Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


II. Bob. Organizmni o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Download 153,5 Kb.
bet2/2
Sana22.06.2017
Hajmi153,5 Kb.
#11785
1   2

II. Bob. Organizmni o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
2.1. Organizmni o’sishi va rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportning ta’siri

Yosh organizm normal o’sishi va rivojlanishida qad-qomatning shakllanishida gimnastik mashqlar, jismoniy ishlar, muhim rol o’ynaydi. Mehnat va gimnastik mashqlar bilan muntazam shug’ullanganda ishlab turgan muskul va suyaklarga qon oqib kelishi kuchayadi. Natijada o’sha muskul va suyaklar pishiq va yiriqroq bo’lib qoladi, suyaklarning muskullar birikadigan joylari esa ancha sezilarli bo’lib qoladi. Muskullarning ko’ndalang qismi va hajmi kattalashadi, nafas organlarning rivojlanishi hamda yurak-qon tomirlari faoliyati ritmi roslanadi.

Gimnastik mashqlar bilan shug’ullanish bolalarda yangi harakatlar kabi jismoniy rivojlanish bilan birga aqliy rivojlanishiga ham yordam beradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati ko’tariladi. Nerv-psixik sohasining oliy darajada aktivlanishini talab etadigan ishni bajarishda odamning potensial qobiliyatini, aqliy ish qobiliyatini nerv muskul tizimini esa jismoniy ish qobiliyatini tashkil etadi. Yosh organizmda barcha fiziologik jarayonlar yagona sutkalik – kecha – kunduzlik ritmiga bo’ysinadi. Sutka mobaynida organizm bir xil holatda bo’lmaydi. Sutkaning ayrim davrlarida uning aktivligi va ish qobiliyati yuqori, boshqa darvlarda past bo’ladi.

Bunga ta’sir qiladigan asosiy omillar kun bilan tunning almashinuvi harorat, havo namligi, atmosfera bosimining sutka davomida o’zgarish, shuningdek kundalik rejim, ishning turi, vaqti va boshqalar kiradi. Ko’pgina fiziologik jarayoning yuqori aktivlik fazalari yig’indisi organizm harakatini uning ish qobiliyatini ifodalaydi. Ko’p jarayonlar kunduz kuni aktiv kechgani tufayli butun organizm ham kunduzi aktiv bo’ladi.

Dars jarayonida harakatsiz o’tirish natijasida aqliy ishdan keyin tolqish boshlanadi, shuning uchun qisqa vaqt ichida ayrim gimnastik harakatlar qilish kerak.

Jismoniy tarbiya va sportni, aqliy mehnat deb taqsimlashning o’zi ma’lum darajada shartlidir, chunki aqliy charchash ayni vaqtda ish qobiliyatining pasayishi bilan o’tadi. Harakat aktivligi yetarli bo’lmagan holda uzoq vaqtgacha aqliy mehnat bilan shug’ullanish natijasida organizmning yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari funksional holatning sustlashuvi, garmonal faoliyatning zaflashishi kuzatiladi.

Jismoniy ish aqliy mehnat bilan unumli shug’ullanishga imkon beradi. Jismoniy tarbiya odam organizmning normal o’sishi rivojlanishida, qad-qomadning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish natijasida muskul to’qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko’payadi bu esa ularning oziq moddalar bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Tekshiruvlardan ma’lum bo’lishcha jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasiga mayda qon tomirlari (kapillyarlar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko’p bo’ladi. Bunday odamlar muskullarining qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta’minlanishi yaxshi bo’lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, gemoglobin miqdori ko’payadi. Bu esa muskul tolalarining yo’g’onlashuviga va ular mustahkam bo’lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.

Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat mustahkam bo’lishi, o’z navbatida suyaklarning yaxshi rivojlanishida, ularning mustahkam bo’lishiga imkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullansa, tayanch-harakat sistemasining o’sishi, rivojlanishi, shakllanishi yaxshi bo’ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim organ va sistemalar (o’pka, yurak, yuqon-tomir, jigar, buyraklar, oshg’ozon-ichak, nervlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta’siriga chidamli chiniqqan bo’ladi. Ma’lumki, bunday kishilar kasalliklarga ham chalinmaydi va uzoq umr ko’radi. Mashhur fizilogik olim I.P.Pavlov 87 yil umr ko’rdi. U juda ishchan, sog’lom, o’tkir zehinlik, harakatchan, tetik odam bo’lgan, u jismoniy mehnatning ahamiyati haqida shunday deb yozgan edi: «Men butun umrim bo’yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini hatto ortiqroq sevaman».

Jismoniy tarbiya sog’liqni mustahkamlash, yuqori ish qobiliyatiga erishishga hayotiy muhim harakat o’quv va malakalarni egallashga yo’llangan. U odamning unumli mehnat qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatda ega. Jismoniy xususiyatlardan tashqari tezlik, kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik bu vaqtda qimmatli ruhiy xususiyatlar (matonat, iroda, maqsadga intilish, qat’iylik, o’zini idora qila bilish) ham rivojlanadi. Turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar, sport jismoniy tarbiyaning vositalari hisoblanadi. Ular bilan uy sharoitida (ertalabki gimnastika) maktabda (jismoniy tarbiya darslari) sport va turistik seksiyalarda, bolalar hamda o’smirlar sport maktablarida shug’ullanadi.

Turli gruppa muskullar bug’im va bog’lamlarni muntazam ravishda mashq qildirish ularning funksiyasi va koordinasiyasini kuchli rivojlantiradi. Jismoniy yuklama organlar va organizm sistemasini (yurak-muskul, nafas olishni) harakat apparatlarining normal faoliyatini ta’minlaydi, moddalar almashinuvi prosessini mashq qildiradi. Turli xil mashqlarni har kuni ma’lum miqdorda bajarish, o’zini hyech qanday bo’shashtirishga yo’l qo’ymay ularni to’g’ri va oldindan belgilangan hajmida bajarishga intilishi odatini keyin esa axloqiy qoidalariga qat’iy rioya qilish ehtiyojini shakllantiradi. Shular tufayli odamning intizomi ortadi, ular irodasi mustahkamlanadi. Turli yoshda jismoniy tarbiya turli xil vazifalarga ega 7-10 yoshda muskul sezgilarini harakat tempi va harakatlar ko’llamini, muskullar taranglashishini va bo’shashini farq qilish qobiliyatini takomillashtiradilar. Ular harakatlarning, uni kerakli yo’nalishlarda, ritmda va tempida, tegishli muskullar tarnglashishi bilan mashqlar bajaradilar. Agar maktab o’quvchilari harakatlarning asosiy elementlarini to’g’ri bajarishini o’rganishmagani bo’lsalar (sakrash, irg’atish, gimnastika, akrobatik mashg’lar va h.k.), harakatni oxirigacha yetkazishga intilsalar, birinchidan, ular sportda yaxshi natijalariga erisha olmaydilar, ikkinchidan, ularda intizomlik va o’zini nazorat qilish rivojlanmaydi.

Harakat texnikasini takomillashtirish bilan bog’liq. 11-14 yoshda egallangan malakalarni mustahkamlash bilan birga sharoitning murakkabligi va sport texnikasi bo’yicha (chang’i, konkida uchish, suzshi, yengil atletika, koptok o’yinlari bilan) bajariladigan harakatlarni asosiy turlarini ham egalaydilar.

Bu yoshda jismoniy mashqlar bilan sistemali ravishda shug’ullanishga odatlanish shakllanadi va mustahkamlanadi. Umuman o’smir yoshdagi o’quvichlarda jismoniy yuklama kichik yoshdagi maktab o’quvchilaridagiga qaraganda ko’p bo’lishi mumkin. Tasodifiy emas, Masalan: boshlang’ich sport tayyorgarligi gruppalarda sport gimnastikasi, suzish, figurali uchish, tennis mashg’ulotlariga 7 yoshdan, futbol, haqiqiy beshlik musobaqa o’yini kurashga 12 yoshdan kiradi. O’rta yoshdagi maktab o’quvchilari ko’pincha o’z jismoniy imkoniyatlarini ortiqcha baholaydigan bo’ladilar. Mana o’shanda muvaffaqiyatsizlik, uzilishi, jismoniy mashqlarning turli hillardagi past natijalar ularda o’ziga bo’lgan ishonchning yo’qolishiga va shu bilan birga jismoniy mashg’ulotlarga salbiy munosabatga bo’lishiga olib keladi. 15-17 yoshda ilgari o’zlashtirilgan harakatlar asosiy turlarini takomillashtiradilar, chidamlilikning ko’p statik va tezlik turlarini rivojlantiradilar, sport mashqlarining mustaqil metodikasi bo’yicha bilimlarini egallaydilar, jismoniy mashqlarni tanlash va bajarish malakasini shakllantiradilar, harakatlar sifati, ularni analiz qilish yuzasidan o’z-o’zini kuzatish qobiliyatini hosil qiladilar. Bu yoshda kuch yuklamasi oshirilgan bo’lishi mumkin, ammo katta yoshdagi maktab o’quvchilari organizmning muhim xususiyatlarini esda tutish zarur, ularning chidamliligi kuchidan orqada qoladi. Bundan tashqari, bu yoshda tayanch harakatlanish sistemasining imkoniyatlari yurak-qon tomir sistemasining imkoniyatlaridan ortib ketadi. Shuning uchun jismoniy yuklama yurak faoliyatini biror-bir izdan chiqishiga olib kelmasligi kerak. Erkak va ayol organizmning jismoniy imkoniyatlari bir xil emas. Erkaklar jadal fizik yuklamani yengil bajaradilar, ular katta kuchdagi harakatlar amplitudasiga ega.

Ayollar chidamli, bo’lib, uzoq muddatli ishlarni yaxshi bajaradilar. Shuning uchun o’g’il bolalarning jismoniy tarbiyalash metodlari bir muncha farq qiladi. Chidamlilikni, tezlikni rivojlantirish mashqlari, harakatlari aniqligi o’quvchilarning har ikkala jinsi uchun bir xil foydali, lekin o’g’il bolalarga kuchni rivojlantirish mashqlari, qiz bolalarga esa elastiklikni rivojlantirish mashqlari qo’shilishi zarur. Ko’pchilik o’smir qizlar va voyaga yetgan qizlar jismoniy mashqlarni qadriga yetmaydilar. Ular jismoniy jihatdan yetarli aktiv emas, 10-12 yoshdagi qizlarni jismoniy imkoniyatlari 16-17 yoshdagi qizlarga qaraganda ancha yuqori bo’lishi bejiz emas, bu ayollar organizmning shakllanishiga salbiy ta’sir etadi.

O’g’il bolalar, o’smirlar va o’spirinlar o’zlarining jismoniy imkoniyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar. Bu ularni ma’lum darajada o’ylamasdan ish qilishga majbur etadi. Masalan: ular kuchi yetmaydigan o’g’irliqni ko’tarishga, juda katta balandlikdan sakrashga shunday qilib noo’rin kuch sarflashga jasurlik ko’rsatishga harakat qiladilar. Ular ko’pincha jismoniy kuchlariga ortiqcha baho beradilar, kam namoyish qilinadilar, ammo hayotiy birmuncha muhim xususiyatlarning mensimaydilar, ayniqsa chidamlilikni qadriga yetmaydilar. Xususan o’smirlar birinchi navbatda shuni esda tutish kerakki, atrofdagilar hurmatiga, jismoniy xususiyatlarning namoyish qilib emas balki faqat foydali ishlar bilangina sazovor bo’lishi mumkin. Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, takomillashtiruvchi va tuzatuvchi ta’sir etadi. U qaddi – qomatdagi nuqsonlarni umurtqa pog’onasining qiyshiqligini, bukchayganligini yo’q qiladi. Jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklani ya’ni ko’krak botiqligi, yelka qiyshiqligi va muskullarni yaxshi rivojlanmaganligini ham to’g’rilash mumkin.



III. Bob. ILMIY TADQIQOT MATERIALLARI
3.1. Jismoniy mashg’ulotlarning vegetativ organlar faoliyatiga ta’siri
Odam organizmidagi barcha vegetativ organlar jismoniy mashg’ulotlar natijasida o’z faoliyatini o’zgartiradi. Bulardan qon aylanish va nafas sistemalarida katta o’zgarishlar yuzaga keladi.

Qon aylanishi organizm hayotida muhim rol o’ynaydi. Ayrim a’zolarning qon bilan yetarlicha ta’min qilinmasligi, hatto qisqa vaqt ichida yetishmasligi ularning faoliyatini jiddiy buzilishlarga olib keladi.

Yurak va qon tomirlar tizimida umumiiy qon aylanishning buzilishi deb, shu tizimning ko’pgina bo’limlarini o’z ichiga olib, unga qonning normal aylanishiga to’siklik qiladigan uzilishlariga aytiladi.

Yurak va qon tomirlar tizimining biror bo’limida ro’y bergan ayrim buzilishlar qon aylanishining umumiy buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon aylanishidagi yetishmovchilik bir necha xil ko’rinishda bo’lishiga qaramasdan turli kasalliklar (yurak parokida, miokardit, perikardit, kardioskleroz, o’pkaning surunkali kasalliklari va h.k.) asosiy alomatlari bir xil bo’ladi. Shuning uchun yurak – qon tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko’rsatilgan sabablarni bartaraf etish organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muvofiqdir.

Yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg’ulotlari bo’lgan yurish va yugurish, nafas olish gimnastika mashg’ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir yosh kishi har kuni o’rtacha 20-25 ming qadam (12-15 km) katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurish yoki yugurishi kerak. Jismoniy chiniqqan odamning yuragi morfo-fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, miokarda qon aylanishining kuchayishi, uning oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlashining yaxshilanishi natijasida mushak tolalari yug’onlashadi, yurak devori qalinlashadi, uning plankalari mustahkamlanadi va hajmi kattalashadi. Bu o’zgarishlar natijasida yurakning qisqarish kuchi ortadi. Yurak mushagi qanchalik kuchli bo’lsa, vaqt birligida ichida u tomirlar tizimiga shunchalik ko’p qon chiqarib beradi.

Jismoniy mashq bilan shug’ullanish yurakning tuzilishiga qanday ta’sir ko’rsatishini tushunib olish uchun yurakning rasmini ko’zdan kechirish kerak. Bunday odamlar jismoniy mashq bajarganda yurakning sistolik hajmi 120-140 m gacha ko’payadi. (tinch holatda 65-70 ml bo’ladi). Yurakning daqiqalik hajmi 25-30 litrgacha ko’payadi (tinch holatda 5 l). Yurakning qisqarish tezligi (puls soni) 150-200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak faoliyatining kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to’qimalar hamda yurak mushaklari oziq moddalar, gormonlar, vitaminlar, kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.

Organizmni va uning tuqimalarining kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanish darajasining ortishi hujayra va tuqimalardagi plastik jarayonlarning ma’lumbir tartibda o’tishini ta’minlaydi.

Yuqori malaka sportchilarda tinch holatda o’rtacha yurak urish soni


Sport sohasi

Tinch holatda 1 min. yurak urish soni (chastotasi)

Uzoq masofaga yugurish

45

Velosport

44

Cyzish

49

Voleybol

51

Qisqa masofaga yugurish

53

Futbol

55

Kurash

58

Og’ir atletika

61

Sport bilan shug’ullanmaydiganlarda

67


Turli xil da rajada mashq qilgan sportchilarning yurak o’lchamlari


Tekshiriluvchilar

Yurak ko’ndalang kesimining tana massasiga nisbatan (sm/kg .10)

Mashq

qilmaganlar



-

1,91

Sprinterlar, sakrovchilar

1,75




O’rta masofaga yuguruvchilar

1,88

2,03

Stayerlar

2,00

2,27

Marafonchilar

2,17

-

Shuni ta’kidlash kerakki, yurak-qon tomir tizimini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi zarur. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar hajmi kam bo’lib, asta-sekin ko’paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqining hajmi, ya’ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog’ligini e’tiborga olgan holda belgilanish kerak. Aks holda yurak zo’riqishi natijasida har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko’rishi lozim.

Jismoniy mehnat uchun kerakli energiya organik moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi.

Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli ish paytida faol a’zolarning qon bilan ta’minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi kerak. Bu asab va gumoral yo’llar bilan boshqariladigan yurak-tomir tizimi faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida amalga oshiriladi. To’qimalarni qon bilan ta’minlash jarayoni ishdan oldinroq boshlanadi. Bo’lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurakga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan ishga nisbatan o’zgarishi reflektor yo’li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional qayta qurish bosh miya yarim sharlari po’stlog’i va gipotalamusdan kelayotgan asab impulslari orqali o’tadi bu faoliyatning asosida tashqi va ichki muhitdan ta’sir ko’rsatuvchi turli ta’sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari yotibdi.

Jismoniy ishga tayyorgarlik vaqtida simpatik asabning markazlari qo’zg’aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni qayta taqsimlash jarayoninin o’zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo’lib, skelet mushaklari yurak va o’pka qon aylanishini kuchaytiradi.

Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvchida qo’shimcha reflektor, gumoral va jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po’stlog’i tomonidan harakat apparatiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o’z ta’sirini o’tkazadi. Buning natijasida, simpatik asab markazlari qo’zg’aluvchanligi yanada ham oshadi, parasimpatik asab markazlar qo’zg’aluvchanligi esa keskin susayadi. Shu vaqtning o’zida ishlovchi mushaklar arteriyalari va kapillyarlani kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo’lmagan katta va kichik qon tomirlari ishga solinadi, ya’ni mahalliy qon aylanish jarayoni to’liq ishga solinadi. Biroq, ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo’shlig’ida joylashgan va mehnat jarayonida passiv ishtirok etadigan a’zolar qon tomirlari torayadi.

Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushagi qisqarib yurak-qon tomir faoliyatining mehnati vaqtidagi o’zgarishi reflektor yo’l bilan amalga oshiriladi, asab impulslari harakat apparatining proprioreseptorlari va xemoreseptorlaridan kelib, qon va boshqa to’qimalarda hosil bo’lgan turish moddalar borligidan xabar beradi.

Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushagi qisqarish qobiliyati oshgani sababli yurakning sistolik qon hajmi ortadi. Shiddatli jismoniy mehnat natijasida sistolik qon hajmi bir daqiqada 120-140 ml, yurak qisqarish tezligi 200 gacha va undan ham ko’proqqa yetadi. Daqiqalik qonning mushaklarga quyilishi 25 gacha oshadi.

Tashqi muhit harorati odam organizmiga muntazam ta’sir ko’rsatatib turadi. Odam o’zi yashaydigan muhit haroratiga moslashib turadi. Buning natijasida organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o’zgaradi. Shu bilan organizm issiq va sovuq sharoitda tana harakatini doimiy ravishda saqlab turadi.

Issiq vaqtda yurak faoliyati kuchayadi. Bu sharoitda tana harorati 37,3-37,6 0S ko’tarilsa, yurakning bir daqiqalik urushi 20 martaga ortadi. Bu isib ketishning birinchi darajasi deyiladi. Organizm isishi davom etib, harorat 37,3-38,4 0S ga yetsa yurak urushi tezligi bir daqiqada 120 tani tashkil qiladi. Bu isib ketishning ikkinchi darajasi deyiladi.

Tana harorati 38,6-40,6 0S ko’tarilsa, yurak urushi bir daqiqada 160 chamasida bo’ladi, bu isib ketishning uchinchi darajasi deyiladi.

Issiqlikning birinchi darajasi arterial qon bosimiga ta’sir qilmaydi, ikkinchi darajada sistolik bosimi ko’tarilishi mumkin, uchinchi daraja esa arterial qon bosimini keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat issiq urushining asosiy belgisidir. Arterial bosimning pasayishi qon tomirlarning asosan teri tomirlarining kengayishiga bog’liq.

Mu’tadil haroratda teridan bir daqiqada oqib o’tgan qonning umumiy hajmi 200-500 ml bo’lsa, issiqda 2,5-3 l juda yuqori haroratda 8 l ga yetadi va yurakdan chiqqan qonning 50-70% ini tashkil qiladi.

Ma’lumki, teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a’zolar tomirlari torayadi. Bu o’zgarishlarni reflektor mahalliy va gumoral boshqarish mexanizmlari yuzaga chiqaradi.

Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari topayadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, biroq qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiyligi saqlanib qoladi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan odamlar uchun sovqotish ancha xavfli, chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishi ta’minlash uchun yurak-me’yorga nisbatan ko’p ish bajarishga majbur bo’ladi va u zo’riqadi.

Tashqi muhit omillarining noqulay o’zgarishlari yurak-tomir faoliyatiga ta’sir etadi. Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining ichki bo’shliqlaridagi bosimi o’rtasida tavofut paydo bo’lishi tabiiy holatdir.

Bunday vaqtda ayniqsa gipertoniya, bod va yurakning boshqa kasalliklari bilan xastalangan odamlarda bosh og’rigi, bo’g’imlarda, yurakda o’g’riq seziladi. Arterial qon bosimi ko’tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko’tarilgan kesa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon qo’yilishi mumkin. Buning natijasida qo’l-oyoqlar shol bo’lib, qolishi, odam gapirish qobiliyatini yuqotishi mumkin.

Balandlikka ko’tarilganda atmosfera bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam tanasining bo’shliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog’ sharoitida chiniqmagan odamlarda tog’ kasalligi deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: odamning boshi aylanadi va og’riydi, ko’ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko’tariladi.

Ayrim hollarda burundan, o’pkadan, oshqozon va ichaklardan qon kelishi mumkin.

Atmosferaning namligi odam organizmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma’lum bir muvozanatda bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy nomligi 40-45%, harorati +18-200 bo’lishi odam organzmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.

Havo quruq bo’lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi bor odamlar bunday sharoitda o’zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda bod kasalligi xuruj qiladi. Kasal odamning bo’g’inlari, boshi og’riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi, oyoq qo’llarida og’riq paydo bo’ladi, yurak urushi tezlashadi. Bu o’zgarishlar natijasida organizmning ish faoliyati pasayadi. Hozirgi kunda iqlim omillarining odam organizmiga ta’sirini o’zgaradigan tbiat klimatologiyasi fani rivojlanmoqda.
3.2. Hozirgi davrda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati

Odam organizmida yuzaga keladigan barcha harakatlar tayanch – harakat sistemasining faoliyati natijasida shakllanadi.

Harakat odam hayotining asosiy shartlaridan biridir. Harakat omili ularning faqat tashqi ko’rinishlarini shakllantiribgina qolmay, balki ko’p million yillar davomida organizmning biologik jihatdan to’liq bo’lishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Odamning har qanday faoliyati bir-biri bilan chambar-chars bog’liq bo’gan to’rtta komponent (ruhiy, neyrodinamik, harorat va energiya) bilan ta’minlanadi. Bu komponentlar foydali natijaga erishish uchun yo’naltirilgan markaziy-asab funksional sistemalari uyushmasi orqali dinamik tarzda bog’lanadi. Har qanday harakat boshlanishida spesifik bo’lmagan aktivlanishga ega bo’lgan miya qurilmasining ma’lum maqsad bilan qo’zg’alishi natijasida, afferent sintezini va bo’ladigan faoliyatini energiya bilan ta’minlash mexanizmlarishga tushiriladi. Bu faoliyat dasturini to’g’rilash mexanizmlari ham salomatlik, ham vegetativ funksiyalar tomonidan amalga oshadi. Ishlayotgan skelet muskullari va ichki organlarning reseptorlaridan kelayotgan qayta ma’lumotlar to’g’rilanish manbai bo’ladi. Faoliyat dasturi qanchalik murakkab bo’lsa, afferent sintez jarayoni, shuningdek faoliyatning energiya va harakat komponentlari shunchalik tez bo’ladi. Bularning hammasi ixtiyoriy faoliyatdagi hamma komponentlarning o’zaro ta’sirini takomillashtiradi.

Bu borada harakat aktivligi tezligiga tayanch – harakat apparatining strukturasi bog’liq ekanligi yaxshi o’rganilgan. Markaziy asab sistemasining yuqori bo’limlarida bo’ladigan asosiy asab jarayonlari ularning po’stlog’idagi dinamikasining boshqarilishi manbai harakat ekanligi P.Pavlov va uning xodimlari tomonidan aniqlagan.

Texnikaning rivojlanishi hozirgi zamon kishilarning keng qo’lamda turmush tarzini ancha o’zgartirdi. Ishlab chiqarish va maishiy hayotning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, turli harakat vositalarini takomillashtirish, yangi takomillashtirilgan texnikadan foydalanish, insonni mehnati va turmush faoliyatini qayta qurilishiga sabab bo’ladi. Qo’l mehnati, ishlab chiqarish va turmushdagi jismoniy kuchlanishlar ancha kamayadi.

Akademik Berg dalillarga ko’ra ishlab chiqarishdagi muskul energiyasi 90% dan 1% ga qisqargan. Bu narsa inson faolligining umumiy hajmiga nisbatan ko’p bo’lmagan statik kuchlanishlarni ortirdi. Shu bilan bir qatorda, hozirgi zamon kishisining hayoti jismoniy kuchlanishlardan butunlay ham deb yiroq bo’lmaydi. Odam organizmini o’rab turgan muhitning yangi ta’sirlari, ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan hodisalar bilan to’qnashadi, ularga moslashish kerak bo’ladi.

Qator holatlarda juda yuqori kuch chidamiylik, harakat tezligi va epchillik talab qilinadi, buning uchun inson jismonan yaxshi rivojlanadi. Ikki tomondan, ishlab chiqarishda va jamiyatda mehnatning aqliy shakli ilmiy ma’lumotlar hajmining ortishi ularning ishlanish murakkabligi, qabul qilingan qarorlarning ijtimoiy qiymatining ortishi va ularni bajarish aqliy mehnatning ortishiga sabab bo’ladi. Bularning hammasi surunkali asab-hayajon kuchlanishiga olib keladi.

Yuqorida ko’rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish kerakki, kishining salomatligi va jismoniy rivojlanishini ta’minlashda harakat muhim ahamiyatga ega.

Insonning harakat aktivligining har qanday yo’l bilan chegaralanishi salomatlikni yomonlashishiga mehnat unumdorligini pasaytirishiga va nihoyat kishi umrining qisqarishiga sabab bo’ladi.

Sport mashqlarini o‘rgatish birinchi navbatda umumiy didaktik tamoyillarga bo‘ysinishi zarur. Bularga eng avvalo turg‘un motivatsiyani saqlab turuvchi, yuqori his-hayajonli, harakat talablarini ushlab turish yo‘li bilan amalga oshuvchi – faollik tamoyili kiradi. Bularga doimiylik, doimiy ravishda mashq qilish tamoyili, ketma-ketlik, ya’ni jismoniy yuklamalar o‘lchamining murakkabligiga qarab asta-sekin oshirish hamda sportchini dastlabki jismoniy tayyorlanganligi, tipologik xususiyatlari – temperamenti tamoyillari kiradi.

Sport mashqlarini o‘rgatish jarayonlari maxsus fiziologik tamoyillarni qamrab oladi va ularga quyidagilar kiradi:

- maksimal qo‘zg‘atuvchi tamoyili. Buning mohiyati shundan iboratki, aynan shu sportchi uchun vaqti-vaqti bilan zo‘riqish chaqiruvchi maksimal yuklamalardan foydalaniladi, qaysiki organizmda superkompensatsiyaga olib boruvchi o‘ta jiddiy biokimyoviy, morfologik va fiziologik qayta qurilishlarni chaqiradi;

- umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik tamoyili sportchining ko‘p yillik tayyorgarlik davri davomida u bilan birga kechadi, ammo maxsus jismoniy tayyorgarlikning solishtirma og‘irligi bu paytda ortadi, umumiy jismoniy tarbiya esa kamayadi;

- variantivlik tamoyilida katta yuklamalar ta’siridan keyin jiddiy asoratlar qoladi, shuning uchun yuklamalar to‘lqinsimon almashinishi kerak;

- tez axborot tamoyili, sportchi imkon qadar turli harakatlar natijalari va xususiy holati haqidagi ma’lumotlarni (bu biologik teskari bog‘lanish - BTB) olishi kerak, bu esa musobaqalashadigan mashqlarni maxsus funksional tizimini tez va samarali shakllantirish va o‘rgatish jarayonlarini boshqarish imkonini beradi;

- tiklanish jarayoni fazalarini hisobga olish tamoyili shu bilan xarakterlanadiki, tezlik va kuch singari jismoniy sifatlari superkompensatsiya fazasida mashqlarni boshlanishi kutiladi, navbatdagi chidamlilik esa tiklanishgacha bo‘lgan fazada qator navbatdagi ko‘rsatiladigan ta’sirlar yig‘indisi uchun xarakterlidir.

Jismoniy tarbiyalashda jarayonning ikki tomoni farqlanadi: harakatlarga o‘rgatish, ya’ni texnik tayyorgarlik: harakat sifatlarini rivojlanishi odamning harakat imkoniyatlarini ayrim sifatlari tomonlarini takomillashtirish, ya’ni jismoniy tayyorgarlik.

Fiziologiyada quyidagi jismoniy sifatlar farqlanadi (JS): kuch, tezlik, chaqqonlik va egiluvchanlik. Ularni birma-bir baholash uchun SI tizimida metrli o‘lchagichlar mavjud. Kuch kilogramm, nyuton (N) va dinalarda (D), tezlik-metrlarda bir soniyada, chidamlilik-soniya, daqiqa, soatlarda (ma’lum masofalarda) baholanadi, ammo chaqqonlik va egiluvchanlikni jismoniy sifatlari aniq metrli o‘lchagichlarga ega emas.

Individual hayot jarayonida jismoniy sifatlarning rivojlanishini umumiy, mexanizmi bo‘lib, vaqtinchalik bog‘lanishlar hisoblanadi (shartli refleks). Shu jumladan, kuchning (K), tezlikning (T) va chidamlilik (Ch) larning ortishi bir martalik mashqlarni o‘rganishdan, keyinroq qaysiki hali morfofunksional qayta qurish jarayonlari yuz bermasidanoq amalga oshiriladi. Kuchning va tezlikning ortishi simmetrik, ammo hali mashq qilmagan qo‘l-oyoqlarda kuzatiladi; kuch, tezlik va chidamlilik ko‘rsatkichlari markaziy asab tizimi holatiga hamda sirkadian ritmlar (kecha va kunduz ritmlari) bilan bevosita bog‘liqdir. Jismoniy sifatlarning rivojlanishi mashqlarini o‘rganish paytida turli tizimlarning zahiradagi imkoniyatlarini safarbar etilishi bilan xarakterlanuvchi organizmdagi biokimyoviy, tuzilish va funksional o‘zgarishlar yig‘indisi bilan ta’min etiladi.

Misol sifatida mushaklar kuchini rivojlanishi, qaysiki uning davomida mushaklarning gipertrofiyasi yuz beradi. Unda AUF va KrF glikogenni jamlanishini keltirish mumkin. Chidamlilikni rivojlanishida kislorodning maskimal o‘zlashtirish hajmini ortishi nafas olish va yurak-qon tomirlar tizimi zahiralarini safarbar etilishi yuz beradi. Tezlik rivojlanayotgan paytda markaziy asab tizimida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: harakat markazlarini funksional harakatchanligi va qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, moslashishning turli bosqichlarida organizmning turli tizimlari ishida yangi funksional integratsiya darajasini xarakterlovchi barcha yangi zahiralar o‘zlashtiriladi.

Jismoniy sifatlar rivojlanishining navbatdagi ixtisoslashtirish mexanizmi – bu turli tizimlar faoliyatining foydali ish koeffisentini oshirish bilan xarakterlanadi. Masalan, mushaklar kuchining rivojlanishi paytida harakat a’zosining faoliyati sinxronlashadi, chidamlilikni rivojlanishi paytida esa kisloroddan foydalanish foizi ortadi hamda tezlik rivojlanayotgan paytda harakat reaksiyalarining harakatchanligi va yashirin davrining muddati keskin oshadi.

Har qanday harakat faoliyatining dastlabki bosqichi barcha jismoniy sifatlarning o‘sishini ta’min etadi. Tezda bu jarayon biroz to‘xtaydi, so‘ngra esa mushaklarning spesifik faoliyatlarga moslashishning oxirgi bosqichlarida butunlay to‘xtaydi.

Bu davrda bitta jismoniy sifatning rivojlanishining boshqa jismoniy sifatga o‘zaro salbiy ta’siri yuzaga kelishi mumkin (umumiy va tezlikga chidamlilik, chidamlilik va tezlik, kuch va chaqqonlik va boshqalar). Bitta jismoniy sifatning rivojlanishining eng yuqori ko‘rsatkichlari darajasiga boshqa sifatlarni rivojlanishi uchun ma’lum darajadagi rivojlanish talab qilishi ehtimoldan holi emas. Masalan, chidamlilikni ko‘rinishi vegetativ chidamlilik deb ataluvchi mexanizmning shakllanishi bilan bog‘langan, uning asosiy ko‘rsatkichi kislorodning daqiqalik hajmi hisoblanadi. Kuchning ko‘chirilishi turli harakatlarda namoyon bo‘lib, mushaklarning oddiy yoki murakkab harakatlarga ishtirok etish xususiyatlari bilan bog‘liq. Masalan, sprinter, boksyor, qilichbozlar tezlikni namoyon qilishlari turlicha va ularda jismoniy sifatlarning namoyon etilishi bir-biridan farq qiladi. Statik va dinamik kuchlar har xil harakatlarda o‘zaro bog‘liqlikka ega emas va aynan shu sababli jismoniy sifatlar xususiyatlari turli sport turida turlicha bo‘ladi.

XULOSALAR
1. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish organizmdagi barcha vegetativ organlar faoliyatini o’zgarishiga olib keladi.

2. Muntazam ravishda jismoniy mashg’ulotlar shug’ullanish yurak-qon tomir sistemasi hamda nafas sistemasi ish faoliyatini unumli qiladi va yurak hamda nafas mushaklarning gipetrofiyalanishini amalga oshiradi.

3. Jismoniy mashg’ulotlar va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish vegetativ organlarning o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.

4. Yurak qon tomir sistemasi faoliyatining yaxshilanishi organizmidagi boshqa funsional sistemalar faoliyatini ham yaxshilaydi va organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni ham faollashtiradi.

5. Organizmni jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanishi natijasida tana muskullarining kuchi ko’payib foydali ishi ortadi. Bir tomondan muskullar ishini ortishi, ikkinchi tomondan yurak qon tomirlar sistemasida yuzaga keladigan fiziologik o’zgarishlar organizmni ish faoliyati o’zgarishini yuzaga keltiradi.

6. Vegetativ organlarning biron-bir bo’limida yuzaga keladigan patologik o’zgarishlar organizmni hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

7. Yurak qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg’ulotlari bo’lgan yurish va yugurish, nafas olish gimnastika mashg’ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.

8. Tanani sovuq va issiq harorat ta’sirida chiniqtirish yurak qon tomir sistemasi faoliyatining yaxshilanishiga olib keladi.

9. Yurak qon tomir tizimini jismoniy mashqlarda chiniqtirishni asta-sekinlik bilan olib borish kerak. Bunda organizmning individual xususiyatlarini yoshini tashqi iqlim sharoitini ham hisobga olish zarur.

10. Nafas, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish organlari faoliyatida yuzaga keladigan ijobiy o’zgarishlar muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga bog’liq.



Adabiyotlar ro’yxati
1.N.G.Azimov.Sh.Sobitov. Fiziologiya. Jismoniy tarbiya instituti uchun o’quv. qo’llanma. T., O’z DJTI nashriyot bo’limi. 1996 y

2. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. T., Ibn Sino. 1996.

3. Sh.Qurbonov. A.Qurbonov. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T., 2003.

4. E.N.Nuritdinov. Odam fiziologiyasi. T., Aloqachi. 2005

5. Sh.Aminjanov. Jismoniy madaniyatning fiziologik asoslari fanidan ma’ruzalar matni. S., 2003.

5. G’.Azimov., Sh.Sobitov. Fiziologiya. Jismoniy tarbiya institutlari uchun o’quv qo’llanma. T., O’zDJTI nashriyoti., 1996.

6. Fiziologiya cheloveka. Shmidta I G.Tebsa. M, Mir, 1996.

7. O.G.Alyaviya, A.N.Qodirov, Sh.Hamroqulov., E.Xalilov. Normal fiziologiya. Toshkent, Yangi asr avlodi. 2007

8. Fiziologiya serdechno-sosudistoy sistemы. D.Morman, L.Xeller. SPb, izd. «Piter» 2000 g. 250 s. per.s. ang.

9. Stuart J, Foks. Human physiology. WKB Oxford-England. 1993.

10. www.Ziyonet.uz.

11. www.bestreferat.ru.




Download 153,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish