Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maqsudov asliddin murodovich



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana29.05.2022
Hajmi1,28 Mb.
#618875
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maqsudov a

Andijon qo’zg’oloni. 
Turkistonda ko’tarilgan ozodlik harakatining eng 
yirigi 1898-yilgi Andijon qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonga Andijon yaqinidagi 
Mingtepa qishlog’ida yashovchi Muhammadali eshon boshchilik qildi. U otasining 
kasbini olib duk yasardi, shuning uchun uni Dukchi eshon deb atashardi. 
Muhammadali Buxoroda o’qidi, Makkaga hajga boradi, Farg’ona viloyatidagi 
Sultonxon To’ra eshon xizmatida bo’ladi. Uning vafotidan keyin o’zi eshon 
bo’ladi. Uning maqsadi rus hukmronligidan qutilish, Farg’onada o’z kishisini xon 
qilib ko’tarish edi. Uning atrofida kambag’allar to’plana bordi, bog’lar yaratdi, 
suvsiz yerlarga suv chiqardi. Muhammadali eshon o’z muridlari bilan kengashib, 
mustamlakachilarga qarshi Andijon, Marg’ilon va O’shda joylashgan harbiy 
lagerlarga hujum qilish rejasini tuzadi. 1898-yil 17-may kuni Muhammadali eshon 
xaloyiqni qo’zg’olonga da’vat qiladi. Shu kuni xufton paytida har kim qo’liga 
tushgan narsani olib Andijon shahariga jo’nadilar. Eshon boshliq qo’zg’olonchilar 
Qo’tchi qishlog’iga kirishganda yana 200 kishi qo’shilgan. Qoraqo’rg’on va 
Oqchidan o’tib Qo’yliga yaqinlashganida ularga mingboshi G’oyibnazar o’z 
yigitlari bilan qo’shiladi. Qo’zg’olonchilar Andijonga yaqinlashganlarida ularga 
boy savdogar Aliboy qurollangan 190 yigiti bilan qo’shiladi. Qo’zg’olonchilar soni 


29 
2000 kishiga etadi. Qo’zg’olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy 
garnizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin 
miltiqni o’lja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga 
ichkaridagi soldatlar qarshilik ko’rsatadilar. Chorak soat davom etgan otishmadan 
so’ng qo’zg’olonchilar to’rt o’lgan sheriklarini tashlab chekinadilar. Harbiy 
garnizondagilardan 22 kishi o’ldiriladi, 24 tasi yarador bo’ladi. Andijonda, ayniqsa 
rossiyaliklar yashaydigan yangi shaharda mustamlakachi amaldorlardan tortib to 
oddiy fuqarogacha vahimaga tushib, uylariga bekingan va musulmonlar yalpi 
hujumini kutgan. Hatto tumanboshi polkovnik Koishevskiy ham ko’chaga 
chiqishdan qo’rqib uyida bekinib yotadi. Eski shahar oqsoqoli Xolbahodir 
mingboshi uning oldiga kelganidagina u voqyeaning tinch tugaganini bilgan va 
darhol askar chaqiradi. Ular yangi shahardan boshlab ko’ziga ko’ringan 
musulmonlarni otadi. Bu voqyealardan mutlaqo bexabar, ertalab ishlashga chiqqan 
minglab dehqonlar va hunarmandlar mustamlakachilar o’qidan nobud bo’lishadi. 
Harbiy qo’shinlar shaharni o’rab olib, qo’zg’olonni harbiy kuch bilan 
shafqatsizlarcha bostiradi. Mustamlakachilar Muhammadali yeshonni tutish uchun 
Mingtepaga yurdilar, yo’lda duch kelgan kishini otib o’ldirib Mingtepaga bostirib 
kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o’tkazdilar. Nihoyat, eshon Arslonbob 
yaqinidagi Toshko’prikda qo’lga tushirildi. eshon va uning muridlari, tanish-
bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag’on uyushtirildi. 1898-yil 12- 
iyunda Muhamadali eshon va uning yaqin maslakdoshlaridan 5 nafari osib 
o’ldirildi, yuzlab kishilar qamoq jazosiga hukm etildi, 18 kishi Sibirga surgun 
qilindi. Dukchi eshon qo’zg’oloni izsiz ketmadi. Butun Farg’ona vodiysida 
mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq
Marg’ilon va boshqa tuman va qishloqlarda bosqinchilarga qarshi harakatlar 
bo’ldi. 1898-yilgi qo’zg’olon chorizmga qattiq zarba berdi, uning negizlarini 
titratdi. Qo’zg’olonchilar Vatan ozodligi uchun kurash tarixi sahifalaridan munosib 
o’rin egalladilar.
27

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish