I. Bob. Adabiyotlar tahlili
Oqsillar yoki proteinlar aminokislotalar polimerlari bo’lgan yuqori
molekulali azotli organik moddalar hisoblanadi, ular barcha tirik
organizmlarning va hayotiy jarayonlarning asosiy tarkibiy qismidir. Oqsillar
eng murakkab kimyoviy birikmalar bo’lgan ya’ni bo’lib, 20 turli
aminokislotalarning turli kombinasiyalaridan tarkib topgan. Oqsillar
biosintezi nuklein kislotalarning bevosita yo’naltirovchi ishtirokida ro’y
beradi, nuklein kislotalar ayrim aminokislotalardan oqsil molekulasini
yig’adigan «o’choq» vazifasini o’tovuchi qolib, andozaga o’xshaydi.
Oqsillar organizmida quyidagi funksiyalarni bajaradi.
1. Tuzilmaviy yoki plastik funksiya.
Oqsillar hujayra yoki hujayralararo tuzilmalarning asosiy tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ularning biosintezi organizmning o’sishi va rivojlanishi
jarayonida muhim ro’l o’ynaydi.
2. Katalitik yoki fermentativ funksiya.
Oqsillar organizmda kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi. Hozirgi
kunda aniqlangan hamma fermentlar oqsil tabiatli moddalar hisoblanadi.
Organizmda moddalarning almashinuvi oqsil – fermentlarning faolligiga
bog’liq.
3. Himoyalovchi funksiya. Odam organizmiga kirayotgan begona
oqsillarga (masalan, bakteriyalarga) javoban oqsillardan immun tana
(antitela) har hosil bo’ladi.
4. Tashuvchi funksiya. Organizmda ko’p moddalarni tashilishida
oqsillar maxsus ro’l o’ynaydi. Hujayra va to’qimalar uchun zaruriy modda
kislorodni ularga yetkazib berish va organizmdan karbonat angidrid gazini
6
tashqariga chiqarish murakkab oqsillar-gemoglobin orqali va yog’larning
tashilishi lipoproteidlar orqali amalga oshiriladi.
5. Qisqaruvchi funksiya. Mushak qisqarishi jarayonida miozin va aktin
oqsillari ishtirok etadi.
6. Boshqaruv funksiya. Biologik reaksiyalarning doimiyligini saqlab
turishda oqsillarni ahamiyati juda katta. Bu jarayon oqsil tabiatli turli
regulyator gormonlar tufayli amalga oshiriladi.
7. Energetik funksiya. Oqsillar organizmning turli tuzilmalarini
energiya bilan ta’minlab turadi. Organizmda proteinlar, karbonsuvlar va
yog’larning parchalanishi oqsil-fermentlar tufayli amalga oshiriladi. 1 g oqsil
parchalanganda 17,6 kDj (4,0 kkal) energiya hosil bo’ladi. Tanada doimo
oqsil parchalanish jarayonlari va oqsillarning sintezi kuzatiladi. Yangi oqsil
sintezining yagona manbai ovqat tarkibidagi oqsillar bo’lib, tananing oqsil
almashinuvi oqsilli oziqlanishiga mustahkam bog’liqdir. Odam jigarida har
kuni 25 g miqdorda plazmada 20 g gemoglobin tarkibida 8 g miqdorda yangi
oqsil hosil bo’ladi. Turli xil sharoitlarda katta kishi tanasida har kuni 400 g
gacha yangi oqsil mahsulotlari hosil bo’ladi va shuncha miqdorda
parchalanib turadi. Oqsil almashinuvining tezligi shu bilan xarakterlanadiki,
masalan, jigar tarkibidagi oqsilning yarmi 5-7 kun davomida tamoman yangi
oqsil bilan almashinadi.
Doimiy ravishda tana tarkibidagi oqsillarni parchalanish jarayonlari
yuz berib u aminokislotalargacha boradi. Shu bilan birgalikda tanada ovqat
bilan kirgan oqsillarning aminokislotalari tushadi (ichakdan so’riladi).
Shunday qilib, ekzogen va endogen tabiatli aminokislotalardan iborat bo’lgan
aralashma faza hosil bo’ladi. Aralashma faza hujayra ichida va hujayra
tashqarishdagi suyuqlikda uchraydi. Uning tarkibidagi aminokislotalarning
7
bir qismi yangi to’qima oqsillarning sintezi uchun sarflanadi, bir qismi esa
purinli va fosfatidli asoslar, porfirin asoslarini hosil qilish uchun sarflanadi va
nihoyat aminokislotalarning bir qismi oqsidlanadi yoki lipidlar va uglevodlar
almashinuvi
uchun
sarflanadi.
Dezaminlanish
natijasija
ajralgan
aminoguruhlar tanadan siydikchil va ammiak holida siydik bilan chiqarib
yuboriladi.
Odam tanasida karbonsuvlar almashinuvi quyidagi bosqichlar orqali
amalga oshadi.
- karbonsuvlarning oshqozon – ichak yo’lda hazm bo’lishi;
- monosaxaridlarning qonga so’rilishi;
- karbonsuvlarning oraliq almashinuvi;
- glyukozaning buyrakda filtrlanishi va qayta so’rilishi.
Karbonsuvlarning hazm bo’lishi.
Ovqat bilan qabul qilingan murakkab karbonsuvlar ichak devorining
shilliq pardasidan so’rilib o’tolmaydi. Karbonsuv so’rilib qon va limfa
suyuqligiga o’tishi uchun monosaxaridlargacha parchalanishi shart. Shunday
qilib, fermentlar ta’sirida murakkab karbonsuvlar monosaxaridlargacha:
asosan glyukoza, fruktoza va galaktozagacha ba’zi holatlarda pentozagacha
parchalanadi.
Karbonsuvlarning so’rilishi. Monosaxaridlar qopqa vena qoniga
so’riladi. So’rilishi apparati ichak shilliq qavatidagi vorsinkalar hisoblanadi.
Monosaxaridlarning so’rilish tezligi har xil. Agar so’rilish tezligini 100 deb
olsak, galaktoza uchun bu 110 ga teng, fruktoza uchun 43, mannoza uchun
19, pentozalar uchun 9-15 ga teng bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki,
geksozalar pentozalarga qaraganda tezroq so’rilar ekan.
8
Monosaxaridlar ingichka ichak shilliq pardasida so’rilayotganda
fosfatlanadi. (fosfat kislota bilan birikadi), bunday birikmalarning hosil
bo’lishi esa karbonsuvlarning so’rilishini tezlatadi.
Karbonsuvlarning oraliq almashinuvi.
Ichak devorlaridan so’rilib qonga o’tgan monosaxaridlar qon bilan bosh
miyaga, jigarda, mushak va boshqa to’qimalarga boradi, bu organlarda har xil
birikmalarga aylanadi yoki oksidlanadi.
Karbonsuvlar almashinuviga asab tizimining ta’sirini birinchi bo’lib
1853 yilda Klod Bernar aniqlagan. U uzunchoq miyadagi 4-chi qorincha
tubiga, ukol (qand ukoli) qilib, jigardagi karbonsuvlar zaxirasining safarbar
yetilishini, so’ngra giperglikemiya va glikozuriya ro’y berishini kashf etgan.
Jigar to’qimasidan kelgan glyukozadan glikogen hosil bo’ladi. Jigar
glikogeni zaxira karvonsuvlar ekanligini ham Klod Bernar hayvon jigarini
olib tashlash yo’li bilan isbotlangan. Bunda glyukoza yetishmasligidan
hayvon halok bo’ladi.
Keyinchalik Mann va Magat (1921-1922) jigari olib tashlangan
hayvonning qoniga glyukoza yuborib turib, uning hayotini saqlab turishga
muvoffaq bo’ldilar. Bu tajribalar shuni ko’rsatadiki, jigar glyukozani qondagi
qand miqdorini bir maromda ishlab turishda muhim ro’l o’ynar ekan.
Hozirgi vaqtda shu narsa ma’lumki, karbosuvlar almashinuvining turli
xil jarayonlari uchun jigar javob berar ekan. Xususan:
1. jigardagi glyukozadan glikogen sintezlanadi (zahiraviy karbonsuv).
Bu jarayon glikogenez deyiladi. Agar qonda qand miqdori kamayib ketsa
glikogen parchalanib yana glyukoza hosil bo’ladi, ya’ni glikogenoliz jarayoni
ro’y beradi. Hosil bo’lgan glyukoza jigardan qonga o’tadi. Glyukoza va
fosfataza fermenti glyukogenoliz jarayonida asosiy vazifani o’taydi.
9
2. jigarda kelgan glyukozaning bir qismi zarurat to’g’ilganda
oksidlanishi va undan energiya ajralib chiqishi mumkin;
3. glyukoza oqsil va yog’ sintezining manbai bo’lib xizmat qilishi
mumkin;
4. glyukozadan organizmning muhim funksiyasi uchun zarur bo’lgan
bir qancha moddalar, masalan, glyukozon kislotasi hosil bo’ladi, bu esa
jigarning zararsizlantirish funksiyasini bajarish uchun zarurdir;
5. jigarda yog’lar, oqsillardan karbonsuvlar hosil bo’lishi mumkin, bu
jarayon glyukoneogenez deyiladi.
Glyukogenez, glikogenoliz, glyukoneogenez bir-biri bilan o’zaro
bog’liq jarayonlar bo’lib, qondagi qand miqdorini bir maromda saqlab
turishini ta’minlaydi:
Karbonsuvlar almashinuvida mushak to’qimasi muhim o’rin tutadi.
Mushaklar, ayniqsa zo’r berib ishlagan vaqtda ko’p miqdorda qon tarkibidagi
glyukozani ishlab qoladi va xuddi jigardagiday bu yerda ham glyukozadan
glikogen sintezlanadi.
Glikogenning to’planishi mushaklar ishi uchun muhim energetik
manba hisoblanadi. Biroq mushak to’qimalarida glikogenni glyukozagacha
parchalovchi glyukoza 6-fosfataza fermenti yog’, chunki glyukoza 6-fosfat
mushak to’qimasida pirouzum kislotasi va sut kislotasigacha parchalanadi.
Mushak to’qimasining dam olish fazasida sut kislotasining ko’p qismi
glyukogenga resintezlanadi. Bir qismi esa qonga o’tadi, bu giperlaktadermiya
deyiladi (qondagi miqdorining oshishi 12-19 mg% gacha bo’lishi, mushaklar
zo’r berib ishlagan vaqtda esa uning miqdori 15-20 marta oshib ketishi
mumkin). Qondagi sut kislotasini ko’p a’zolar o’zida ushlab qoladi, ayniqsa
jigarda, bu jarayon shiddatli kechib, bu joyda glikogen sintezlanadi.
10
Shunday qilib, jigar glikogeni bilan mushak glikogeni o’rsatida
dinamik bog’lanish bor. Jigardagi glikogen parchalanib glyukoza shaklida
qonga o’tadi. Mushak glikogeni parchalanib sut kislootasi hosil bo’ladi, bu
esa jigarda glikogen sintezi uchun xom ashyo hisoblanadi.
Yog’ning organizmda to’planish jarayoni va uni yog’ depolaridan
chiqishi, keyinchalik esa to’qimalarda sarflanishi o’z-o’zidan boshqarilishi
jarayoni bo’yicha amalga oshadi. Uning asosini yog’ to’qimasini yuvib
o’tuvchi qondagi yoki to’qima suyuqligidagi glyukoza miqdori tashkil qiladi.
Qonda glyukoza konsentrasiyasi oshib trigliseridlar parchalanishi kamayadi
va ularning sintezi faollashadi va buning aksi, glyukozani qondagi
konsentrasiyasi kamaysa, trigliseridlar sintezi tormozlanadi, parchalanish esa
oshadi va qonda yog’ to’qimasidan qonga noesterifisirlangan yog’ kislotalar
o’tadi. Shunday qilib, organizmning energetik ta’minlanishida yog’ va
karbonsuv almashinuvi orasida o’zaro bog’liqlik mavjud. Energetik
manbalardar trigliseridlar yog’ to’qimalarida zaxira bo’ladi. Agar
karbonsuvlar
yetishmasa
yoki
ularning
yetarlicha
o’zgarmaganida
trigliseridlar
parchalanib,
qonga
yangi
energetik
material
–
noesterifisezlangan yog’ kislotalarini ajratadi. Ko’rsatilgan o’z-o’zini
boshqarish jarayonlari asab va gormonlar ta’sirida bo’lib turadi.
Yog’ almashinuvining asab boshqarilishi ishtaha va ochlik hissi
markazining faoliyatiga bog’liq, ya’ni bu markaz tanaga kirgan ovqatni
aniqlovchi markaz hisoblanadi. Ovqat markazi asab hujayralarining
funksional birlashmasidan iborat bo’lib, u bosh miyaning har xil bo’limlari
(postloq yadrolari, limbik gumbazi)da joylashgan. Yog’ almashinuvida
asosiy ro’lni asab hosilasi o’ynab, gipotalamusni orqa qismida ventromedial
va ventrlateral yadrolarida joylashgan. Hayvonlarda ventrolateral yadrolarini
11
elektr toki bilan ta’sirlanganda ularda ishtaha yo’qolishi, hattoki ochlikdan
o’lishgacha olib keladi. Ventomedial yadrolar ta’sirlanganda uzoq vaqt
davomida ovqat yeyish bilan bog’liq qo’zg’alish sodir bo’lib, buning
natijasida hayvonlar ko’p miqdorda ovqat yeyidilar va u uzoq davom etsa
ular semirishi yuzaga keladi.
Oq
kalamushlarda
ventromedial
yadrolar
doimiy
ravishda
ta’sirlanganda kontrol kalamushlarga nisbatan ularning massasi 10 barovar
oshib ketganligi ma’lum bo’lgan.
Yog’ depolarida markaziy asab tizimini boshqaruvchi ta’siri asab-
simpatik va adashgan vegetativ asablar orqali o’tkaziladi. Simpatik
asablardan o’tuvchi impulslar triglisiridlar sintezini tormzlaydi va ularni
parchalanishini (lipolirni) kuchaytiradi.
Asab tizimining adashgan bo’limining tonusi oshganda yog’ to’planadi.
Bular tegishli asablarini qirqib qo’yish yo’li bilan o’tkazilgan tajribalarda
isbotlangan.
Agar mushukning asabini bir tomondan kesib, uni och qoldirilganda
yog’ kletchatkasida kesilgan tomonga nisbatan, kesilmagan tomonida
sezilarli darajada ko’p miqdorda yog’ qolgani aniqlangan.
Yog’ni mobilizasiyalovchi ta’sirotlarni yuzaga keltirishda, ya’ni yog’
to’qimasidagi triglisiridlarning parchalanishini faollashda bu yurak usti bezining
gormonlari – adrenalin va noradrenalin muhim ro’l o’ynaydi. Shu jihatdan asab
tizimining simpatik qismi uzoq vaqt ta’sirlanganda, ya’ni turli shaklda uzoq
qo’zg’alganda, adrenalin va noradrenalin sekresiyasi kuchayadi. Bu esa yog’
deposining kamayishiga olib keladi (uzoq vaqtli mushak faoliyati, emosional
jarayon).
Somototropin, tireotropin (gipofiz gormonlari), tiroksin (qalqonsimon
bez gormoni) yog’ni mobilizasiyalovchi ta’sirlovchilardir.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |