Alisher navoiy lirikasi


Keraktur ishqi pinhoni-yu dog’i ishq pinhoniy



Download 240,3 Kb.
bet6/16
Sana18.07.2022
Hajmi240,3 Kb.
#820342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Alisher navoiy lirikasi

Keraktur ishqi pinhoni-yu dog’i ishq pinhoniy. (6. 426)
Alisher Navoiy ushbu bayt bag’riga o`zi muridi komili bo`lgan naqshbandiya tariqatining «Dil ba yor-u dast ba kor» tayanch g’oyasi mohiyatini singdirgan. Aslida ulug’ shoir she’riyati qahramonlari ishqdan etgan barcha ozor-u mashaqqatlarga sabot va matonat bilan bardosh berishga tayyordirlar. «G’aroyib us-sig’ar» devoni g’azallarining biriga mansub bo`lgan quyidagi bayt lirik qahramoni haqida ham shunday xulosaga kelishga asos bo`ladi:
Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,
Elga gar bu ish hunar bo`lsa, bo`luptur fan manga. (3. 35)
Ulug’ shoir ishq bobida tenglik falsafasini ilgari surib, g’azallarining birida: «Ishq aro shoh-u gado tengdir, balki gado fuzun»,- deya e’tirof etadi. Biroq bu muaddas tuyg’uni e’tiqodida sobit bo`lmagan, munofiq kishilar tomonidan toptalishini keskin tanqid qiladi:
Ulki ermas ishqi pok-u sajda aylar ko`rsa husn,
O`yladurkim, aylagay fosih tahoratsiz namoz. (3. 182)
Husn – go`zallikni ko`rib, unga mahliyo bo`lgan kishining sajda qilishi pok ishqning nishonasi emas. Undagi «sadoqat» va «e’tiqod» nobakor kimsaning yuviqsiz – tahorat olmay namoz o`qishi bilan barobardir. Ishq, avvalo, poklik, qolaversa, sadoqat-u chinakam e’tiqod bilan muqaddasdir. Mana shu talab-tamoyillar buzilgan joyda xoh majoziy, xoh ilohiy ishq bo`lsin, bular haqida gap-so`z bo`lishi mumkin emas.
Shunday qilib, Alisher Navoiy lirikasida hamd, na’t yo`nalishidagi she’rlar, ijtimoiy hayotning turli muammolari, odob-axloq me’yorlariga bag’ishlangan badiiyat namunalarini juda ko`plab uchratish mumkin.
1.2 Alisher Navoiy g’azaliyotining shakliy, g’oyaviy xususiyatlari, yetakchi qahramonlari va badiiyati.
Alisher Navoiyning o`zbek tilidagi qomusiy devoni «Xazoyin ul-maoniy» mumtoz adabiyotimiz xazinasidagi jozibali she’riyatning eng yuksak cho`qqisi sanaladi. Ulug’ shoirning kichik she’riy janrlar taraqqiyoti tarixidagi muhim xizmatlaridan biri shuki, u o`zi yashagan davrga qadar turkiy badiiy so`z san’atida mavjud bo`lgan g’azal, masnaviy, qasida, tuyuq, qit’a, ruboiy, fard, soqiynomani yuksak ravnaq pag’onasiga ko`tardi. Shuningdek, yig’ma devonini rang-barang mavzularda bitilgan, turkiy she’riyat uchun nisbatan taqchil bo`lgan muxammas va musaddas, musamman va mustazod, tarje’band va tarkibband, muammo va lug’z-chiston singari adabiy shakllar bilan bezadi.
Alisher Navoiy ma’naviy merosi tarkibidagi 16 janr orasida g’azal alohida mavqega ega. Ulug’ shoir o`ziga xos uslubda ijod etgan bunday badiiy yaratmalarida, avvalo, mavzuni batafsil yoritish uchun matlada aytilgan fikrni mantiqiy rivojlantirib borish, she’r qahramoni hissiy-ruhiy kechinmalarini badiiy san’atlar yordamida haqqoniy va samimiy tasvirlashga erishdi. Oshiqona g’azallari tarkibida mav’iza – pand-nasihat mazmundagi baytlarga keng o`rin berdi. Ayni mayl g’azal janrini tor oshiqona qoliplardan ma’no-mavzu ko`lamdorligiga olib chiqish uchun qulay imkoniyat hosil qildi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda ulug’ shoir yuksak san’atkorlik namunalarini namoyish qildi. O`zidan keyingi ijodkorlar uchun ilhom manbayi, adabiy maktab vazifasini o`tagan navoiyona bunday uslubning shakllanishida, shubhasiz, XV asrga qadar musulmon mintaqa adabiyotida vujudga kelgan adabiy an’analarni teran o`rganish muhim ahamiyat kasb etgan. G’iyosuddin Xondamirning ma’lumotiga ko`ra, Alisher Navoiyning bolalik chog’laridanoq ulug’ turkigo`y shoir malik ul-kalom Mavlono Lutfiyning nazariga tushib, uning yuksak bahosiga loyiq ko`rilishi yosh shoirning ijod maydonida zavq bilan javlon urishi uchun o`ziga xos adabiy maktab vazifasini o`tagan. «Xazoyin ul-maoniy» tarkibidan o`rin olgan besh musammat (3 muxammas, 2 musaddas) barchasining faqatgina Mavlono Lutfiy g’azallariga bog’langan taxmislar ekanligi fikrimizni to`la quvvatlaydi. Ulardan birining maqtasida quyidagi satrlar mavjud:

Download 240,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish