Markaziy Amerika xalqlari. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlargacha
bu mintaqada inklar, mayya va aseteklar davlatlari mavjud bo’lgan. XII asrlarda bu
mamlakatlarda ma’lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo’lgan. Bunda davlat
miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Tashkil qilingan
maktablarda o’yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishgan. Kamondan
o’q otish, tayyoqlarni (nayza) uloqtirish, qilich va qalqon bilan ishlash karatega o’xshash
kurash kabi harbiy-jismoniy tayyorgarlik amalga oshirilgan. Inklar va aseteklarda uzoq
masofalarga yugurish hayotiy ehtiyoj bo’lib hisoblangan. Ko’pchilik o’yinlar va
mashqlar bu xalqlarning diniy marosimlari, urf-odatlari bilan bog’liq bo’lgan.
Shuningdek, qabilalar aro o’yinlar, diniy bayramlar, tantanalar, atletik musobaqalar
tashkil etilgan. Butun jismoniy tarbiya tizimi aborigen xalqlarning mehnat, harbiy va
hayotiy turmushida katta o’rin tutgan. Yevropaliklarning bosqinchilik, talon-taroj qilish,
o’ldirish, majburlash kabi harakatlari Amerika xalqlarining jismoniy madaniyat tizimi
rivojlanishiga salbiy ta’sir etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |