Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
322 
LEKSIK BAZANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 
 
LEXIC BASE FORMATION METHODOLOGY 
 
Xaydarova Shahnoza Musirmon qizi
*
110
 
Annotatsiya:
 Ushbu maqolada o‘zbek tilini o‘rganuvchi xorijliklar uchun yaratilayotgan o‘zbek tili 
darajalari, uning omillari hamda leksik bazani shakllantirish metodikasi haqida ma’lumot beriladi. 
Kalit so‘zlar:
CEFRL, adabiy til, darajalash, leksik baza, morfologik baza, sintaktik baza, 
boshlang‘ich foydalanuvchi, mustaqil foydalanuvchi, malakali foydalanuvchi, tanlash manbayi, tanlash 
mezonlari, aktiv lug‘at, passiv lug‘at, metodik tasnif. 
Annotation

This article informs on the levels of the Uzbek language, its factors and methods of 
forming the lexical base for foreigners studying the Uzbek language. 
Keywords: 
CEFRL, literary language, ranking, lexical base, morphological base, syntactic base, 
beginner user, independent user, skilled user, selection source, selection criteria, active dictionary, 
passive dictionary, methodical classification. 

 
Insoniyatga in’om etilgan ne'matlarning eng ulug‘i bu – uning ona tilisidir. Bejizga ajdodlarimiz 
o‘z tilini asrashga, rivojlantirishga harakat qilishmagan. Hatto bu yo‘lda jonini ham fido qilganlar. Jadid 
ma’rifatparvari A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinayi 
hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir”. Qariyb bir asr ilgari aytilgan bu fikr bugun ham o‘zining 
ahamiyatini yo‘qotmagan. Zero, globallashuv jarayonida mavjud bo‘lgan tillarning soni keskin kamayib 
borayotgan bir paytda, o‘zbek tilidan foydalanuvchilar soni yer yuzida ellik million kishidan ortiqdir.
 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi”da tilshunoslar oldiga qator 
vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, “Yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va 
so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu 
tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirish” hamda “O‘zbek tilining kompyuter 
dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlar yaratish” kabi bandlari amaliy tilshunoslik sohasi oldiga 
qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalardandir. O‘zbek tili xorijiy davlatlarning oltmishga yaqin universitetlarida 
va yuzdan ziyod maktablarida o‘rgatilmoqda. Hozirda amaliy tilshunoslik oldida turgan katta vazifalardan 
biri – o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun ommabop bo‘lgan qo‘llanmalar yaratish hamda kompyuter 
lingvistikasi uchun kerakli so‘zlar jamlanmasini yig‘ishdir. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun yaratilgan 
CEFRL (Common European of Reference for Language) dasturi 1989-1996-yillarda Yevropa Kengashi 
(Europen Council) tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi asosida tuzilgan 
bo‘lib, 2001-yil noyabr oyidan boshlab Yevropa tillarini bilish darajasini baholashda asosiy mezon 
sifatida butun dunyo mamlakatlarida foydalanilmoqda. Uning asosiy maqsadi umumiy Yevropa tillari 
uchun qabul qilingan baholash va o‘qitish usulini taqdim etish bo‘lib, hozirda maxsus sinov sertifikati 
shaklida AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo oliy o‘quv yurtlarida amal qilmoqda. CEFRL til 
faoliyatining to‘rt turini ajratadi: qabul qilish (tinglash va o‘qish), ishlab chiqarish (og‘zaki va yozma), 
o‘zaro ta'sir (og‘zaki va yozma), vositachilik (tarjima) kabi. 
Bugungi kunda o‘zbek tilini o‘rganuvchilarining tilni bilish darajasini aniqlovchi maxsus qo‘llanma 
yaratish uchun avval adabiy tilning o‘zini darajalash ehtiyoji tug‘iladi. Unga to‘rtta ko‘nikma – o‘qib 
tushunish, eshitish, yozish va gapirish asos qilib olinadi. Ana shu ko‘nikmalar I, II, III darajalarda 
farqlanadi: 
I – boshlang‘ich foydalanuvchi;
II – mustaqil foydalanuvchi; 
III – malakali foydalanuvchidir. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilini darajalashda ham avvalo, uning qoidalarini o‘rganuvchilar uchun qulay 
tarzda ishlab chiqish hamda tilning leksik, morfologik hamda sintaktik bazasini to‘plash lozim.
110
*

Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish