1-mavzu. Atama va atamashunoslik. Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyatlari. Qishloq xojaligini rivojlantirishga qaratilgan agrobiznes, menejment, marketing, agrologistika hamda buxgalteriya sohalari bo‘yicha atamalar keltirish.
Reja:
Atama va atamashunoslik haqida ma’lumot
O’zbek tili atamashunosligining shakllanishi
Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish, bog‘-park san’ati, landshaft arxitekturasiga oid atamalar
Atama- lotincha chegara ma’nosini bildirib anglatib, turli sohalarda, aniq tushunchani ifodalash uchun qo`laniladigan so`zga aytiladi. Atamalarning o`zgarishi til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham qimmatli manbaa hisoblanadi. Atama-ma’lum fan yoki hunar sohasiga oid Tushunchalarni qayd qilish, saqlash va bu sohada to’plangan bilim, tajriba, texnik mahorat va malakani boshqalarga berish vositasidir. Atama ifoda etilayotgan tushunchani o’zida to’la mujassamlashtirishi kerak.. Atamalar adabiy tilning bir tarmog’i bo’lib, Uning ichki qonuniyatlariga bo’ysunadi. Asossiz tanlangan atama davr o’tishi bilan iаfodalangan tushuncha mazmuniga mos kelmasa, iste’moldan chiqadi va uning o’rniga yangi atama yaratiladi yoxud uning ma’qul sinonimi o’rnini egallaydi. Atama-ma’lum fan yoki hunar sohasiga oid tushunchalarni qayd qilish, saqlash va Bu sohada to’plangan bilim. Atamalarining aniqligi va qat’iylashishi mazkur millatning fani, maorifi, Madaniyati darajasini belgilaydi. Atamalar adabiy tilning bir tarmog’I bo’lib, Uning ichki qonuniyatlariga bo’ysunadi.. Atamashunoslikning kelib chiqishi Avstriyalik olim Oygen Vyuster va atamashunos Dmitriy Semyonovich Lotte 1930 yillar dastlabki ishlarini chop etishgan. Hozirgi kunga kelib atamashunoslik nazariy masalalarini ishlab chiqish ustida bir qator milliy maktablar shug’ullanib kelmoqda .Atamashunoslik lug’atshunoslikning ajralmas qismi sifatida ko’plab tilshunoslarning tadqiqot maqsadi bo’lib kelmoqda. Keyingi yillarda mustaqillikka erishgandan so’ng bu sohaga bo’lgan qiziqish yanada ortdi. Respublikamizga ilmiy texnik informatsiyaning muddatli oqimi kirib kela boshladi. Atamalarning o`zgarishi til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham qimmatli manbaa hisoblanadi.
O`zbek atamashunosligi- o`zbek tili tarixini, unin ayrim noaniq masalalarini yoritish uchuin asosiy manbaadir. Atamalarni o`rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Atamalarni o`rganish tilning fonetik, leksik, grammatik, uslubiy va isnonimik me’yorlarini belgilashda, shunindek orfografiya va orfoepiyani mo`tadillashtirsh uchun ham katta yordam berad. Atamashunoslik va atamalarni o`rganish, avvalo, atamalarni oddiy so`zlardan, kasb-hunar so`zlardan farqlay olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |