Nafas olish koeffisiyentiga nisbatan karbonsuvlar va yog’lar
oksidlakishidan hosil bo’ladigan energiya va O
2
-ning kalorik ekvivalenti
ko’rsatkichlari
NOK
Karbonsuvlar
oksidlanishidan
ajraladigan
energiya,
(%)
Yog’lar
oksidlanishidan
ajraladigan energiya. (%)
KKE, (kkal)
0,70
0
100
4,680
0,75
15
85
4,739
0,80
32
68
4,801
0,85
49
51
4,862
0.90
66
34
4.924
0,95
83
17
4,985
1,00
100
0
5,047
18
Nafas olish koeffisiyenta (NOK) ba’zan 1 dan oshib ketadi (nihoyatda katta
quvvatli ish bajarish tufayli anaerob almashinuvi natijasida to’liq oksidlanmagan
moddalarning neytrallanishidan ko’p miqdorda CO
2
hosil bo’lishi sababli), bunday
sharoitlarda nafas olish koeffisiyentiga ko’ra energiya ajralishini hisoblab
bo’lmaydi.
Bilvosita kalorimetriyaning amalda qo’llanilishi Duglas Xolden usuli bilan
amalga oshiriladi. Bu usul nafas chiqarish havosini maxsus Duglas yoki polietilen
qopga yig’ib olish va uning tarkibida CO
2
va O
2
ning miqdorini gaz soatlari bilan
tahlil qilishga asoslangan. Yig’ilgan CO
2
va O
2
ning miqdori Xolden
gazoanalizatori yoki avtomatik gazoanalizator yordamida ulchanadi.
Olingan natijalarga asosan quyidagi ko’rsatkichlari hisoblab topiladi:
1. O’pka ventilyasiyasi (V
ε
)
t)
vart(minu
ketgan
uchun
ilishi
yig'
ing
xavon
mikdori
kondagi
хаvо
Kоndаgi
V
=
ε
2. O’zlashtirilgan yoki foydalanilgan kislorod (foiz xisobida) =
Δ
O
2
;
Δ
O
2
= O
2
% nafas olish havosida- O
2
%, nafas chiqarish havosida.
3. Hosil bo’lgan CO
2
(foiz hisobida) _
Δ
CO
2
Δ
CO
2
=CO
2
% (nafas chiqarish xavosida)
Δ
CO nafas olish xavosida).
4. Iste’mol qilingan (foydalanilgan) O
2
miqdori (VO
2
)
2
2
)
/
(
О
V
мин
л
VO
∆
⋅
=
ε
5. Ajratib chiqarilgan CO
2
miqdorida (CO
2
)
2
2
СО
V
)
/
(
VCC
∆
⋅
=
ε
мин
л
6. Nafas olish koeffisiyenti (NOK)
2
2
VCC
VCC
=
NОК
7. Kislorodning kalorik ekvivalenti KKE (yuqoridagi jadvalga asosan
hisoblanadi).
8. Sarflangan energiya (kkal) = VO
2
·KKE Ma’lumki, gazlarning miqdori
ularning bosimi, harorati va tarkibidagi suv bug’i miqdoriga qarab o’zgarib turadi.
19
Shuning uchun yuqoridagi ko’rsatkichlar standart sharoitga ko’ra ma’lum jadvallar
asosida hisoblandi (760 mm simob ustuniga teng bosim va O°C harorat).
Uchinchi usul — energiya sarfini hosil bo’lgan umumiy issiqlikni o’lchash
orqali aniqlash yoki bevosita kalorimetriya usulidir. Bu usul maxsus germetik
yopiq kameralarda olib boriladi. Tekshiriluvchi kameraga o’tkazilib, unga kirgan
(maxsus radiatorlar orqali ma’lum tezlikda oqib o’tgan) va chiqqan suvning
harorati o’lchanadi. Kameradan oqib chiqqan suv unda turgan subyekt ajratgan
issiqlikka yarasha isiydi. Kameraga oqib kirgan suv va uning isish darajasini
o’lchab, subyekt ajratgan issiqlik miqdori aniqlanadi. Bu usul yordamida aniq
ma’lumot olish mumkin, lekin bu usulning katta kamchiliklaridan biri shuki, uni
faqat laboratoriya sharoitidagina qo’llash mumkin, chunki kameraning kattaligi
tufayli uni har yerda ishlatish juda qiyin. Ikkinchidan, bu usul yordamida ma’lumot
to’plash eng kamida bir necha soat davom etadigan tadqiqotlarga asoslanadi.
Shuning uchun ham uni qisqa muddatli tekshiruvlarda qo’llab bo’lmaydi.
Kislorodning o’zlashtirilishi deganda ma’lum vaqt birligida (odatda 1 min,
mobaynida) organizm tomonidan uning iste’mol kilinishi, foydalanilishi
tushuniladi. Tinch holatda va unchalik og’ir
bo’lmagan jismoniy ish bajarilganida
kislorodning o’zlashtirilishi unga nisbatan bo’lgan talabga tug’ri keladi, ya’ni unga
nisbatan bo’lgan talab o’pka va yurak-qon tomirlarining faoliyati tufayli tuliq
qondiriladi. Bu vaqtda ATFning resintezi fakat aerob holda amalga oshiriladi.
Aerob yo’l bilan energiya ajratishi nisbatan sekin boradigan jarayon va u (ya’ni
oksidlanishli fosforlanish) kuchliroq jismoniy ish bajarilganida kerakli miqdordagi
ATF resintezi uchun yetarli bo’lmay qoladi yoki kislorodga bo’lgan talab uning
qondirilishi imkoniyatidan ustun bo’ladi. Bunday holat yuzaga kelishi bilan
anaerob jarayon ishga tushib ketadi. Shuning uchun bunday ish to’xtatilganidan
keyin ham birmuncha tez-tez nafas olish (yetishmagan O
2
o’rnini qoplash uchun)
davom etib turadi. Bu jarayonni ilk bor ingliz olimi A.Xill urganib, uni kislorod
qarzdorligi deb atadi.
20
Shunday qilib, kislorodga nisbatan bo’ladigan umumiy talab yoki extiyoj ish
jarayonida o’zlashtirilgan O
2
va O
2
ga bo’lgan qarzdorlik yig’indisidan iborat
ekan. Ko’pincha jismoniy faoliyatning boshlang’ich qismida anaerob jarayoniga
ehtiyoj tug’iladi, chunki bu vaqtda ATF sarfi oksidlanishli fosforlanish yo’li bilan
uning sintezlanishidan ko’p bo’ladi. Bu holat o’z navbatida jismoniy ishning
boshlanishida kislorodning yetishmasligiga olib keladi.
R.Margariyaning aniqlashicha, kislorodga qarzdorlik o’z ichiga qo’yidagi
ikki komponentni oladi:
1) Adekvat kislorod qarzdorligi — bu ATF va KF resintezi uchun zarur
miqdordagi O
2
hamda to’qimalardagi O
2
rezervuari tuldirilishi uchun zarur O
2
(muskul to’qimasidagi mioglobinni ta’minlaydigan O
2
).
2) Laktat kislorod qarzdorligi — ish jarayonida qosil bo’lgan sut
kislotasining parchalanib, uning bir qismidan SO
2
va N
2
O hosil bo’lishi va qolgan
qismidan glikogen resintezi uchun zarur bo’lgan O, mikdori. Odatda adekvat kislo-
rod qarzdorligi ish to’xtatilganidan keyin darxol (minutlar davomida) uziladi.
Laktat kislorod qarzdorligi esa ish tamom bo’lganidan keyin yana yarim soatgacha
davom etadi.
Organizmning umumiy energiya sarfi 2 qismdan, ya’ni asosiy almashinuv va
bajariladigan har qanday faoliyat uchun asosiy almashinuvga kushimcha energiya
sarfidan tashkil toptan. Asosiy almashinuv xujayra va tukimalar tirikligi uchun
zarur bo’lgan oksidlanish jarayonlarini ta’minlash, doimiy ishlab turadigan a’zolar
faoliyati uchun (yurak, nafas olishda ishtirok kiladigan muskullar, buyrak, jigar,
oshqozon-ichak va boshqalar) hamda muskullardagi minimal tonusni saqlab turish
uchun talab kilinadigan energiya miqdorini ifodalaydi. Asosiy almashinuvning 20-
30%i tana muskullari uchun va yana shuncha miqdori jigar va oshqozon-ichak
tizimi uchun sarflanadi. Asosiy almashinuvni ulchashda kuyidagi shart-sharoitlarga
rioya qilinadi: 1) ruxiy va muskul faoliyatidan xoli, tinch xolatda (muskullarni
bushashtirib yotgan xolda); 2) jismoniy, aqliy va ruxiy yuklamalar tuxtatilganidan
21
so’ng organizm o’zini tuliq tiklab olishi uchun zarur vaqt o’tganidan keyin; 3)
oxirgi ovqatlanishdan 12-16 soat vaqt o’tganidan keyin; 4) muxit harorati optimal
bo’lganida (18-20°S).
Yana asosiy almashinuv ulchanayotgan odam bedor bulishi kerak, chunki
uyku paytida oksidlanish jarayonlari, shunga binoan energiya sarfi xam 8-10% ga
kamayib ketadi.
Odatda asosiy almashinuv bilvosita kalorimetriya bilan ulchanganida
kislorodning kalorik ekvivalenta (KKE) qilib 4,825 va unga tug’ri keladigan nafas
olish koeffisiyenta (NOK) qilib 0,82 olinadi.
Asosiy almashinuv tana massasi va yuzasiga bog’liq, shuning uchun uni kg
yoki m
2
da xisoblab aniqlanadi. Katta odamlarda u o’rtacha 1 soat davomida har bir
kg tana massasiga 1 kkal ga, masalan, 70 kg tana massasiga ega odamda sutka
davomida 1700 kkal.ga teng bo’ladi. Yoshlarda asosiy almashinuvga nisbatan
keksa kishilarda u har 10 yilda 3,0-7,5% kamayib boradi (yangilanish jarayonining
kuchsizlanib borishi tufayli).
Yuqorida aytib o’tilganidek, odam tanasida kuzatiladigan har qanday
faoliyat (jismoniy, aqliy, ruhiy va boshqa) asosiy almashinuv bilan yana
qo’shimcha energiya sarflanishiga olib keladi. Bunday faoliyatga dastavval
ovqatlanish jarayoni kiradi, chunki yeyilgan ovqatni xazm qilish uchun oshqozon-
ichak yo’li faollashadi va energiya sarfi asosiy almashinuvga nisbatan birmuncha
ko’payadi. Energiya sarfining bunday ko’payishi ovqatning spesifik dinamik ta’siri
deyiladi odatda u ovqatlanilganidan keyin 1 soat o’tishi bilan boshlanib, 3 soat
o’tganidan keyin eng maksimal darajada bo’ladi va shu xolat (kuchaygan energiya
sarfi) bir necha soat saqlanib turadi. Ovqatning dinamik ta’siri oksil iste’mol
qilinganida eng yuqori bo’ladi (30%), yog’ va karbonsuvlar aralash iste’mol
qilinganida 4-15% ni tashkil qiladi. Aralash ovqat yeyilganida jami bo’lib 150-200
kkal energiya sarflanadi. Ko’shimcha energiya tanani ma’lum bir vaziyatda (holda)
ushlab turish uchun va sovuq yoki issiqda tana xaroratini bir xil saqlash uchun ham
22
sarflanadi. Odam yotmasdan utirsa asosiy almashinuv 8-15%ga, tik turganida esa
15-30% ga oshadi. Har xil ishlar bilan ivirsib yurilganida asosiy almashinuv 30-
60% ga oshishi mumkin. Harorat sovuq bo’lsa asosiy almashinuv 3-4 marta
ko’payishi mumkin. Aqliy mexnat xis-xayajonli bo’lsa, asosiy almashinuv 40-90%
ga ko’tarilishi mumkin. Kishilar kasb mehnatining og’ir
va yengilligiga qarab
asosiy almashinuv tegishli miqdorda ko’payadi. Kasb mexnat turiga ko’ra odamlar
4 guruhga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |