ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Alisher Navoiyning ‘Hayrat ul-abror” dostonida so’z, nutq madaniyati haqidagi fikrlar
Guruh:202
Tartib raqam:14
Bajardi: Nishonaliyev.E
Tekshirdi: Isaboyeva.G
Mavzu: Alisher Navoiyning ‘Hayrat ul-abror” dostonida so’z, nutq madaniyati haqidagi fikrlar
Reja:
“Xamsa”sining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” didaktik ruhning ustuvorligi
“Hayrat ul-abror” dostonidarostlik, toʻgʻrilik hamda yolgʻonchilik, egrilik masalalari
Shoirning egrilik illatini xarakterlashda tanlagan timsollari
“Xamsa”sining birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” didaktik ruhning ustuvorligi, obrazlar rang-barangligi, oʻsha davr jamiyatidagi bir qator dolzarb muammolarning roʻy-rost ochib berilishi bilan “Xamsa”ning keyingi dostonlaridan ajralib turadi.
Navoiy asarlariga qiziqish, kompozitsion jihatlari, obrazlar tizimi, gʻoyalarini oʻrganish, shoir mahorati va ilmiy faoliyatini tadqiq qilish, sheʼriy asarlarining mukammal nasriy matnini yaratish borasidagi izlanishlar turli davr adabiyotshunosligining dolzarb vazifasi hisoblangan. Shu jumladan, “Hayrat ul-abror” dostonini oʻrganish ham oʻtgan asrning boshlaridan bir qator adabiyotshunos olimlarning diqqat markazida turgan. Jumladan, Maqsud Shayxzoda va Oybekning “Hayrat ul-abror” dostoni, undagi dolzarb masalalar tadqiqiga bagʻishlangan ilmiy ishlari bugungi kun adabiyotshunosligining gʻoyat qimmatli materialidir. Ayniqsa, “Hayrat ul-abror”ning ilmiy-tanqidiy matni borasida adabiyotshunoslar S. Muttalibov va Porso Shamsiyevlarning ilmiy tadqiqotlari ahamiyatga molik. Bundan tashqari, Abduqodir Hayitmetov (dostonning nasriy bayoni matnini tayyorlagan), Najmiddin Komilov, Abdurashid Abdugʻofurov, Ibrohim Haqqulov va boshqa bir qator olimlar ijodida “Hayrat ul-abror” va unda insoniylik masalalarining tasvirlanishi, badiiy tasvir vositalari, obrazlar tizimi, muallifning timsol qoʻllashdagi mahorati, mohirlik bilan ochib berilgan.[1]
Hassos shoir mazkur asarida insonni har jihatdan mukammallashtirib boruvchi bir qator odamiylik fazilatlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtgan.
“Komil inson” tushunchasi borasida Navoiyning oʻz mezoni bor. Navoiy idealidagi komil inson – iymonli, xalqqa nafi tegadigan, xalq gʻami bilan yashaydigan, hunarli, kamtarin, vafoli, qanoatli, bir soʻz bilan aytganda, barcha insoniy xislatlarni oʻzida mujassamlashtirgan shaxs. Haqiqiy insonga xos boʻlgan fazilatlardan yana biri bu – rostlik, toʻgʻrilikdir. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida mazkur mavzu tadqiqiga alohida maqolat bagʻishlaydi; rostlik, toʻgʻrilik hamda yolgʻonchilik, egrilik masalalariga keng toʻxtaladi.
Navoiy toʻgʻrilikni bir necha qirralarda koʻradi:
Birinchidan, koʻz yoki nazar toʻgʻriligi. Navoiy fikricha “Rostdur ul kim, nazari toʻgʻridur”. Egri koʻzning odatini esa, birni ikki koʻrish, vaziyatni notoʻgʻri baholashdir, deya eʼtirof etadi:
Koʻzki erur egri aning xilqati,
Birni iki koʻrmak erur sanʼati.
Shoir mazkur fikrlarini dostonning oʻn uchinchi maqolatida ham davom ettiradi. Jamiyatda shunday insonlar ham borki, bunday kishilarning fikri, xayollari buzuq. Nazari egri bunday kimsalarning koʻziga oddiy tosh – laʼl, sadafning siniqlari – inju, arqon – ilon va oddiy igna – nayza singari koʻrinadi:
Laʼl hisobida tutar xorani,
Inju sonar borcha sadaf porani.
Ham koʻrinur igna sinoncha anga,
Ham bilinur rishta yiloncha anga.
Birovning dasturxonidagi “qursi patir” (yumaloq patir)ni osmondagi “badri munir”(toʻlin oy), deb boʻrttiradi. Biroq ular atrofdagi hodisotlarni shunchaki notoʻgʻri koʻrish bilan kifoyalanmaydi. Balki, shu egri qarash orqali atrofidagi toʻgʻri insonlarga nisbatan hasad nigohini shakllantirgan:
Ulki xayoli bori fosid durur,
Borcha saloh ahligʻa hosid durur.
Ikkinchidan, qoʻl rostligi, toʻgʻriligi. Navoiy talqinicha, xatni toʻgʻri yozadigan kishilar haqiqiy sogʻlom shaxslardir: “Rostqalam xalq erurlar salim”. Shoir xatni toʻgʻri yozadigan insonlarni “Tengri nasib aylab anga shodliq”, deya taʼriflaydi. Shoir egri qoʻl sohibini ikki maʼnoda tushunadi:
1) xatni egri yozuvchilar, yolgʻonni boʻrttiruvchi kotiblar timsolida;
Egri xat sohibining oʻzini ham toʻgʻrilikka odatlangan deyish dushvor: “Egri durur xatki, emas mustaqim”.
2) oʻgʻri-kazzoblar timsolida. Qadimdan xalqimizda “qoʻli egri” iborasi oʻgʻri kishilarga nisbatan ishlatilib, xalqning ularga nafrati bisyor boʻlgan. Shuningdek, “Oʻgʻri qoʻli kesilmaguncha, oʻgʻriligini qoʻymas”[2] maqolida xalqda biror shaxs oʻgʻrilik qilganida unga qoʻlini kesib tashlash orqali jazo berilganiga ishora bor. Shu anʼanani Navoiy ham oʻz dostonida tilga oladi:
Boʻlsa ilik egrilik ichra samar,
El ani kesmakda tuz etgay magar.
Bir oʻrinda oʻgʻriga “qoʻlini kesish” orqali beriladigan jazoni loyiq koʻrgan shoir bir oʻrinda afv etish, gunohlaridan oʻtish orqali ham uning zimiston qalbini maʼrifat yogʻdusi ila ravshan qilish mumkinligini uqtiradi va bunday yuksak vazifani dostonning oʻn uchinchi maqolatida marhamatli Ayyub zimmasiga yuklaydi. Shoir eʼtiroficha, aslida, oʻgʻri ham jamiyatning aʼzosi. Uzoq yillar davomida xalqqa maʼnaviy madadkor boʻlib kelgan Navoiy oʻgʻriga har doim qattiq jazoni loyiq koʻrishi mumkin emas edi. Oʻgʻrini kechira bilish ham oʻgʻri shaxsiyatidagi mudrab yotgan toʻgʻrilik xislatlarini uygʻotishi, uni rostlik vodiysiga muyassar aylashi mumkin.
Uchinchidan, til rostligi, toʻgʻriligi. “Til pokligi, avvalo, inson lisoni – nutqining ezgu, olijanob niyat, komil, nuktadon fikrlar, shoirona lutf – fasohatli soʻz bilan ziynatlangan, yolgʻon, riyo va qalloblikning turfa koʻrinishlaridan xoli boʻlgan, toʻgʻri, mantiqli va tamizli xususiyatlaridan dalolat beradi” Navoiy talqinicha, faqat nazmdagi yolgʻon (mubolagʻa)ni tushunish, kechirish mumkin. Aslida, “soʻz aro yolgʻon kibi yoʻq nopisand”. Navoiyning toʻgʻrilik dunyosiga intilayotganlarga koʻrsatgan ikki yoʻlining birinchisi – insonning soʻzi toʻgʻri boʻlishi lozimligi. Til toʻgʻriligi, rostgoʻylik – komil shaxs uchun muhim xususiyat. Bu xususiyatni oʻzida aks ettirolmagan inson – yolgʻonchi. Navoiyning yolgʻonchilarga munosabati aniq: ularni hattoki musulmon sanamaslik kerakligini aytadi:
Ulki shior ayladi yolgʻon demak,
Boʻlmas ani eru musulmon demak.
“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqolatida yolgʻonchilikning fojiali yakunini kitobxonga teranroq anglatish uchun shoir dostonga “Sher va durroj” hikoyatini kiritadi. Durroj doʻstlikning shartlariga sodiq qolmadi: doʻstini aldadi, uning soʻzlariga quloq osmadi. Hayotining eng mushkul nuqtasi – ovchining tuzogʻiga tushganida “hamdamu hamrozi” sherning yordamga yetib kelmasligi va hayotining fojia bilan nihoya topishiga sababchi qilib shoir durroj shaxsiyatidagi egrilik, xususan, yolgʻonchilik illatini koʻrsatadi.
Alif – arab alifbosidagi harflar ichida tik, adil holatda yozilgani uchun mumtoz adabiyotda bir qancha toʻgʻrilikni oʻzida mujassam etgan timsollar sifatida kela oladi. Bu oʻrinda toʻgʻri inson timsolini anglatayotgan – alif toʻgʻrilikni shior aylagani uchun balolar orasida sargardon. Bunda shoir balo soʻzining arabcha yozilishiga eʼtibor qaratib, soʻz soʻnggida keladigan alifni balo ichida qolgan insonga mengzaydi. Alifning baytda timsol sifatida olib kirilishi oʻz-oʻzidan kitobat (harf) sanʼatini yuzaga keltiradi va shu orqali mavzu mohiyati aniqroq va taʼsirchanroq ifodalanadi:
Tuzluk ila chun alif urdi salo,
Koʻrki oni ostigʻa olmish balo.
Qalam – Navoiy munosib saylab, ulugʻlagan eng ibratli toʻgʻrilik timsollaridan biri. Shoir qalam taʼrifida tengsiz sehr kuchiga ega, jarangdor misralar bitadi. Uni “
Do'stlaringiz bilan baham: |