qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g’oyalari uyg’onish davriga kelib paydo
bo’la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan biri italiyalik davlat arbobi Matteo
Polmiyeri (1406 - 1476) hisoblanadi. U o’zining «Fuqarolik hayoti haqida» nomli
kitobida antik Olimpiya o’yinlarining yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi mohiyatini
ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» (Gorod jizni) kitobida yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson hayotining
kuchga kirgan. Bunday o’yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o’tkazilganligi ko’zga
tashlanadi. 1604 yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o’yinlariga
20
(joyning nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold tepaliklarida o’tkazilgan
musobaqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik, kurash, futbol, (sul) o’yini,
bosqon uloqtirish, otda poyga, shaxmat va boshqa o’yinlar bo’lgan. Uilyam Shekspir
«Vindgorlik oyimchalar» (Vindgorskiye devushki) asarida «Gotevold tepaliklaridagi
Olimpiya o’yinlari» deb uni tilga oladi.
Kapitan Robert Doverning o’yinlari o’ttiz yildan ortiq davr ichida o’tkazib borildi.
Uning 1641 yilda vafot etishi bilan uning o’yinlari ham to’xtab qoldi.
Antik Olimpiya o’yinlari timsolidagi musobaqa keyinchalik Germaniya, Shvesiya,
AQSh, Kanada, Gresiya kabi davlatlarda ham o’tkazilgan. Har bir mamlakatning
imkoniyat doirasi va o’zlariga xos xususiyatlari asosida o’yinlar ham turlicha tus olgan.
Masalan, 1845 yilda Kanadada bu «Monreal Olimpiya o’yinlari» nomi bilan o’tkazilgan.
Shu tariqa jahonda Olimpiya o’yinlari xalqaro miqyosida o’tkazishga asta-sekin
zamin tayyorlangan. U XIX asrning oxirida bu ish to’la amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytganda, o’rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi shakllar
va mazmunlarga ega bo’lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar
jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ularni takomillashtirishda harbiy jismoniy
tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har tomonlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan
risarlik maktablari va boshqa shu turdagi o’quv muassasalarining o’rni g’oyat katta
bo’ldi.
Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o’rtasida
o’tkazilgan turli an’analarda, marosimlar o’tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik,
kamondan o’q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o’yinlardan keng
foydlanganlar.
Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi
natijasida kelishmovchilik va urushlar ko’payib, o’q otar qurollardan keng foydalanish
boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi bilan bog’langan
holda davom etdi.
XV-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar tomonidan
yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g’oyalar ilgari surildi.
Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.
Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlarning
iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Fan, madaniyat va ta’lim-tarbiyaning Yangi yo’nalishlari negizida antik Olimpiya
o’yinlari qayta tiklashga urinishlar bo’ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, Kanada va
boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlariga qiyoslab, yangi ko’rinishdagi
o’yinlar o’tkazildi va umuman, jamiyatning o’sha davrdagi tuzilishi, diniy hukumronlik
sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o’tkazib borish, ularni xalqaro miqyosda tashkil
qilishga hyech bir davlat qodir emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: