26
Qanday sir bor bilolmas hech kim ,
Osmonlarning tashqarisida.
ISHQ degan bir buyuk qo‘rg‘on bor,
Chap yonimning ichkarisida.
Ulog‘ini bermas o‘zgaga,
Dunyolarning ko‘pkarisida.
VATAN deya ot chopadi u,
Chap yonimning ichkarisida
.
Uning
she’rlarida
tuyg‘ular
nafosati
va
ifoda
malohati
mavjlanib
turadi.She’rlarining samimiy ohangi o‘qishliligini ta’minlaydi:
Ishqim ishqing ichiga,
Bir kun albat joylagum.
Qalbimning ko‘zi bilan
Yuragingni poylagum.
Baxtli kunlar kelishiga bo‘lgan cheksiz ishonch iforlari shoirning har bir satridan
ufurib turadi:
Hijronning yomg‘irini
Jala bo‘lib loylagum.
Yo‘limdan chiqqan g‘amni
Baxt yoniga boylagum.
Shoirning she’rlarini
mutolaa qilar ekanmiz,u uchun ko‘ngil amriga quloq tutish
doim birlamchi o‘rinda ekanligini anglaymiz:
Yo‘llar olis, manzil olis
Yetolmayman…
Yuragimni tashlab yolg‘iz,
Ketolmayman…
Xalq qo‘shiqlarini eslatuvchi yuqoridagi kabi satrlarda shoirning ruhiy olami
go‘zal bir shaklda ifodasini topgan. ”So‘rayveraman” nomli she’rida Zebo
Mirzoning:
27
Ayt qaydan topasan qochmoqqa imkon,
Men seni Xudodan so‘rayveraman…
satrlarini epigraf sifatida keltirishi Quvonchbekning el ardog‘idagi
shoirlar ijodi
bilan yaqindan tanish ekanligidan dalolat beradi.Ularning ijodi bilan shunchaki
tanish bo‘libgina qolmay,ustozlar she’rlaridan ta’sirlanib she’rlar yarata olishi
ijodkorning mahorati va adabiyotga mehri natijasidir:
Sevmasang ham aslo ketmayman kechib,
Ko‘zlaringga qarab kuylayveraman.
Hayyomdan qolgan ul maylardan ichib,
Men sendan Xudoni so‘rayveraman.
Zebo Mirzo she’ridan farqli ravishda
“Men sendan Xudoni so‘rayveraman”
naqoratining berilishi ifoda teranligining go‘zal namunasidir.Ya’ni
shoir yorning
chehrasida Tangrining jamolini ko‘radi.Barcha shoirlardagi kabi abadiy mavzu-
muhabbat mavzusi Quvonchbek ijodida ham yetakchilik qiladi:
Quvonchni bilaman, qayg‘u yo‘q menda,
Hijronni ezaman, qiynayveraman.
ISHQdan buyuk o‘zga tuyg‘u yo‘q menda,
Men sendan Xudoni so‘rayveraman.
Quvonchbekning she’rlarida muhabbat hech bir shoirnikiga o‘xshamagan
,o‘zgacha tarzda kuylanadi:
Ko‘zimizda shaxt bilan,
Dilimizda baxt bilan,
Ajib shirin dard bilan,
Mehrbo‘ron o‘ynaylik…
“Qorbo‘ron” shubhasiz hammaga tanish so‘z,ammo,”mehrbo‘ron”ni
shoirning go‘zal topilmasi deyishimiz mumkin.Tatar shoiri Hodi Toqtashning
“muhabbat o‘zi eski narsa.Har bir dil uni yongortadi”deya ta’kidlagani
bejiz
emasligini Quvonchbekning quyidagi satrlari ham tasdiqlaydi:
Yuragimga ishonsang bo‘ldi,
Tomirlarim — ko‘kdagi chaqin.
28
Tuyg‘ularim osmoniy mening,
Chunki ular Xudoga yaqin.
Shoir kelajakka umid ila boqib, shunday yozadi:
Bizning baxtni ko‘rib hattoki,
Baxtning o‘zi hayron bo‘ladi.
Shoirning ijod namunalarini kuzatganimizda she’rlarida asosan tazod san’atidan
foydalanishining guvohi bo‘ldik:
Kuysak ishq nuridan kuyamiz,
Do'stlaringiz bilan baham: