172
tarbiyaning yeng muhim vositasi deb hisobladi.
Ushinskiy o’zining pedagogik tizimida
dars hamda ta’lim metodi-ga katta
ahamiyat berdi.
Darsda mashg’ulotlar turlicha bo’lishi raumkin: yangi bilim berish,
o’quvchilarning mashqlar bajarishi, o’tilganlarni takrorlash, o’quvchilarning
bilimini hisobga olish, o’quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars
malum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo’lishi va yetarli darajada tarbiyaviy
xarakterga yega bo’lishi lozim. Ushinskiy mashg’ulotlarni almashtirib metodlarni
xilma-xil qilib turishni
tavsiya qildi.
U bolalarda mustaqil ishlash qobiliyatini o’stirishga ye’tibor berib, o’qituvchi
maktabga yangi kirgan bolalarga darsda mustaqil ishlashning to’g’ri usullarini
o’rgatishi kerak, bolalar to mustaqil ishlash malakalarini mustahkam o’zlashtirib
olmaguncha, ularga uyga vazifalar berish yaramaydi, deydi.
Ushinskiy «Rus tilini dastlabki o’qitish» (1864) sarlavhali maqolasida bir qancha
qimmatli metodik ko’rsatmalar bergan. Uning fikricha, o’qitishning uchta vazifasi
bor: 1) bolaning nutqini o’stirish; 2) bolalarni rus tilinining boyligidan ongli suratda
foydalanishga o’rgatish 3) tilning mantiqini (grammatikasini) o’zlashtirish.
Rossiyada o’qishga o’rgatishda
tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda
Ushinskiyning xizmati katta bo’ldi.
Ushinskiy o’qituvchilarning roliga yuksak baho berib, «pedagogning
o’quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga yegadirki buni hyech qanday ustav va
dastur bilan, o’quv yurtini har qancha qulay tashkil yetish bilan almashtirib
bo’lmaydi», deb hisoblaydi. U «tarbiya ishida murabbiyning shaxsi yeng asosiy
omildir», deb yozgan yedi.
Ushinskiy pedagogika o’qituvchilari va o’rta maktab o’qituvchilari
tayyorlaydigan pedagogika fakultetlari to’g’risidagi fikrni olg’a surib
shundayyozgan yedi: «Bizda medisina fakultetlari bor-u, pedagogika fakultetlari
yo’q yekan, bu shuni ko’rsatadiki, biz axloqiy va tarbiyaviy sog’lig’imizga
qaraganda tanamiz sog’lig’ini ko’proq qadrlar yekanmiz».
K.D.Ushinskiyning o’z vataniga, o’z xalqiga xizmat qilishni pedagogik
faoliyatining asosiy burchi deb hisobladi.
U o’qituvchilar tayyorlash tizimini ishlab chiqdi.
1895 -yili Ushinskiyning vafotiga 25 yil to’lishi munosabati bilan bolgan
yig’ilishda, uningishini davom yettiruvchilardan biri, Mbdzalevskiy «Xuddi
Lermontov — bizning xalq olimimiz, Suvorov — bizning xalq lashkarboshimiz,
Pushkin — bizning xalq shoirimiz, Glinka — bizning xalq kompozitorimiz
bo’lganidek, Ushinskiy ham — bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq
yedi.
Do'stlaringiz bilan baham: