31
o’ldirilgan. Boylarning uylari va ma’muriy binolar vayron qilinib, podsho rasmi
yirtilib, oyoq ostiga tashlangan. Bu yerga jazo polki etib kelib qo’zg’olonchilarga
qarshi o’t ochib, 63 kishini o’ldirib, ko’pchilikni yarador qilganlar. 1916-yildagi
qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. Jizzax shahri aholisi
13-iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar ro’yxatini talab qilib oqsoqol va
mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini
vayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Nazir Hoji eshon Jizzax
beki deb e’lon qilinadi. Qo’zg’olonni bostirishga etib kelgan jazo otryadi katta
zarbaga uchradi. Qo’zg’olonchilar safi kengayib bordi. Nazir Hoji eshon
boshchiligida qo’zg’olonchilar yangi shaharga tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan
qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lgan to’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar
bo’ldi. Qo’zg’olonchilar telefon simlarini uzib, neftli baklarni yondirib, binolarni
vayron qildilar. Lomakino bekatida temir yo’l ko’prigi, relslar buzib tashlandi.
Obruchevo, Kurapotkino, Rostovsovo temir yo’l bekatlari ham vayron qilindi, 6 ta
temir yo’l ko’prigi buzib tashlandi. Abdurahmon jevachi boshchiligidagi
kuchlarning Bog’don volostida ham g’alayonlari boshlanib, Jizzax tomon
yuradilar.
21-iyul
kuni
Jizzax
yaqinidagi
Qili
deb
atalgan
manzilda
qo’zg’olonchilar bilan jazo otryadi o’rtasida to’qnashuv sodir bo’ladi.
Pulemyotdan o’qqa tutilgach qo’zg’olonchilar yengiladi. Abdurahmon jevachi,
Nazir Hoji yeshonlar qo’lga olinadi, o’lim jazosiga hukm qilinadi. Turkiston
general-gubernatori Jizzax qo’zg’olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov
boshchiligida oltita to’pi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi, 2 ta
ortileriya qismi va 3 rota sapyorlarni safarbar etadi. Jazo otryadi qo’zg’olonni
shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho’lga haydaladi.
Jizzax ishi bo’yicha 1000 kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib turli
muddatlarga qamaldi. 1916-yilgi qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar
va kambag’allar qo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi. Qo’zg’olon
bostirilgan bo’lsada, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar.
Shuning uchun ham 1916-yil 13-dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan
A.F. Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston fronti qo’shildi», -
deb vaziyatga jiddiy va xolis baho bergan edi. General-gubernator imperatorga
yo’llagan mutlaqo maxfiy axborotida 97 rus askari o’ldirilib, 86 tasi yarador
bo’lganini va 76 askar bedarak yo’qolganini, 7 rus amaldori, rus aholisidan 2325
kishi o’ldirilib, 1384 kishi bedarak yo’qolganini yozgan. Ammo u Turkiston
frontida o’z talofatini aniq yozgani holda vahshiyona o’ldirilgan o’n minglab
mahalliy aholi hisobini bermaydi. Qo’zg’olon o’lkadagi Podsho Rossiya
mustamlakachilik tizimining tagi bo’sh zaminda ekanligi va uning ustunlari
qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi
so’nmaganligini namoyon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: