Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo’nalishi


O‘zbekistonda ona tili o‘qitish tarixi va taraqqiyoti



Download 31,09 Kb.
bet9/17
Sana11.02.2022
Hajmi31,09 Kb.
#443149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Anvarova Zilola Lingvodidaktika asoslaridan

10. O‘zbekistonda ona tili o‘qitish tarixi va taraqqiyoti
Sharqda IX—XV asrlarda ijtimoiy - madaniy hayotda yuksalish, ilm - fanda taraqqiyot kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilmu fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Markaziy Osiyoni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil Juijoniy, Marg‘inoniy, Zamahshariy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ulkan mutafakkirlar bebaho kashfiyotlari bilan o‘z xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta’lim va taibiya bobida ham o‘chmas iz qoldirdilar.Chunonchi, buyuk mutafakkir A1 -Xorazmiy “Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir”, — deydi va bilim egallashda ijodiy faoliyatni asos qilib oladi.Sharqda “Ikkinchi muallim” deb tan olingan(Arastudan keyin) Abu Nasr Forobiyning “Ta’lim-tarbiya berish usullari” asaridagi “Bilim, ma’rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta’lim jarayoni oiqituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishi lozim”, — degan fikri “0 ‘zbek tili o‘qitish metodikasi”da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o‘taydi.Abu Rayhon Beruniy har bir ishning kishi ruhiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo‘lishiga alohida e’tibor beradi: “Bizning maqsadimiz talabani toliqtirib qo‘ymaslikdir. Agar talaba bir masaladan boshqa bir masalaga o ‘tib tursa, u xuddi turli- tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi. Har bir yangi narsa o‘rganuvchiga rohat bag‘ishlaydi”, — deydi buyuk alloma. Bu xulosa til hodisalarini o‘iganishda, lisoniy materiallami joylashtirish va o‘qitishda dasturulamal bo‘lishi shubhasizdir.Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim, tib ilmining sultoni, ulug‘ mutafakkir, fanning ko‘plab sohalari qatori tilshunoslik bilan hammaxsus shug‘ullandi, “Lison ul-arab” (Arab tili) nomli kitob ham yozdi.Abu Ali ibn Sino yozadi: “Sening fikrlaring bola yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon bersin...Agarda sening suhbatdoshing yoki do‘sting so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir”.Mahmud Koshg‘ariy XI asrdagi buyuk tilshunos olimdir. Garchi uning asari “Devonu lug‘ot it—turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”) o‘z davridagi turkiy so‘zlami izohlashga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, u so‘z va uning ma’nolarini aniqlash, so‘zdan nutqiy amaliyotda foydalanish, nutq madaniyati borasida ham ko‘plab ilmiy mulohazalar bildiradi, ilmiy xulosalar aytadi.Mahmud Koshg‘ariy turkiy tildagi fonetik, morfologik qonuniyatlami, leksik-sintaktik xususiyatlami, uslubiy o‘ziga xosliklami nozik did bilan qiyoslaydi va tahlil qilib beradi.Muhimi, buyuk alloma XI asrda xalq tilida iste’molda bo‘lganso‘zlaming asl manbai, ulaming “yashash joyi” bo‘lgan badiiy matnlar bilan birgalikda saqlanib qolishiga erishdi. Keyingi avlod valdllarining qadimgi adabiy til va og‘zaki nutq namunalari bilan tanishish imkoniyatidan bahramand qildi.Alloma ko‘plab xalq qo‘shiqlari, ertak va afsonalari, maqol va hikmatli so‘zlarini ham yozib olgan. Mahmud Koshg‘ariy maqollaming qo‘llanish o‘rinlarini ham ko‘rsatadi. “Suv ko‘rmaguncha etuk tartma” — “Suv ko‘rmasdan oldin etik yechma”. Bu maqol ishlarda mulohazali bo‘lishga undalgan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.“Keng to‘n o‘bramas, kengashlig bilig artamas” — “Keng to‘n to‘zimaydi, kengashli ish buzilmaydi”. Bu maqol bir ishboshlashdan oldin boshqalar bilan kengashish, o‘zboshimchalik qilmaslikka undab aytiladi.Yusuf Xos Hojib. Sharqdagi so‘z va undan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga misol tariqasida Yusuf Xos Hojibning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Ko‘p so‘zlilik foydasiz mashg‘ulotdir. Tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish mumkin”. Zero, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki, aksincha, boshi egik bo‘lishi mumkin. Demak, so‘z ma’nolarim ilg'ash, so‘z ishlatish uchun ham bilimdonlik talab etiladi. Zamaxshariy, Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalaming ma’rifiy fikrlari, axloqiy- ta’limiy qarashlari ham yoshlar taibiyasida muhim ahamiyatga ega. XVI—XIX asrlar oralig‘ida ham metodika fanining o‘ziga xostarzdagi taraqqiyoti kuzatiladi. Munis, Ogahiy, Dilshodi Bamo, Anbar Otin, Uvaysiy singari mutafakkir adiblaming ta’lim-tarbiya masalalariga ham alohida e’tibor bilan qaraganlari yaxshi ma’lum.XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit Turkistonda didaktik g‘oyalaming tarqalishi va rivojlanishi, ta’lim prinsiplari hamda ta’lim metodlari haqida ilmiy asarlar, metodik qo‘llanma va maqolalaming dunyoga kelishiga, pedagogika, qisman metodika fanining rivojlanishi va taraqqiy etishiga zamin yaratdi. Bunga misol sifatida Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yohud Axloq” asarini keltirish mumkin. O‘zbekistonning mustaqilligi milliy g‘oyaning tug‘ilishi va shakllanishiga olib keldi. Ta’limni umumjahon andozalariga moslash, darsga ilg‘or pedagogik texnologiyalami joriy etish zaruriyati tug‘ildi.o‘quv dasturi va darsliklar ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga muvofiq takomillashtirilib yangilandi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va DTS talablarini ta’lim mazmuniga joriy etish, uni tobora takomillashtirib borish shu kunning dolzaib masalasi bo‘lib qoldi.Yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan o‘zbek tilshunosligida tilni sistemali o ‘rganish masalalarini taniqli tilshunos va metodist olimlar H. N e’matov, A.Nurmonov, N .Mahmudov, A.G‘ulomov, R.Safarova boshlab berishdi.1989 yili tilimizga Davlat tili maqomi berilgach, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbek tili doimiy anjumani ta’sis qilinishi til va adabiyot ta’limining mazmunigina emas, balki uni o‘qitish ham yangi yo‘nalishlarda davom etishiga imkon yaratdi. Anjuman uning har bir yig‘ilishida ta’lim oluvchining so‘z boyligini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, milliy ma’naviyat, nutq madaniyati me’yorlarini anglash, matn yaratish malakasini shakllantirish kabi nihoyatda dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.Endilikda “Ona tili o‘qitish konsepsiyasi”, “Davlat ta’lim standartlari”, til o‘qitishning namunaviy dasturlari yaratildi, umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun darsliklaming yangi avlodi chop qilindi.

Download 31,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish