2.2-jadval
2011 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekistonda kichik biznes subektlarini ularda band bo’lgan kishilar soniga qarab tasniflash
Subektlar
|
Faoliyat sohasi
|
Kishilar soni
|
Yakka tartibdagi (xususiy) tadbirkorlik
|
1
|
Mikrofirma
|
Ishlab chiqarish tarmoqlari
|
24 tagacha
|
Xizmat ko’rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlari
|
12 tagacha
|
Ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasi
|
6 tagacha
|
Kichik biznes subekt
|
Yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati
|
120 tagacha
|
Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-yenergetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalari
|
60 tagacha
|
Fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan boshqa sohalar
|
30 tagacha
|
Manba : O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi
Farmoni
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish davlat dasturi ( 2.1- rasm) aholining ish bilan band bo’lishiga ko’maklashuvchi davlat dasturi hamda umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy muammolarni yechish kabi vazifalar bilan ham bog’liqdir.
Bu dastur tadbirkorlikni rivojlantirishning qonuniy va me’yoriy negizini takomillashtirish va rivojlantirish kabi vazifalarni hal qilishda davlat ko’magini ko’rsatishni ko’zda tutadi.
2.1 – rasm. Kichik biznesni rivojlantirish dasturi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat boshqaruvining organlariga tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning umumiy tamoyillari, ustuvor yo’nalishlari va usullarini aniqlash, davlat byudjetdan tashqari fondlari hisobidan 50 foizdan kam bo’lmagan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, soliq va boshqa to’lovlar to’lashda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar belgilash vazifalari yuklangan.
O’zbekistonning Konstitusiyasi xususiy tadbirkorlikni ishonchli tarzda himoya qiladi, xususiy mulkchilikning daxlsizligiga qat’iy kafolat beradi.
Huquqiy kafolatlarni o’rnatilishi ma’murlarning tadbirkorlar xo’jalik tijorat faoliyatiga aralashuvini chegaralaydi, xususiy mulkchilik huquqi va daxlsizligini, shu jumladan talon-taroj qilishlik va zo’ravonliklardan himoyalanishini ta’minlaydi.
Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning tashkiliy jihatdan ta’minlanganligi O’zbekiston Respublikasida markaziy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi vakolatlarning belgilab qo’yilganligiga asoslanadi. Davlat boshqaruv organlari zimmasida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish tushsa, hokimiyatning mahalliy organlari esa o’z hududlarida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash hududiy dasturlarini ishlab chiqadilar. Buning ijrosini ta’minlash borasida respublikamiz mahalliy hokimiyatlari qoshida tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi Kengashlar tuzilgan. Ushbu Kengash vazifasiga kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining joylarda bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish, barcha tarmoqlar ishlarini muvofiqlashtirish, kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish va hokazolar kiradi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni 9-moddasining talablariga asoslanib, viloyat, tumanlar va shaharlar hokimliklar kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqqanlar. Har bir joriy yil uchun maxsus tadbirlar ham tasdiqlanadi.
Shunday qilib, bizning nazarimizda, O’zbekistonda tadbirkorlik muhitini shakllantirish va rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar, ya’ni kichik va xususiy biznesni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish, ularning faoliyat yuritishlarida erkinlik, aniq huquqiy kafolat bilan ta’minlanganlik zaminlari yaratilgan va uni amalga oshirishning qonuniy va me’yoriy jihatdan mustahkamlangan tizimi vujudga keltirildi. Qo’yilgan maqsadning yechimi esa, mazkur tizimning samarali ishlashidadir.
Demak, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot rivojlanish tajribalariga ko’ra, xulosa qilishimiz mumkinki, bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solinishi tadbirkorlik rivoji uchun beqiyos imkoniyatlarni beradi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishning beshta muhim tamoyilidan ikkinchisi quyidagicha ta’riflanadi: “Murakkab o’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak”.
Tadbirkorlik faolyatining amal qilishini tadqiq etishlar, hamda rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini shakllanishi va rivojlanib borish jarayonida davlat ishtirokini amalga oshirilishini quyidagi uch ( 2.2 – rasm) bosqichlarga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |