Shaytanat” asarida davr muammolari talqini Urdu 1-kurs magistranti Turdiyeva Durjongul Annotatsiya



Download 19,16 Kb.
bet1/2
Sana21.07.2022
Hajmi19,16 Kb.
#831843
  1   2
Bog'liq
Turdiyeva D Shaytanat romanida davr muammolari talqini



Shaytanat” asarida davr muammolari talqini
UrDU 1-kurs magistranti Turdiyeva Durjongul
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning adolatsiz jamiyat, og‘ir ijtimoiy muhit tufayli boshiga hayotning turli sinovli, ayanchli ko‘rgiliklar yog‘ilgan insonlar, jinoyat olami haqida yozilgan "Shaytanat" asari tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: qatag‘on davri, “qayta qurish”, paxta siyosati.
Tohir Malik o‘zbek adabiyotining eng ko‘zga ko‘ringan darg‘alaridan biri. Adibning betakror san’atkorlik, so‘zga ustalik mahorati haligacha kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelayotgan diniy-tarbiyaviy, fantastik, dedektiv asarlarida va asarlari asosida suratga olinib tomashabinlar qalbidan joy olgan ko‘p qismli filmlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda kitoblari eng ko‘p sotilayotgan adib ham Tohir Malik ekanligi fikrimizning tasdig‘i bo‘lsa, ajabmas.
Jumladan, o‘zbek kitobxonlari orasida “Shaytanat” asarini o‘qimagan, o‘qib o‘yga tolmagan kishi bo‘lmasa kerak. Qahramonlarning shaxsiyati va ularning turmush tarzi, xarakter xususiyati, ijtimoiy turmush tarzi bilan bog‘liq keskin va shu bilan bir qatorda kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan voqeliklar rivoji o‘tkir syujetli «Shaytanat» asarining asosini tashkil etadi.
Adabiyotshunos H.Karimov ta’kidlaganidek: “Har bir davr o‘z muammosi, konsepsiyasi, pozitsiyasi va qiyofasiga ega bo‘ladi. Bu hol nafaqat odam, balki jamiyat faoliyatiga ham ta’sir qilib, uning yo‘nalishini ham belgilaydi. Bu jarayondagi yutuq va kamchilikllarni, siyosiy-ma’rifiy va ma’naviy qarashlarni inson qalb tug‘yonisiz, iztirobisiz, ma’naviy dunyosisiz tasavvur qilish mumkin emas. Inson tafakkuridagi o‘zgarish davr va jamiyatdagi o‘zgarish ta’sirida bo‘lishi tabiiy hol, o‘z navbatida, jamiyatning to‘g‘ri yo‘nalishini belgilash bilan birga, o‘zining hayotdagi o‘rni va mavqeyini ham namoyon qiladi… Demak, ularda voqea-hodisalar emas, insonning o‘zi, uning o‘y-fikrlari, alamlari, iztiroblari, ruhiyati, ruhiy olami yetakchilik qilayapti, tasvirlanayapti, ochib berilayapti1”. Shu nuqtayi nazardan “Shaytanat” asarida o‘z davrining muammolari tasvirlangan. Ichkilikbozlik, poraxo‘rlik, giyohvandlik, narkobiznes kabi illatlar qoralangan, ayovsiz tanqid etilgan. Asar boshlanmasida Zohidning akasi o‘z o‘rtoqlari tomonidan o‘ldirilgani tufayli fotiha to‘yiga atab yopilgan non janoza uchun yozilgan dasturxonga qo‘yilgani misolida ichkilikbozlik jamiyat uchun qanchalik xavfli illat ekanligi ko‘rsatib berilgan.
“Asadbekning yuragiga qadalgan va ulg‘ayib, qo‘porib bo‘lmaydigan daraxtga aylangan yovuzlik urug‘i, albatta, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. Bu urug‘ning zarralari o‘sha davrdagi tuzum, jamiyat hayoti, ijtimoiy muhit ta’siri orqali vujudga kelgan edi. Yovuzlik urug‘ining bunchalar chuqur ildiz otishini muallif mahorat ila yoritib beradi. Yangi yil oqshomida Asadbekning otasi ko‘z oldida olib ketilishi tufayli uning vujudida qo‘rquv hissi bilan birga nafrat tuyg‘usi ham jo‘sh uradi: “Dadasi ularga boshqa yalinmadi. Faqat: “O‘g‘lim bilan xayrlashib olay”, deb izn so‘radi… dadasi shu ketgancha qaytib qaytmadi”. Otasining qaytishini intizorlik bilan kutayotgan bolakayning umidlarini chilparchin etib, chana bilan qaytgan otasini xafa qilib, yolvorishlariga qaramasdan o‘zlari bilan olib ketgan “yomon odamlar” bolakay xotirasida o‘chmas iz bo‘lib qoladi, yosh Asadbekning qalbida ularga nisbatan cheksiz nafrat uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. “Qorong‘u kechada unga qo‘rquv yaqinlashmadi, lekin mitti yuragiga yovuzlik tuxum qo‘ydi. Yovuzlikning birinchi ovozini o‘rtog‘i Jalil eshitdi: -Ularni o‘ldiraman!...2
Tohir Malik ustalik bilan bola qalbiga o‘sha tuzumga bo‘lgan nafratni joylab qo‘ydi. Tuzum, qatag‘on yillarining alami tufayli bosh qahramon boshi berk ko‘chaga, jinoyat ko‘chasiga kirib qoladi.
Anvar qirq yil avvalgi tergov hujjatlarini o‘rgana turib, Asadbekning otasini mutlaqo aybsiz ekanligini guvohi bo‘ladi.
“Necha ming odam chaquv, tuhmat qurboni bo‘lgan yillarda Asadbekning otasi hech bir chaquvsiz, hech bir tuhmatsiz holda jazoga tortilgan edi. Uni qamash uchun chaquvning hojati yo‘q edi. Huquq ilmini o‘rganayotgan talabaning urushning dastlabki oylaridayoq safarbar etilgani, qo‘shin qurshovda qolgani, ko‘plar qatori asir olingani, konslagerdan qochgani, Yugoslaviya o‘rmonlarida, tog‘larida jang qilgani... 3
Umrini maqtov eshitish, chiroyli qiz -juvonlar bilan aysh qilishga tikkan idora boshlig‘i, "xalq otasi"- Xolidiyni asar qahramonlari ichida eng ikkiyuzlamachi, eng razili deymiz. Darhaqiqat, Xolidiyga o‘xshagan kimsalar ilmda halollik va adolat boʻlishini istagan insonlarni tig‘siz, qurolsiz o‘ldirishga qodir. Ilmda oʻzgarish kutilayotgan damda Xolidiyning koʻp yillik faoliyati puch ekanini aytib, unga zarba bera oluvchi yagona olim — Hikmat Oʻrolov edi. Hikmat O‘rolovni yanchish rejasini tuzib, uning o‘limiga, Anvarning oxir-oqibat aqldan ozib o‘z joniga qasd qilgani o‘ta kuchli tasvirlangan.
«Eng kichik ilmiy xodim» Anvar bilan salomlashib, hol-ahvol so‘ragach, kitob varaqlashga tushdi. «E g‘ofil banda, — deb o‘yladi Anvar, – tarix ilmini suvdek ichib yuborsang ham, Xolidiyga mute bo‘lish ilmini egallamasang, shu holda qog‘oz titib umringni o‘tkazasan. Sen ishga vaqtida kelding. Ahmoq bo‘lib joyingda o‘tiribsan. Boshqalargara, dahlizda turishibdi. Ustozga salom berish uchun uning yo‘lini poylashyapti. Ular tarixni titgani emas, ustozlarini ziyorat qilgani kelishadi. Sen ahmoq esa, ziyorat qilishga bo‘yning yor bermagani uchun kichik ilmiy xodim maoshi bilan pensiyaga chiqasan. O‘lganingda miyangni ochib qarashsa, g‘ij-g‘ij aqlni ko‘rishadi. Akademik bo‘lsa kerak, deb o‘ylashadi. Sen esa kichik ilmiy xodimsan. Afsuski, aqlni tiriklikda ham, o‘lgandan keyin ham ko‘rib bo‘lmaydi.4 Asarda davr illatlari– haq gapni aytish qiyin ekanligi, mansabdor va soxta olimlarning hamisha oshig‘i olchi ekanligi ta’kidlanadi. Xolidiy kabi hammani o‘z yo‘rig‘iga yuritishni kasb qilib olgan, agar uni istagiga qarshi chiqsa, hatto o‘z yo‘lidan yulib olib tashlashga qodir kimsalarning obrazi orqali yaqqol aks ettirilgan.
Otasi tog‘alari tomonidan behosdan o‘ldirilib imi-jimida supa tagiga ko‘milgan, onasi tug‘gan hamona qaynona-qaynotasining ostonasiga tashlab ketilgan Mahmudning ayanchli bolaligini eslaysizmi? Paxta siyosatining eng chirkin pallarida Mahmud endigina o‘n to‘rt yoshga qadam qo‘ygan edi. Olti farzandini birin-ketin endi tili chiqib shirin bo‘lganda tuproqqa qo‘ygan,yettinchi o‘g‘li yigirma yashar paytida bedarak yo‘qolgan chol va kampir Mahmudjonni yubormaymiz, deyishadi. «Paxta siyosati nozik masala, bormasa bolang qamaladi», deb qo ‘rqitishgach, noiloj qolishdi. Bolani ko‘z yoshi bilan kuzatishdi”.
“Terayotgan paxtalarining tayini bo‘lmasa ham bunda yashashga majbur edilar. Chunki yuqoriga boruvchi ma’lumotlarda falon bo‘limda qirq sakkizta norasida bor deyilmaydi. Bil’aks, «falon bo‘limda qirq sakkiz azamat ob-havo injiqliklarini mardonavor engib, fidokorona mehnat qilmoqda» deb yoziladi. Qor aralash yomg‘ir tinishi bilan dalaga haydaluvchi bu «azamatlar» kuniga uch-to‘rt kilo emas, qog‘ozda oltmish-yetmish kilo terayotganlarini bilmas edilar. «Yegan ovqatlaringga loyiq termayapsanlar!» degan minnatdan tezroq qutulib, uyga tezroq qaytish ilinjida shu bostirma ostida yashardilar.5
Dolg‘ali zamon, adolatsiz jamiyat, og‘ir ijtimoiy muhit tufayli boshiga hayotning turli sinovlari, ayanchli ko ‘rguliklari tinimsiz yog ‘dirdi.
Tarixga nazar tashlasak, Sovet mustamlakachiligi istibdodi, milliy adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik va milliy istiqlol uchun olib borilgan kurashning eng yuksak cho‘qqisi 1989-yilning yoz oylarida Farg‘onada boshlangan qonli fojialar bo‘ldi. Butun boshli O‘zbekiston va uning xalqi taqdiri ishonib topshirilgan R.Nishonov esa SSSR Oliy Kengashi minbaridan turib Farg‘ona isyonini «bozorda bir chelak qulupnay ustida kelib chiqqan kelishmovchilik», deb e’lon qildi. Bu qonli voqealar asarda ham tasvirlangan.
Xulosa qilib aytsak, Tohir Malikning "Shaytanat" asari adolatsiz jamiyat, ijtimoiy tuzumda insonlarning boshiga tushgan kulfatlar haqida tasvirlanib, har qanday zamonda, har qanday vaziyatda butun insoniyatni iymon deb atalmish ko‘ngil mulkini sof tutishga, oxiratni o‘ylashga, shayton vasvasasidan forig‘ bo‘lishga undaydi. Bu asar davr muammolarini o‘zida tasvirlab, yoshlarni hushyorlikka chaqiruvchi tarbiya kitobi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 19,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish