(misol).
Bunda
o’quvchining har xil miqdordagi 2,3,4,5,6 hissalarni bitta sanoq birligiga
joylashishiga erishish kerak.
4. Ko’p ritmli birikmalarni ijro etish ham murakkab vazifadir. Ikkini
uchga birikishi esa eng oson birikmadir va uni avval o’zlashtirish kerak.
(misol)
Bunda o’quvchi avvalo ko’p ritmli birikmani eshitishi, his etishi,
shundan keyin navbatma-navbat o’ng qo’l partiyasini va chap qo’l partiyasini
chalishi, so’ngra triol partiyasini uzmasdan chalish bilan unga duolni kiritishi
kerak. Bu o’rinda o’quvchining diqqatini duolning ikkinchi notasi triolning
ikkinchi notasidan keyin uzmay olinishiga qaratish lozim.
O’qituvchi bilan o’quvchining ikki qo’l partiyasini birgalikda chalishlari
yaxshi uslub sanaladi. O’qituvchi duolni, o’quvchi triolni chaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |