Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


II. Bob. Organizmdagi energiya sarfini aniqlash usullari



Download 310,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana06.02.2022
Hajmi310,43 Kb.
#431704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
qisqa masofaga yuguruvchi yengil atletikachilarning sport mashgulotlarining tuzilishi va rejalashtirilishi.

II. Bob. Organizmdagi energiya sarfini aniqlash usullari 
 
2.1. Bilvosita va bevosita kalorimetriya 
 
Nafas koeffisiyenti. 
Organizmda ajralgan energiya qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibat u 
issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu isisqlikni bilvosita va bevosita 
kalorimetnriya 
usullari 
yordamida 
aniqlab, 
organizmdagi 
energiya 
almashinuvi to’g’risida tasavvur olish mumkin.
Bevosita kalorimetriya usulida organizmdan ajralib chiqadigan 
issiqlikni sezuvchi maxsus germetik appartlar – kalorimetrik kameralardan 
foydalaniladi. Bu usul organizm faoliyati natijasida hosil bo’ladigan va 
tashqariga chiqadigan issiqlikning miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Odamni maxsus kalorimetrik kameraga joylashtirib, uning tanasidan muhitga 
beradigan issiqlik miqdorini o’lchaydi. Kamera ichining yuqori qismida bir 
nechta naycha o’rnatilgan bo’lib, ularda suv aylanib turadi. Tajriba 
o’tkazilayotgan odam mutadil nafas olishi uchun maxsus naycha orqali 
kislorod ballonidan kameraga havo kiritib turiladi. Nafas orqali chiqadigan 
havo maxsus naycha orqali kamera tashqarisida joylashtirilgan baklardagi 
kimyoviy moddalardan o’tkazilib, undagi karbonat angidriddan tozalanadi. 
Kalorimetrik kamerasi naychalari orqali oqib o’tgan suvning miqdorini 
aniqlab, haroratli o’lchanadi. Bir kecha-kunduzda shu suvni isitishga 
sarflanadigan issiqlik energiyasining miqdori kamerada tajriba olib 
borilayotgan odamdan ajralganligi aniq bo’ladi. Bu energiya miqdori 
kilojoullar (kDj) da ifodalanadi. Bu usul ancha murakkab bo’lib, undan 
maxsus ilmiy-tekshirish institutlarida foydalaniladi. Shuning oqibatida 


13 
tibbiyot amaliyotida bilvosita kalorimetriya usuli qo’llanib kelmoqda. Buning 
ma’nosi shundaki, dastlab o’pka ventilyasiyasi hajmi aniqlanib, so’ngra nafas 
bilan qabul qilingan kislorod va ajralib chiqqan karbonat angrid miqoriga 
qarab, organizmda qancha energiya hosil bo’lganligi va sarflanganligi 
aniqlanadi. Nafasdan chiqqan karbonat angidrid hajmining yutilgan kislorod 
hajmiga nisbati, ya’ni SO
2
nafas nisbati nafas koeffisiyenti deyiladi. Nafas 
koeffisiyentini aniqlab organizmda oksidlanadigan moddalar haqida 
ma’lumot olish va chiqarish sarflangan kislorod va chiqariladigan karbonat 
angidrid miqdorini aniqlash uchun. Duglas-Xolden niqob qopidan va 
M.N.Shaterinkovning respirasion kamerasidan foydalaniladi. 
Odam organizmida 1 g oqsil oksidlanishi va parchalanishiga 0,971 
kislorod sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo’ladi; 1 g yog’ oksidlanishiga 
2,03 kislorod sarflanib, 9,3 kkal energiya: 1 g uglevod oksidlanishiga 0,81 
kislorod sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo’ladi. Demak, Duglas-Xolden 
niqob – qopi yordamida nafas olish orqali qabul qilingan kislorod miqdorini 
aniqlab, bu kislorod yordamida qancha energiya hosil bo’lganligi va 
sarflanganligi hisoblanib chiqiladi. 
Karbonsuvlar oksidlanishida nafas koeffisiyent 1 ga teng, chunki 1 
molekula kislorod sarflanib, 6 molekula (kislorod) karbonat angidrid gazi 
chiqariladi. 
C
6
H
12
O
3
+6O
2
=6CO
2
+6H
2
O+kkal 
Oqsil oksidlanishida nafas koeffisiyenti 0,8 va yog’lar oksidlanishida 
nafas koeffisiyenti 0,7 ga teng. 
Yog’lar va oqsillar molekulalararo kislorod miqdori kam bo’lgani 
sababli, ularning oksidlanishida ko’p kislorod zarur bo’ladi: 1g oqsil – 0,971, 
1 g yog’ – 2,031. 


14 
Termodinamikaning birinchi qonuniga ko’ra energiya yo’qolmaydi va 
yangidan hosil bo’lmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi, xolos. 
Barcha tirik organizmlar tashqi muhitdan energiya olib (yashashi, o’sishi, 
rivojlanishi va mehnat qilishi uchun), uni o’zgartirib, ekvivalent holda (issiqlik 
energiyasi holida) yana tashqi muhitga qaytaradi. 
Barcha hayotiy jarayonlar uchun sarflanadigan energiya adenozinuchfosfat 
(ATF) kislotasining parchalanishidan hosil bo’ladi. ATFsiz ko’ndalang targ’il 
tolali muskul tolalari qisqara olmaydi, ATF gidrolizi tufayli (u ATFaza ishtirokida 
bo’ladi) ADF (adenozindifosfat) va 10 kkal erkin energiya hosil bo’ladi. Uning 
kimyoviy energiyasi mexanik, issiqlik, elektr va boshqa energiyalarga aylanadi. 
Lekin tirik organizmda bu modda juda kam miqdorda bo’lganligi sababli u sarf 
qilinishi mobaynida izma-iz tiklanib borilishi yoki resintez (reginirasiya) qilinishi 
kerak. Bu jarayon, ya’ni ATFning resintezi o’z o’rnida yana tegishli manbalardan 
energiya talab qiladi. Bunday manba bo’lib iste’mol qilingan ovqatdagi 
karbonsuvlar, yog’lar hamda oqsillar xizmat qiladi. Bunday energiya hosil bo’lish 
jarayoni ikki yo’l bilan amalga oshiriladi, birinchisi anaerob yo’l bilan, ya’ni 
kislorodsiz sharoitda, ikkinchisi esa aerob yo’l bilan yoki energiya beruvchi 
manbalarning kislorodli parchalanishi (oksidlanishi) yo’li bilan. Har ikkala yo’l 
bilan hosil qilingan energiya ADF bilan fosfat birikib, ATF hosil bo’lishiga olib 
keladi. 
Anaerob yo’l bilan ATF resintezi uchun energiya ajralishi uch xil 
moddaning parchalanishidan kuzatiladi, bular kreatinfosfat (KF), glyukoza va 
glikogenlar. Shulardan KF parchalanishi bilan ATF resintezi juda tez bo’ladi 
(muskul qisqarishi jarayonida), lekin uning miqdori organizmda cheklaganligi 
sababli asosiy ATF tiklanishi glyukoza (glikoliz) va glikogen (glikogenoliz) 
parchalanishidan hosil bo’lgan energiya xisobidan yuzaga keladi. Aerob yo’l bilan 
energiya ajralishida oksidlanishli fosforlanish (glyukoza, glikogen, erkin yog’ 
kislotalari, glisirin) va aminokislotalarning azotsiz qoldiklari parchalanadi) yo’li 


15 
bilan bo’ladi. Bunday parchalanishning oxirgi mahsuloti SO

va N
2
O bo’lib, ular 
organizmdan osonlik bilan chiqarib yuboriladi. Aerob parchalanishda eng muhim 
narsa to’qimalarga qancha O
2
zarur bo’lsa, shuncha yetkazib berilishidir. Buning 
uchun bunday sharoitda organizmning kislorodga nisbatan umumiy talabini 
aniqlash muhim. Bu ko’rsatkich bilan amalga oshiriladigan hayotiy jarayonlar, 
jumladan, muskul faoliyati xususiyatlarini xarakterlash (baholash) mumkin. 
Aerob 
jarayon 
parchalanishi 
lozim 
bo’lgan 
energiya 
manbalari 
(karbonsuvlar, yog’lar, oksillar) kamayib borishiga olib kelganligi uchun ular 
organizmga ovqat bilan peshma-pesh qabul qilib turilishi kerak. Iste’mol qilingan 
ovqat tarkibidagi zaxira energiya bilan organizm sarf qiladigan energiya orasidagi 
nisbat energetik balans deyiladi. Ko’p yeyilib kam energiya sarflansa, energetik 
zaxira ko’payadi (ko’pincha yog’ ko’rinishida bo’lib, semirishga olib keladi), kam 
yeyilib ko’p energiya sarflanganda esa umumiy energetik zaxira kamayib ketadi 
(oriqlanish kuzatiladi). 
Energiya sarfini aniqlashda uchta usul ishlatiladi: 
1) Organizmdagi energetik resurslar kamayishini xisoblash; 
2) Kislorodga bo’lgan umumiy talabni aniqlash; 
3) Hosil bo’lgan umumiy issiqlikni hisoblash. Birinchi usul ancha murakkab 
va uni odamlar uchun qo’llab bo’lmaydi (bu usul bilan tadqiqot olib borilganida 
tanadagi to’qimalar biopsiya qilinib, undagi zahira energetik resurslar aninqlanadi). 
Ikkinchi usul, ya’ni kislorodga nisbatan umumiy talabni aniqlash bilvosita 
kalorimetriya ham deyiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, sarflangan kislorod 
ajralgan ma’lum energiyaga ekvivalent bo’ladi yoki sarflangan kislorodga nisbatan 
aniq belgilangan miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu miqdor yoki ajralgan 
ekvivalent energiya miqdori kislorodning kalorik ekvivalenta (KKE) deb aytiladi. 
Odatda KKE 1 litr O
2
sarflanganda hosil bo’lgan energiyaga teng. Bu energiya esa 
(oksidlanadigan, parchalanadigan) manba turiga bog’liq (karbonsuv, yog’ yoki 


16 
oksid), masalan, karbonsuvlar oksidlanganida bu ko’rsatkich 5,05 kkal-ga, yog’ 
oksidlansa 4,69 kkal-ga, oqsil oksidlanganida esa 4,60 kkal-ga teng. 
Oksidlanuvchi 
modsa 
I g substrat oksidlanganida 
KKE 
Ajralgan energiya, 
(kkal) 
Sarf bo’lgan 
kislorod, (l) 
Oqsillar 
4,1 
0,966 
4,60 
Yog’lar 
9,3 
2,019 
4,69 
Karbonsuvlar 
4,1 
0,830 
5,05 
Shunday qilib, sarf qilingan O
2
nisbatan ajralgan energiyani hisoblash uchun 
oksidlanadigan yoki parchalanadigan modda, ya’ni substratning qanday modda 
ekanligini aniqlash lozim. Odatda bunday substrat bo’lib karbonsuvlar va yog’ning 
ma’lum aralashmasi xizmat qiladi. Oqsillarning energetik manba sifatida 
ishlatilishi ancha cheklangan (jami bo’lib 5-12% ni tashkil qiladi). Shugina 
energiya 
ham 
oqsilning 
azotsiz 
qoldig’idan 
hosil 
bo’lgan 
glyukoza 
parchalanishidan yuzaga keladi. Shuning uchun umumiy energiya nuqtai nazaridan 
oksillar beradigan energiyani e’tiborga olmaslik mumkin. 
Oksidlanayotgan substratlar aralashmasi tarkibidagi karbonsuvlar va yog’lar 
nisbati nafas olish koeffisiyentiga (NOK) ko’ra aniqlanadi. NOK ma’lum vaqt 
ichida ajralgan SO
2
miqdorini (VCO
2
) sarflangan O
2
(VO
2
) nisbati bilan topiladi: 
2
2
VO
VCC
=

Download 310,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish