Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Download 153.5 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2017
Hajmi153.5 Kb.
  1   2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
Jismoniy madaniyat nazariyasi va tibbiy-biologik asoslari kafedrasi

Axmedov Elyor
QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI YENGIL ATLETIKACHILARNING SPORT MASHG’ULOTLARINING TUZILISHI

VA REJALASHTIRILISHI
«5112000 – Jismoniy madaniyat» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy rahbar: ________ o’qit. N.E.Mirzaeva

2013 y. «____»_____________

Bitiruv malakaviy ish «Jismoniy madaniyat nazariyasi va tibbiy-biologik asoslari» kafedrasida bajarildi.

Kafedraning 2013 yil «8» iyundagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (11- bayonnoma)

Kafedra mudiri ___________dos. Sh.A.Aminjanov
Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 2013 yil «___»_________________dagi majlisida himoya qilindi va ______ ball bilan baholandi (____ - bayonnoma).

YaDAK raisi: _________________________

A’zolari:_________________________

__________________________

__________________________

__________________________


Samarqand – 2013

Jismoniy mashg’ulotlar vaqtida vegetativ organlarda yuzaga keladigan fiziologik o’zgarishlar

MUNDARIJA


Kirish

3

I. Bob. Adabiyotlar tahlili

6

II. Bob. Organizmni o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

20

2.1. Organizmni o’sishi va rivojlanishi jismoniy tarbiya va sportning ta’siri


20

III. Bob. Ilmiy tadqiqot materiallari.

27

3.1. Jismoniy mashg’ulot vegatativ organlar faoliyatiga ta’siri

27

3.2. Hozirgi davrda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati

35

Xulosalar

41

Adabiyotlar ro’yxati

43



KIRISH
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish harakat apparati va butun organizmning funksional sistemalari faoliyatini yaxshilanishiga olib keladi. Mashqlar bilan shug’ullanishning mohiyati to’g’risida tasavvurga ega bo’lish, mashq davomida ish harakatini mukammalashtirib borishga taalluqli konkret fiziologik mexanizmlarini tahlil qilishga, mehnat harakatini buzadigan omillarning xususiyatini belgilab eng samarali pedagogik chora va tadbirlarni belgilashga to’g’ri yondashib shug’ullanish yurak qon-tomir, nerv, endokrin, tayanch harakat sistemalarining takomillashuvida yordam beradi. Muntazam mashg’qulotlar bilan ishlashiga ham yordam beradi. Jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanish yurak qon-tomir sistemasining rivojlanishiga uning ish unumi ortishiga olib keladi. Jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanish jarayonida yurakning sistolik hajmi 120-140 ml gacha ortadi.

Mashq qilish jarayonida qurakning qisqarib bo’shashish soni kamaya boradi. Yurak qon-tomir faoliyatining ish ish faoliyatining yaxshilanishi organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonining ham faollashishiga olib keladi. Jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanish jarayonida yurak qon-tomir sistemasida yuzaga, keladigan o’zgarishlarni o’rganish ishning dolzarbligi, mashg’ulotlar bilan shug’ullanish natijasida yurak qon-tomir sistemasidagi yuzaga keladigan o’zgarishlarni boshqa funksional sistemalar faoliyatiga ta’sirini o’rganish ishning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi.

Qon aylanishi organizmni hayotida muhim rol o’ynadi. Ayrim a’zolarning qon bilan yetarlicha ta’min qilinmasligi hatto qisqa vaqt ichida yetishmasligi ularning jiddiy buzilishlariga olib keladi.

Yurak va qon tomirlar tizimining biror bo’limida ro’y bergan ayrim buzilishlar qon aylanishining umumiy buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon aylanishidagi yetishmovchilik bir necha xil ko’rinishda bo’lishiga qaramasdan turli kasalliklarda asosiy ma’lumotlar bir xil bo’ladi. Shu sababli yuqorida qayd etilgan qon tomir kasalliklarini oldin olishda yuqorida ko’rsatilgan sabablarni bartaraf etish, organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muvofiqdir.

Yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy, harakat mashg’ulotlari bo’lgan yurish va yugurish, nafas olish, gimnastika mashg’ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.

Shuni ta’kidlash kerakki, yurak-qon tomir tizimini jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi zarur. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar hajmi kam bo’lib, asta-sekin ko’paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqining hajmi, ya’ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog’ligini e’tiborga olgan holda belgilanish kerak. Aks holda yurak zo’riqishi natijasida har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko’rishi lozim.

Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli ish paytida faol a’zolarning qon bilan ta’minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi kerak. Bu asab va gumoral yo’llar bilan boshqariladigan yurak-tomir tizimi faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida amalga oshiriladi. To’qimalarni qon bilan ta’minlash jarayoni ishdan oldinroq boshlanadi. Bo’lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurakga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan ishga nisbatan o’zgarishi reflektor yo’li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional qayta qurish bosh miya yarim sharlari po’stlog’i va gipotalamusdan kelayotgan asab impulslari orqali o’tadi bu faoliyatning asosida tashqi va ichki muhitdan ta’sir ko’rsatuvchi turli ta’sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari yotibdi.

Jismoniy ishga tayyorgarlik vaqtida simpatik asabning markazlari qo’zg’aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni qayta taqsimlash jarayonini o’zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo’lib, skelet mushaklari yurak va o’pkada qon aylanishini kuchaytiradi.

Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvida qo’shimcha reflektor, gumoral va jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po’stlog’i tomonidan harakat samarador (manfaatiga) apparatiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o’z ta’sirini o’tkazadi. Buning natijasida, simpatik asab markazlari qo’zg’aluvchanligi yanada ham oshadi, parasimpatik asab markazlar qo’zg’aluvchanligi esa keskin susayadi. Shu vaqtning o’zida ishlovchi mushaklar arterialari va kapillyarlarni kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo’lmagan katta va kichik qon tomirlari ishga solinadi, ya’ni mahalliy qon aylanish jarayoni to’liq ishga solinadi. Biroq, ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo’shlig’ida joylashgan va mehnat jarayonida passiv ishtirok etadigan a’zolar qon tomirlari torayadi.
I. BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
Jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug’ullanish kasalliklarni oldini olish, salomatlikni mustahkamlash va aholi sog’lom turmush tarzini shakllantirishning samarali yo’llaridan biri hisoblanadi. Muntazam jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchi kishilarning ishlash qobiliyati o’rtacha ko’rsatkichdan 20-30% yuqori kasalikka chalinish esa, qo’lgan aholiga nisbatan ancha kamligi ko’p tajribalarda isbotlangan. Kamharakatlilik har qanday yoshda ham zarar keltiradi. Ma’lum bo’lishicha miya va mushaklarni, biz ishlab chiqarish jarayoniga qanchalik faolroq va muntazamroq jalb etsak ular shunchalik ham ishdan qoniqar ekan. Jismoniy mashqlar faol hayotni uzaytirishga olib keladi, yurak-qon tomir va nafas tizimlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, kayfiyatni ko’taradi. Sh.Xamroqulov mashg’ulotlar natijasida asosiy harakatlar yurish, yugurish, osilish, sakrash, uloqtirish ko’nikmalari shakllanadi, ular asta sekin murakkablashib va kichik yoshdan katta yoshga qarab sifat ko’rsatkichlari oshibboradi deb ta’kidlaydi. Salomatlik va uzoq umr ko’rish uchun kurashishda jismoniy tarbiya va sport muhim o’rin tutadi. H.G’.Azimov fikricha tizimli ravishda bajariladigan jismoniy mashqlar tashqi muhitdagi zararli ta’sirlarda (o’rganish) organizmning bardoshini oshiradi, kishini ish qobiliyatini o’stiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi. Bu mashqlarning fiziologik mohiyatini, avvalo kishining yoshi o’tib, hayot faoliyati susayib qolgan vaqtda jismoniy mashqlar barcha a’zolarni harakatga keltiradi. Ma’lumki kishi keksayib qolganda uning organizmida, xususan yurak va boshqa organlarida bir qator patologik o’zgarishlar hosil bo’ladi, moddalar va energiya almashinuvida ham o’zgarishlar hosil bo’ladi. Ko’pchilik kishilarda mana shu sanab o’tgan kamchiliklar yurak-qon tomir kasalliklarining avj olib ketishiga sabab bo’ladi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish odam organizmining faqat ijobiy ta’sir etgandagina undagi fiziologik faoliyatlar me’yorida ketadi va organizmni umumiy holati talab darajasida bo’ladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish palama-partishlikni yoqtirmaydi va u organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Aholini sog’lomlashtirish ayniqsa yoshlarni barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug’ullanishlari davr talabi hisoblanadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi fanlarning dolzarb muammosi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportning organizmga ta’sirini o’rganish uni fiziologik nuqtai nazardan asoslash bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi vazifalari hisobalanid. Ma’lumki jismoniy tarbiya va sport mashqlari organizmga salbiy ta’sir ko’rsatish ham mumkin. Shuning uchun salbiy ta’sirni sabablarini o’rganish va ilmiy asoslash va xulosa qilish ushbu ishda ko’zda tutilgan. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishni qanday tashkil qilish kerak, buning uchun nimalar qilish kerak, nimalarga e’tibor berish kerakligini, tahlil etish ham ushbu ishda nazarda tutilgan.

Jismoniy tarbiya va sport shug’ullanish organizmdagi fiziologik jarayonlar faolligini ma’lum bir me’yorda saqlab turadi va organizmni qarishdan saqlaydi.

Mashq qilish odamning harakat faolligini oshishiga olib keladi.

Mashq odam harakat apparatini mukamallashtirishning samarali vositasidir har qanday harakat ko’nikma va malakasining asosida jismoniy mashqlar yotadi.

Odam harakat faoliyatining hamma turlari mashqlar ta’siri bilan uzil kesil shakllantirib, barqaror bo’lib boradi.

Mashqlarning fiziologik mazmuni bosh miya po’stlog’ida shartli reflektor aloqalar sistemasidan tashkil topadigan dinamik stereotip hosil qilishdan iborat; stereotip doim ravon va mukammal bo’la boradi.

Mashq prosessida markaziy nerv sistemasi, turli reseptorlar, harakat apparatI va barcha ichki organlar ishtirok qiladi. Bularning o’rtasida funksional jihatdan murakkab aloqalar paydo bo’lib boradi. Mashq davomida uning rivojlanishida uchta bosqich bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda mashqni shu tarzda bosqichlarga bo’lish ancha shartli ekanligini aytib o’tish kerak, chunki bu bosqichdan uning tarkibi nechog’liqi ifodalanganligi ko’pgina savollarga organizmning nechog’lik tayyorlik ko’rgani mashqning naqadar murakkabligi va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Har qanday bosqichdagi mashq ish qobiliyatining darajasi bilan harakat faoliyati xarakterida o’ziga yarasha har xil tashqi ifodaga ega bo’ladi. Bu paytda sodir bo’ladigan hodisalarni bilish va to’g’ri ifodalab berish bolani tarbiyalash va unga mehnat ta’limi berish prosessida katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mashqning fiziologik mohiyati to’g’risida tasavvurga ega bo’lish, mashq davomida ish harakatini mukamallashtirib borishga talluqli konkret fiziologik mexanizmlarni analiz qilishga, mehnat harakatini buzadigan omillarning xususiyatini belgilab eng samarali pedagogik chora tadbirlarni belgilab olishga to’g’ri yondashish uchun imkon bo’ladi.

Tajribasizlik bola notanish vazifani bajarishga kirishganda birinchi bosqich bosh miya katta yarim po’stlog’ida qo’zg’alish bilan ta’riflanadi. Odam bo’shashganda harakatni bajarishga javoban ana shunday tarqoq qo’zg’alish kelib chiqadi, bu o’z navbatida barcha muskul guruhlari va vegetativ sistemalarning bir yo’la aktivlashishiga sabab bo’ladi. Shunda qaramay pronreochesertorlik harakat analizatorining po’stlog’idagi shahobiga to’xtovsiz ravishda kelib turadigan impulslar orqali harakat paydo bo’ladi. Biroq bu davrda nerv hujayralarining labilligi past bo’lganida kelayotgan impulslar ritmini ular o’ziga qabul qilib olmaydi, bu po’stloqdagi qo’zg’alishning yanada zo’rayish va tarqalishga olib keladi. Ayni vaqtda mazkur harakat aktida ko’pgina hech bir aloqasi bo’lmagan talaygina muskul gruppalari taranglashib qisqaradi. Shuning natijasida nerv prosessida zo’riqish yuzaga keladi va tobaro kuchayib boradi, buning oqibatida himoya tormozlanish avj oladi.

Mashqning tobora ko’p sonli muskullarining faol holatiga kirishi bilan o’tadigan mana shu dastlabki bosqichda bolaning harakatlari beo’xshov, betartib bo’ladi.

Ko’pgina muskullar qo’zg’alib turadigan bo’lgani uchun harakatlar poyma-pay bo’lib qoladi. Ayni vaqtda bola o’z kuchini behuda va o’rinsiz sarflaydi.

Bosh miya po’stlog’ida juda kuchli tormozlanish vujudga kelishi bilan birga odamda muskulning ish qobiliyati nihoyatda pasayib ketadi. Biroq mashq takrorlanib borilgan sari markazlararo va markaziy hamda periferik nerv sistemasining aktivlligi asta-sekin va harakat analizatorlarining harakat aktivligi mukammal bo’lishini belgilab boradigan po’stloq sohasi pereferik markazlar faoliyati ritmini uzaytir boshlaydi. Keyinchalik funksional jihatdan bir-biriga bog’langan hamda bir-biridan manfaatdor bo’lgan boshqa hamma sistemalar ham xudi ana shu sur’atdagi ishga kirishib ketadi.

Shu tufayli keng tarqalgan po’sloq qo’zg’alishi o’zini diffuz tabiatini yuqotib konsentirlanadi va natijada stasional qo’zg’olish o’chog’i vujudga keladi. Ikki bosqichda ham huddi birinchi bosqichdagi tormozlanish avj ola boshlaydi. Lekin bu tormozlanishni organizm yangilab boradi. I.P.Pavlov o’sha steryeotipni uyg’unlashgan, muvozanatlashgan ichki prosesslar sistemasi deb ta’riflagan edi.

Ikkinchi bosqich asosida labillikning o’zgarish, ya’ni ritmni o’zlashtirish yotgani uchun ham bu bosqich ritmini o’zlashtirish bosqichi deb ataladi.

Markaz bilan periferiya o’rtasida bir-biriga moslashgan yangi munosabatlarning vujudga kelishi muskul ish qobiliyatining ortishida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi bosqich qo’zg’olish prosessi o’rganilayotgan mashqni bajarishda bevosita ishtirok etadigan kichik bir muskullar guruhlarida konsentrlanadigan bo’lgani uchun bolalar harakatida endi kamroq poyma-poylashgan va vaqt bilan energiya farqi asosida olganda ancha tejamliroq bo’lib qoladi. Mashqlarning uchinchi bosqichi uchun regulyator mexanizmlar labilligining yanada yuqoriroq darajada ko’tarishi qo’zg’alishning ko’proq konsentrallashishi va uyg’unlashuvi prosesslari yanada mukamallashtiruvchi xolat bilan harakterlanadi.

Bu bosqich barqaror steratik bosqich hisoblanadi. Mashqlar takrorlanib borilgan sari bu bosqichda harakatning avtomatlashuvi avj olib boriladi, ya’ni harakat juda uyg’qun, tez aniq faqat mazkur harakat akti uchun zarur bo’lgan muskullar guruhlarining qisqarish hisobida bajariladigan bo’lib qoladi.

Shunday qilib, harakat apparatining tizimini shuningdek markaziy va pereferik regulyator mexanizmining munosabati turli sharoitda va turlicha bajariladigan harakatlarning mukammal chiqishini ta’minlab bera olmaydi. Biroq harakat analizatori va umuman organizm ichida uchraydigan payma-paylik va o’xshashlikka, ko’pgina yangi xil faoliyat endi boshlanganida ko’rganimizdek, ish qobiliyatining keskin pasayib ketishiga mashqlar yordami bilan bemalol barham berganda ham, mashqlar yordami bilan bemalol va nechog’li tez-tez takrorlab turiladigan bo’lsa, shunga barvaqt barham berish mumkinligini esda saqlash pedagog uchun muhim ish qobiliyatni pasayishining mashqlar davomida yo’qolib borishi biologik jihatdan katta ma’noga ega.

Bu shunchaki charchoqni yengish emas, balki bu butun organizmning qaytadan tuzilib faoliyatning ancha mukammal bo’lib qolishi va barcha to’qimalar, organlar hamda sistema ish qobiliyatining ancha yuqori darajaga yetishuvidir.

Mashqlarni muntazam takrorlab borish prosessida ya’ni mashq qilish, trenirovka prosessidagina bunga erishish mumkin.

Muntazam mashq qilib turish natijasida tana muskullarining kuchi ko’payib foydali ishi ortadi. Bir tomondan muskullarning birinchi navbatida mazkur ishda ishtirok etishi muskullarning rivojlanishi tufayli, ikkinchi tomondan esa yurak-qon tomirlar va nafas sistemasida faoliyatida amalga oshadi turg’un o’zgarishlar natijasida bunga erishiladi. Mashq qilib borish natijasidat ish qobiliyat ortadi. Mashq qilgan odam, mashq qilmagan odamga qaraganda ancha uzoqroq ishlash va vaqt birligi ichida ko’proq ish bajarishi mumkin. Mashq qilib borganda yuzaga chiqadigan o’zgarishlar shundan iboratki, mashq qildirilgan muskullar hajmi kattalashadi, shu munosabat bilan ularning kuchi ortadi.

Mashq qilgan odamlar tinch turgan vaqtida ancha siyrak muhitida 8-10 marta nafas oladi, mashq qilmagan kishilar muhitiga 16-20 martagacha nafas oladi. Nafas chastotasi komayishi nafasning chuqurlashib borishi bilan birga sodir bo’ladi, shu tufayli o’pka ventilyasiyasi, nafas siyraklashib qolganiga kamaymaydi. Mashq qilgan odamning o’pkasining sig’imi ortadi. Muskullar ishlaganda o’pka ventilyasiyasi keskin kuchaydi va ayrim hollarda minutiga 120 martaga yetadi. Mashq qilgan kishilarda o’pka ventilyasiyasi nafasning chuqurlashuvi hisobiga ortib borishi, mashq qilmagan odamlarda nafasning tezlashuvi hisobiga ortadi, nafas tezlashganda yuza bo’lib qoladi. Mashq qilgan odamlarda nafasning chuqurlashuvi qonning kislorod bilan yaxshiroq to’yinishiga yordam beradi. Yurak-qon tomirlar sistemasidagi o’zgarishlar shu bilan xarakterlanadiki, mashq qilgan odamlarning pulsi tinch turganda mashq qilmagan odamlarning pulsiga qaraganda tinch vaqtda muhit sayin ortib chiqadigan qonni hajmi ham ko’proq bo’ladi. Shunday qilib, mashq qilgan odamlarda yurak qisqarishining soni kamayadi, ammo sistolik va minutlik qon hajmi ortadi. Ayni vaqtda sistolik hajmi yurak muskullning rivojlanishi qisqaruvchanlik kuchini ortishi tufayli kamayadi. Yurak ishi sal tezlashganda sistolik hajmining ortib ketishi hisobiga qonning minutlik hajmi kuchayadi.

Mashq qilgan odamlarda esa minutlik hajmi yurak faoliyatining tezlashuvi hisobiga ortib boradi, bunda sistolik hajmi arzimas darajada ortadi. Mashq qilgan odamlarda qonning kislorod sig’imi ortib qon reaksiyasiga kamroq o’zgarishlarga uchraydigan bo’lib qoladi. Mashq qilish markaziy nerv sistemasi faoliyati bilan bevosita bog’liq. O’zlashtirilgan harakatlarning hammasi ixtiyoriy harakatlar bo’lgani uchun ularning asosida bosh miya po’stlog’ining shartli reflektor faoliyati yotadi. Yuqorida bayon etib o’tilgan o’zgarishlarning hammasi ham bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining faoliyatiga bog’liq.

Mashq qilish chidamlilikni oshiradi, organizmni chiniqtiradi, muskul ko’chini kam sarflab bajaradigan, ishning unumdorligini oshiradi.

Umurtqalararo disklar va butun tog’ay to’qimasi egiluvchanlik organizmning umumiy tonusiga bog’liq bo’ladi. Jismoniy mashqlar ta’sirida mushaklar tizimi mustahkamlanadi, bog’lov apparati va umurtqa pog’onasining harakatlanishi oshadi.

Tananing har qanday harakat mushaklarida murakkab jismoniy va kimyoviy jarayonlarni vujudga keltiradi, ozuqa moddalarning tez hazm bo’lishiga yordam beradi. Mashqlar vaqtida mushaklarning jadal ishlashi qon aylanishining shu bilan bir qatorda ozuqa moddasini qabul qilangigan so’ng mushaklarda murakkab jismoniy va kimyoviy jarayonlarni vujudga keltiradi, ozuqa moddalarning tez hazm bo’lishiga yordam beradi. Mashqlar vaqtida mushaklarning jadal ishlash qon aylanishning, shu bilan bir qatorda ozuqa moddasini qabul qilidanidan mushaklarga qon kelishini faollashtiradi. Natijada u rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mashq qilishda mushaklarning jismoniy va fiziologik takomili shu tufayli yuzaga keladigan mashqni bajarish natijasida paydo bo’lgan asab impulslar mushaklar kelibchiqadigan bosh miya qobig’ining harakatlanuvchizonasiga yuboriladi. Mushak kuchi bosh miya qobig’idan ancha keladigan impulslar ta’sirida taranglashadigan va qisqaradigan mshaklar taraqqiyotining qay darajada ekanligiga bog’lik. Jismoniy mashqlar ta’sirida mushaklar ta’sirida mushaklar yanada kuchliroq va qattiqroq bo’lib boradi, yuklanayotgan ishning o’zgarishiga qarab yanada cho’ziluvchan va mustahkam bo’ladi. Ko’pchilik olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, ishonch bilan aytish mumkinki, mushaklarni ishlatish bolalarda buyrak usti bezlari faoliyatiga muayyan ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Jinsiy bezlarning jismoniy ish bajarish vaqtidagi holati tadqiqotchilarning e’tiborini tortadi: chunki birinchidan ayniqsa o’smirlarning sport mashg’ulotlariga jalb etish davrida ular organizmning funksiyalari qayta qurilsa, ikkinchidan, jismoniy mashqlarning o’zi jinsiy balog’atiga yetish davrini biroz sekinlashtiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadaki to’g’ri mashq qilish o’smirlarda antropometrik ko’rsatkichlar va funksional imkoniyatlar ortib borishi bilan ularning jinsiy rivojlanishini ham rag’batlantiradi. Xaddan tashqari og’ir ish esa, ayni vaqtda jinsiy bezlar faoliyatida salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Jismoniy mashq ta’sirida bolalar va o’smirlarda hamda kattalarda qo’shimcha nafas imkoniyatlari ko’payadi. O’pkaning hayotiy sig’imi va o’pkaning bir minutdagi ventilyasiyasi ko’zga ko’rinarli darajada ortadi, qonda kislorod ko’pyadi, to’qimalar orqali nafas olish mexanizmi takomillashadi.

Yurak faoliyati jumladan, yurak-qisqarishi maromi o’zgaradi va sekin uradi. Hozirgi vaqtda qadar sportning juda ko’p turlari mavjud. Jismoniy mashqlarning hazm organlari faoliyatiga ijobiy ta’siri ko’pdan beri ma’lum. Sayr qilish ta’sirida ovqat hazm qilishni yaxshilash mumkinligini ko’rsatib o’tilgan. XIX asr oxiriga kelib, mushaklar ishining ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish imkoniyatini berdi. Hozirgi vaqtda shu narsa aniqlanganki, jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish organlariga ta’siri mexanizmida ularning katta yarim sharlar qobig’ining ishlash holatiga va simpatik asab tizimi faoliyatiga muhim o’rin ajratilmoqda.

Shunday qilib, umumrivojlantirish mashqlar majmuasi to’g’ri tanlanganda butun organizm mashq davrida har tomonlama kamol topadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar qaddi qomatda paydo bo’ladgan nuqsonlarning oldini oladi.

Ma’lumki bolalarni kamolga yetkazish va tarbiyalash ishida tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari maktab, maktabdan tashqari muassasalar va hokazolar ishtirok etadi, lekin oila insonni shakllanishida asosiy muhim vositadir. Barcha tarbiya bo’g’inlari umumiy vazifaga ega, hammasini qo’shib olganda asosiy muddao axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy boylik va jismoniy mukammallikni o’zida uyg’un mukammallashtiriragan insonni shakllantirishdan iborat.

Hozirgi zamonda medisina fani kishining yoshartiradigan biror bir yoshlik qorisiga yoki inson umrini uzaytiradigan vositaga ega emas. Qarishi kishi hayotning muqarror bosqichidir. Umrni uzaytirish san’atining butun siri shundaki, bunda odam noto’g’ri tashkil qilingan turmush tarzi tufayli o’z umrini qisqartirmasligi kerak. Inson o’zi uchun yaratilgan keng ijtimoiy o’zgartirish vositalari hamda sog’lomlashtirish tadbirlari orqali organizm hayotini ta’min etish, uning umrini uzaytirish mumkin.

Bunda bir tomondan mehnat, dam olish, maishiy turmush, ovqatlanishini to’g’ri tashkil etish, yordamchi sog’lomlashtirish vositalaridan keng foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, har qanday ortiqcha narsalarga barham berish, chunonchi chekish, ichkilik ichish singari zararli odatlarni tashlsha orqali ham umrni uzaytirish mumkin.

Salomatlik va uzoq umr ko’rish uchun kurashda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o’ynaydi. Sistematik suratda bajarilgan jismoniy mashqlar tashqi muhitdagi zararli ta’sirlarga organizmning bardoshini oshiradi, kishining ish qobiliyatini o’stiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi. Bu mashqlarning fiziologik mohiyati shundan iboratki, avvalo kishining yoshi o’tib, harakat faoliyati susayib qolgan vaqtda jismoniy mashqlar barcha a’zolarni harakatga keltiradi. Ma’lumki, kishi keksayib qolganda uning organizmida xususan yurak va boshqa organlarida bir qator patologik o’zgarishlar hosil bo’ladi, modda va energiya almashinuvi kabi o’zgarishlar sodir bo’lishi yuqorida ko’rsatilgan edi. Ko’pchilik kishilarda mana shu sanab o’tilgan kamchiliklar yurak-qon tomir kasalliklarining avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Yoshi ulg’ayib qolgan kishilar jismoniy tarbiyaning deyarli barcha turlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Faqat bunda ularning kuch talab qilinadigan mashqlarni bajarishi qiyinchiligini hisobga olib, hamda jismoniy yuklamalarni uzoq vaqt ko’tara olmasliklarini nazarda tutib, mashqlarga mana shu xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir o’zgarishlar kiritiladi.

Organizmning qarshi jarayonida harakat qilishga bo’lgan ehtiyojining o’rta borishi bilan bir qatorda jismoniy zo’r berishlarga va chidamlilikka moslashuv hissiyotlari yomonlashib boradi. Ko’pincha katta yoshli kishilarning aksariyati yurak-qon tomirlar kasalliklariga hamda nafas olish apparatlaridagi surunkali kasalliklarga chalinishi tufayli ular bilan o’tkaziladigan jismoniy mashqlarni tanlash qiyin bo’ladi. Keksalardagi bir qator kasalliklar, ular bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga xalol beradi.

Shu bilan birga keksa yoshli kishilarning ko’plari uchun qo’ldan kelgancha bajariladigan jismoniy mashqlar g’oyatda ular uchun foydalidir. Tajriba trenirovkani to’xtatmagan keksa yoshli kishilarning harakat apparatlari holatining funksional ko’rsatkichlari, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining faoliyati ular ancha yoshga yetgan vaqtda ham, uzoq yillar mobaynida huddi ilgaridek tetik, bardam bo’lishini ko’rsatmoqda. Hatto uzoq muddatli tanaffusdan keyin jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni boshlab yuborgan kishilarda jismoniy ko’rsat kuchlarning avvalgi darajasi bir qadar tiklanganligi kuzatilgan.

Keksayib qolgan kishilarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga ijobiy ta’sir etuvchi bunday xususiyatlarni hisobga olgan holda, odatda sport trenirovkasi bundan keyin ham davom ettiriladigan bo’lsa, u holda o’sha kishining yoshlariga qarab, jismoniy yuklamalarni kamaytira borish lozim.

Jismoniy tarbiya yordamida keksayib qolgan kishilarning harakat rejimini oshirishning asosiy shakllari bu sog’lomlashtirish harakatidagi mashqlaridir. Bu mashqlardan foydalanishning asosiy shartlaridan biri yuklamalarga me’yorida qat’iy ravishda rioya qilishdir. Bu mashqlar intensivligi ham qancha vaqt davom etishini ham normaga solish zarur. Agar yuklamalar haddan tashqari kuchayib ketadigan bo’lsa, u holda organizmda jiddiy funksional va morfologik o’zgarishlar sodir bo’lishi hamda salomatlikka putur yetishi mumkin.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jismoniy mashqlar me’yorini to’g’ri ta’minlash uchun keksa kishilarni turli medisina guruhlariga bo’lib, mashg’ulotlarni olib borish maqsadda muvofiqdir.

Jismoniy yuklamalar kattaligini aniqlash bilan bir qatorda tiklanish jarayonlarining sur’atiga e’tibor berish kerak. Ma’lumki, bu jarayon kishining yoshi ulg’aygan sari sekinlashadi hamda ishdan keyingi charchoq hissi ancha mahalgacha ketmaydi.

O’rta yoshli, ayniqsa keksa kishilar bilan mashg’ulot olib borganda jismoniy yuklamalarning asta-sekin oshirib borish g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Mashg’ulot va mashqlarning xilma-xil shakllaridan foydalanish lozim. Bu esa jismoniy ishlarga tezroq moslashib ketishga yordam beradi. Mashqlarning biror turiga, masalan, yurish yoki yugurishga alohida e’tibor berilsa va faqat shu mashq bilan shug’ullanilsa, sog’lomlashtirish borasida to’la samaraga erishish imkoniyatlari cheklab qo’yilgan bo’ladi.

Eng ko’p tarqalgan jismoniy mashqlarga avvalo keksa yoshli kishilar bilan o’tkaziladigan gimnastik mashqlar kiradi. Bu mashqlar organizm holatining egiluvchanligini saqlashga hamda bo’g’imlarda harakatchanlik xususiyatlarini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Umurtqa pog’onasi, bo’yin, bel singari a’zolar uchun egilish, bukilish, tiklanish, cho’qqayib o’tirish singari mashqlar g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Bo’g’imlarda tuz to’planishining oldini olish hamda osteoxondroz singari kasalliklarning avj olishini to’xtatish uchun gavda va bo’yinni turli tomonlarga burish mashqlari, shunigdek qorin terisini mustahkamlash uchun bajariladigan mashqlar ham katta ahamiyatga egadir. Kishining yoshi ulg’aiyshi bilan susayib ketadigan nafas olish va nafas chiqarish a’zolari ishini yaxshilashga qaratilgan gimnastika mashqlari ham foyda keltiradi. Statik xarakterdagi mashqlarni shuningdek nafas olishni atayin to’xtatib turish talab qilinadigan, zo’riqish, kuchanish bilan bog’liq bo’lgan keskin va tez harakat qilinadigan mashqlarni bajarishdan saqlanish kerak. Katta yoshli kishilarga bir tekis, to’liq nafas olishni ta’minlaydigan nojadal bajariladigan mashqlar ko’proq qo’l keladi.

Nafas olish yo’llari va yurak-qon tomirlari to’qimasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan hamda uzoq muddat ochiq havoda bo’lishni hisobiga kishiga katta sog’lomlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadigan mashq turi bo’lgan holatda yurish so’nggi vaqtlarida keng tarqalib ketdi.

Har qanday yoshidagi kishilar ayniqsa keksalar jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga shug’ullanganlarida bu tadbirlar albatta vrach nazorati ostida o’tkazilishi kerak. Bunda mehnat va da olish, to’g’ri ovqatlanish hamda muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish kiradi.





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa