uyada rivojlanishi May oyining boshlarida tuxumdan polaponlar chiqa boshlaydi. A.R.Jabborov va A.O’.Mamashukurovlarning [8] ma’lumotlariga ko’ra kuzatish olib borgan uyalardan birida birinchi polapon 2 mayda tuxumdan chiqqan. Tuxumdan endi chiqqan oq laylak polaponining tanasi oppoq embrional pux bilan qoplangan, ko’zi va quloq teshiklari ochiq bo’lib, uning massasi o’rtacha 76,1 gramni tashkil etadi (3.2.7.1-jadval, 3.2.7.1-rasm).