13-mavzu: Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi
1.Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimi
Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar.
Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil yetilgan:
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1-5-sinflarni o’z ichiga oladi.
3. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6-8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9-11-sinflardir. Mazkur yuqori maktab bilan Oliy
talimni aralashtirmaslik kerak.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy ye’tibor materaatikaga yemas, balki
tabiiy fanlarga qaratiladi. o’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar,
qo’llanmalar yo’q. Maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar
kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini
tashiydigan
maxsus
avtobuslar,
stadionlar,
turli
laboratoriyalar
bor.
Maktablarning aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan
ta’minlanadi. Shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi
o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi.
Shaxsiy maktablarda o’qitish pullik. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda
bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday
tnaktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. Shaxsiy maktablarning har biri
o’ziga xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga yega.
Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam boladi. Shaxsiy
maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab yestetik tarbiyaga, san’atga alohida
ye’tibor beriladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o’qish-o’qitish tizimi
biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o’quvchiga alohida o’qituvchi-
murabbiy biriktiriladi. U shu o’quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab
o’rganib, faqat shu o’quvchiga uchun alohida reja tuzib, uning o’qishiga rahbarlik
qiladi. Masalan, 9-sinf o’quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo’lsayu,
chet tilidan oqsasa, bu o’quvchiga 9-sinfda o’ninchi sinf rejasi bo’yicha kimyoni
o’rganishga ruxsat yetiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki yengillashtirilgan reja
bo’yicha o’rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va
boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol
ishlarini topshirgan o’quvchiga maktabda o’qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar
174
bo’yicha o’zi kirmoqchi bo’lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham
topshirishiga imkoniyat yaratiladi.
Amerikaning yuqori maktablarida shunday o’qituvchilar borki, ular kollejlarning
birinchi kurslarida o’qitiladigan malum fanlardan dars berishlari hamda imtihon
olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo’q. Oliy o’quv yurtlariga
kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abituriyent oliy
o’quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi.
Bunday testlar Amerikada har yili 3-4 marta o’tkaziladi. Sinov savollari kitob
shaklida har yili chop yetiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning
yechimlari ko’rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bo’lishi bizga o’xshab sir tutilmaydi,
balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob
berish lozim» deb ko’rsatiladi. o’quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga
tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12
sinflaraa o’qib yurgan vaqtlarida, o’zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil
bo’ladi:
.SAZKSxolastik aptityud test);
AKT (Amerikan kollej test) sinovlari.
SAT sinovlari murakkabroq bo’ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT
sinovlarini albatta topshirish shart.
Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy
maktablarga kirayotgan barcha talabalar topshirishi shart yemas. Mabodo biror
talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga
maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning yeng katta boyligi - bu aql. Aql bu
mamlakatda qadrlanadi. Alochi talabalar o’quv yurtlarining faxri sanalgani
sababli ham, ularga turli yollar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali
ularni o’quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. o’zi tanlagan sohada yutuqlarga
yerishayotgan talabalar ro’yxati har yili alohida kitob bobida nashr yetib turiladi.
Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning ye’tiborini bo’lajak
olimlarga qaratishdir.
Yuqorida sanab o’tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha
fanlardan olgan baholarining o’rtacha miqdori talabani universitetga qabul
qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi. Amerika kollejlari ikki va to’rt yillik
bo’lib, ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy talim pog’onasidagi birlamchi
darajaga yega bo’ladi. To’rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini
olib, oliy ma’lumotning birinchi pog’onasiga yerishadilar. To’rt yillik kollejlar
bizning to’rt yillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. Amerika
universitetlari tarkibiga ikki va to’rt yillik kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari
hamda ikkinchi bosqich oliy malumot beruvchi o’quv yurtlari kiradi.
Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o’quv yurtlari bizning aspiranturaga
to’g’ri keladi. Bu o’quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi
shart. o’qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba magistrlik darajasini oladi.
Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishi mumkin.
Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat mutaxassislikdan jiddiy imtihon
175
topshiriladi. Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo’lajak ilmiy rahbari ham
ishtirok yetadi. o’qishni muvaffaqiyatli bitirib, dissertasiya yoqlagan talaba
doktorlik Ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiy fanlardan doktorlik dissertasiyasi yoqlagan
talabalarning hammasiga «falsafa doktori» ilmiy unvoni beriladi. AQS’H maktablari —
oliy maktabgacha mana shunday bosqichlarga yega.
Do'stlaringiz bilan baham: |