2. logann Genrix Pestalosi
Pestalosining
pedagogik
faoliyati.
Iogann
Genrix
Pestalosi
Shveysariyaning Syurix shahrida vrach oilasida tug’ildi. Pestalosi otadan yosh judo
bo’lib, onasi hamda oddiy dehqon ayol — ularning sobiq xizmatchisi tarbiyasida
o’sdi.
Pestalosi awal boshlang’ich maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm oldi.
Pestalosi o’rta maktabni tamomlagach, ko’proq gumanitar fanlar o’qitiladigan oliy
o’quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa bo’limlarida o’qidi. Pestalosi
kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to’g’risida o’zining
azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalosi
o’zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo’rg’on va yer sotib
oldi, bu yerga «Neygof» («yangi qo’rg’on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi
dehqonlarga o’z xo’jaliklarini unumdor xo’jalikka aylantirishni o’rgatish maqsadida,
bu yerda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo’ldi. Tajribasiz va xo’jalik ishlaridan
bexabar bo’lgan Pestajosi oradan ko’p o’tmay sindi, va u xalq foydasini ko’zlab yana
yangi yo’flar qidirishga majbur bo’ldi.
U 1774-yili «Neygof»da «Kambag’allar muassasasi»ni ochib, yetim va boqimsiz
165
bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to’pladi. Pestalosining fikricha,
bolalarning o’zlari ishlab topgan pullar shu yetimxonaning xarajatini qoplashi
kerak yedi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek,
to’quv va yigiruv dasgohlarida ip yigirib, mato to’qir yedilar. Pestalosining o’zi
bolalarga o’qish, yozish va hisob o’rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug’ullanar
yedi. Hunarmand ustalar yesa bolalarga ip yigirish va to’qishni o’rgatardilar. Shu tariqa,
Pestalosi o’z muassasasida bolalarni o’qitishni ularni unumli mehnatga o’rgatish bilan
qo’shib olib borishga urindi.
Pestalosi boshlagan ish tezda barbod boldi, chunki siyosiy hokimi-yat va moddiy
mablag’larning yegalari uni qo’llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan
mehnat qilishi tufayli o’zlari yashab-ishlab turgan yetimxona xarajatlarini ko’tara
olar yedilar, lekin gumanist va demokrat Pestalosi o’zi tarbiyalayotgan bolalarni
bunday og’ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo’1 qo’ya olmasdi. U bolalar
mehnatini, awalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini
o’stirish vositasi, deb bildi. Bolalarga faqat hunar o’rgatibgina qolmasdan, balki
ularni keng ravishda mehnatga o’rgatishga intildi.
Pestalosi Neygofda o’tkazgan tajribaningpedagogika uchun ahamiyati katta boidi.
Tajribani davom yettirish uchun mablag’ bo’lmaganligi sababli oradan ko’p vaqt
o’tmay yetimxona yopildi. Lekin bu muvaffaqiyasizliklar uni, xalqqa yordam berish
maqsadidan qaytara olmadi.
Pestalosi 1798 -yil Shveysariya inqilobi natijasida yetim qolgan 5 yoshdan 10
yoshgacha bo’lgan 80 bolaga moljallangan yangi yetimxona ochdi.
«Yertalabdan to kechgacha ularga yakka o’zim hamroh yedim! Mening qoilarim
ularning qo’lida, ko’zlarim ularning ko’zlarida yedi. Ular yig’lasa, men hara yig’lar,
kulsa kular yedim! Ular nima yesa, men ham shuni yer, niraa ichsa, shuni ichardim.
Mening o’shalardan boshqa uyim ham, do’stim ham, xizmatchim ham yo’q yedi!»,
deb yozgani keyinchalik bu haqda Pistalosi.
Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi.
Keyingi o’n sakkiz yil davomida Pestalosi o’sha davrning yeng muhim masalasini:
dehqon xo’jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash,
mehnatkashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o’zgartirish masalasini
hal qilishga jamoatchilik ye’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shug’ullandi.
U «Iingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoLy-pedagogik roman yozib, bu
romanda xo’jalikni oqilona . usulda olib borish va bolalarni to’g’ri tarbiyalash
vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to’g’risidagi o’z g’oyalarini
olg’a surdi.
XIX asrning boshlaridayoq Pestalosining «Gertruda o’z bolalarini qanday qilib
o’qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni
qanday o’rgatish haqida qo’llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida
ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari
bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang’ich talimning yangi usullari bayon qilingan
yedi.
1800-yili Pestalosi rahbarligida institut tashkil yetildi. Institut tarkibiga,
internat shaklidagi o’rta maktab hamda o’qituvchilar tayyorlash seminariyasi
kiritilgan. Bu institut butun dunyoga mashhur bo’ldi. Pestalosi 1825-yili Iverden
166
instituti o’qituvchilari orasida chiqqan nizolar natijasida o’z qishlog’i «Neygofoga
qaytadi va 80 yoshli, qariya bolishiga qaramay, bu yerda o’zining oxirgi asari — «Oq
qush qo’shig’i»(1826)ini yozadi. U l827-yilivafotetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |