21
yo‘q. Aksincha, unda mehribon onaizoridan loaqal holing ne? -deb so‘rashga-da
yaramagan o‘g‘ilning o‘kinch va armonlar jo bo‘lgan:
Hech birin o‘qima, hammasini yoq,
Ozgina bo‘lsa ham uying isisin.
Shubhasiz, shoir bolam, deb ardoqlab, faxrlanib yurgan onaizor bu she’rlarni
yoqmaydi va qog‘oz bilan uy isimaydi. Ammo butun poetik joziba qudrati ham
lirik qahramon qalbida yoshlikning ayozli tunlarida hovlida o‘tin
orqalab yurgan
onaizordan ko‘ngil uzolmagan dardchil qalbining suvrati chizilganida. Yuzlab
She’rlar ona yoqqan bitta alangaga teng kelolmasligi teran his qilinganida
namoyon bo‘ladi. O‘zbekona qadr,
“bemehrlik”
qa’ridagi poyonsiz mehr chizgilari
kitobxonni ham beixtiyor yoshlik yillari xotiralari, qadrdon qishlog‘i
va xokisor
onaizori yodi sari yetaklay oladi.
Yosh ijodkor
Shohro‘zbek Umarjonov
ning:
Raqqosadek o‘yinga tushdi qalamim,
Osmonga varrakdek uchirdim she’rlar.
deya bitganlaridan ham ko‘rinib turibdiki,uning she’rlarida yoshlik,beg‘ubor
tuyg‘ular nafasi ufurib turadi.U yuksak marralarni ko‘zlayotgan,qalbi orzularga
limmo-lim yoshlardan biridir:
Eng katta orzuyim,ko‘nglimda bugun,
Yurtim, senga sovg‘a qilaman “Nobel”!
Jonajon vatani ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishni hayotdagi asosiy maqsadi
deb biladigan intiluvchan tengdoshimizning barcha
orzulari amalga oshishiga
tilakdoshmiz.
Yosh shoir o‘z ijod namunalarida vatanga,onaga,yorga va she’riyatga
bo‘lgan cheksiz muhabbatini samimiy so‘zlar ila ifodalashga harakat qiladi.U
Onajoniga atalgan she’rida :
Farzandingiz-idish, siz-kulol”
deb yozadi.
Qalbingiz Ka’ba men uchun,
Uni obod etayin har vaqt
.
Yosh shoir Ona qalbini Ka’badek muqaddas maskanga qiyoslashi va uni
obod etishni o‘zi uchun sharafli burch ekanligini anglashi barobarida,ona
uning
22
yorug‘ istiqboliga umid nigohlarini tikkanini teran his qiladi.Yuqoridagi kabi
umidbaxsh misralar muallifi ba’zi o‘rinlarda oshkora didaktikaga berilib ketishi
bizni hayron qoldiradi:
Yaxshilik qil,savob ish qil,mehnat qil,
Shior bo‘lsin:Dil bay yor-u dast ba kor.
Yosh yigitning kutilmaganda:”
Mansuri an al-haq bo‘lib o‘tsaydim”
deyishi yoki
“Haqiqat,adolat uchun qadam bos,Faqat rost so‘zlagin toki tiriksan”
deya
nasihotomuz ohangda so‘zlashi uning yoshiga mos emasdek tuyuladi.Ayni
yoshdagi insonga umid,fidoyilik,kuraShuvchanlik ruhiga to‘la she’rlar
munosib
deb o‘ylayman.Ba’zi o‘rinlarda esa shoir:
Kungaboqaringman bulutli quyosh,
Ko‘z yoshim sumalak bo‘lib muzladi.
Ildizim sug‘organ suv emas -ko‘z yosh,
Nur tegmagan bargim butkul bo‘zladi.
deya kuchli iztirob chekishini kuzatishimiz mumkin.U “
Dardimdan teraklar bo‘ldi
simyog‘och”
jumlasi orqali dardning kuchlilik darajasini ifodalashga urinadi.
Ijodkorning to‘rtliklarida bu dardning yanada ta’sirliroq ifodasini ko‘ramiz:
Ko‘rib sizni men haqiqiy mard bo‘ldim,
Oshiq bo‘ldim va sohibi dard bo‘ldim.
Oshiqlikni da’vo qilsam har qancha,
Davo topmay rangi-ro‘yi zard bo‘ldim.To‘rtlikdagi mard,dard,zard so‘zlarining
qofiyadosh so‘zlar sifatida berilishi hamda da’vo va davo paronim so‘zlarining
qo‘llanilishi she’rga o‘ziga xos ma’no bag‘ishlagan.Ijodkor:
Agar oshiqda ishq
Bo‘lsa mukammal,
Tosh yurakni
Tafti bilan eritur.
deya o‘z-o‘ziga taskin berib,umidini so‘ndirmasligi kabi holatlar bizni quvontiradi.
Shoirning ko‘pgina she’rlarini o‘qir ekanmiz dard tufayli tushkunlikka tushish
Shoxro‘zbek uchun she’rdagi oniy holat ekanligini,uning ko‘zlari hamisha
23
kelajakka katta ishonch va umid bilan boqishiga amin bo‘lamiz.Buni
quyidagi
she’r ham tasdiqlaydi:
Hikmat izlaganga berildi hikmat,
Sen baxtni izlagin o‘z yuragingdan.
Bir kuni kelsa ham agar qiyomat,
Tabassum qilaver yashaganingdan.
Baxt biz erishmagan saroblar emas,
U senga atalgan tabiiy ne’matlar.
Mashaqqat sen uchun azoblar emas,
O‘sha izlaganing-Oliy hikmatlar.
Shohro‘zbekning ijod namunalariga nazar tashlar ekanmiz,Mashrab,Bobur kabi
mumtoz shoirlarimiz she’rlaridan ta’sirlanib,ularning she’rlaridan epigraflar
keltirganining guvohi bo‘lamiz.Intiluvchan tengdoshimiz yangi-yangi usullarda
ash’orlar bitishga harakat qiladi.Uning musoviyatarafayn shaklidagi she’ri ham
izlanishlarining natijasidir:
Yorim
Har tun
Uyimda
Bo‘lgin!
Har tun
qilgin
ravshan
Yuragim!
Uyimda
ravshan
Oyim
Bo‘lgin!
Bo‘lgin-
Yuragim,
Bo‘lgin-
Keragim!
Bilamizki, musoviyatarafaynning yuksak namunasi Ogahiy ijodida uchraydi.
Shohro‘zbekning bu yo‘ldagi izlanishi ayrim kamchiliklardan holi bo‘lmasa-
da,uning intiluvchanligi tahsinga loyiq.
Bugungi o’zbek she’riyati markazida turgan lirik qahramon zamondoshimiz
qalbida kechayotgan his-tuyg‘ularni XXI
asr kishisining tafakkur tarzi, ruhiy
evrilishlari fonida ifoda etmoqda. Agar istiqlolgacha bo‘lgan davr o’zbek
she’riyatida lirik qahramon tuyg‘ulari ifodasi orqali uning qalbini anglashga,
poetik tadqiq-u tahlil qilishga intilish ko‘zga tashlansa,
keyingi yillarda
yaratilayotgan lirika namunalari biz ko‘nikkan shakl va uslub chegaralaridan
24
«qalqib chiqib», e’tiborimizni turfa manzaralar tasviriga qaratmoqda. Shu yo‘lda
izlanishlar olib borayotgan umidli ijodkorlardan yana biri
Do'stlaringiz bilan baham: