Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/86
Sana20.06.2021
Hajmi1,32 Mb.
#71632
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Bog'liq
fizikaviy ekologiya

 
Ekologiyaning rivojlanish tarixi 
 
Ekologiya  insoniyat  rivojlanish  davrining  ilk  bosqichlarida  hamda  shu  davr 
kishilari o‘tasida muhim o‘rinni egallaydi. 
Qadimgi  odamlardan  qolgan  g‘orlar,  qoyalardagi  turli  rasmlarga  qaraganda 
ekologiya juda ham qadimiy fanlardan hisoblanadi. O‘sha davrda yashagan har bir 
kishi  ochlikdan,  sovuq  va  issiqdan  saqlanish  uchun  o‘zini  o‘rab  turgan  muhitning 
holatidan  xabardor  bo‘lib,  kerakli  o‘simliklarning  urug‘ini,  mevasini  terish, 
hayvonlarni  tutish  bilan  bir  qatorda  unga  xavf  to‘g‘diradigan  dushmanlar,  tabiiy 
ofatlardan  qochish,  bekinish  yo‘llarini  bilgan.  Tabiat  kuchini,  uning  qonunlarini 
o‘rganib shu qonunlarga moslashib yashagan. 
Qadimgi  insonlar  olov,  o‘q-yoy,  tosh  kabi  qurollardan  foydalanish,  o‘zlari 
yashab  turgan  joylarni  o‘zgartirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgandan  keyin  ularda 
madaniyatning  dastlabki  elementlari  paydo  bo‘la  boshlaydi.  Shunday  qilib,  turli 
o‘simliklar,  hayvonlar  va  ularning  ko‘payishi,  rivojlanishi,  qushlarning  tuxum 
qo‘yishi,  jonzotlarga  muhit  omillarining  ta‘siri  haqida  insonlarda  yillar  va  asrlar 
davomida ma‘lumotlar to‘plana bordi. 
Qadimgi Yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlaridagi 500 
ta  o‘simlik  turi  va  hayvonlarning  454  ta  turi  haqidagi  ma‘lumotlar  ekologik 
xarakterga ega bo‘lgan. Masalan, Aristotel o‘zining  ilmiy asarlarida 500 dan ortiq 
turli  hayvonlar,  qushlar,  baliqlarning  hayoti,  tarqalishi,  bir  yerdan  ikkinchi  Yerga 
ko‘chishi haqida ma‘lumot beradi. Galen, Teofrast kabilar ham turli jonivorlarning 
hayot, tabiatga moslashishi to‘g‘risida qimmatli ma‘lumotlar qoldirganlar. 
Z.M. Bobur (1483-1530y) o‘zining «Boburnoma» nomli tarixiy asarida O‘rta 
Osiyo  va  Hindistonning  turli  o‘simlik  va  hayvonlar  ularning  o‘sadigan, 
yashaydigan  joyi,  gullash,  ko‘payish  davrlari  haqida  ko‘pgina  ma‘lumotlar 
keltiradi. 
Yangi o‘lkalarning ochilishi, bir mamlakatning ikkinchi mamlakat tomonidan 
bosib  olinishi,  bu  yerlar  tabiatining  o‘rganilishi  natijasida  o‘simlik  va 
hayvonlarning  sistematikasi,  morfologiyasi,  ularning  yashab  turgan  joyga 
moslashishi o‘rganiladi. 
XV-XVII asrlarda A.Sezalpin (1519-1603), D.Rey (1623-1705y), J.Turnefor 
(1656-1708),  A.Reomyara  (1734),  L.Tramble  (1744)  kabilar  o‘simliklar, 
hashoratlar  va  suv  hayvonlarini  har  tomonlama  o‘rgandilar.  I.I.  Byufton  (1707-
1788)  o‘zining  13  jildli  «Tabiat  tarixi»  asarida  tirik  organizmlar  va  muhit 
o‘rtasidagi  aloqalarga  hamda  muhitning  organizmga  ta‘siri  masalalarini  yoritadi. 
J.Lamark  (1744-1829),  A.Dekandol  (1806-1893),  A.Gumbolt  (1769-1807), 


 
20 
S.P.Krashennikov,  I.I.Lepixin,  P.S.  Pallas,  K.F.Rule,  N.A.Seversev,  A.N.Beketov 
va boshqalar olimlarning ishlarida o‘simlik,  hayvonlar dunyosining  har xilligi ular 
orasidagi munosabatlar, turli hududlarda ularning har xil turlarining uchrashi haqida 
ekologik ma‘lumotlar keltiriladi. 
Rossiyada  tuproqshunoslikning  asoschisi  V.V.Dokuchayev  (1846-1903) 
tabiiy  mintaqalar  yo‘nalishini  ishlab  chiqib,  ekologiyaning  rivojlanishiga  salmoqli 
hissa qo‘shdi.  
XX-asr  boshlarida  ekologiya  fani  tez  sur‘atlar  bilan  rivojlandi.  Avval 
o‘simlik  va  hayvonlar  ekologiyasi  ayrim-ayrim  o‘rganilsa,  keyinchalik  ular 
birgalikda bir uyushma sifatida o‘rganildi. Ch.Adams (1913), V. Shelfordlar (1913) 
tomonidan hayvonlar ekologiyasiga oid qo‘llanmalar yaratildi. S.A. Zernov (1913-
1920) suv hayvonlarining gidrobiologiyasini o‘rgandi, ekologiyaning rivojlanishida 
D.N.Kashkarovning  «  Muhit  va  organizmlar  uyushmasi»  (1933),  «Hayvonlar 
ekologiyasining  asoslari»  (1938),  Ovropa  olimlaridan  Ch.Elton,  D.Xatchinson, 
A.Geksli,  G.Odum,  Yu.Odum,  R.Margallef,  M.Bigon  kabilarning  asarlari  muhim 
rol uynaydi. 
Rossiyada  ekologiyaning  rivojlanishida  L.A.Zenkevich,  S.A.Zernov, 
G.N.Nikolskiy, V.V.Alexin, V.I.Jadin, V.V.Dogel, V.N.Beklemishevlarning hissasi 
katta  bo‘ldi.  Keyingi  vaqtda  Rossiyada  ekologiyaga  katta  ahamiyat  berilmoqda, 
ekologiyaga oid yangi-yangi darsliklar chop etilib, ularda ekologik xavfsizlik keng 
yoritilmoqda. 
O‘zbekistonda 
T.Z.Zoxidov, 
K.Z.Zokirov, 
I.I.Granitov, 
A.M.Muzaffarov,  A.Ye.  Ergashev,  R.K.Zokirov  kabilarning  ishlari  muhim 
ahamiyatga  egadir.  1920-yilda  tashkil  etilgan  Turkiston  dorilfuni  qoshidagi 
ekologiya  kafedrasi,  ekologiyaga  oid  jurnallar,  ilmiy  uyushmalar  tashkil  qilinish 
munosabati bilan ekolog mutaxassislar tayyorlash boshlandi. 
Hozirgi davrda ekologiya fani oldida turgan amaliy vazifalar  quyidagilardan 
iborat: 
1. 
Ilmiy  asoslangan  sog‘lom  muhitda  hozirgi  va  kelajak  avlodlar 
sog‘lig‘ini ta‘minlash; 
2. 
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bir qatorda chiqindilarsiz 
texnologiyalarni ishlab chiqish; 
3. 
Sun‘iy qishloq xo‘jaligi ekosistemalarining doimiy va yuqori darajada 
hosildor ishlashini ta‘minlash; 
4. 
Aholining  turli  tabaqalariga  ekologik  ta‘lim-tarbiya  berish  yo‘li  bilan 
tabiat muhofazasini amalga oshirish; 
Ekologiya  fanining  butun  faoliyati,  yutuqlari,  yo‘nalishlari,  nazariy  asoslari 
yuqorida  ta‘kidlangan  muammolarni  hal  qilishga  qaratilgan.  Hozirgi  kunda  xalq 
xo‘jaligining  turli  jabhalarida  «Sanoat  ekologiyasi»,  «kimyoviy  ekologiya», 
«biokimyoviy  ekologiya»,  «ijtimoiy  ekologiya»,  «odam  ekologiyasi»  kabi 
yo‘nalishlar rivojlanmoqda. Ekologiyaning bunday yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, 
ko‘pgina fanlar yangi-yangi masalalarni, yangi uchul, ekologik fikrlash yo‘li bilan 
hal  qilishga  kirishmoqda.  Tabiatdagi  oddiylikdan  turli  murakkab  muammolarni, 
ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni yoritish davomida olgan bilimlar asosida muhitning 
ertangi kunidagi holatini oldindan ayta bilishga o‘rgatmoqda. 


 
21 
Mukammal  ekologik  bilimga  ega  bo‘lgandagina  tabiat  muhofazasi 
mohiyatini va bu ish bir davlat yoki millatning ishi ekanligini tushunishi mumkin. 
Ekologiya  fani  biologiyaning  eng  yosh,  lekin  juda  ham  tez  rivojlanayotgan 
tarmog‘i  bo‘lib,  tabiatda  uchraydigan  tirik  organizmlarning  bir-birlari  va  ular 
yashayotgan  muhit  bilan  bo‘layotgan  munosabatlarini  o‘rganadi.  Ekologiya  tirik 
organizmlarning  rivojlanishi,  ko‘payishi,  tarqalishi,  o‘zgarishi  hamda  ular  hosil 
qiladigan murakkab ekologik birliklar qonunlarini o‘rganadigan fanga aylandi. 
Fan-texnika  taraqqiyoti  jamiyat  va  tabiat  o‘rtasidagi  munosabatlarning 
o‘zgarishiga  olib  keladi.  Salbiy  kuchlar  ta‘sirida  tabiatning  holati  o‘zgarib  turishi 
mumkin.  Buning  natijasida  tabiiy  voqyelikni  o‘rganadigan  ekologiya  fani  turli 
biologik va nobiologik fanlar bilan tabiiy ravishda bog‘lana boshlaydi. 
Ekologiya  o‘simlik  va  hayvonlarning  turli  joylarga  moslanishi,  fasllar 
bo‘yicha  o‘zgarishi  va  ayniqsa,  ularning  turli  tabiiy  mintaqalarga  xosligini 
aniqlashda jug‘rofiya fani bilan qadimdan bog‘liqdir.  
Organizmlarni o‘rganish jarayonida ularga muhitning tabiiy omillari ta‘sirini 
aniqlashda  va  muhitga  organizmlarning  nobiologik  fanlarga,  ya‘ni  iqlimshunoslik, 
landshaftshunoslik,  metrologiya,  geomorfologiya,  tuproqshunoslik  kabi  fanlarga 
ko‘payishi,  iqlim  yerlarining  tuzilishi,  tuproqlarning  tabiy  va  kimyoviy  holatlari 
bilan bog‘liqdir. 
Kimyoning  rivojlanishi,  sanoat,  qishloq  xo‘jaligining  taraqqiyoti  natijasida 
inson  salomatligiga  ziyon  yetkazishni  anglaydigan,  ekologik  ofatlarning  oldini 
olishni  o‘rganadigan  yo‘nalishlar:  «Odam  ekologiyasi»,  «qishloq  xo‘jalik 
ekologiyasi»,  «transport  ekologiyasi»,  «sanoat  ekoloiyasi»,  «tabobat  ekologiyasi», 
«Iso ekologiya», «qurilish ekologiyasi» kabi fan tarmoqlari kelib chiqmoqda. 
Iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlarning  tabiiy  zahiralaridan  foydalanish 
yo‘llarini  o‘rganadigan  va  amalga  oshiradigan  «iqtisodiy  ekologiya»,  «ijtimoiy 
ekologiya»,  tabiat  go‘zalligini  tushuntirib,  uni  targ‘ibot  qiladigan  «etik,  estetik 
ekologiya» fani ham rivojlanmoqda. 
Hozirgi  vaqtda  turli  shahar  va  qishloqlarda  aholi  uchun  uy-joylarni,  sanoat 
markazlarni qurishda tabiatga zarar keltirmaydigan holda qurishni rejalashtiradigan 
«me‘morchilik ekologiyasi» tabiatdagi salbiy holatlarni aniqlaydigan, turli ekologik 
chora-tadbirlar  ishlab  chiqadigan  muhitning  ifloslanishini,  zaharlanishini  tahlil 
qiladigan  «ekologik  ekspertiza»  kabi  yo‘nalishning,  EHM  aparatlari  hisoblari 
asosida  matematik  yo‘llar  bilan  ekologik  modellar  yaratish  kabi  yo‘nalishlar  ham 
mavjud. 
Tabiatda bo‘ladigan fizik  jarayonlarning atrof-muhitga  ko‘rsatadigan  zararli 
ta‘sirini  kamaytirish  tirik  organizmlarning  sog‘ligini  saqlashda  muhim  ahamiyat 
kasb  etishini  e‘tiborga  olgan  holda  «Fizikaviy  ekologiya»  yo‘nalishi  ham  fan 
sifatida kiritildi. 
Shunday  qilib,  ekologiya  tirik  organizmlarning  eng  maydasi-mikro 
organizmlardan  tortib  to  insongacha,  hattoki  insonning  yashash  sharoitini,  uning 
tabiatga va tabiiy holatlarning insonga qiladigan salbiy va ijobiy ta‘sirini o‘rganadi. 
Ekologiya atrof-muhit holatini o‘rganishning nazariy asoslarini yoritadi. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish