemlardir.
Turkchada izofiy va tavsifiy tarkiblarning turli shakllari mavjudligi tufayli arabcha va forscha tarkiblarga hech bir ehtiyoj yo’qdir. Eski usmonli adiblari va olimlari bu tarkiblarni bir ehtiyoj tuyilgani uchun olgan emaslar. Ularning nazarida arabcha va forscha lison o’laroq turkchadan go’zalroq ko’ringani kabi, bu tillardagi kalimalar, qoliplar, qo’shimcha va tarkiblar ham ularning ko’ziga turkchadagidan go’zalroq ko’ringan.
Holbuki, hech bir tilni ob’ektiv o’laroq boshqa bir tildan go’zalroq deb atash mumkin emas. Chunki, har bir tilning faqat o’ziga xos bo’lgan go’zalliklari bordir. Har millat o’z tilini go’zal deb o’ylaydi. Ha, arabcha go’zal bir tildir, forscha ham go’zal, ammo bu tillar eng ko’p shu tilda gaplashadigan millatlar uchun go’zaldir. Biz uchun esa, eng go’zal til turk tilidir. Kalimalarning, qoliplarning, qo’shimchalrning, tarkiblarning go’zalligi shu tilning ichiga oiddir. Ular faqat o’z tillari uchun go’zaldir. Arabcha bir kalima arabcha bir jumla ichida go’zal ko’ringani kabi forscha bir tarkib ham forsiy bir tarkib ichida go’zal ko’rinadi. Bir xotinning g’oyat go’zal bo’lgan ko’zlarini boshqa bir xotinning chehrasiga o’rnatsangiz, bu yuz sizga chirkin ko’rinadi. Xuddi shunday, bir lisonning kalimalari va tarkiblari o’z jumlalari ichida ne qadar go’zal ko’rinsa, ular boshqa bir til tarkibiga kirganlarida shuncha xunuk ko’rinadilar.
ISTIDROD(Qayta olish)
Turkchilik tarixi haqidagi mulohazalarimda tasfiyachilarning xalq tiliga singib ketgan arabcha va forscha so’zlarni chiqarib tashlashni istayotganlari haqida yozgan edim.
Kecha bu xususda Fuat Raif bey bilan yana suhbatlashdik, Tasfiyachilarning rahbari bo’lgan yuqorida nomi zikr etilgan bu zot turk tili tarkibidagi arabcha va forscha so’zlarning turk tili sifatida qabul qilinishi borasida biz bilan hech bir ixtilof bo’lmaganini va oramizdagi ixtilofning faqat qo’shimchalarga oidligini aytdi. Yuqorida keltirganim vajga asosan, yangi turkchachilar istaganiday, turk tilining qiyosiy qo’shimchalari ila istagancha yangi kalimalar o’ylab topish mumkin emas. Fuat Raif bey o’zining bu fikrga aslo qo’shilmasligini, qo’shimchalrda, samoi, qiyosiy tasniflarni tan olmasligini, turkchaning har turli qo’shimchalari ila yangi kalimalar yaratlilishi mumkinligi bilan birga qirg’izchadan, o’zbekchadan, tatarchadan olinajak yoki mutlaqo yangidan o’ylab topilgan qo’shimchalar yordamida yangi kalimalar bunyod etilishi mumkinligi haqida gapirdi. Hatto forschadagi «i» nisbati o’rniga muqobil o’laroq, «ki» va «gi» kabi qo’shimchalarni insho etish tarafdori ekanligi, masalan, «hayotiy» sifati o’rniga «hayotgi», «adabiy» sifati o’rniga esa, «adabgi» kalimalarini qo’llash mumkinligini bayon qildi. U holda, men ham yuqoridagi firkralrimni bunday nuqtai nazarni hisobga olaroq, qayta ko’rib chiqishim kerak bo’ladi.
5. – YANGI TURKCHANING MADANIYLASHUVI VA POKLANISHI
Ba’zilar yangi turkcha faqat salbiy xususiyatlarga ega deb o’ylaydilar: lisonimizda usmonli adabiyoti olib kirgan juda ko’p zararli so’zlar, qoliplar, qo’shimchalar, tarkiblar bor. Yangi turkcha faqat bu unsurlarning tilimizdan chiqarib tashlanishi bilan yaratilmaydi. Bu - yangi turkchaning manfiy jihatidir. Yangi turkchaning musbat jihatlari ham bor. Chunki, eski usmonli tilining xastaligi faqat uning tarkibidagi kelgindi so’zlarning, kalimalrning, qoliplarning ko’pligidagina emasdir: agar shunday bo’lganida edi, bu kelgindi so’zlarning ko’pchiligini tildan chiqarib tashlash bilangina cheklanib, shu tarz tilni osongina muolaja qilishga erishgan bo’lardik. Holbuki, eski usmonli tilining ikkinchi bir xastaligi – bir qancha kalimalarning yetishmovchiligida ham edi. Turkchilik yuzaga kelganiga qadar tilimizda ma’noli va yorqin bir falsafiy maqolaning yozilmagani, adabiyotda esa, klassik asarlardan hech birining to’g’ri-durust bir tarjimasi qilinmagani - ushbu qusurlarning dalilidir.
Shunday ekan, lisonimizning tom muolajasi ushbu yetishmayotgan so’zlarni topib, uni tilimizga qo’shish orqaligina amalga oshishi mumkin. Yangi turkchaning ijobiy tarafi ham shundadir.
Yozuv tilimizda yetishmaydigan so’zlarni ikki toifaga bo’lish mumkin: 1) Milliy ta’birlar. Istanbul va Anadolida qo’llanilgan bir qancha ta’birlar, xususiy tarkiblar, jumlalar va gallisizmlar (fransuzchadan kirib kelgan so’zlar. Tarj) bordir-ki, ular hali yozuv lisonimizga kirmagan. Holbuki, lisonimizning xazinasini shu tillar tashkil etadi. Har shaharning muallimlari, turkshunos va etnograflari bu jumlalarni ta’birlarni to’plashga kirishsa, bularning bir qanchasini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lardik. Xalq kitoblari va masallarida, xalq she’rlari va maqollarida bunday ta’birlarni va lisoniy xususiyatlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Xususan, ”Dada Qo’rqut” kitobi shu nuqtai nazardan juda foydali bo’lardi. Chunki, bu kitobni o’g’uzlarning «Iliada»si deb atash mumkin. Uning tili ham eski o’g’uzchadir. Demak-ki, bu til turkchaning onasidir. Bu kitob hech tahrir qilinmay, yangi imloda nashr etilsa, yangi turkchamizning xazinasi bo’lajakdir. Boshqa turk lahjalari bilan qilinadigan muqoyasalar ham turk shevalarining bir qator mushtarakligini namoyon qilgan bo’lardi. Masalan, O’rxun yozuvlaridagi «Ishimni, kuchimni kimga berayin», «Elim, to’rim qani?», «Menli budunli» kabi ta’birlarni ko’ramiz.
Bu ta’birlarning birinchisi hali ham lisonimizda «ish, kuch» shaklida qo’llanilmoqdadir. Ikkinchi ta’birni ham bugungi kun lisonimizda «aymog’imiz, to’ramiz, yurtimiz, o’chog’imiz, uyimiz, barkmiz, so’yimiz, sopimiz» ko’rinishlarida uchratishimiz mumkin. Uchinchi toifadagi bugun tilimizda qo’llanilayotgan so’zlar esa, shunday: «Irili, ufaqli, buyukli, kichikli».
Bundan tashqari qirg’iz-qozoqlarning «Manas» dostoni va boshqa turk qavmlarining she’rlari ham bizga turk lahjalarining mushtarak va o’ziga xos jihatlarini namoyon qiladi.
2) Yozuv tilimizda yetishmaydigan kalimalarning ikkinchi qismi baynalminal kalimalardir. Bir millat qaysi madaniyat ichida bo’lib, qaysi baynaminal muhitga mansub bo’lsa, uning butun ilmiy nazariyalari va falsafiy qarashlari, adabiy xayollari va she’riy tuyg’ularini ifoda etajak kalimalarga ham molik bo’lishi lozimdir. Turklar endi Ovrupo madaniyatiga kirish uchun qat’iy bir sur’at-la azm ettiklari tufayli ham butun Ovrupo g’oyalari va ma’nolarini ifoda etajak yangi xil kalimalarga muhtojdirlar.
Bu kalimalarning lisonimizda vujudga kelishi uchun nima qilish kerak? Buning uchun eng foydali ish – butun Ovrupo tillarida yozilgan adabiy, ilmiy, falsafiy asarlarni yuksak saviyadagi tarjimonlar yordamida yangi turkchaga tarjima qilishdan iboratdir. Bu tarjimalar orqali yangi turkchaga bir qancha kalima va ifoda tarzlari bilan birga ko’plab lisoniy nozikliklar va hissiy va fikriy ma’nolarni ifoda etajak yangi ifodalar kirib keladi. Shu tarzda yangi turkcha ham eng yuksak fikrlarni, hamda eng samimiy va original tuyg’ularni anglatishga qodir bo’ladi.
Tarjima asnosida mamlakatimiz uchun butunlay yangi bo’lgan kontsepsiya va g’oyalar bilan yuzma yuz kelingani tufayli ularga muqobillar topish lozim bo’ladi: buning uchun nima qilish kerak?
Avvalo, bu ma’nolarning kalimalari yozuv tillimizda mavjud bo’lmasa ham, so’zlashuv tilimizda, balki, bor bo’lishi mumkin. Hayvon, o’simlik, ashyo va uskuna nomlari lisonimizda ko’pdir. Jug’rofiy atamalar esa, undan ham ko’p. Samimiy tuyg’ularni ifoda etuvchi hissiy kalimalar ham anchagina. Demak, atamalar va yangi ma’nolar uchun xalq tiliga murojaat qilishimiz kerak bo’ladi.
Bunday murojaatdan so’ng ham yetarlicha ifoda so’zlari topolmasak, turk qoliplari va tarkib qoidalridan kelib chiqqan holda yangi kalimalar yaratishimiz lozim. Agar bu vosita ham kifoya qilmasa, u holda, arabcha va forscha tillarga murojaat etarak, bulardan yangi kalimalar olamiz. Faqat bu kalimalar tarkib holida bo’lmasligi, yagona so’z holida bo’lsihi lozim. Masalan, ilgari «ilmiy menafiulaza» shaklida aytilgan «fiziyologiya» so’zi endi bir kalima bilan «gariziyat» deb atalmoqda. Xuddi shuningdek, «ilmu arza» - «arziyat», «ilmiy hay’at» - «hay’iyat», «ilmiy ruh» «ruhiyat» deb atalmoqda. Bugun arab tilidagi «yat» qo’shimchasi bilan butun yangi ilmlarga qulaylik bilan nom bera olamiz, masalan, «asuriyat», misuriyat», «jumudiyat» va hakozolar kabi.
Shu bilan birga ba’zi ajnabiy kalimalarni shundayligicha qabul etishimiz lozim bo’ladi. Bunday kalimalarni ikki qismga bo’lish mumkin. Birinchi qism - bir millatga va yoki bir davrga, yoxud bir kasbga doir hodisa va narsalarni ifoda etuvchi kalimalardir-ki, bu so’zlar hech bir tilga tarjima qilinmay, butun lisonlar tarafidan shundayligicha qabul qilingan kalimalardir. Bular jumlasiga «feodalizm», «shovalelik»(ritsarlik. Tarj.), «renessans», «reform», «yakobinlik», «sotsializm», «bolsheviklik», «aristokrat», «diplomat», «teatr», «klassik», «romantik», «dekadans» va hokozolar kiradi.
Ikkinchi qism so’zlar sanoiy texnikaga oid bo’lgan turli uskuna, mashina, ashyo nomlaridir. Bularning aksariyati juda ko’p xalqlar tarafidan to’g’ridan-to’g’ri aynan qabul etilib, tarjima qilinmagan so’zlardir, masalan, «vapur», «shimendofer», «telegraf», «telefon», «tramvay», «gramofon» shular jumlasidandir.
Yangi turkchaning zamonaviy bir turkcha bo’lishi uchun olinishi kerak bo’lgan yana bir tadbir bor. Fransuzcha- turkcha lug’atlarni tadqiq etib, shunga guvoh bo’lsishimiz mumkin-ki, fransuzchadagi har bir so’z ma’nosi uchun turkchada bir qancha misollar keltiriladi. Holbuki, har ma’no uchun faqat bir kalima keltirlishining o’zi yetarlidir. Muqobillarning bu qadar ko’p bo’lishi ilk qarashda tilimizning naqadar boy ekanligini namoyish etayotganday ko’rinsa ham, aslida, vaziyat sal boshqacharoq: lug’atning boshqa sahifalariga boqqanimizda yana ayni kalimalarga ko’zimiz tushadi.
Shu shaklda bir turkcha kalimaning bir qancha fransuz kalimalariga muqobili o’laroq ishlatilayotganiga guvoh bo’lamiz. Bu holat fransuz kalimalarining lisonimizda tom, muyan, aniq muqobillari topilmaganini ko’rsatadi.
Ayni zamonda har bir lisonning mukammalligi undagi har bir kalimaning faqat bir ma’noga egaligi va har bir ma’noning faqat bir kalima ila ifoda eta olish qobiliyati bilan o’lchanadi. Shunday ekan, yangi turk tilini har kalimasi bir ma’noni anglatadigan va har bir ma’no bir kalima bilan ifoda etila oladigan saviyaga olib chiqishimiz kerak bo’ladi. Ovrupo lisonlari bir-biridagi kalimalarni osonlikcha tarjima qilib olishlari mumkin. Chunki, ingliz, olmon, fransuz, rus, italyan va h.k tillari o’rtasida bir bog’ va uzviylik bor. Biz ham yangi turkchamizga mana shunday bog’ va uzviylik shaklini berishga harakat qilishimiz kerak. Bu yo’lda biz bir turk izohli lug’ati va ayni paytda turkcha-fransuzcha va fransuzcha-turkcha lug’atlar chiqarishimiz kerak.
Nashr etilajak turk izohli lug’atida kalimaning turkcha, arabcha va yoki forschadan kelib chiqqanini ko’rsatish to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, bir millatning lisoniga kirgan so’zlar endi shu millatning milliy lisoniga aylangan bo’ladi. Bu kalimalrning qanday shaklda paydo bo’lganligini faqat etimologiyasi orqali ko’rsatib, qavs ichidagi kichik izohlar bilan anglatilishi mumkin. Yozilajak yangi turkcha tarkibidan arabcha va forschaning qonun va qoidalri chiqarib tashlanib, kitobning so’nggidagi etimologiyaga oid bo’limda bu haqda izohlar berilishi mumkin.
Yangi turkcha eng avvalo lisonimizni arabcha va forscha tarkiblardan tozalab, keyin unga topilgan yangi ta’birlar va ifoda tarzlarini va shuningdek, hali muayyan ma’nolar uchun topilmagan kalimalar o’rniga baynalminal so’zlarni shundayligicha tilimizga ilova etmak orqali bunyod bo’lajakdir. Bu uch bosqichdan birinchisini “Tozalash“, ikkinchisini “Madaniylashtirish“ va uchinchisini “Islohot" deb atashimiz mumkin.
6. – LISONIY TURKCHILIK G’OYALARI
Endi lisoniy turkchilik g’oyalarini sanab o’taylik:
1) Milliy lisonimizni barpo etish uchun usmonli tilini xuddi ilgari hech mavjud bo’lmagan kabi bir chetga uloqtirib, xalq adabiyotiga tamal vazifasini o’tagan turk tilini shundayligicha qabul etib, Istanbul xalqi va Istanbul xonimlari lisonini ular gapirgan shaklda yozuv tilimizga kiritishimiz kerak.
2) Xalq tilida turkcha muqobili bo’lgan arabcha va forscha so’zlarni tilimizdan chiqarib tashlab, to’la muqobili bo’lmay, kichik bir farqli jihatlarga ega bo’lganlarini lisonimizda saqlab qolishimiz kerak.
3) Xalq lisonidan yer olgan talaffuz va yoki ma’no jihatdan «g’alat» nomini olgan arabcha va forscha so’zlarning buzilgan shakllarini - ularning yangicha talaffuzlarini barpo etib - turkchada qoldirishimiz lozim.
4) O’rnini yangi kalimalar olgani ucun o’lik so’zlarga aylangan eski turkcha so’zlarni tiriltirishga harakat qilishimiz kerak.
5) Yangi atamalarni xalq tili ichidan izlab, agar u erda topilmasa, turkchaning qiyosiy qo’shimchalari va qiyosiy tarkiblari va kelishik usullari yordamida yangi kalimalar bunyod etish, agar buning ham imkoni bo’lmasa, arabcha va forscha bo’lgan, ammo tarkibsiz bo’lgan yangi kalimalarni qabul etib, ba’zi davrlar va maslaklarning holiga oid kalimalar bilan texnikaga oid uskuna nomlarini ajnabiy tillardan aynan olishimiz lozim.
6) Turkchada arab va fors tillarining kapitulyatsiyasi bosh maqsad qilib olinaroq, bu ikki lisonning na qo’shimchalari va na tarkiblari lisonimizga olinmasligi kerak.
7) Turk xalqi bilgan va qo’llangan har so’z turkchadir. Xalqqa yaqin bo’lgan va sun’iy bo’lmagan har kalima milliydir. Bir millatning lisoni o’zining allaqachonlar unutilgan jonsiz so’zlaridan emas, balki, tasarrufidagi jonli so’zlardan tashkil topgan bir xilqatdir.
8) Istanbul turkchasining fonetikasi, morfologiyasi va lug’ati yangi turkchaningtamali bo’lgani tufayli boshqa turk lahjalaridan na kalima, na qolip va na tarkib olinmasligi kerak. Faqat muqoyasa maqsadida va turkchaning jumla tuzilishi va ta’birlaridagi kuchini oshirish maqsadida boshqa turk lahjalarini chuqur tadqiq etish ehtiyoji bordir.
9) Turk madaniyati tarixiga doir asarlar yozilgani sayin eski turk muassasalrining nomlari orqali juda ko’p eski turkcha so’zlar yangi turkchaga kirajakdir. Faqat bular atama shaklida qolgani tufayli ularning til hayotiga tadbiq etilishi o’lik so’zlarning tirilishi sifatida qabul qilinmasligi kerak.
10) Kalimalar o’zlari ifoda etgan ma’nolarning ta’riflari emas, ishoratlaridir. Kalimalarning ma’nolari ularning o’zaklarini bilmoq bilan anglashilmaydi.
11) Yangi turkchaning bu asoslarga ko’ra bir qomus orqali morfologiyasi vujudga keltirilishi va bu kitoblarda yangi turkchaga kirgan arabcha va forscha kalima va ta’birlarning tuzilishi va tarkibiga oid ma’lumot lisonning fiziologik qismiga emas, balki, uning o’zagiga joylashtirilishi lozim.
IKKINCHI MULOHAZA
BADIIY TURKCHILIK
1.- Turklarda badiiy zavq
Eski turklarda badiiy zavq juda yuksak edi. Turfonda topilgan marmar haykallar Yunonistonda topilgan haykallardan hech kam emas. Tuloniylar va ahshidiylarning, Saljuq turklari va Xorazm turklarining, ilhonlilarning, temuriylarning, usmonlilarning, oqqo’yinli va qoraqo’yinli turklarlarining Misrda, Iroqda ,Suriyada, Anadoluda, Eronda, Turkistonda Hindda, Afg’onistonda qurgan jome’lari, saroylari, turbalari, ko’priklari, chashmalari dunyoning eng go’zal asarlaridan hisoblanadi.
Gaston Richard turkman qizlari to’qigan go’zal gilamlarni ta’rif etar ekan, Mixaylovning shu so'zlarini keltiradi: «Hech bir uskuna va asbobsiz, texnik jihatdan hech qanday tahsil va tarbiya olmagan turkman qizining faqat taqliidiy naqshlar-la bu qadar nafis va go’zal gilamlar to’qiy olish qobiliyatini faqat bir san’at zavqi bilangina izohlash mumkindir».
Turk masallari va xalq she’riyatining go’zalligi ham turklarning badiiyat borasida buyuk bir qobilyatga ega ekanliklarini ko’rsatadi. Ammo afsus-ki, usmonli san’atkorlarining xatosi tufayli, bugunga qadar bu yuksak san’at qobiliyati san’atga ovrupoiy bir yondoshish sababli namoyon bo’lmay qoldi. Bu yanglishlik bartaraf etilganida, hech shubha yo’qdir-ki, turk san’ati eng yuksak san’atlardan biri sifatida bo’y ko’rsatadi.
2.MILLIY VAZN
Eski turklarning vazni hijo vazni edi. Mahmud Qoshg’ariy lug’atidagi turkcha she’rlarning barchasi hijo vaznidadir. Keyinroq chig’atoy va usmonli shoirlari taqlid vositasi ila forslardan aruz vaznini oldilar. Turkistonda Alisher Navoiy, Anadoluda Ahmet Pasha aruz vaznini yuksaltdilar. Saroylar bu vaznga qiymat berar edi. Ammo xalq aruz vaznini hech anglay olmadi. Shu sababdan xalq shoirlari eski hijo vaznida she’r aytishda davom etdilar. Ahmad Yassaviy, Yunus Emro, Qayg’usiz kabi takka shoirlari ham Oshiq Umar, Dardli, Qorachao’g’li singari baxshilar hijo vazniga sodiq qoldilar.
Turkchilik zuhur etgani zamon aruz vazni ila hijo vazni yonma-yon turar edi. Go’yo birinchisi kiborlarning ikkinchisi esa, avom xalqning tarannum uslublari bo’ldi. Turkchilik lisondagi ikkilikka nihoya qo’yar ekan, vazndagi bu ikkilikka ham loqayd qola olmas edi. Xususan, tarkibli lison aruz vaznidan, aruz vazni esa, tarkibli lisondan ayrilmagani tufayli bu ikki usmonli qolipi haqda ayni qarorni qabul qilish lozim edi. Shu tarz turkchilar tarkibli lison bilan birga aruz vaznini ham milliy adabiyotimizdan quvishga qaror berdilar.
Sodda lison aruz vazniga uncha uyg’un emas edi. Holbuki, hijo vazni bilan sodda lison o’rtasida samimiy bir qardoshlik bor edi. Saroyning su’iste’mollariga qaramay, xalq sodda turkcha bilan hijo vaznini ikki qiymatli tilsim kabi siynasida saqladi. Shu sababdan ham turkchilar ularni bilishda ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar.
Shu bilan birga hijo vazni ba’zi shoirlarimizni yanglish yo’llarga olib ketdi. Ularning bir qismi fransuzlarning vaznlariga taqlid qila boshladilar: masalan, fransuzlarning «aleksandrin» deb nomlangan 6+6 vaznida she’rlar yoza boshladilar. Bunday she’rlar xalqqa yoqmadi, chunki, xalqimiz hijo vaznining faqat ba’zi shakllaridangina zavq olar edi. Milliy vaznlarimizga bu mahdud, cheklangan vaznlar yot edi. Xalq vaznlari orasida 6+6 shakli yo’q, buning o’rnida 6+5 vazni bordir.
Kuzatuvlardan ma’lum-ki, turk xalqi bu so’nggi vazndan juda zavqlanadi. Bu tajriba ayni zamonda boshqa millatlardan vazn olinishi mumkin emasligi qoidasini ham o’rtaga chiqardi. Shu zayl bizdagi hijo vazni tarafdorlarining bu vaznning boshqa lisonlarga oid hijo vaznlariga taqlid emasligi, balki, eski turk uslubi ekanligi borasidagi fikrlari yanada kengroq yoyildi.
Hijo vaznini yanglish yo’lga yetaklagan shoirlardan bir qismi yangi vaznlar ijod etishga bel bog’ladilar. Ularning yo’qdan bor qilib, topgan vaznlarining ko’pchiligini xalq qabul etmadi. Ma’lum bo’ldi-ki, bu vaznlar xalqning eski paytlardan beri qo’llanib kelgan vaznlarga uyg’un emasdi. Xalq qabul qilmagan vaznlar, ular hijo vaznida bo’lsa ham, milliy vazn sifatida qabul qilinmadi.
3.-ADABIYOTIMIZ TAQRIZI VA ISLOHI
Turkchilikka ko’ra, adabiyotimiz yuksala bilishi uchun u ikki san’at muzeyida tarbiya ko’rish majburiyatidadir. Bu muzeylardan birinchisi xalq adabiyoti, ikkinchisi esa, g’arb adabiyotidir. Turkchi shoir va adiblar bir tarafdan xalq asarlarini, boshqa tarafdan esa, g’arbning shakllarini model o’laroq qabul etishlari lozim. Turk adabiyoti bu ikki yo’nalishdagi o’quvchilik davrini boshdan kechirmay, na milliy, va na mutakkomil bir mohiyatga erishadi. Demak, adabiyotimiz bir tarafdan xalqqa qarab, ikkinchi tarfdan esa, g’arbga qarab yurish majburiyatidadir.
Xalq adabiyoti nima? U, eng avvalo, masallar, rivoyatlar, afsonalar, topishmoqlar, dostonlar, ilohiylar, ”Dada Qo’rqut” kitobi, ”Oshiq Karam”, “Shoh Ismoil”, ”Ko’rog’li" kabi jangnomalar, Yunus Emro, Qayg’usiz, Qorachao’g’lon, Dardli kabi takka va so'z shoirlari, Qorako’z va Nasriddin Xo’ja kabi jonli adabiyotlardir.
Adabiyotimiz bu modellardan qancha ko’p fayz olsa, shu qadar ko’p shakllanadi.
Adabiyotimizning ikkinchi nav modellari esa, Homer va Vergiliydan boshlangan butun klassiklardir. Yangidan tug’ilayotgan bir adabiyot uchun eng go’zal o’rnaklar – klassik adabiyot asarlaridir. Turk adabiyoti butun klassiklarni o’zlashtirmay turib, romantiklarga va undan keyinroq kelgan maktablarga yaqinlashmasligi lozim. Chunki, yosh millatlar mafkuralari va qahramonliklarni ulug’lagan bir adabiyotga muhtojdirlar. So’nggi paytlarda Fransiyada yoshlarga yangi bir mafkuraviy yo’nalish berish uchun yangi klassiklar maktabini ta’sis etish uchun ko’rsatilayotgan g’ayrat klassik adabiyotning tarbiyaviy rolini isbot qiluvchi jonli bir dalildir.
Ammo biz faqat g’arb klassiklarini qadrlab, romantizmning fayzidan mahrum qolmasligimiz lozim. Chunki, romantizm tamalida xalq adabiyoti yotadi. Ovrupodagi butun romantizm harakatlari xalqqa qarab yurish, xalq ertaklari va dostonlarini model o’laroq qabul etish istagidan boshlangandir. Demak, biz adabiyotimizning taqriz va islohi bilan shug’ullanar ekanmiz, klassizm va romantizm davrlarini barobar yashagan bo’lamiz. Shunday ekan, g’arb adabiyotini ruhimiz-la o’rganar ekan, romantiklarning xalq adabiyotidan qanday foydalanganliklarini ham anglashga harakat qilishimiz kerak. Adabiyotimizning g’arb klassikasi muzeyida kechirgan shogirdlik davrini adabiyotimizning islohi deb ham atashimiz mumkin. Milliy adabiyotimiz ham taqriz, ham isloh deb nomlangan bu ikki tarbiya bosqichidan kechganidan so’ng ham milliy, ham ovrupoli bir adabiyot holiga kelajakdir.
Milliy adabiyotimizning ta’sisi xususida «Turk o’choqlari»ning ham buyuk bir roli bordir. «Turk o’choqlari» sahnalarida xalq teatri hisoblangan «Qorako’z» va «O’rta oyunu»ni ora-sira ko’rsatarak, jonlantirilmog’ lozim. Masalchilar masal aytaroq, maddohlarga taqlid etaroq, soz shoirlariga dostonlar, ko’chmalar (qo’shiq turi.Tarj), ma’nilar o’qitaroq milliy adabiyotimiz jonli bir shaklda ommaga namoyish etilishi mumkin. Yunus Emro, Qayg’usiz Abdal, Dardli, Qorachao’g’lon, Oshiq Umar, Javhariy kabi xalq shoirlariga va Dada Qo’rqut, Nasriddin Xo’ja, Qorako’z, Injuli Chovush Bakri Mustafo singari xalq qahramonlariga bag’ishlangan kechalar tashkil etib, ularning xotiralarini yashatmakka harakat qilishimiz kerak.
Xalq adabiyotiga oid kitoblar-la og’zaki an’analarimizni to’plab, xalq kutubxonalarini yaratish ham «Turk o’choqlari»ning vazifalaridan biridir.
4.- MILLIY MUSIQA
Ovrupo musiqasi kirib kelishidan oldin mamlakatimizda ikki xil musiqa bor edi: bularning biri Farobiy tarafidan Vizansdan olingan Sharq musiqasi, ikkinchisi esa, turk musiqasining davomi bo’lgan xalq melodiyalaridan iborat edi.
Sharq musiqasi ham, g’arb musiqasi kabi eski yunon musiqasidan kelib chiqqandir. Eski yunonlar xalq melodiyalaridagi tom va yarim saslarni yetarli ko’rmay, bularga to’rtdan bir, sakkizdan bir, o’n oltidan bir saslarni ilova etdilar va ularga «chorak saslar» nomini berdilar. «Chorak saslar» tabiiy emas, sun’iydir. Shuning uchun ham hech bir xalq melodiyasida chorak saslarni uchratmaysiz. Binobarin, yunon musiqasi g’ayri tabiiy saslarga tayangan sun’iy bir musiqa edi. Ularning musiqasida ayni melodiyaning takroridan iborat bo’lgan ayanchli bir monotonlik bor edi.
«Kurunu vusta» (Rum imperiyasining ikkiga bo’linishidan oldingi davr. Tarj.) Ovruposida tashkil etilgan opera muassasasi yunon musiqasidagi bu ikki nuqsonni ihotaladi, chunki, chorak saslar operaga uyg’un emasdi. Bundan tashqari, opera bastakorlari va o’yinchilari xalq ichidan chiqqanlari uchun chorak saslarni hech tushuna olmas edilar. Bu sabablarga ko’ra, g’arb operasi g’arb musiqasidan chorak saslarni chiqarib tashladi. Ayni zamonda opera tuyg’ulardan, hayajonlardan, ehtiroslardan iborat bo’lgani uhcun unga saslar uyg’unligini berib, g’arb musiqasini monotonlikdan qutqardi. Bu ikki tadbir g’arb musiqasining takommillashishiga sabab bo’ldi.
Sharq musiqasiga kelsak, u tamoman eski holida qoldi. Bir tarafdan chorak saslarni muhofaza qilar, boshqa tomondan harmoniyadan hali ham mahrum edi. Farobiydan so’ngra arablarga olib kirilganidan so’ng bu xasta musiqa saroylarning rag’bati ila forslarga va usmonliga ham olib kelindi. Boshqa tarafdan O’rta Sharq, armani, kaldoniy, suryoniy cherkovlari yahudiy hahamxonalari ham bu musiqani Vizansdan olgan edilar. Usmonli mamlakatida butun Usmonli unsurlarini birlashtirgan yagona muassasa bo’lgani uchun unga «Usmonli ittihodi anasir musiqasi» nomi berildi.
Bugun mana shu uchta musiqaga egamiz: Sharq musiqasi, G’arb musiqasi va Xalq musiqasi. Bilarning qaysi biri biz uchun milliy hisoblanadi, ajabo? Sharq musiqasining ham xasta, hamda g’ayri milliy ekanligini ko’rdik. Xalq musiqasi sivilizatsiyamizning, g’arb musiqasi esa, yangi madaniyatimizning musiqasi bo’lgani uchun ikkalasi ham bizga begona emas. Shunday ekan, milliy musiqamiz mamlaktimizdagi xalq musiqasi bilan g’arb musiqasining sintezidan tug’ilajakdir. Xalq musiqasi bizga ko’plab melodiyalar berdi. Bularni to’plab, g’arb musiqasiga uyg’unlashtirsak, ham milliy, hamda ovrupoli bir musiqaga ega bo’lamiz. Bu vazifani bajaradiganlar orasida «Turk o’choqlari»ning musiqiy hay’ati ham bordir. Turkchilikning musiqa sohasidagi dasturi asosan shundan iborat bo’lib, bundan ortig’i milliy musiqalarimizning o’ziga oiddir.
5.- BOSHQA SAN’AT TURLARI
Qolgan san’at turlarimiz tamomila xalq tarafidan yaratilgani uchun tamomila milliydir. Raqs, me’morlik, naqqoshlik, husnixat, duradgorlik, temirchilik, dehqonchilik, bo’yoqchilik, gilamchilik, to’qimachilik va hokozolar kabi. Usmonli oqsuyaklari badanga taalluqli bo’lgani va yoxud qo’l mehnati bo’lgani uchun bunday ishlarni avom ixtiyoriga topshirgan edi. Turkchilik esa, bunday san’atlarning barchasini qadrlab kelgan. Ammo afsuski, bu san’atlar Tanzimot davridan e’tiboran milliy iqtisodga ahamiyat berilmay, Adam Smitning «qo’ying yaratsinlar, qo’ying, tark etsinlar», dasturiga amal etaroq, davomli yo’qlikka yuz tutdilar. Turkchilikning vazifasi endi bularni qaytadan hayotga tadbiq etishdan iboratdir. Bir tarafdan Ovrupo texnologiyasini olar ekanmiz, ikkinchi tarafdan ixtiyorimizdagi qadriyatlarimizni ham qo’ldan chiqarmsligimiz kerakdir. Buning uchun bu san’at namunalrini milliy muzeylarimizga to’plab, ularni tashviq etmak va ularga doir ma’lumotlarni kitoblar shaklida nashr etaroq tarqatmog’imiz kerak.
Bundan tashqari ushbu san’at namunalarini davom ettiruvchi milliy san’atkorlarimizni yetishtirish ishiga kirishishimiz kerak.
Masalan, milliy bo’yoqchilik san’atimiz so’nish arafasida turibdi. Hozir Anadolida to’qilayotgan gilamlar yo sifatsiz, g’ayri sobit Ovrupo bo’yoqlari bilan yoxud olmonlarning sobit, ammo sun’iy bo’lgan bo’yoqlari bilan bo’yalmoqdadir. G’ayri sobit bo’yoqlarning tezda buzilishi va Olmon bo’yoqlarining haddan tashqari yorqinligi bilan milliy zavqimizga uyg’un kelmagani tufayli har ikkalasi ham milliy san’atimizga yotdir. To’qimachilik fabrikalarida g’ayri milliy qo’llar-la chizilgan yangi naqshlar ham milliy ruhimizga uyg’un emasdir. Shunday ekan, mamlaktimizdagi san’atkorlarni bunday yo’ldan ozishlarga chek qo’yajak milliy san’atimizni rivojlantirishga da’vat etmog’imiz kerak. Bu jabhada ham «Turk o’choqlari» zimmasiga g’oyat ahamiyatli bir vazifa tushadi.
6.-MILLIY ZAVQ VA ISLOH QILINGAN ZAVQ
Har millatning o’z go’zallik ko’rishi bordir. Bir millatga go’zal ko’ringan narsa boshqa millatga chirkin ko’rinishi mumkin. San’at zavqi milliy bo’lishi lozim, har millatning o’z milliy zavqi bordir. Agar bir millat o’zining milliy zavqidan uzoqlashsa, san’at sohasida qilgan ishlari faqat taqlidlardangina iborat bo’lib qoladi. Usmonli shoir va nosirlari bunga misoldir. Ular milliy zavqni tamomila yo’qotgan edilar. Ular yozgan narsalar yo forslarga va yoki fransuzlarga taqliddan boshqa narsa emas edi. Shunday ekan, badiyatda yuksalishni istagan har millat eng avvalo o’zining milliy zavqini topishga harakat qilishi kerak.
Milliy zavqni topish uchun xalq sari yurib, xalqdan uzundan uzoq bir badiiy tarbiya olmoq lozimligini angladik. Faqat haqiqiy san’atkor bo’lish uchun bu badiiy tarbiyani olishning o’zi yetarli bo’lmaydi. Haqiqiy san’atkor bo’lish uchun go’zal san’atlarning baynalmilal ustalari bo’lgan san’at dohiylaridan zavq darsi, zavq tarbiyasi ham olish kerakdir. Dohiylardan olingan bu fayzli tarbiya «isloh» deb ataladi.
Haqiqiy bir san’atga molik bo’lish uchun san’atimizning avvalo isloh qilinishi lozim. Bu dasturni jonli bir misollar yordamida ko’zdan kechiraylik: Italiyaning Renessans davridagi san’atkorlari xususan, rassom va haykaltaroshlar eski yunon-lotin san’atkorlarining dohiyona asarlari muxlisi edilar. Venera, Minerva, Apollonlarning haykallaridagi san’at texnikasi o’zining eng yuksak cho’qqisiga erishdi.
Renessans san’atkorlari bu texnikani buyuk ishtiyoq bilan o’rgandilar va o’zlashtirdilar. Ammo ular bu yunon-lotin asarlariga aynan taqlid qilmadilar. Chunki, xalq endi bu afsonaviy shaxsiyatlarga hech bir qiymat bermayotgan edi. Renessans davridagi xalq xotinlar ichida faqat Hazrati Maryamgina dunyo go’zali sifatida tan olar edi. Erkaklar ichida esa, bunday sharaf faqat Hazrati Isoga oid edi. Haqiqiy san’atning vazifasi esa, boshqa millatlarning yoxud davrlarning badiiy mafkuralarini emas, balki, o’z davri va o’z millatining tasvirini chizishdan iboratdir. Mikelanjelo va Rafael kabi Renessans san’atkorlari buni anglab, to’gri yo’lni topdilar: Hazrati Maryamga Veneraning go’zalligini berdilar. Hazrati Isoni esa, Apollon go’zalligi bilan ko’rsatdilar. Boshqa avliyolarni ham bu afsonaviy qahramonlar xislatlari bilan tasvirladilar. Bu ikki unsur, baynalminallik va milliylik sintezidan yuksak bir san’at vujudga keldi. Renessans nomi bilan atalgan bu go’zal san’atlar majmuasining moiyati shundadir.
Katolik cherkovi bu haykal va rasmlarni qabul etarak, o’z ibodatxonalariga bir muzey shaklini berdi. Holbuki, Vizans va umuman, sharqdagi ortodoks cherkovlari o’zining muqaddas tasvirlarini yunon-lotin modellariga o’xshatishga urinmadi: ular o’zlarining somiylardan olgan qo’pol o’rnaklariga sodiq qoldilar. Shu tarz ortodoks cherkovlari san’ati rivojlanish jarayonidan chetda qoldi.
Renessansdan so’ngra ham Ovrupoda har millat o’z badiiy hayotining taraqqiyotida shunday yo’l tutdi. Shekspir, Gyote kabi romantik daholar ham xalq tarbiyasini olib, ham yunon-lotin texnikasini tamsil etdilar. Shu tarz ularning har biri ham milliy, ham umumbashariy bir san’at namunasini dunyoga keltirdilar.
Turkchilikning badiiy dasturi ham shunday usullarning tatbig’idan iboratdir.
UCHINCHI MULOHAZA
AXLOQIY TURKCHILIK
1.-TURKLARDA AXLOQ
Buyuk millatlarning har biri ma’lum bir sohada o’z ustunligini namoyon qilganlar.
Masalan, yunonlar badiiylikda, rumliklar huquqda, yahudiy va arablar dinda, fransuzlar adabiyotda, anglo-saksonlar iqtisodda, olmonlar musiqa va falsafada, turklar esa, axloqda oldinda bo’lganlar.
Turk tarixi boshdan oxirigacha axloqiy fazilatlar namoyon bo’lgan bir maydondir. Turklar asrlar mobaynida mag’lub bo’lgan millatlarning milliy va diniy mavjudiyatlarini muhofaza qilib, ularga ijtimoiy muxtoriyatlar berib kelgan. Ammo mag’lub bo’lgan millatlar bunday yaxshilikka qarshi o’zlarini ezilgan va zulm ko’rgan millatlar sifatida ko’rsatib, turklarga qarshi fitnalar olib bordilar. Bunday ikki xil harakat taraflardagi axloq darajasining yorqin ko’rsatkichidir.
Bu bo’limda biz turklarning tarix maydonida ro’y ko’rsatgan axloqiy mafkuralari haqida so’z yuritamiz. Bu axloq kategoriyalari quyidagilardan iboratdir:
1. Vatan axloqi. 2. Maslak axloqi. 3. Oila axloqi(jinsiy axloq). 4. Madaniy axloq(shaxsiy axloq). 5.Baynalmilal axloq.
2.-VATAN AXLOQI
Eski turklarda Vatan axloqi juda kuchli edi. Hech bir turk o’z eli, ya’ni, millati uchun hayotini va eng sevgan narsalarini hech ikkilanmay, fido etishdan chekinmas edi. Chunki, «el» Ko’k Tangrining yer yuzidagi ko’lkasi edi. Ko’k Tangri, turklarning inonchiga ko’ra, g’oyat muborak bo’lgan bir kechada «oltin nur» o’laroq yer yuziga inib, bir bokirani va yoki bir og’ochni homilador qilib, bu «Qutli El»ning dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan. El yashayotgan joy «yurt» yoxud «o’lka» deb atalgan. Turk qaerga ketmasin, o’z yurtini unutmas edi, chunki, otalarining mozori o’sha yerda edi. Bolalik chog’i, ota o’chog’i, ona quchog’i o’sha yerda bo’lgan.
Turkning vatanparvarligiga misol o’laroq, xun davlatining asoschisi bo’lgan Meteni keltirishimiz mumkin. Tatarlar hukmdori unga qarshi urush ochish uchun bahona qidiraroq, undan eng qattiq sevgan otini berishni so’raydi. Bu ot soatiga ming farsah yo’l yurishga qodir bir ot edi. Mete o’z xalqining urush musibatlari ichida qolishini istamay, tatar hukmdoriga o’z otini yuboradi. Ammo tatar hukmdori urush ochish uchun bahona qidirayotgani tufayli bu bilan ham kifoyalanmay, Metedan uning eng sevgili joriyasini o’ziga yuborishini so’raydi. Bundan g’azablangan butun beglar Metedan tatar hukmdoriga qarshi urush ochishni so’raganlariga qaramay, Mete: «Men Vatanim tinchligini o’z ishqimga fido qilmayman» deb o’z sevgilisini dushmanga berish kabi bir fidokorlikni qabul etadi. Shundan so’ng tatar hoqoni Xun o’lkasidagi hech bir ahamiyatga ega bo’lmagan, unumsiz, o’simliksiz, ma’dansiz, aholisiz bir parcha toshloq yerni o’ziga berishni so’raydi. Qurultoy bu foydasiz tuproqni tatar hukmdoriga bermaslik uchun hech bir sabab yo’q, deya uni tatar hukmdoriga berish kerakligi haqda so’z ochganida Mete: «Vatan bizning mulkimiz emas, mozorda yotgan otalarimiz va to qiyomatga qadar tug’ilajak nevaralrimizning bu muborak tuproq ustida haqlari bordir. Vatandan, hatto bir qarich bo’lsa ham, yer berishga hech kimning haqqi yo’qdir. Biz jang qilamiz. Men otimni dushman ustiga suraman, ortimdan kelmagan qatl etilajakdir», deya tatarlar ustiga yurish boshlaydi. Bu tarixiy voqea misolida biz turklar uchun Vatan naqadar aziz bo’lganini ko’ramiz.
Eski turklarga ko’ra, vatan «to’ra»dan, ya’ni, milliy urf-odatlardan iboratdir. Mahmud Qoshg’ariy lug’atida zikr etilgan «O’lkadan kechilar, ammo to’radan kechilmas» degan xalq iborasi milliy urf-odatlarga berilgan ahamiyatni namoyon qiladi.
Eski turklarda hukmronlik xalqqa oid edi. Kichik ellarni butun el, bir millat majlisi boshqarar edi. Xalqning taqdirini shu majlis hal qilar edi. Buyuk ellarda esa, urug’ beglaridan tashkil topgan «Sho’lan» nomli majlis el hayotiga oid qarorlar qabul qilar edi. Hoqonliklarda va elxonliklarda esa,millat majlisi mohiyatida bo’lgan «Qurultoy» bor edi. Bu majlislar mashvarati «Qinqash» deb atalar edi.
«El yomonmi, hoqon yomonmi?» degan xalq iborasi hukmronlikning hoqonda emas, balki, xalqda ekanligini ko’rsatadi. Chunki, xalq hoqonni saylash va uni taxtdan mahrum qilish salohiyatiga ega bo’lgan. Shuningdek, urush e’lon qilish kabi muhim qarorlar ham Qurultoy tarafidan qabul qilinar edi. «Chang-to’zonda farmon o’qilmas» maqoli ham buhron onlarida vaziyatga xalq hukm chiqarishiga ishora qiladi. Eski turklarda musavot (tenglik.Tarj) juda kuchli bir tarzda ta’sis etilgan edi. Xorazmdagi taka turkmanlarda na asir va na xizmatchi bor edi. Har kim o’z uyiga oid ishlarni o‘zi qilar, har el bir-biriga teng bo’lgan insonlardan tarkib topgan edi. Eski turklarda bir el boshqa bir elni o’ziga tobe qilganida ham ularning siyosiy qurilishlarini buzmagan. Tobe bo’lgan elning eski hukmdori «bayogo», yani, «malik» nomi bilan eski mavqeyini saqlab qolar edi. Bir hoqon boshqa hoqonliklarni zabt etganida u yerning eski hoqonlarini o’z o’rnida saqlab qolardi. Faqat o’zi «elxon» nomi bilan bu xalqning hukmdori mavqeiga kechar edi.
Zotan, «el» kalimasining o’zi «sulh» demakdir. «El»chi – «sulhchi» ma’nosini ifoda qiladi.
Elning timsoli bo’lgan Ko’k Tangri sulh ilohidir. Elxon sulh dinining bir tashviqotchisi mavqeyidadir. Turk elxonlari butun turk ellarini sulhga da’vat etar va butun hoqonlarga «o’g’lim» deya xitob etar edi. Turklarning butun urushlari doimiy va kengish bir sulhni ta’sis etish maqsadida olib borilgandir. Butun elxonliklar davrida Manchjuriyadan tortib, to Mojoristonga qadar butun Turon qit’asi g’oayt mas’ud bir sulh va osoyishtalik ichida yashadilar. Turk hoqonlari imperiyalist emas edilar. Chunki, faqat turk ellarini birlashtirish bilan cheklanar, boshqa millatlarning o’lkalarini fath etishga intilmasdilar.
Xunlarning ilk elxoni Metening Chin davlatini ikki da’fa qo’lga kechirgani holda imperator bo’lishni rad etgani – bu iddaomizning yorqin dalilidir. Sulh axloqini Atillaning faoliyatida ham ko’rishimiz mumkin. Atilla eng muzaffar urushlar olib borayotgan chog’ida ham unga sulh taklif qilinganida darrov bu taklifni qabul qilar edi.
Eski turklar dunyoning eng demokratik qavmi bo’lgani bilan birga ular dunyoning eng feminist xalqi ham edi. Zotan, feminizm demokratiyaning, ya’ni, tenglikning xotinlarga oid bir ko’rinishidir. Eski turklarning bu fazilati haqida oila axloqiga oid bo’limda batafsil to’xtalamiz.
O’rxun obidalaridagi yozuvda turk hoqoni shunday deydi: «Turk Tangrisi turk millati yo’q bo’lmasin deb, otalarimni yubordi. Men hoqon bo’lganimdan so’ng kunduz o’tirmadim, kecha uxlamadim. Turk millati och edi - to’ydirdim, yalang’och edi – kiyintirdim, faqir edi – boy qildim».
Turk millati ham o’z hoqonini yo’qotganida: «Davlatli bir millat edim, davlatim va shavkatim qani? Hoqonli bir millat edim, hoqonim qani? Endi qaysi hoqonga xizmat qilayin?» deya nola qiladi. Millat va hoqon orasidagi munosabatlarning naqadar samimiy bo’lganini bu naqllardan anglash mumkin. Turklardagi vatan axloqi shu qadar yuksak edi.
Turklarning bundan so’nggi davrlarda ham eng ko’p qiymat berganlari Vatan axloqi edi. Chunki, ijtimoiy xilqatlar orasida tom va mustaqil bir hayotga molik bo’lgan va bir ijtimoiy organizm mohiyatini tashigan zot millat yoxud Vatan deb atalgan narsadir. Oilalar bu xilqatning hujayralaridir. Millatning yana ham kengroq bo’lgan «ummat» va «baynalminaliyat» kabi tushunchalriga kelsak, bular jamiyat mohiyatida emas, balki, jamiyat ichidagi jamoalar mohiyatidadirlar. Millat mafkurasi boshqa mafkuralardan, xususan, ummat mafkurasidan, madaniyat va baynalminallik mafkurasidan yuksakda turadi.
Ayniqsa, biz kabi siyosiy dushmanlari eng ko’p bo’lgan millatlar uchun eng ishonchli tayanch - Vatan axloqidir. Agar Vatan axloqimiz kuchli bo’lmasa, na istiqlolimizni, na hurriyatimizni va na vatanimizni himoya qila olamiz. Demak, turkchilik, har narsadan avval, millat va vatanga qiymat berishi lozim.
3.- KASB AXLOQI
Vatan axloqidan so’ng kasb axloqi keladi. Eski turklar kasbni «yo’l» deb atar edilar va yo’ldagi kattani o’zining urug’- aymog’dagi kattadan ustun qo’yardilar.Bektoshiylarning «Beldan kelgan emas, eldan kelgan sayid» deyishlari ham «yo’l»ning «urug’»dan ustun turishini anglatadi. Eski bir maqolda: «Yo’ldoshlaring bobongning o’basiga qarshi yurish qilsalar, sen ham ular bilan birga yurish qil» deyiladi-ki, bu maqol ham yo’ldoshlarning urug’doshlardan ustunroq turishiga ishora qiladi. Eski turklarda jamiyatni idora etgan sinf «t’orinlar» «kamlar» «buyruqlar», «bitikchilar» degan nomlar bilan to’rt qismga bo’lingan edi. Keynroq, usmonli davrida bulardan «mulkiya», «ilmiya», «sayfiya», «kalamiya» nomlarini olgan to’rt sinf vujudga keldi. Iqtisodiy kasblar ham bulardan ayri o’laroq mavjud edi. Anadolu saljuqlilarining so’nggi davrida axiylar tariqati futuvvat shioriga tayangan zaviyalar holida tashkil topdi. Futuvvatning lug’aviy ma’nosi boboyigitlik, yani, dunyoda va oxiratda xalq manfaatini o’z nafsidan ustun qo’yish degan ma’noni anglatadi. Usmonli davridagi hunarmandlar birligi va kadxudoliklari bu eski axiylar tashkilotining davomi edi.
Eski davrlarda bunday hunarmandlar tashkiloti nohiyaviy bir ahamiyatga ega edi. Ya’ni, har shaharning o’z asnof tashkiloti bor edi. Nohiyaviy iqtisod davrida bunday tashkilotlar juda foydali edi. Ammo nohiyaviy iqtisod o’rnini milliy iqtisod kelganidan so’ng bunday tashkilotlar keraksiz bo’lib qoldi. Endi ular bitirilib, o’rniga boshqaruvi davlat qo’lida bo’lgan milliy tashkilotlar qurilishi lozim.
Masalan, ko'nchilarini olaylik: har shaharda ko'nchilik gildiyasi qurilishi lozim. Lekin ularga shayx yoki kadxudo emas, balki, bir kotib rahbarlik qilishi kerak. Har bir shaharda barcha ko’nchi gildiyalarning vakillaridan iborat bir hay’at markazi tashkil etilib, unga «ish birjasi» nomi berilishi kerak. Ularning vazifasi shaharlardagi ko’nchilarga oid muammolar bilan shug’ullanib, ularning faoliyatini yo’naltirishdan iborat bo’lishi lozim. Har bir shaharda bunday gildiyalar qurilganidan so’ng ular markazdan boshqariladigan bir federsiyonga birlashtirilishi kerak.
Bu tashkilotning vujudga kelishi kasb axloqi nazoratini ta’minlaydi. Har inson hayotini bir tabibga, huquqini bir advokatga, mulkini bir notariusga, farzandini bir muallimga, diyonatini bir muftiga ishonib, topshiradi. Bu insonlar o’zlari ishongan bu kasb egalari faoliyatini nazorat qilolmasalar ham, ularning faoliyatini yuqorida nomi zikr etilgan tashkilotlar nazorat qila oladi. Bunday nazorat uchun har kasb uchun tashkil etilgan tashkilotlar o’z hamkasabalari faoliyatida amal qiliishlari lozim bo’lgan qonun-qoidalarni, yani, kasb axloqini ishlab chiqadi. Bu axloqqa rioya qilmagan kasb egalari ushbu tashkilotlar tarafidan tanbeh, ogohlatirish, vaqtincha va yoki butunlay faoliyatiga chek qo’yish singari jazolar bilan jazolantiriladi. Shu yo’sin oddiy fuqarolarning manfaatlari himoya qilinadi.
Ayni paytda bu kasaba ujushmalarida o’zaro yordamlshma fondlari tashkil etilib, tashkilotga mansub qariyalar, nogironlar, xastalar, yetimlar va tullarga fonddan olingan pullar bilan moliyaviy yordam ko’rstiladi.Bolalar tarbiyasi va yoshlarning texnik tahsili ham bu jamg’arma zimmasida bo’ladi.
4.-OILA AXLOQI
Eski turklarda oilaning to’rtta darajasi bo’lgan: bo’y (aymoq), so’y (urug’), to’rkun(qarindoshlar) bark(uy).
1. Bo’y: Eski o’g’uzlarda oila nomi bo’lgan. Ammo Ovrupodagi oila nomlanishiga zid o’laroq, kichik nomdan oldin kelgan. Masalan, Salur Kazan, Bo’gdu Zamin, Kayan Saljuq ismlaridagi birinchi kalimalar bo’y nomi bo’lib, ikkinchi kalimalar kichik ismdir.
Bu ismlarni Qo rqut ota kitobida ko’rishimiz mumkin. Mahmud Qashg’ariy o’zining «Devoni lug’otut turk» kitobida: «Bir odamning kim ekanligini bilish uchun undan «sen qaysi bo’ydansan?» deb so’raladi». Bo’y odamning kichik ismlaridan so’ng keladi. Yunus Emro ismidagi «Emro» kalimasi O’g’uz elinining Emro bo’yini anglatadi. O’g’uzlarda har bo’yning o’ziga xos tamg’asi, o’nguni (totemi) va naqshi (so‘kuku) bordir.
O’g’uzlardagi har bo’y o’z suruvlari va xazinalarini o'z tamg'asi bilan belgilar edi. Yoqutlarda «bo’y»ni «sip» deb atashadi. Bu kalima Anadolu turkchasida «sop» shaklini olgan. Yoqutlarda sip vakillari orasida iqtisodiy bir mushtaraklik bo’lgan. Bir kishi o’zi mansub bo’lgan sipga doir bo’lgan har qanday uyda soatlarcha hordiq chiqarib, uxlashi mumkin bo’lgan. Ya’ni, sipning har bir vakilida o’z bo’yiga mansub har qanday uyda tasarruf salohiyatiga ega bo’lgan. Yerning mulkiyati siplarga oid bo’lgan. Kichik oilalar bu umum yerini parchalarga ajratib, ayri-ayri holda ishlov berishlari, ekin ekishlari mumkin bo’lgan. Ammo mulkiyat doimo umumniki bo’lgan va yerlar ehtiyojga qarab, yangidan taqsimlanib chiqilavergan. Chingizxon yasog’iga ko’ra, har qirq xonadonda bir yilda 4 nafar yangi oila qurilishi lozim edi. Agar oila qurajak yoshlar kambag’al bo’lsalar, ularga moliyaviy yordam berib, ularning oila qurishlariga sharoit yaratilar edi. Agar har qirq xonadonda yilda to’rtta yangi oila qurilmasa, bu urug’ vakillari javobgarlikka tortilar edi. Turklarda ikki xil qarindoshlik bor edi, biri bo’yga aloqadar edi: har bo’y vakili o’zidan yoshi katta erkaklarga «iji», o’zidan yoshi ulug’ xotinlarga esa, «aba» unvonlarini berar va o’zidan yoshi kichik bo’lgan erkaklarni «ini», o’zidan kichik bo’lgan qizlarni esa, «singil» deb chaqirar edilar. O’z tendoshlarini esa, «ati» deb chaqirish udum edi.
Keyingi davrlarda bu kalimalar ham bir qator o’zgarishlarga yuz tutib, o’g’uzlar «iji» o’rniga «ag’a» kalimasini, «aba» kalimasi o’rniga esa, «abla» kalimasini ishlata boshladilar. «Ati» kalimasi ham «ata» shaklini olib, boshqa ma’noda qo’llanila boshladi. Bo’yning ham «ona bo’yi», ham «ota bo’yi» mavud edi.
2.So’y: So’yni lotinlar «cogna», olmonlar «zippe», fransuzlar «parantele» deb nomlaydilar. Bular amaki, doyi, teyza, xola kabi qarindoshlar majmuidir So’y - ham ona tomondan, ham ota tarafdan qarindochlarni ko’zda tutib, birinchis «ona so’yi», ikkinchisi esa, «ota so’yi» deb ataladi.
Eski turklarda ona so’yi bilan ota so’yi teng qiymatli sanalgan, bu tenglik ba’zi muassasalarda aniq ko’rinadi. Masalan, eski turklarda aslzodalik har ikki tarafdan: ham ota tarafdan, ham ona tarafdan aslzoda bo’lishni taqozo qilar edi. Hatto bugungi kunda ham Xorazmdagi turkmanlarda bir qiz ham otasi, ham onasi tomondan turkman bo’lmagan kishiga turmushga chiqarilmaydi. Ya’ni, birovning faqat otasining turkman bo’lishi «asl» sanalishi uchun yetarli hisoblanmaydi, tamoman «asl» bo’lishi uchun uning onasi ham trukman bo’lishi kerak.
Bundy ikki xil asllik sulolalar tashkil topganidan so’ng ham davom etdi: bu davrda otasi tarafdan shahzoda bo’lganlarga «tekin», onasi tarafdan shahzoda bo’lganlarga esa, «inol» unvoni berilishi orqali ikki tarafdan ham sulolaga mansub bo’lishning ahamiyatiga urg’u berilgan. Eronda bugun ham bu qoida Qachar sulolasida joriydir.
Eski turklarda sulola ichida «so’yda buyuk» bo’lgan shahzoda hukmdor bo’lar edi. Usmonli xonadonida ham shu qoida amal qilgan. Holbuki, xoh Ovrupoda bo’lsin, xoh Misrda, xonadonda buyuk bo’lgan shahzoda hukmdor bo’ladi. Bo’y davri orqada qolganidan so’ng so’y ismlari oila ismiga aylandi, masalan, Co’pon o’g’illari va yoki Qozono’g’illari kabi.
2. To’rkun: Mahmud Qoshg’ariyga ko’ra, eski turklar bir xonada o’tirgan asl oilaga «to’rkun» deyishgan. To’rkunga oid qarindoshlik atamalari bo’yga oid qarindoshlik terminlarining aksi o’laroq, induvidual qarindoshlikni ko’rsatadi.
Akan- Ota
O’ke – Ona
Er – Zavj
Konchuy – Zavja
Uri o’gil – Erkak farzand
Qiz o’g’ul . Qiz farzand
Durkheymning oila tasnifiga ko’ra, bu urug’ni «padari oila» deb atashimiz mumkin. Padari oila «padarshohi» oiladan ancha farq qiladi. Padari oilada otaning o’z xotini va bolalari ustida faqat demokratik bir vasiyligi bordir-ki, bunga «padarona vasiylik» va «zavjiy vasiylik» deyiladi. Padarshohi oilada esa, oila raisining o’z bolalari va zavjasi ustida sultonlik haqqi bordir. Uning bolalari va xotini uning mulki mohiyatidadir. Padarshohi istasa, ularni o’ldirar, istasa, sotar edi va yoki birovga hadya etar edi.
To’rkun - turklardagi «ota o’chog’i» degan tushunchaning o’zidir. Oila ma’budasi bu o’choqda saqlangani uchun undagi olov hech qachon so’nmasligi kerak. Shuning uchun ham farzandlarning kattalari uylanib, ota o’chog‘ini, to’rkunni tark etganlarida, uyda farzandlarning eng kichigi, kenja o’g’il qolib, ota o’chog‘ini qo’riqlaydi. Ma’lum bir paytlarda butun farzandlar ota o’chog’iga uyga yig’ilib, ajdodlariga hurmat ma’rakalarini o’tkazishadi. Turklar yurt kabi o’z o’choqlarini ham unutmas edilar. Yurtdan va o’choqda uzoqlashganlarida yurt va o’choq muhabbati ular uchun quvvatli bir bog’ vazifasini o’tar edi.
4.Bark: Eski turklarda bir yosh yigit uylanish yoshiga yetganida bir qahramonlik imtihonidan o’tib, «el»majlisidan yangi bir ism olardi. Shu tarzda «eldosh» mohiyatini, «erkak-erishgan» qiymatini qozonib, vatandosh huquqiga molik bo’lar va shu bilan otasining vasiyligidan chiqib, hoqonning vasiyligi ostiga o’tardi. Bu yosh yigit oilasining merosidan o’z hissasini olish uchun ota va onasining o’lishini kutib o’tirmas edi. U uylanayotgan paytida oila merosidan o’z ulushini olar edi. U uylanayotgan qiz ham ota va onasi va qarindoshlarining bergan hadyalaridan iborat «yumush» deb nomlangan bir jihoz eltirar edi.
Kelin va kuyov o’z mollarini birlashtirib, bir uy sohibiga aylanar edilar. Ular na erkakning ota o’chog’ida va na qizning to’rkuni qaramog’ida o’tirmay, yangi bir uy qurar edilar. Shuning uchun ham turklarda «har to’ydan bir uy paydo bo’lar» degan maqol bor edi. Taka turkmanlarida kelin va kuyovning chodiri yangi qurilgani uchun oq bo’ladi. Shu sababdan una «oq uy» deyishadi. Boshqa chodirlar esa, vaqt o’tib, ancha qoraygan bo’lardilar. Eski turklarda xuddi arablarda bo’lgani kabi uy faqat erning emas, xotinniki ham hisoblanardi. Shu sababdan uyning erkakiga «o’t ag’asi»,Uyning xonimiga esa, «uy xotini» unvoni berilardi.
To’rkunning parisi o’choqda yashasa, oq uyning parisi barkda(uyda) yashar edi. Uydagi parilar ikkita bo’lib, ularning biri erga, ikkinchisi esa, xotinga oid edi. Birinchisiga «o’t ota» deylsa, ikinchisiga «o’t ona» deyilardi.
O’tovning o’ng tarafida kuyov, chap tarafida esa, kelin o’tirardi. O’ng tarafda biya shaklida, chap tarafda esa, sigir shaklida ikki sanam bo’lardi. O’ngdagiga «uy begining qardoshi», chapdagisiga esa, «uy bekasining qardoshi» deyilardi. Bular er va xotinning totemlari edi.
Eski turklarda eshik ham muqaddas edi. Agar begona bir kishi eshikni qoqsa, u kishiga ziyon yetardi. Uylarning tajovuzdan ma’sumiyati qoidasi eshiklarning bu shakldagi qudsiyatiga diniy bir mas’uliyat yuklagan edi.
5.Turk feminizmi: Eski turklar ham demokrat, ham feminist edilar. Turklarning feminist bo’lishlariga boshqa bir sabab esa, eski turklarda shamanizmning xotindagi qudsiy quvvatga tayanganida edi. Turk shamanlari sehr quvvati ila mo’jizalar ko’rsatish uchun o’zlarini xotinlar qiyofasiga kirishga majbur edilar. Ular xotinlarning kiyimlarini kiyib, saslarini ingichka qilar, soqol va mo’ylovlarini qirib tashlar, hatto homilador bol’ib, bola tug’ishni tasvirlar edilar. Bunga muqobil to’yonizm dini erkakning qusiy quvvatida tajalli etar edi. To’yonizm bilan shomonizmning qiymatan tengligi erkak va xotinning huquiy tengligiga sabab bo’lgan edi. Hatto har ishning xoh to’yonizmga, xoh shomonizmga tayanishi lozim bo’lganida, bu ishning amalga oshirilishida ham erkak va xotinning teng ishtirok etishi shart edi. Masalan, hokimiyat Hoqon bilan uning xotiniga qarashli bo’lgani tufayli bir amr chiqarilganida, bu amrning: «Hoqon amr etadi-ki» degan so’zlar bilan boshlanishi mashru hisoblanmasdi. Legitimlik uchun farmon: «Hoqon va uning xotini amr etadi-ki» degan so’zlar bilan boshlanishi lozim edi. Hoqon bitta o’zi bir elchini qabul eta olmas edi. Elchilar faqat o’ng tarafda hoqon, chap tarafda esa, uning xotini o’tirganidagina ularning huzuriga chaqirilar edi. Anjuman va ma’rakalarda, qurultoylarda va ibodat paytlarida, urush va sulh majlislarida hoqonning xotini ham uning yonida bo’lar edi. Xotinlar uchun hijobga oid qoidalar yo’q edi.
Hoqonning hokimiyatdagi sherigi bo’lgan xotinga «turkon» unvoni berilardi. «Xotun» unvoni hoqon sulolasiga mansub butun malikalarga berilgani va «turkon»ning ham faqat «xotun»lar ichidan saylanishi lozim bo’lgani tufayli «Turkon»ni faqat «Xotun» deb ham atash mumkin edi. Eski turklarning faqat bitta xotini bo’lar edi. Imperializm davrlarida esa, hoqon va beklarning haqiqiy xotinidan boshqa, «kundosh» deb atalgan boshqa ellarga mansub xotinlarga ham uylanishi udum bo’ldi. Ammo bu «kundosh»lar haqiqiy xotin mohiyatida emas edilar.Turklar ularni rasmiy xotin o’laroq qabul etmas edilar. Ular go’yo bir «hiyla-iy sha’riy» ila oila ichiga kirgan edilar. Kundoshlarning bolalari o’z onasiga «ona» deb aytolmas, ularni «xola» deb charishlari lozim edi. Ular «ona» deb faqat hoqonning haqiqiy xotiniga murojaat qilishlari kerak edi. Kundoshlarning bolalari, ularning otasi hoqon bo’lishiga qaramay, aslo hoqon bo’la olmas edilar. Kundoshlarning «Xotun» dan farqi, ularning hoqon urug’dan kelib chiiqmaganlari edi. «Xotun» esa, hoqonning o’z urug’dan kelib chiqqan edi. Agar kundosh Chin malikalaridan bo’lsa, u «ko’nchuy» unvonini olar edi. Ammo ularning ustidan ham hukmron Xotun edi. Mo’g’ullar davrida «xotun»lar ham ko’paya boshladi, ammo ularning faqat bittasigina «turkon», yaniy, «malika» unvonini olishi mumkin edi.
Eski turklarda xotinlar, umuman, «amazon» edilar. Changchilik, qahramonlik turk erkaklari qatorida turk xotinlariga ham xos edi. Turk xotinlari hukmdor, qal’a qo’riqchisi, shahar hokimi va elchi ham bo’la olar edilar.
Oilalarda uy ham teng tarzda erkak va xotinga qarashli edi. Bolalarga vasiylik borasida ham erkak va ayol teng edi. Erkak doim xotinini hurmat qilar, aravaga xotinini mindirib, o’zi orqasidan piyoda ketar edi. Jangchilik turklardagi umumiy bir saviyasi, femminizm esa, turklarning eng asosiy shiorlaridan biri edi. Xotinlar yerga, mulkka egalik qilishlari mumkin edi. Eski qavmlar ichida hech bir qavm xotinlar huquqiga turklar kabi katta ahamiyat va hurmat ko’rsatmaganlar. Ota va ona urug’ining tengligi haqda esa,bu yerda takrorlab o’tirmasa ham bo’ladi.
5. IJTIMOIY AXLOQ
Eski turklarda jamoat axloqi ham juda yuksak edi. Yoqutlarda yunonlarning Venerasiga o’xshagan Ayzut nomli bir ilohi bor. Bu iloh xotinlar tug’ayotganlarida ularning yoniga kelib, ularning qiynalmay tug’ishiga yordam etadi. U yangi tuqqan xotinning yonida uch kun qolib, so’ngra atrofidagi dara, ekin yeri, og’och va maysa parilari bilan birga samoning uchinchi qavatidagi saroyiga ketadi.
Ammo Ayzutning hech murosaga kelinmaydigan bir sharti bor: u o’z iffatini saqlay olmagan xotinlarga, ular qanchalik tavba va tazarru qilmasinlar va qancha ko’p qiymatli qurbonliklar va hadyalar keltirgan bo’lmasinlar, ularga yordamga kelmaydi.
Ayzutga bag’ishlangan bayram ham bor. Bu bayram tonggida uylarning har tarafi tozalanib, bezatiladi. Oiladagi hamma go’zal kiyimlarini kiyadi, eng go’zal yemaklarni pishirib yeydi, hammaning yuzida tabassum va sevinch hokim bo’ladi. Shunda uyga qo’lida sozi bilan oq shomon kirib keladi. Qish oylarini qora shomon, yoz oylarini esa, oq shomon ijro etadi. U to’qqizta qiz va to’qqiz nafar yosh yigitni tanlab olib,ularni ikkitadan-ikkitadan bo’lib, bir-brilarining qo’lini ushlagan holda askar kabi safga tizadi. O’zi esa, sozini chalib, qiz va yigitlarni xuddi samoga chiqarayotganday yurgiza boshlaydi.Shomon sozini chalar ekan, Ayzutni tarannum etuvchi ilohiy qo’shiqlarni aytadi. Bu badiiy raqs go’yo uchinchi qat osmonga chiqqanlarida Ayzut saroyining yasovullari qo’llarida kumush qamchilar bilan chiqqanini tasvirlaydi. Raqs davomida gunohi bo’lganlar orqaga qaytarilib, pokiza bo’lganlar Ayzut saroyiga kiritiladi. Bu kabi an’anaviy marosimlar turklar ijtomoiy axloqqa naqadar ahamiyat berganliklarini ko’rsatatdi.
Eski turk xotinlari tamomila hur va erkin bo’lganligi bilan birga havoiy ishlar bilan mashg’ul bo’lmas edilar. «Axloqi a’lo» kitobida yozlishiga ko’ra, Saljuqli malikalaridan biri Qazvin shahrining hokimi edi. U har yili bahor oyida bu shaharning chetiga kelib, o’zining yashil yaylov o’tovini qurardi.
Bir kuni qazvinliklar shaharda umumiy bir kanal qurish uchun mablag’ to’play boshladilar. To’plagan mablag’lari ozlik qilgani uchun ular bu mablag’ni Xonim Sultondan olish uchun unga bir hay’at jo’natadilar. O’tovga yaqinlashgan hay’at o’tov oldida bir sandalda o’tirib, bir matoh to’qib o’tirgan malika Xonim Sultonni ko’radu va: «shu xasis xotin bizga pul berarmidi» deb kelganlariga pushmon bo’ladi va orqalariga qaytishga shaylanadilar, ammo Xonim Sulton ularni ko’rgani tufayli unga sari yurishga majbur bo’ladi va unga xalqning iltimosini yetkazadilar. Sulton butun hay’at a’zolariga kanal uchun sarflanadigan butun xarajatni o’z bo’yniga olajagini, xalqdan ular to’plangan yordam pulini esa, xalqqa qaytarib berishlari lozimligini aytib, xazinabonini chaqiradi-da, kanal uchun lozim bo’lgan mablag’ni berishni buyuradi. Shunda hay’at ichidagi bir qariya Sultonga uning matoh to’qib o’tirganini ko’rganlarida o’zlari ichiga tushgan shubha haqida gapirib beradi. Xonim Sulton esa, unga shunday javob beradi: «To’g’ri, mening qo’l ishi bilan mashg’ul bo’lganimni ko’rgan butun eronliklar taajjublanadilar. Holbuki, oilamdagi butun xotinlar men kabi doim qo’l ishi bilan mashg’uldirlar. Biz, sultonlar, bunday ish bilan mashg’ul bo’lmay, nima bilan mashg’ul bo’lishimiz kerak? Havoiylik bilanmi? Bunday ish bizning urug’imizga yarashmaydi. Biz saltanat ishlaridan forig’ bo’lganimizda bekor o’tirmaslik uchun faqir xotinlar kabi doimo qo’l ishi bilan mashg’ul bo’lamiz. Bunday qo’l ishi biz sultonlar sulolasi uchun uyat emas, balki, buyuk sharafdir».
Eski turk xotini shunday fikr qilar va shunday harakat etar edi.
6. ISTIQBOLDA OLIA AXLOQI QANDAY BO’LISHI LOZIM?
Turklarning xoh oilada, xoh jamiyat ichidagi axloqi naqadar yuksak bo’lganini yuqoridagi misollar orqali ko’rdik. Bugungi kunda turklar bu eski axloq kodekslarini tamoman yo’qotganlar. Yunon va Eron madaniyatlari ta’sirida xotinlar arosatga tushdilar, ularning huquqiy ahvoli yomonlashdi. Turklarning milliy madaniyati mafkurasi paydo bo’lganidan keyin u eski urf-odatlarimizni, u go’zal qoidalarimizni xotirlab, ularni qaytadan tiriltirsh masalasi dolzarb bo’lishi kerak emasmi? Shu sababdan mamlakatimizda turkchilik jarayoni tug’ilar-tug’ilmas , u bilan birga feminizm masalasi ham yana dolzarb bo’ldi. Turkchilarning ham xalqchi, ham feminist bo’lishlari faqat asrimizning ushbu ikki mafkuraga katta qiymat berganidan emas, balki, turk tarixida demokratiya va feminizmning doimo belgilovchi rol o’ynaganidan ham kelib chiqmoqdadir.
Boshqa millatlar asriy madaniyatga kirish uchun o’z o’tmishidan, tarixidan uzoqlashishga majburdirlar. Turklar esa, yangi asr bilan hamqadam bo’lishlari uchun faqat o’z o’tmishiga, tarixiga qaytishlarining o’zi yetarlidir. Eski turklar dinining zohidlik marosimlaridan, mutaassiblikdan va monopliyadan xoli bo’lganligi tufayli turklar xoh xotin huquqlari masalasida bo’lsin, xoh boshqa millatlar huquqlari borasida bo’lsin, doim liberal bo’lganlar. Eski yunonlarning madaniyat borasidagi muallimlari saklar, eski kaldonoylarning esa, sumarlar bo’lgani singari, eski germanlarning ustoz va murabbiylari ham xunlar edi. Istiqbolda betaraf tarixchilar demokratiya va feminizmning turklardan olinganini e’tirof etishga majbur bo’lajaklar. Shunday ekan, kelajakdagi turk axloqining asoslari ham millat, vatan, maslak va oila mafkuralari bilan birga demokratiya va feminizm ham bo’lishi kerakdir.
7. MADANIY AXLOQ VA SHAXSIY AXLOQ
Durkheym fikriga ko’ra, axloqiy vazifalarning g’oyalari shaxslar emas, jamiyatlardir. Millat, maslak va oila tushunchalarining axloqiy vazifalar uchun asos g’oya bo’lganini ko’rdik. Ammo bulardan tashqari hududi muayyan bo’lmagan bir xilqat borki, unga «madaniayt xilqati» deydilar: shaxslar shu xilqatga mansub bo’lganlari tufayli uning g’oyasida ishtirok etadilar. Madaniyat bir oila sifatida paydo bo’ladi. Ibtidoiy jamoalarda bir oila a’zosi uchun faqat o’z oilasiga oid insonlargina muhtaram va huquq sohibi hisoblangan. Shuning uchun ham bunday jamiyatlarda oila ichida «qon da’vosi» mavjud emas edi - oila bir sulh doirasi edi.
Ibdtidoiy jamoalar taraqqiy etish barobarida bu sulh doirasi ham oiladan qabilaga, qabiladan jamoaga, jamoadan ittifoqqa, ittifoqdan qavmiy davlatga, qavmiy davlatdan imperiyaga qadar kengaya bordi. Sulh doirasining kengayishi bilan birga huquqqa sohib ahloqiy vazifalarga g’oya bo’lgan qadriyatlar miqdori ham orta bordi. Shu zayl ba’zilarning shaxsiy axloq, ba’zilarning esa, madaniy axloq doirasi ham kengaydi.
Madaniy axloqning manfiy va musbat o’laroq ikki xil g’oyasi bordir. Manfiy g’oyasiga asos adolatdir. Adolat - hech kimga zulm qilmaslikdir. Musbat g’oyasiga asos esa, shafqatdir. Shafqat – insonlarga doim yaxshilik qilmoqdir. Eski turklarda Ko’k Tangri sulh ilohi bo’lishi bilan birga ayni paytda adolat va shafqat ilohi ham edi. Turklarning bu fazilatlarda naqadar yuksak bo’lganini Turk tarixi ko’rsatmoqdadir.
Madaniy ahloq insonlar shaxsiyatining yuksakligini ta’minlaydi. Qadimgi turklarning dinida shaxsni ko’rsatuvchi timsollar ham bo’lgan. Yoqutlarga ko’ra har insonning «Tin» deb atalgan moddiy ruhdan boshqa uch xil ma’naviy ruhi ham mavjud bo’lgan. Ular «esh», «sur» va «qut» deb atalgan. Esh jonli va jonsiz butun mavjudotlarda mushtarakdir. Sur nafas olan mavjudotlarga, yani, hayvonlarga oiddir. Qut esa, faqat inson bilan otga oid. Insonning qutli bo’lishi uning karomat va shaxsiyat sohibi bo’lishini anglatadi. Qur’oni karimda «Odam o’g’ullarini takrim qildik» deyiladi-ki, bu -insonlarni qutli qildik» degan ma’noni anglatadi. Qadimgi turklarning afsonalariga ko’ra, insonlarning ruhi ko’kning uchinchi qatida joylashgan Sut ko’lidan olinar edi. Turk shomonlariga ko’ra, inson ruhining doimo yukskalarga intilishi uning aslan samovatga oidligidan emish. Har millat yerga tushganida Ko’k Tangri bir oltin nur sifatida yer yuziga inib, bu millatni o’z ruhi va nuri bilan qutli qilar ekan. Turk dini mohiyatiga boqqanimizda unda madani axloqqa asos bo’luvchi bir qancha timsollarni topishimiz mumkin. Agar bular haqda batafsilroq ma’lumot olishni istasangiz, bizning «Turk to’rasi» kitobimizga murojaat etshishingiz mumkin.
Ko’ryapmiz-ki, turkchilikning muhim bir g’oyasi madaniy axloqni yuksaltirmakdir. Vataniy axloqdan so’ngra maslakiy axloq, maslakiy axloqdan so’ngra oila axloqi kelgani kabi oila axloqidan so’ngra madaniy axloq keladi.
7. BAYNAMILAL AXLOQ
Insonlarning bir-biriga xayrixoh va xayrkor bo’lishlari madaniy axloq nomini olgani singari millatlarning bir-biriga xayrixoh va xayrkor bo’lishlari ham baynalminal axloq nomi bilan ataladi. Eski turklarning dini sulh dini bo’lganligi tufayli turklar boshqa millatlarning siniy, siyosiy va madaniya mavjudiyatlariga hurmat ko‘rsatar edilar. Ular hatto oz’larini «ich el», boshqa millatlarni esa, «tash el» deya nomlayoroq, butun millatlarning bir sulh doirasi ichida, bir baynalminal jamoa doirasida ko’rara edilar.
O’rxun yozuvlarida ham boshqa millatlarga nisbatan «cho’liik el» iborasi qo’llaniladi-ki, bu ibora «tashqi el» kalimasining bir ko’rinishidir. Qadimgi turklar «tashqi el» iborasi orqali baynalminal tushunchasini ko’zda tutganlar. Chunki «el» kalimasi qadimgi turklarda «sulh doirasi» mazmunida kelgan. Bir millatning bir «ich el» deb atalishi uning bir sulh doirasi ichida ekanligini anglatgani kabi «tash el» deb nomlangan boshqa bir millatning ham aynan shunday sulh doirasi ichida ekanligi nazarda tutilgan.
Eski turklarning mag’lub bo’lgan millatlarga favqulodda erkinliklar hadya etishlari turk madaniyatidagi baynalminallikning natijasidir. Kelajakda hozirgiday yolg’ondan emas, balki, haqiqiy bir Millatlar Jamiyati tashkil etilsa, uning eng samimiy a’zosi, hech shubhasiz, Turkiya davlati, turk millati bo’lajakdir. Chunki, istiqbolga oid butun takomilliklar turkning eski madaniyatida mavjuddir.
Xullas, har millatning yer yuzida ijro etajagi bir tarixiy va madaniy bir vazifasi bordir. Turk millatining vazifasi esa, axloqning eng yuksak fazilatlarini amal sohasiga chiqarmoq va eng imkonsizday ko’ringan fidokorlik va qahramonliklarning amalga oshirilishi mumkin ekanligini isbotlamoqdan iboratdir.
TO’RTINCHI MULOHAZA
HUQUQIY TURKCHILIK
Huquqiy turkchilikning g’oyasi Turkiyada zamonaviy bir huquqni barpo etmakdir. Zamonaviy asr millatlari qatoridan o’rin olmoq uchun eng asosiy shart milliy huquqning butun sho’balarini teokratiya va klerikalizm sarqitlaridan to’la qutqarmoqdir. Teokratiya – qonunlarning Allohning yer yuzidagi soyalari deb atalmish xalifalar va sultonlar tarafidan yaratilishini ko’zda tutadi. Klerikalizm esa, asosan, Alloh amrlarining o’zgarmas qonunlar sifatida Allohning tarjimonlari hisoblangan ruhoniylar tarafidan tafsir etilishidir.
O’rta asr davlatlarining yuqoridagi ushbu ikki ko’rinishdan qutilganlari «zamonaviy davlat» hisoblanadi. Zamonaviy davltalarda qonun chiqarish va davlatni boshqarish salohiyati millatga oiddir. Millatning bu salohiyatini tahdid etuvchi va uni cheklaydigan hech bir maqom, an’ana va huquq yo’qdir.
Bunday davlatda butun insonlar tengdir. Xususiy imtiyozlarga ega biron bir shaxs, oila va sinf bo’lishi mumkin emas. Bunday sifatlarga ega davlatlar «demokratik» deb ataladi, demokratiya esa, xalq hokimiyati demakdir.
Huquqiy turkchilikning birinchi g’oyasi zamonaviy bir davlat qurish bo’lishi bilan birga, ikkinchi g’oyasi maslakiy jamoalarni hokimiyat bosqichlaridan himoya qiluvchi kasaba uyushmalari tashkil etmakdir. Shu yo’nalishda madaniy, tijoriy, sanoiy, ziroat qonunlari, dorulfunun, advokatlar, tabiblar, muallimlar, muhandislar jamiyatlari kabi maslakiy tashkilotlar muxtoriyatiga doir qonunlar chiqarmoq ham bu g’oyaning ijobatini ta’minlaydi.
Huquqiy turkchilikning uchinchi g’oyasi esa, bir zamonaviy oilani vujudga keltirishdir. Zamonaviy davlatdagi tenglik g’oyasi erkak va xotinning nikohda, taloqda, merosda, maslakda va siyosiy haqlarda teng bo’lishlarini ham taqozo qiladi. Shunday ekan, yangi oila qonuni bilan saylov qonuni shu asoslarga ko’ra yaratilmog’i kerak.
Xullas, qonunlarimizdagi hurriyatga, tenglikka, adolatga xilof bo’lgan ne qoidalar bo’lsa va klerikalizm va teokratiyaga oid ne izlar bo’lsa, hammasidan qutilishimiz lozim.
BESHINCHI MULOHAZA
DINDAGI TURKCHILIK
Dindagi turkchilik – diniy kitoblarning va xutbalar va va’zlarning turkchada bo’lishi demakdir. Bir millat diniy kitoblarni o’qib, ularni anglamasa, tabiiy-ki, dinining haqiqiy mohiyatini anglay olmaydi. Xatiblarning, voizlarning so’zlarini tushunmaganidan keyin inson ulardan zavq ham ololmaydi. Imomi A’zam hazratlari hatto namozdagi sur’alarning ham milliy lisonda o’qilishini joiz bo’lishini bayon etganlar. Chunki, ibodatdan olinajak ruhiy quvvat faqat o’qilgan duolarning to’la anglashilishi bilan bog’liqdir. Xalqimizning diniy hayotini tadqiq etganimizda shunga guvoh bo’lamiz-ki, namozardan so’ngra ona tilda o’qilgan duo va samimiy munojaatlarning ta’siri juda kattadir. Musulmonlarning jomedan buyuk bir ruhiy ko’tarinkilik ichida chiqshlari ularning ichlaridan qilgan mahram munojaatlari mahsulidir.
Turklarning namozdan olgan zavqlarining bir qismi ularning Allohni o’z ona tillarida tarannum etganlaridandir. Shuningdek, tarovih namozlarini jonlantirgan omil ham she’r va musiqiy shakllarda o’qilgan turkcha ilohiylardir. Ramazon oyida va boshqa paytlarda turkcha o’qilgan va’zlar ham xalqda diniy tuyg’u va hayajonlarni kuchaytirgan.
Turklarning eng ko’p ma’naviy zavq olgan paytlaridan yana biri Mavludi Sharif kunida duo va qiroatlarning o’qilish onlaridir. She’r va musiqa aralash hikoyalarni o’zida jam etgan bu marosim eng jonli urflardan biri hisoblanadi.
Bu misollardan ko’rinadi-ki, bugun turklarning diniy hayot bilan yashashini ta’min etgan omillardan biri ularning diniy ibodatlarini o’z tillarida ijro etish imkoniyatlarini saqlab qolganligida bo’lgan. Shunday ekan, diniy hayotimizga ixlosning yanada kuchayshi uchun – tilovatlar bundan mustasno - “Qur’oni Karim“ va xutbalarning, namozdan keyingi duo va munojaatlarning ham turkcha o’qilishi lozim.
Jamiyatning bir fidokorligi va zahmati natijasida paydo bo’lgan va ayrim shaxslarning hech bir mehnati singmagan boyliklar jamiyatga oiddir. Ayrim shaxslarning bu boyliklarni o’zlashtirib olishlari noqonuniydir. Jamiyat nomiga to’plangan mablag’lar jamiyat hisobiga ochiladigan fabrikalarning, ta’sis etilajak buyuk qishloq xo’jaligining sarmoyasi bo’lishi lozim. Bu sarmoyalardan hozir bo’ladigan mablag’larga faqirlar, yetimlar, tullar, xastalar, nogironlar, ko’rlar va karlar uchun xususiy boshpanalar va maktablar ochilib, umumiy bog’chalar, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar ta’sis etiladi. Mamlakat umumiy bir elektrik tizimi ichiga olinadi. Hosili, har turli safolatlarga chek qo’yilib, umum farog’atini ta’min etish uchun barcha ishlar qilinadi. Hatto bu ijtimoiy mablag’ yetarli miqorga yetgach, xalqdan soliq olishga ham ehtiyoj qolmaydi. Juda bo’lmaganda soliqlarning navi va miqdori ozaytiriladi.
Demak, turklarning ijtimoiy mafkurasi shaxs mulkiyatini yo’qotmay, ijtimoiy mulkni shaxslar tajovuzidan muhofaza etish va ularni umum manfaati uchun sarflamakdan iboratdir.
Turklarning bundan boshqa yana iqtisodiy mafkurasi bor-ki, undan ko’zlangan maqsad mamlakatda buyuk bir sanoat yaratmoqdir. Ba’zilar: «Mamlkatimiz dehqonchilik yurtidir, biz doimo dehqonchilik bilan shug’ullanib kelganmiz va shunday bo’lib qolishimiz kerak, bizga sanoatning keragi yo’q» deyishadi. Albatta, biz dehqonchilikni tashlamaymiz, ammo zamonaviy bir millat bo’lishni istasak, buyuk bir sanoatga ega bo’lishimiz lozim. Ovrupoda amalga oshirilgan inqiloblarning eng ahamiyatlisi iqtisodiy inqiloblar bo’ldi. Iqtisodiy inqilob nohiya iqtisodi o’rniga milliy iqtisodini va kichik kosibchilik o’rniga buyuk sanoatning qurilishidan iboratdir. Millat iqtisodi va buyuk sanoat faqat himoya usulining tadbiqi orqaligina amlaga oshishi mumkin. Bu xususda bizga milliy iqtisod nazariyalari yo’l ko’rsatishi mumkin. Amerikada Jon Ray, Olmoniyada Fredrik List, Angliyada Manchesterlarning iqtisod bo’yicha yozgan ilmiy ishlari umumiy va baynaminal bir ilm emas, balki, faqat Angliya uchun maxsus bir milliy iqtisod ekani aytildi. Angliya buyuk bir sanoiy davlati bo’lgani uchun o’z mahsulotlarini xorijga yuborishga va xorijdan ibtidoiy moddalar keltirishga muhtojdir. Shuning uchun ham Angliya uchun bojxonalarning ochiq bo’lishi, ya’ni, ochiq eshiklar siyosati juda muhimdir. Bu qoidaning Angliya singari buyuk sanoatga ega bo’lmagan mamlakatlar tarafidan qabul etilishi ularning sanoati rivojlangan davlatlarga asir tushishiga olib keladi. Bu iqtisod olimlari o’z mamlakatlari uchun bir milliy iqtisodiy sistem quraroq, mamlakatlarining buyuk bir sanoatga ega bo’lishi uchun mehnat qildilar va bunga muvaffaq bo’ldilar. Bugun Amerika bilan Olmoniya buyuk sanoat borasida Angliya bilan tenglashajak saviyaga yuksaldilar va endi ular ham Angliyaning ochiq eshiklar siyosatini tatbiq qila boshladilar. Ular bu darajaga erishishlari uchun uzun yillar davomida milliy iqtisodni himoya qilish usullarini tatbiq qilib keldilar.
Turk iqtisodchilarining ham ilk ishi avvalo Turkiyaning iqtisodiy voqeligini tadqiq etib, keyin bu ob’ektiv tadqiqotlardan milliy iqtisodimiz uchun ilmiy va asosli bir dastur yaratishdan iborat bo’lishi kerak. Bu dastur yaratilganidan so’ng mamlakatimizda buyuk sanoatni vujudga keltirish yo’lida har inson bu dastur doirasida jonbozlik ko’rsatishi lozim.
YETTINCHI MULOHAZA
SIYOSIY TURKCHILIK
Turkchilik siyosiy bir firqa emas, balki, ilmiy, falsafiy, badiiy bir maktabdir, boshqacha aytganda, madaniy bir kurash va yangilanish yo’lidir. Shuning uchun ham turkchilik shu paytgaca bir firqa shaklida siyosiy kurash maydoniga tushmadi, bundan so’ngra ham shunday bo’lajak.
Shu bilan birga turkchilik siyosiy mafkuralarga to’la begona bo’lib ham qola olmaydi. Chunki, turk zehniyati boshqa mafkuralar qatorida siyosiy mafkuraga ham molikdir. Masalan, turkchilikni hech qachon klerikalizm, teokratiya va istibdod bilan yonma-yon qo’yish mumkin emas. Turkchilik zamonaviy bir jarayondir va uni faqat zamonaviy jarayon va mafkuralar bilan solishtirish mumkin.
Bugun turkchilik Xalq Firqasining yordamchisdir. Xalq Firqasi hukmronlikni millatga, ya’ni , turk xalqiga berdi. Davlatimiz Turkiya va millatimizga turk millati nomini berdi. Holbuki, Anadoli inqilobiga qadar davlatimizning, millatimizning, hatto lisonimizning nomi «usmonli kalimasi» edi. «Turk» kalimasi og’izga olinmas edi. Hech kimsa «men turkman» deyishga jur’at qila olmas edi. So’nggi paytlarda turkchilar bunga jasorat etganlari uchun saroyning va eski zehniyatdagilarning ko’ziga baloday ko’rindilar. Xalq Firqasining onasi bo’lmish Mudofai Huquq Jamiyati va buyuk yo’lboshchimiz G’ozi Mustafo Kamol Poshho hazratlarining da’vatlari va rahbarligida bir tarafdan Turkiyani dushman istilolaridan qutqarar ekan, ikkinchi tarafdan davlatimizga, millatimizga lisonimizga o’zining haqiqiy nomlari berildi va siyosatimiz monarxiyaning so’ng izlaridan qutildi. Hatto aytish mumkin-ki, Mudofai Huquq Jamiyati o’zi ham anglamay, Turkchilikning siyosiy dasturini hayotga tatbiq etdi. Chunki, haqiqat birdir, u ikkita bo’lmaydi. Haqiqatni izlaganlar boshqa-boshqa yo’ldan harakat qilgan bo’lsalar ham, oxir-oqibat bir joyga, bir maqsadga keladilar. Turkchilik bilan xalqchilikning nihoyat, ayni dasturda birlashishlari ularning yuksak haqiqat peshidan yurganiligining belgisidir. Turkiyada Allohning qilichi xalqchilarning qo’lida, Allohning qalami esa, turkchilarning qo’lida edi. Turk vatani tahlika ostida qolganida, bu qilich va qalam nikohdan o’tdi va bu nikodan turk millati tug’ildi.
Istiqbolda ham turkchilik bilan xalqchilik qo’lni qo’lga berib,mafkuralar olami sari yurajaklardir. Har turkchi siyosat sohasida xalqchi, har xalqchi esa, madaniyat sohasida turkchi bo’lajakdir. Diniy ilmiholimiz bizga aqidada mazhabimiz moturudiylik, fiqhda esa, mazhabimiz hanafiylik bo’lishini o’rgatadi. Biz ham bunga hamohang shaklda shunday dasturni o’rtaga tashlaymiz: «Siyosatdagi maslagimiz xalqchilik, madaniaytdagi maslagimiz esa,turkchilikdir».
SAKKIZINCHI MULOHAZA
FALSAFIY TURKCHILIK
Ilm ob’yektiv bo’lgani tufayli u baynalminaldir, demak, ilmda turkchilik bo’lmaydi. Ammo falsafa ilmga tayangan bo’lishi bilan birga u ilmiy tushunchadan boshqacharoq tushuncha tarzidir. Falsafaning ob’yektivlik unvonini olishi - uning bunday sifatga ega bo’lgan ilmga uyg’un bo’lishini taqozo qiladi. Ilm inkor qilgan narsalarni falsafa isbot qilolmaydi, shuningdek, ilm isbot etgan narsalarni ham falsafa inkor qilolmaydi. Shu ikkita nuqtadan tashqarida falsafa mutlaqo hurdir. Falsafa ilmga zid kelmagan holda ruhimizga ko’proq umid va tasalli beruvchi, yangi va original farazlarni o’rtaga chiqara oladi. Zotan, falsafaning vazifasi shunday farazlarni va nuqtai nazarlarni izlab, topishdan iboratdir. Bir falsafaning qiymati uning ilm bilan hamohang bo’lgan holda insonlarga ko’proq umid va tasalli beruvchi fikr va g’oyalari bilan o’lchanadi. Demak, falsafaning bir sahifasi sub’ektivdir. Zotan, falsafaning ilm kabi baynalminal bo’lish majburiyati yo’q. Falsafa milli ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham har millatning o’z falsafasi bor. Shuning uchun ham axloqda, badiatda, iqtisodda bo’lgani kabi falsafada ham turkchilik bo’lishi mumkindir.
Falsafa moddiy ehtiyojlardan tashqaridagi, manfaatsiz, g’arazsiz bir tushunchadir. Bu navi tushunchaga «spekulyatsiya» nomini berishadi. Biz esa, unga «muaqala» (idrok etish) nomini beramiz. Bir millat urushlardan qutilmagunicha va u iqtisodiy bir farog’atga erishmagunicha uning ichida muaqala qilajak insonlar yetishib chiqmaydi. Chunki, muaqala faqat fikr qilish uchun fikr qilish demakdir. Holbuki, ming turli dardi bo’lgan bir millat yashamoq uchun, o’zini himoya qilish uchun va hatto yeish va ichish uchun ham fikrlashga majburdir. Fikr qilish uchun fikrlash esa, faqat bu hayot ehtiyojlarini o’ylashdan qutilgan insonlargagina nasib bo’ladi. Turklar bugunga qadar bunday huzur va istirohatga noyil bo’lmaganlari tufayli ulardan hayotini muaqalaga baxsh eta olgan juda oz odamlar yetishib chiqdi.
Bular ham fikrlash yo’llarini bilmaganlari uchun mafkuralarini yaxshi idora qila olmadilar va aksariyatlari darveshlik va qalandarlik kabi boshi berk ko’chalarga kirib ketdilar.
Turklarning orasidan bugunga qadar juda oz faylasuf chiqqanini turklarning muaqalada iste’dodsiz ekanligiga yo’ymaslik kerak. Buning sababini turklarning ilm bilan, muaqala bilan mashg’ul bo’la oladigan darajada bir huzur va istirohatga erishmaganliklari bilan izohlasak, to’g’ri bo’ladi.
Turklarning falsafada orqada qolganligi haqdagi fikr faqat yuksak falasafaga oid bo’lishi mumkin, ammo xalq falsafasi nuqtai nazaridan turklar butun millatlardan ustundir.
Rostand ismli bir fransuz faylasufi shunday yozadi: «Bir qo’mondon uchun qarshisidagi dushman lashkarining qancha askari va qancha qurol va o’q-dorisi borligini bilish juda foydalidir, ammo uning uchun bundan ham foydaliroq bo’lgan narsa - qarshisida turgan dushmanning falsafasini bilishdir».
Haqiqatan ham, ikki lashkar, ikki millat bir-biri bilan jang qilar ekan, birining g’olib va boshqasining esa, mag’lub bo’lishiga omil bo’lgan narsa – ularning falsafalaridir.O’z hayotini Vatan istiqlolidan, shaxsiy manfaatini nomus va vazifadan ustun qo’ygan bir lashkar yengilishga mahkumdir. Uning aksi bo’lgan bir lashkar esa, mutlaqo g’alaba qozonadi. Shunday ekan, savol tug’iladi: xalq falsafasi nuqtai nazaridan, yunonlar bilan inglizlar yuksakroqmi, yoki turklarmi? Bu savol javobini Chanoqqala va Anadolida bo’lib o’tgan janglarining natijasidan izlash kerak. Bu ikki urushda turklarni g’olib qilgan narsa ularning modiiy quvvatlari emas, balki, ruhlarida hukmron bo’lgan milliy falsafalari edi.
Turklar moddiy qurollar ma’naviy qurollarni ojiz qilib qo’ygan so’nggi asrga qadar Osiyoda, Ovrupoda va Afrikada butun millatlarni yengib ularni tobe qildilar. Demak, turk falsafasi butun bu millatlarga oid falsafalarning hammasidan yuksakroq edi. Bugun ham shundaydir. Faqat bugun moddiy madaniyat nuqtai nazaridan va moddiy qurollar sababli Ovrupo millatlaridan orqadamiz. Madaniyatimiz ularniki bilan tenglashganida, hech shubhasiz, jahon gegemonligi yana bizning qo’limizga kechajakdir. Mondrosda asir tushganimizda u yerdagi kamp qo’mondoni bo’lgan bir ingliz shunday degan edi. «Kelajakda turklar yana jahongir bo’lajaklar».
Ko’rganimizdek, turklarda yuksak falsafa taraqqiy etmagan bo’lsa ham, xalq falsafasi yukaskdadir. Falsafiy turkchilikning vazifasi xalqdagi bu milliy falsafani maydonga chiqarishdan iboratdir.
Ey, bugunning turk o’g’loni! Butun bu vazifalar amalga oshishi uchun seni kutmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |