Pestalosi pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati
Pestalosi odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un
qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U yelementar talim
nazariyasini yaratdi, bu nazariya XIX asrda xalq maktabini rivojlantirishga yordam
bergan kurashda katta rol o’ynadi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda
tarbiyalash, axloqiy va aqliy tarbiyalash to’g’risida juda qimmatli fikrlarni aytib
o’tdi. Pestalosi boshlang’ich maktabda beriladigan bilimlarning mazmunini
kengaytirishni talab qildi, boshlang’ich maktabni xalqqa yaqinlashtirishga,
uni xalq ommasining turmushi va yehtiyojlari bilan chambarchas bog’lashga
intildi, bolalarni mehnatga o’rgatishga, ularni turmushga tayyorlashga katta
ye’tibor berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |