7. O‘tilgan mavzu bo‘yicha savol-javoblar. 7 minut
Ma’ruza №1
17
1. Kirish. Ekologik tushunchalar. Fanning rivojlanish tarixi.
Ekologiya fanining tuzilishi
Reja:
1.
Ekologik tushunchalar
2.
Ekologiya fanining tuzilishi.
3.
Ekologiyaning rivojlanish tarixi.
Tayanch so’zlar: Chernobil AES, Orol dengizi, Nevada, Semipolatinish,
Zinburg, Oykos, Z.M.Bobur, A.Sezalpin, D.Rey, J.Zamark, A.N.Beketov,
T.Z.Zoxidov, K.Z.Zokirov, A.Ye.Ergashev, sanoat ekologiyasi, kimyoviy
ekologiya, ijtimoiy ekologiya, odam ekologiyasi, ekologik ekspertiza.
Hozirgi zamon ekologiyasi shunday asov otki, uni jilovlash va o‘rgatish juda
mushkuldir. Shunga qaramasdan uni o‘rganish va o‘rgatish kerak. Buning uchun
tabiiy voqyeliklarni tushunish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, salbiy
holatlarni tuzatishga ijodiy yondoshishdan, tabiat qonunlarini inobatga olibgina
qolmasdan, balki shular asosida o‘z hayot-faoliyatini tuzadigan kishilargina
ekologlar darajasiga kirishi mumkin.
Tabiatning ekologik holati buzilishi – tuproq, havo va suvning tiriklik uchun
zararli moddalar bilan ifloslanishi, o‘simlik va hayvonlarning foydali turlari
kamayib ketishi, o‘tloqzorlar, to‘qayzorlar va tog‘ yon-bag‘irlaridagi buta hamda
daraxtlarning kesilishi kabi holatlar natijasida tabiatni muhofaza qilish hozirgi
kunning eng olamshumul vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
Halq xo‘jaligi turli tarmoqlarining rivojlanishi-tabiiy landshaftlarning tez
o‘zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo‘lishi, aholi sonining
ko‘payishi, energiya, suv va oziq-ovqatga bo‘lgan talabning oshishi natijasida
rivojlanish markazlari tabiatning ichkarisiga, buzilmagan joylarga kirib bormoqda.
Bu ijtimoiy industrial va qishloq xo‘jalik muammolari insoniyatning yashash
muhitining tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Tabiatning bir kichkina joyida
ekologik holatining buzilishi, unga yondosh bo‘lgan katta maydonlar tabiiy
holatining buzilishiga sabab bo‘lib, natijada turli regionlarning aholisi jabr
ko‘rmoqda. Shu sababli, atrof-muhitni muhofaza qilish, bu bir kichik regionning
emas, balki bir qit‘a undagi xalqlar, davlatlarning Xalqaro muammosiga aylanib
qoldi. Masalan, Orol, Orol atrofidagi ekologik fojea butun O‘rta Osiyo,
Qozоg‘istonga emas, balki Eron-Turon to‘prog‘ida joylashgan davlatlarning
hamjihatligida hal bo‘ladigan global muammodir.
Dunyoning turli joylarida yuzaga kelgan ekologik ofatlar –Chernobil AES
ning portlashi, Orolning qurishi, Ufa shahridagi kimyoviy zavodlarning yonishi va
neft mahsulotlarinining suvga tushishi, Nevada, Semiplastinskda, Linburgda
o‘tkazilgan yer usti va yer osti yadroviy portlatishlar ta‘siri yil sayin havfli bo‘lib
bormoqda. Agar biz tabiat qo‘ynida tinch va sog‘ yashashni xohlasak tabiat
qonunlarini o‘rganishimiz, o‘zlashtirishimiz va uning qonunlari asosida o‘z hayot
faoliyatimizdagi rejalarimizni tuzishimiz shart.
18
Tabiatning ekologik qonunlari organizmlarning bir-biri va ularning atrof-
muhit bilan doimiy bo‘lib turadigan munosabatlarini chuqur o‘rganib yetgandan
keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor, bilimdon sarkor bo‘la olamiz.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklar tejamkorlik bilan
foydalanish shu kunning eng global ekologik muammosi hisoblanadi va bu
muammo 6,3-6,5 mlrd. sayyora aholisi, ular yashayotgan davlatlar va mamlakatlar
manfaatini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu muammo hayotning hamma
muammolaridan ahamiyatliroq bo‘lib, Yer yuzidagi tiriklikning, shu jumladan eng
avvalo insonlar salomatligini saqlashni ko‘zda tutadi. Bu xayrli niyatdan orqaga
qaytish Yer yuzidagi hayot va jamiyat taqdirini havf ostida, tabiiy ofatlar yoqasiga
keltirishi, kelajak avlodlarning dunyoga keladigan yo‘lini oldindan berkitib
qo‘yishidan iboratdir.
Hozirgi kunning ekologik muammolari murakkab, ko‘p qirrali va qarama-
qarshi kuchlardan, yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, umuminsoniy talabiga javob
beradigan ekologik strategiya, ekologik xulqiy va yangi ekologik ilmiy-tadqiqot
natijalari asosidagina hal qilinadi. Shuning uchun maxsus va chuqur ekologik
bilimlarga ega bo‘lgan yuksak qobiliyatli mutaxassislar kerak.
Insoniyat taraqqiyotining XX-asri o‘tib XXI-asr boshida turibmiz. O‘tgan
asrdan ma‘lumki, har qanday buronlar, falokatlar, 2-marta jahon urushi, turli xil
hududiy janjallar va boshqa inqiroziy voqealardan qat‘iy nazar, birmuncha ijobiy
o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Eng avvalo aytish mumkinki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini ta‘minladi.
Tarixdan ma‘lumki hali dunyodagi mustaqillikka erishgan davlatlardan birortasi
qurbonlarsiz va yo‘qotishlarsiz erishgan emas. O‘zbekiston mustaqilligi imkon
qadar kam yo‘qotishlar va qurbonlarsiz va vayronagarchiliklarsiz bo‘ldi. O‘tgan
asrda yuz bergan yana bir ijobiy o‘zgarish ilm-fan taraqqiyotining yuqori
bosqichlarga
kutarilganligi,
yangi
texnika
va
texnolgiyalarning
paydo
bo‘lganligidir. Birinchi marta ekologiya tushunchasini Gekkel (1866 yili) kiritgan.
«Ekologiya» so‘zi grekcha «oykos» - uy, vatan, yashash joyi ma‘nosini berib
tarix mavjudodlarining o‘z uyidagi turmush tarzi to‘g‘risidagi fandir. Yoki
boshqacha qilib aytganda, ekologiya bu tirik organizmlarning atrof-muhit bilan
munosabatini tushuntiruvchi fandir.
Ma‘lumki, tabiiy muhit-hayot va insoniyat makonidir. Tabiat nihoyatda
mukammal bo‘lib, uning bir ma‘suli ikkinchisiga ozuqa hisoblanadi va
ko‘payishiga imkon beradi. Texnika taraqqiyoti tabiiy boyliklardan foydalanishni
va tabiiy muhitni zaharlovchi moddalar bilan shikastlashni me‘yoridan oshirib
yubordi. Natijada tabiiy muvozanat buzildi. Havosi, suvi va tuprog‘i o‘zgargan,
buzilgan hududlardagi o‘rmonlar yo‘qolib, ularning o‘rnini cho‘llar va sahrolar
egallamoqda. Yovvoyi hayvonlar, baliqlar va qushlar qirilib bormoqda, insoniyat
salomatligiga ziyon yetkazilmoqda. Shuning uchun ham tabiatni muhofaza qilish
ishlari davrimizning siyosiy-iqtisodiy, texnik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
muammolardan biriga aylanmoqda. Tabiat qonunlariga e‘tiborsizlik oqibatida xalq
xo‘jaligiga ziyon keltirilmoqda. Yerning cho‘kishi va surilishi sel kabi havfli
hodisalar ko‘paymoqda. Ichimlik suvlarining ifloslanishi esa suv tanqisligini
yuzaga keltirmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga
19
e‘tibor kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning
«O‘zbekiston XXI–asr busag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolati» asarida ham tabiatni muhofazalashga alohida e‘tibor berilgan.
Lekin buzilgan muhitni qayta tiklash, uni asrab qolish juda katta muammodir.
Shuning uchun ham Orol dengizini dastlabki tabiiy holatini tiklash masalasi hozirgi
1992 yil 9-dekabrda tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
qonunini qabul qilishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |