14
Oyda atmosfera yo‗qligi uchun, uning Quyoshga qaragan tomonida harorat
117
0
C issiq, teskari tomonida esa -153
0
C sovuq bo‗ladi. Oyda suv yo‗q, demakki,
bulutlar ham yo‗q. Oyning og‗irligi Yernikidan 81,3 marta kam. Oy sirtidagi
dengiz va tog‗li hududlar qurollanmagan ko‗z bilan ham (durbinsiz, teleskopsiz)
ko‗rinadi. Biroq bu dengizlarda suv yo‗q. Oy bizga ingichka o‗roq shaklida
ko‗ringanda Oy diskining qolgan qismi ham bir oz nur sochib turadi. Bu kulrang
yorug‗lik hodisasi bo‗lib, Oyning tungi tomonini Yerdan qaytgan Quyosh nurlari
bilan yoritishi oqibatidir. Oyning Yer atrofini (Quyoshga nisbatan) aylanish davri
29,5 sutkaga teng. Oyning o‗z o‗qi atrofida aylanish davri uning Yer atrofida
aylanish davriga tengligi uchun, biz hamma vaqt oyning faqat bitta yarim sharini
ko‗ramiz. Oy o‗z o‗qi atrofida aylanishida Quyosh tomon o‗zining turli
tomonlarini ketma-ket o‗girib boradi. Binobarin, Oydagi kunning uzunligi Yerdagi
ikki haftaga va bizning ikki haftamiz Oydagi bitta tunga to‗g‗ri keladi.
Samoda Oyning ko‗rinma harakat yo‗li o‗zgaruvchan vaziyatga ega. Oyning
ko‗rinma harakati Oy fazalari bilan bog‗liq bo‗lgan tashqi ko‗rinishning uzluksiz
o‗zgarib borishi bilan birga kechadi. Ba‘zi kunlari Oy osmonda umuman
ko‗rinmaydi. Boshqa kunlari esa u o‗roq shaklida, yarim aylana va to‗liq aylana
shaklida bo‗ladi. Oy fazalarining bu kabi ko‗rinishlarini quyidagicha tushuntirish
mumkin: Oy Yer kabi qorong‗i va shar shaklidagi jism bo‗lib, u Yer atrofidagi
harakati davomida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni egallaydi. Quyoshdan
uzoqligi tufayli Oyga tushuvchi Quyosh nurlari deyarli parallel bo‗ladi va doimo
Oy sharining teng yarmini yoritadi, qolgan qismi esa qorong‗i bo‗ladi. Oyning
yorug‗ va qorong‗i yarim sharining qismlari Yerga tomon o‗girilgani bois, bizga
to‗liqsiz aylana shaklida bo‗lib ko‗rinadi. Oyning 4 ta asosiy fazalari farqlanadi,
ular sekinlik bilan biridan boshqasiga o‗tib boradi: Yangioy, Birinchi chorak
fazasi, To‗linoy, Oxirgi chorak fazasi.
Yangioy paytida Oy, Quyosh bilan Yer oralig‗idan o‗tadi, bu paytda Oyning
qorong‗i tomoni Yerga o‗girilgan bo‗lib, u osmonda ko‗rinmaydi. Yangioydan ikki
kun o‗tgach Oy Quyosh botgandan so‗ng g‗arb tomondagi (Quyosh botishi
tomonda) kechki shu‘lalar nurlari orasida o‗roq shaklida ko‗rinadi. Oy o‗rog‗i
15
kundan-kun kamayib taxminan yetti so‗tkadan so‗ng Yangioydan keyin, yarim
aylana shaklida bo‗ladi. I-chorak deb ataluvchi faza yuzaga keladi. Oyning yorug‗
va qorong‗i yarim sharlarining yarmi Yerga tomon o‗girilgan bo‗ladi. Bu faza
paytida Oy kechaning birinchi yarmida ko‗rinadi va so‗ng gorizontga kiradi
(botadi). Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan Oy yarim sharining yorug‗qismi har kuni
kattalashib boradi va taxminan I-chorakdan keyin 7 sutka o‗tgach to‗linoy yuzaga
chiqib, Oy to‗la aylana shaklida bo‗ladi. Bu paytda Oy yarim yorug‗ shari bilan
to‗liq Yerga o‗girilgan bo‗ladi. To‗linoy osmonda Quyoshga qarama-qarshi
tomonda ko‗rinadi. Shu bois Oy osmonda tun bo‗yi (tong otguncha) ko‗rinadi va
taxminan Quyosh botishi paytida chiqadi va Quyosh chiqishi arafasida botadi.
To‗linoydan so‗ng Oy kichrayib boshlaydi, g‗arb tomondan uning doirasi kamayib,
Yerdan qaraganda Oyning yoritilgan yarim sharining kundan-kunga qisqarib
borishi kuzatiladi. To‗linoydan taxminan 7 sutka o‗tgach Oy yana yarim doira
shaklini egallaydi va oxirgi chorak yuzaga keladi. Bu paytda Yerga oyning yarim
yorug‗ va yarim qorong‗i yarim sharlari o‗girilgan bo‗ladi. Oy tunning ikkinchi
yarmidan to Quyosh chiqquncha ko‗rinadi. Oyning yorug‗ qismi asta-sekin
kamayib borib, u yana o‗roq shaklida bo‗ladi va Quyosh chiqishidan sal oldin,
tongi nurlar shu‘lasida sharq tomonda (Quyosh chiqish tomon) ko‗rinadi. O‗roq
shaklidagi Oy 2-3 kun o‗tib ko‗rinmasdan qoladi va Oy yana osmonda paydo
bo‗ladi, taxminan 7 sutkadan so‗ng oxirgi chorakdan keyin yana yangi Oy chiqadi.
Oy fazalari –Yangioy va To‗linoy oralig‗ida kuzatilganda xuddi o‗sib
(to‗lishib) borayotgandek, To‗linoy va Yangioy oralig‗ida esa kichiklashib
(kamayib) borayotgandek tuyuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: