Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti fuqarolik protsessual



Download 1,21 Mb.
bet2/20
Sana03.03.2017
Hajmi1,21 Mb.
#3762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Bakalavr


- fuqarolik protsessual qonunchiligiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar;

- fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari;

- protsess ishtirokchilari va ularning huquqiy maqomi;

- sud qarorlari chiqarish va ularning ijrosi;

- sud qarorlarini yuqori instantsiyalar (appelyatsiya, kassattsiya, nazorat)da qayta ko‘rish asoslari va tartibi haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak;

- sudlarda fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal etish tartibini;

- birinchi instantsiya sudining qarorlari ustidan berilgan shikoyat va protestlarni ko‘rishni;

- yuqori sud instantsiyalari vakolatlarini bilishi va qo‘llay olishi kerak.

- fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasidagi fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarni o‘rganish va tahlil qilish;

- fuqarolik protsessual qonunchilik normalarini sud-huquq islohotlari bilan uzviy ravishda o‘rganish;

- fuqarolik ishlari yuzasidan sifatli va malakali yuridik xulosalar tayyorlash, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko‘rsatish yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.

O‘qitishning kompyuter, informatsion va boshqa yangi texnologiyalarini qo‘llash

Mazkur fanni o‘rganish va o‘qitishning ana’naviy va ilg‘or uslublarini, jumladan, ekspress so‘rovlar, test so‘rovlari, dasturiy o‘qitish, davra suhbatlarini o‘tkazish, kollokviumlar, texnik vositalarni qo‘llash, yuridik klinika va boshqa usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.






Mavzular




Soat

1

2




3




5-semestr







1

Mavzu: Fuqarolik protsessi tushunchasi va tizimi.




1

2

Mavzu: Fuqarolik protsessual huquqining asosiy tamoyillari.




1

3

Mavzu: Fuqarolik protsessida taraflar.




2

4

Mavzu: Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslarning ishtiroki.




2

5

Mavzu: Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki.




1

6

Mavzu: Boshqa shaxslarning huquqlarini sudda himoya qiluvchi davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessdagi ishtiroki.




1

7

Mavzu: Suddagi vakillik.




2

8

Mavzu: Sud xarajatlari. Sud jarimalari.




1

9

Mavzu: Protsessual muddatlar.




1

10

Mavzu: Fuqarolik ishlarining sud va boshqa organlarga taalluqliligi.




2

11

Mavzu: Fuqarolik ishlarining sudlovliligi.




1

12

Mavzu: Isbotlash va dalillar.




1

13

Mavzu: Da'vo.




2

14

Mavzu: Sudda fuqarolik ishlarini qo‘zg‘atish.




2




Jami:




20





Amaliy mashgulotlar mavzulari




Soat

1

2




3




5-semestr







1

Mavzu: Fuqarolik protsessi tushunchasi va tizimi.




1

2

Mavzu: Fuqarolik protsessual huquqining asosiy tamoyillari.




1

3

Mavzu: Fuqarolik protsessida taraflar.




2

4

Mavzu:Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslarning ishtiroki.




2

5

Mavzu:Fuqarolik protsessida prokurorning ishtiroki.




1

6

Mavzu: Boshqa shaxslarning huquqlarini sudda himoya qiluvchi davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessdagi ishtiroki.




1

7

Mavzu: Suddagi vakillik.




2

8

Mavzu: Sud xarajatlari. Sud jarimalari.




1

9

Mavzu: Protsessual muddatlar.




1

10

Mavzu: Fuqarolik ishlarining sud va boshqa organlarga taalluqligi.




2

11

Mavzu: Fuqarolik ishlarining sudlovliligi.




1

12

Mavzu: Isbotlash va dalillar.




1

13

Mavzu: Da'vo.




2

14

Mavzu: Sudda fuqarolik ishlarini qo‘zg‘atish.




2




Jami:




20

1-MAVZU. FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI

VA TIZIMI
Tayanch iboralar: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessi tushunchasi, fuqarolik protsessi fani predmeti, uslubi va tizimi, fuqarolik protsessining manbalari, fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy, fuqarolik, oila, mehnat, ma’muriy huquq, xo‘jalik protsessual va jinoyat protsessual huquqi hamda boshqa huquq sohalari bilan aloqadorligi, fuqarolik sud ishlarini yuritish tushunchasi va uning vazifalari, fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari, fuqarolik protsessining bosqichlari.

Dars o‘tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma’ruza tarzida O‘zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.

Dars o‘tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessi tushunchasi deganda har bir fuqaro, yuridik shaxs, davlat, davlat boshqaruv idoralarining hamda jamoat birlashmalarining noqonuniy qarorlari ustidan sudga murojaat etib, buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarini tiklash huquqi va ularni himoya qilish huquqlarini kafolatlash tushun iladi.

Prezidentimiz I.A.Karimov inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerakligi, davlat va davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o‘z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish va qo‘riqlash ishiga safarbar qilingandagina o‘z vazifasini to‘g‘ri ado etajakligi, fuqarolarning manfaatlari va huquqlarini sud orqali himoya qilish sohasini mumkin qadar kengaytirish darkorligi, ayrim tarmoq qonunlarida huquqlari paymol etilgan fuqarolarning shikoyatlarini sudlov yo‘li bilan emas, balki ma’muriy yo‘l bilan ko‘rib chiqish tartibi uchrab turishi, bu hol inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga va bizning Konstitutsiyamiz talablariga zidligi, fuqaro, agar uning qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari paymol etilgan taqdirda, har qanday masala bo‘yicha himoya uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmog‘i darkor1, deb ta’kidlashi sud hokimiyatiga nisbatan munosabatni va sudlarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual huquqining tizimi fuqarolik sud ishini yuritishning maqsadi va vazifalarini, fuqarolik protsessual huquqining tamoyillarini, ushbu munosabat subyektlari va ularning huquq va muomala layoqatini, fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi taraflar, ularning huquq va majburiyatlarini, uchinchi shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlari,fuqarolik protsessida prokukror ishtiroki uning vakolatlarini, sudda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruv idoralarini protsessual huquqlarini, sudda da’vogar va javobgar tarafidan ishtirok etuvchi vakillar ularning hug‘quq va majburiyatlari, sud ishlari bilan bog‘liq sud xarajatlari va sud chiqimlavrini, suda ish ko‘rishning qonuniy va protsessual muddatlarini, fuqarolik ishlarining sud va boshqa idoralarga talluqliligin, fuqarolik ishlarini ko‘rishda dalil va isbotlash masalalari, da’vo ishlari va uni qo‘zg‘atish,fuqarolik ishlarini suda ko‘rishga tayyorlash va uni suda muhokam qilishi, birinchi instantsiya sudlarida ish yuritish, sirtdan ish yuritsh, buyruq tartibida ish yuritish, nikohga doir ishlarini ko‘rish tartibi, mehnatga doir ishlarni ko‘rish tartibi, uy-joyga oid ishlarni ko‘rish tartibi, davlat organlari shuningdek mansabdor shaxslarning hatti-haraktlariga doir ishlarni ko‘rish tartibi, alohida tartibda ish yuritish, appelyatsiya, kassatsiya va nazorat instantsiya sudlarida ish yuritish, qonuniy kuchga kirgan sud hal qiluv qarorlarining, sud qarorlarining ijro etilishini, sudlarda chet el fuqarolari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibi, hakamlik sudlari va ularda ish yuritish tartibi hamda notariat xizmati tushun chasidan iborat tizimda o‘rganiladi.

Manfaatdor shaxslarning qonuniy huquqlarini himoya qilishning sud tartibida amalga oshirish tadbirlari amaliyotda ijobiy natijalar berayotganligini hayot taqozo etmoqda. Bunga asos sifatida fuqarolik protsessual huquqiy me’yorlarni sud amaliyotiga ta’sir ko‘rsatishi va sudning o‘ziga berilgan vakolat doirasida chin haqiqatni aniqlashga va shu bilan odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan barcha huquqlardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi sud hokimiyati, boshqa davlat organlaridan ajratib turadi. Demak, Konstitutsiya va boshqa qonunlarda ko‘rsatilganidek, sud organlarining demokratik jihatlarining eng muhimlaridan biri davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda fuqarolar huquqi va erkinliklari himoyasining ustun qo‘yilishidir.

Manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan sud odil sudlovni amalga oshiradi. Odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekistonda sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalari-dan mustaqil ravishda ish yuritish haqida Konstitutsiyada o‘z ifodasini topganligi istiqlolga erishgan Respublikamizning demokratik, adolatli huquqiy davlat qurish sari tashlagan ilk qadamlaridan hisoblanadi.

Sudlar o‘z faoliyatlari bilan manfaatdor shaxslarning nafaqat huquq va erkinliklarini himoya qilishi, shu bilan ularni qonunni hurmat qilish va unga rioya etish ruhida ham tarbiyalaydi.

Sudlar odil sudlovni amalga oshirishda mustaqil, faqat qonungagina bo‘ysinishlari va bu borada olib boriladigan faoliyatga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘ymasligi va bunday aralaShuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishligi «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 2-moddasida belgilab qo‘yilgan.

Sud odil sudlovlikka qaratilgan faoliyatini fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunlarga moslagan holda, sudga taalluqli bo‘lgan fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo talablariga oid ishlarini, nizosiz bo‘lgan, alohida tartibda ko‘riladigan ishlarni hamda davlat idoralari, boshqa idoralar, shuningdek mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni ko‘rish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonuniy asoslantirilgan, adolatli hal qiluv qarori chiqarish bilan amalga oshiradi.

Fuqarolik sud ishlarini yuritishning maqsad va vazifalari protsess ishtirokchilarining buzilgan moddiy va protsessual huquqlarini himoya qilish va shu bilan fuqarolarni qonunlar, huquqiy me’yorlarni bajarishga ongli munosabatda bo‘lish ruhida ham tarbiyalashni nazarda tutadi. Jamiyatda huquqiy fikrlar bildirilgan: inson huquqlari-insonparvar demokratik huquqiy ongning o‘zagidir. Huquqiy ong darajasi-bu odamlarning huquqlardan shunchaki xabardorligi, qonunlarni bilishigina emas, bu eng avvalo qonunlarga rioya etish va ularni bajarishga tayyorgarlik, qonunga itoatkorlik, huquqni va odil sudlovni hurmat qilishdir.

Demak, sudning odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatining ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalani to‘g‘ri hal qilish uchun manfaatdor shaxslarga qonunda ko‘rsatilgan protsessual harakatlarni tatbiq etish bilan g‘ayriqonuniy harakat qilgan tarafga nisbatan davlatning majburlash kuchini qo‘llash va tegishli fuqarolik ishlarini yechimini topish muammolari tushun iladi.

Huquq sohasida ishlatiladigan “protsess” atamasi lotincha “protsessum” so‘zidan olingan bo‘lib, harakat degan ma’noni anglatadi. Fuqarolik protsessi fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq harakatni, faoliyatni bildiradi.

Demak, fuqarolik protsesi deganda, qonun bilan belgilangan fuqarolik ishlarini ko‘rish, hal qilish va sud qarorlarini ijro etish bilan bog‘liq faoliyatni tushun amiz. Protsessual qonun sud faoliyatini amalga oshirilishida manfaatdor shaxslarga ishda ishtirok etish huquqini, ularga qator protsessual huquqlar berilishini va protsessual burchlar yuklatilishini belgilaydi.

Mustaqil O‘zbekistonda fuqarolarning huquqlarini yanada to‘laroq himoya qilish maqsadida fuqarolik protsessual qonunchilik ham yangilanmoqda.

Subyektiv huquqlarni, ya’ni fuqarolar, tashkilotlarning huquqlarini himoya qilish shakllari “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va joylardagi sudlar o‘z faoliyatini ana shu vazifalarga qaratganlar.

Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida ko‘riladigan sohaga kiradi.

Umumiy sudlar Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarda belgilangan inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda qabul qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklariga korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga rioya etilishini kafolatlashga qaratilgan fuqarolik ishlarini ko‘rish, odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshiradilar.

Fuqarolik protsessi shaxslarning mulkiy va shaxsiy huquqlarning sud tomonidan himoya qilinishi shakli sifatida ko‘riladi. Shu munosabat bilan muayyan fuqarolik protsessual harakatlar qilinadi. Bunday harakatlar sudda fuqarolik ishining taraflari sifatida qatnashuvchilar va ishning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilinadigan protsessual harakatlar, shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshiruvchi sudning protsessual harakatlaridan iborat bo‘ladi.

Sudda taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning muayyan fuqarolik protsessual huquq va burchlari bor. Bu huquq va protsessual burchlar fuqarolik protsessida ishtirok etuvchilarning protsessual harakatlar qilishlari tarzida amalga oshiriladi. Biron-bir huquqni amalga oshirishda manfaatdor shaxs ishni sudda da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan boshlaydi. Sud bu ishning sudga taalluqli bo‘lish-bo‘lmasligini tekshirib, da’vo arizasini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Da’vo talablarining qo‘zg‘atilishidan xabardor bo‘lgan javobgar esa da’vo yuzasidan bayonot beradi, o‘z e’tirozlarini bildiradi yoxud qarshi da’vo qo‘zg‘atadi. Sud, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bunday harakatlardan tashqari, yana boshqa harakatlarni ham amalga oshiradilar. Bu harakatlarning hammasi fuqarolik protsessual harakatlar bo‘lib, fuqarolik sud ishlarini yuritish, yangi fuqarolik protsessi sifatida ko‘riladi.

Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan va bu shaxslarning sudga nisbatan bo‘lgan fuqarolik protsessual huquq va burchlarini amalga oshirishga qaratilgan harakatlari fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar bo‘ladi.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish (fuqarolik protsessi) vazifalari to‘g‘risida shuni aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 4-moddasida belgilanganidek, fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy-siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlarini, erkinliklarini va manfaatlarini, Shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishdan iboratdir.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatli, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashishi lozim.

Mustaqil O‘zbekiston davlati qonunlarining qat’iyan aniq bajarilishi fuqarolarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini shak-shubhasiz qo‘riqlash to‘g‘risida Prezidentimiz raxnamoligida qator tadbirlar belgilanib, shu bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oldiga muhim vazifalar qo‘yildi.

I.A.Karimov huquq organlari faoliyatining qonuniy negizini mustahkamlashimiz zarurligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanganligi, sud, prokuraturar, militsiya to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirib borish zaruriyatini tobora ko‘zga tashlanayotganligi haqida ta’kidladilar. Shu munosabat bilan fuqarolik protsessining roli tobora oshib bormoqda. Bunga Oliy Majlisning 1997-yil I-chaqiriq IX-sessiyasida Fuqarolik va Xo‘jalik protsessual kodekslarining qabul qilinishi yorqin misol bo‘la oladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda odil sudlovni O‘zbekiston xalqining irodasini ifodalovchi qonunlarga asoslangan holda amalga oshirilishi o‘z ifodasini topgan.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalariga ko‘ra, FPKning 2-moddasi O‘zbekiston Respublikasining hamma sudlarida fuqarolik ishlarini yuritish tartibi qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi bilan belgilanishi ko‘rsatilgan.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari da’vo tartibidagi ishlarni, organlar va mansabdor shaxslarning hatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlarni hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi.

Organlar va mansabdor shaxslarning hatti-harakat (qaror)lari ustidan berilgan shikoyatlar, shuningdek alohida tartibda ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ish yuritish tartibi asosan FPKning 26-35-boblarida keltirilgan moddalar bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining sudlarida fuqarolik sud ishlarini yuritish, ish ko‘rilayotgan, ayrim protsessual harakatlar bajarilayotgan yoki sudning hal qiluv qarori ijro qilinayotgan vaqtda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual va boshqa qonunlari asosida olib boriladi.

Basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi (FPKning 3-moddasi).

Sud ishlarini yuritish muayyan shaklda amalga oshiriladi. Bu fuqarolik protsessual shakl (forma)ning mohiyati quyidagilardan iborat:

- fuqarolik ishlari bo‘yicha ish yuritish tartibi oldindan protsessual qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi;

- sud himoyasi uchun qonunda belgilangan yozma shaklda sudga murojaat qilish huquqi beriladi;

- ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual huquqlardan, xususan ishni ko‘rishda sud majlisida ishtirok etish huquqidan foydalanadilar;

- sudning hal qiluv qarori protsessual qonunda ko‘rsatilgan dalillar vositasi bilan aniqlangan faktik ma’lumotlarga va qonunga asoslangan bo‘lishi shart qilib qo‘yiladi.

Ishni ko‘rish jarayonida sud umumiy qoida bo‘yicha chin haqiqatni aniqlash uchun ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risidagi taraflarni xabardor qilishi lozim.

Sud majlisida ularga huquqlarini himoya qilish, bayonot berish, ish materiallari bilan tanishish, dalillar taqdim etish, ikkinchi tararfga e’tiroz bildirish, o‘zining da’vo talablariga yoinki da’voga tegishli bo‘lgan e’tirozni tegishli dalillar bilan isbotlash imkoniyatini ta’min qiladi.

Odil sudlovni bunday protsessual shakli sudga ish bo‘yicha chin haqiqatni aniqlash va qonunga asoslangan hal qiluv qarorini chiqarish imkoniyatini berish bilan birga taraflarga sud orqali shaxsiy va mulkiy huquqlarning va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarning himoya qilinishi imkoniyatini ham yaratadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual huquqlarini va protsessual burchlarini tegishli protsessual harakatlar qilish yo‘li bilan amalga oshiradilar. Masalan, fuqarolik sud ishi boshlanishida agar da’vogar bo‘lsa, da’vo talablarini qo‘zg‘atish huquqini sudga da’vo arizasini berish yo‘li bilan amalga oshiradi. Javobgar esa da’vogar qarshi himoya qilinish huquqini, ya’ni da’voga qarshi e’tiroz bildirish yoki qarshi da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan amalga oshiradi. Sudning dastlabki protsessual huquqi taraflarning shaxsan bayonot berish uchun taklif qilish to‘g‘risida ajrim chiqarish va ularni sudga chiqarish tartibida amalga oshiriladi. Sudning protsessual burchi taraflar o‘rtasidagi nizoga oid masalalarni aniqlash uchun taraflarni so‘roq qilish, dalillarni to‘plash, keltirilgan dalillarni tekshirish va boshqa ba’zi protsessual harakatlarni bajarishdan iborat bo‘ladi.


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish