Matematik to’garaklar reja asosida amalga oshirilib, har haftada bir marta
mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Matematik kechalar ham ma’lum sanaga bag’ishlab o’tkazilib, o’quvchilarni
matematikaga qiziqtirishda muhim o’rin egallaydi. Turli xil ommaviy tadbirlar ham
o’quvchilarning matematikaga qiziqishlarini tarbiyalashda asosiy ahamiyatga ega.
Devoriy gazeta chiqarishda o’qituvchi quyidagilarni aks ettirilishiga alohida e’tibor berishi
lozim: turli qiziqarli ma’lumotlar: turlicha qiyinlikdagi va qiziqarli masalalar berilishi, masalalar
yechish bo’yicha konkurslar e’lon qilishi; matematika va amaliyot, hayotiy masalalar va h.k.lar
bo’yicha materiallar bilan birga turli matematik olimlar ishlari va hayoti haqida ma’lumotlar
bayon etilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |