30
Petrograddan ba’zi tabaqadagilar tovon yevaziga mardikorlikdan
ozod qilinishi
mumkinligi to’g’risida qo’shimcha ko’rsatmalar etib kelganidan keyin xalq
noroziligi qo’zg’olonga aylanib bordi. 4-iyulda Xo’jand shahrida norozilik
namoyishi boshlanib ketdi. Unda dehqonlar, mardikorlar, ayollar - jami 3000 dan
ortiq kishi qatnashib, namoyish «Mardikor bermaymiz!» shiori ostida o’tdi.
Polisiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga tosh yog’ildi. Harbiy qismdan
soldatlar etib kelib polisiyachilar bilan
birgalikda namoyishni bostirdi, ikki kishi
o’ldi, bir kishi yarador bo’ldi. Xo’jand voqyeasi haqidagi xabar butun Turkistonga
yoyildi. 5-iyulda Samarqand uyezdining Urgut qishlog’ida g’azabga kelgan 2000
kishilik dehqonlar volost boshqaruvining mahkamasi oldiga to’plandi. Mahkama
xodimlari kaltaklandi. O’sha kuni Samarqand uyezdining Siyob, Mahalla, Xo’ja
Ahror va Angar volostlarida ham namoyishlar bo’lib o’tdi. 11-iyulda Toshkentda
katta g’alayon boshlanib ketdi. Hunarmandlar, ishchilar, shahar kambag’allari va
shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog’ochdagi polisiya boshqarmasi tomon yo’l
oldilar.
28
Bu yerda qo’g’olonchilarning katta guruhi to’plandi. Namoyishchilar
«bolalarimizni bergandan ko’ra o’zimiz o’lganimiz
yaxshiroq, podsho o’lib kesin»
deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yo’lchi
Ibrohimov (ko’nchi), G’ulom Kamolov (g’isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi
Musayeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat’iy kurash
boshlashga da’vat etdilar. «Ur, polisiyachilarni!» degan qichqiriqlar bilan
boshqarmaga hujum qildilar. Qamal va otishma boshlanganidan bir soat keyin
yordamga jazo qo’shini etib keldi. Kazak qismlari 5 kishini otib o’ldirishdi, 15
kishi yarador bo’ldi. Qo’zg’olonning faol ishtirokchisi Zuhrabibi ham kurashning
oldingi safidagi to’qnashuvda tosh otayotib halok bo’ldi. Qo’zg’olonchilar
chekinishdi. Sal keyinroq yana chinakam jang boshlanib ketdi. Yendi podshoh
askarlari chekinishga majbur bo’ldilar, ular boshqarma ichiga kirib olib, barrikada
qurib himoyalandilar. Podpolkovnik
Saviskiy boshliq jazo otryadi, uning ketidan
kelgan general Galkin kuchlari jangga kirib qo’zg’olonni bostirishga yerishdilar.
Toshkent atrofidagi qishloqlarda dehqonlarning g’alayonlari polisiya va qo’shinlar
bilan to’qnashuvga aylandi. Bunday to’qnashuvlar 12-iyulda Yangibozor, To’ytepa
qishloqlarida, 14 iyulda Troisk, Xonobod va Pskent qishloqlarida ham bo’lib o’tdi.
Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxtakor rayoniga aylantirilgan Farg’ona
vodiysida tobora kuchaya boshladi. G’alayonlar Qo’qon shahri, Kattaqo’rg’on,
Rishton, Ganjiravon qishloqlarida ham bo’lib o’tdi. Ularning barchasi ayovsiz
bostirildi. 9-iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni o’qib eshittirildi.
Aholi yashin tezligida maydonni to’ldirdi. Xalq «hozir hamma mingboshilar va
amaldorlarning boshini kesib tashlaymiz va mol-mulkini yer bilan yakson
qilamiz», deb tahdid solib, safarbarlikni bekor qilishni talab etishdi. Polisiya va
kazaklarga hujum boshlandi. Jazolovchilar qo’zg’olonchilarga o’t ochib 3 kishini
o’ldirib, 12 kishini yarador qildilar. Skobelev uyezdida xalq g’alayonlari 10-iyul
yakshanba kuni eski Marg’ilondagi chiqishlar bilan boshlandi. To’plangan
kishilar
soni 25 mingtagacha etgan. Qattiq to’qnashuvda ikki mirshab o’ldirilgan, bir necha
oqsoqol kaltaklangan. Xalq bilan yomon munosabatda bo’lgan boylar ham
28
История Узбекской ССР. Том второй, Ташкент., «Фан», 1968. Стр. 533-544.
31
o’ldirilgan. Boylarning uylari va ma’muriy binolar vayron qilinib, podsho rasmi
yirtilib, oyoq ostiga tashlangan. Bu yerga jazo polki etib kelib qo’zg’olonchilarga
qarshi o’t ochib, 63 kishini o’ldirib, ko’pchilikni yarador qilganlar. 1916-yildagi
qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. Jizzax shahri aholisi
13-iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar ro’yxatini talab qilib oqsoqol va
mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini
vayron
qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Nazir Hoji eshon Jizzax
beki deb e’lon qilinadi. Qo’zg’olonni bostirishga etib kelgan jazo otryadi katta
zarbaga uchradi. Qo’zg’olonchilar safi kengayib bordi. Nazir Hoji eshon
boshchiligida qo’zg’olonchilar yangi shaharga tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan
qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lgan to’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar
bo’ldi. Qo’zg’olonchilar telefon simlarini uzib, neftli baklarni yondirib,
binolarni
vayron qildilar. Lomakino bekatida temir yo’l ko’prigi, relslar buzib tashlandi.
Obruchevo, Kurapotkino, Rostovsovo temir yo’l bekatlari ham vayron qilindi, 6 ta
temir yo’l ko’prigi buzib tashlandi. Abdurahmon jevachi boshchiligidagi
kuchlarning Bog’don volostida ham g’alayonlari boshlanib, Jizzax tomon
yuradilar.
21-iyul
kuni
Jizzax
yaqinidagi
Qili
deb
atalgan
manzilda
qo’zg’olonchilar bilan jazo otryadi o’rtasida to’qnashuv sodir bo’ladi.
Pulemyotdan o’qqa tutilgach qo’zg’olonchilar yengiladi. Abdurahmon jevachi,
Nazir Hoji yeshonlar qo’lga olinadi, o’lim jazosiga hukm qilinadi. Turkiston
general-gubernatori Jizzax qo’zg’olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov
boshchiligida oltita to’pi bor 13
ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi, 2 ta
ortileriya qismi va 3 rota sapyorlarni safarbar etadi. Jazo otryadi qo’zg’olonni
shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho’lga haydaladi.
Jizzax ishi bo’yicha 1000 kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib turli
muddatlarga qamaldi. 1916-yilgi qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar
va kambag’allar qo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi. Qo’zg’olon
bostirilgan bo’lsada, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar.
Shuning uchun ham 1916-yil 13-dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan
A.F. Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston fronti qo’shildi», -
deb vaziyatga jiddiy va xolis baho bergan edi. General-gubernator imperatorga
yo’llagan mutlaqo maxfiy axborotida 97 rus askari o’ldirilib, 86
tasi yarador
bo’lganini va 76 askar bedarak yo’qolganini, 7 rus amaldori, rus aholisidan 2325
kishi o’ldirilib, 1384 kishi bedarak yo’qolganini yozgan. Ammo u Turkiston
frontida o’z talofatini aniq yozgani holda vahshiyona o’ldirilgan o’n minglab
mahalliy aholi hisobini bermaydi. Qo’zg’olon o’lkadagi Podsho Rossiya
mustamlakachilik tizimining tagi bo’sh zaminda ekanligi va uning ustunlari
qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi
so’nmaganligini namoyon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: