75
O‘zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‘zining
qarashlarini tinglovchiga zo‘rlab o‘tkazish va so‘zlovchilarni tuzatib turishdan
o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi
fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Keng doiradagi munozara
oqibati o‘laroq talabalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni
aniqlashga yanada qobiliyatlari orta boradi, hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy
tajribalarida yaratgan g‘oyalar tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil
etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:
o‘ziga ishonch hosil qilish;
ishda faol ishtirok etish;
o‘rtoqlar va o‘qituvchi bilan fikr almashish;;
o‘zgalar fikrini tinglay olish
.
1.
Klasterlarga bo‘lish.
Bu pedagogik strategiya bo‘lib, talabalarning u yoki bu mavzu bo‘yicha erkin
va bemalol o‘ylashlariga yordam beradi. U faqat g‘oyalar orasidagi bog‘lanishlarni
fikrlashni ta’minlaydigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi.
U fikrlashning
oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan zid bog‘liqdir.Klasterni mavzuni
o‘tish boshlangan vaqtda amalga oshirish lozim.Masalan,”Muhammad
Yusuf
she’riyati” mavzusi o‘tilayotgan vaqtda o‘quvchilarni ushbu mavzu yuzasidan
dastlabki bilimlarini aniqlash yuzasidan klaster o‘tkazish mumkin.O‘quvchilarga
Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni klasterga tushirish
topshirig‘I beriladi va ularning Muhammad Yusuf haqidagi dastlabki tasavvurlari
aniqlab olinadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi mavzuni tushuntirishi mumkin.
Klasterlarga bo‘lishdan axborotlarni
chorlash bosqichida ham, fikrlash
bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o‘rganilguncha
fikrlash faoliyatini ta’minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterlarga bo‘lish
talabalarning tasavvurlarini yangi bog‘lanishlari yoki ularning grafik ifodalari
ko‘rinishlarini ta’minlovchi sifatida ham o‘tganliklarini yakunlash vositasi sifatida
76
qo‘llanilishi mumkin. Bu o‘z
bilimlariga, muayyan mavzu to‘g‘risida tasavvuriga
va uni tushunishga yo‘l ochadigan nazardagi strategiyadir.
Klasterlarga bo‘lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
1. Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama
qilmang, shunchaki yozib olavering.
2. Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang.
3. Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan to‘xtamang.
Miyangizga
fikr kelishi tuxtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog‘ozda
nimalarnidir chizib o‘tiring.
4. Imkoni boricha, bog‘lanishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tizib chiqing,
g‘oyalarning oqimi sifati va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qo‘ymang.
Klasterlarga
bo‘lish,
ayrim
tadqiqotchilarning
ta’biricha,
bu juda
moslashuvchan strategiyadir. Uni individual tarzda ham guruhda ham qullash
mumkin. Guruh faoliyatida u guruh g‘oyalarining tirgovichi sifatida xizmat qiladi.
Bu esa talabalarni har bir amalda bo‘lgan bog‘lanishlarga, aloqalarga
yaqinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: