Adabiyotlar:
1. Jismoniy tarbiya tarixi. Darslik (tarjima), T., «O’qituvchi», 1975.
2.Abdumalikov R., Eshnazarov J.E., Ajdodlar jismoniy madaniyat tarixini
o’rganish masalalari, O’quv qo’llanma, T., Matbuot, 1993.
3.Eshnazarov J., Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish. Darslik, Toshkent,
“Fan va texnologiya”, 2008.
3-Mavzu: Yangi davrda jismoniy tarbiya
Reja:
1. Jon Lokk, Jon Jak Russo, Iogann Pestalotsi, Jorj Demeni va boshqalarning
jismoniy tarbiyasi.
2. Gimnastika tizimlari.
3. Sport - o’yinlari tizimini paydo bo’lishi.
4. Jismoniy madaniyatda rekreasion harakatlar.
5. Havaskorlik va professional sport.
6. Birinchi jahon urushi arafasi va urush yillarida jismoniy tarbiya va sport
Yer yuzida ijtimoy-madaniy turmushning tubdan o’zgarishi o’rta asrlarga kelib
bog’lanadi. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika qit’alaridagi ilg’or madaniyat vakillari
jismoniy tarbiyani inson xayotining uzviy omili ekanligini isbotlashga xarakat qildi.
Natijada jismoniy tarbiya vositalarini oilaviy hamda maktab tarbiyasida qo’llanishga
erishishdi. Erishilgan ilg’or tajribalar davlatlardan-davlatlarga, qit’alardan-qit’alarga
tarqaldi, ya’ni qilichbozlik, o’q otish, kurash, aravada poyga, suzish kabi o’nlab o’yin-
mashqlar xalkaro miqyosda qo’llanila boshladi. Bu jihatlar Germaniya, Fransiya, Italiya,
Rossiya, Xitoy Yaponiya, AQSh va boshqa ko’p davlatlarda jismoniy tarbiyaning
rivojlanishi hamda keyinchalik milliy sport turlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Yuqorida qayd etilganidek, jismoniy tarbiya jaxonshumul tarixiy ahamiyat kasb
etadi. Shu sababdan o’tgan davrlardagi xalkaro jismoniy tarbiya tarixidan eng muhim
bo’lgan sanalarni tilga olish maqsadga muvofiqdir.
XVI-XIX asrlardagi burjua inqilobi feodal tuzumining asosini buzib-yanchib
tashladi va kapitalizmning g’alabasini ta’minladi. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda
22
ko’p ilmiy kashfiyotlar qilindi. Moddiy dunyoning barqarorligi va g’ayri-tabiiy
kuchlarning yo’qligi haqidagi fikrlarga olib keldi. Odamning aqli, irodasi va jismoniy
fazilatlarining namoyon bo’lishida tarbiya natijasi ko’rina boshladi. Bu hol insonning
pedagogikaga bo’lgan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari amalda
bajarilishiga sabab bo’ldi. Jon Lokk (Angliya), Jan Jak Russo (Frasiya), Iogann Pestalossi
(Shveysariya)ning pedagogik qarashlari hamda XVIII asrning oxiridagi nemis
filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy
qilishiga katta ta’sir etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |