Alisher navoiy lirikasi


Har gado egnida bo`lsa eski to`n yo choki jayb



Download 240,3 Kb.
bet7/16
Sana18.07.2022
Hajmi240,3 Kb.
#820342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Alisher navoiy lirikasi

Har gado egnida bo`lsa eski to`n yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq g’alatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri g’ayb,
Lutfini mayxonada oshufta ko`rsang, qilma ayb,
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur. (5. 457)
Mavlono Lutfiy g’azaliyoti xalqona ohangda bitilganligi, baytlarda xalq maqollari va iboralaridan foydalanib yetakchi g’oyani o`quvchiga teran yetkazish hamda insonning murakkab ruhiy holatlari tasvirini she’rxon ko`z o`ngida o`sha vositalar yordamida ta’sirchan bo`yoqdor gavdalantirishga egaligi bilan fazilatlidir. Alisher Navoiy g’azaliyotida ham lutfiyona bunday uslubning ijodiy rivojlantirilganligini kuzatish mumkin. Ulug’ shoir shundan bo`lsa kerak, «Badoye’ ul-bidoya» devoni debochasida turkigo`y ijodkorlardan Mavlono Lutfiy va Mavlono Sakkokiyga juda yuksak baho berib yozadi: «...Va uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiy rahimahum ollohkim (Alloh ularga marhamatli bo`lsin – H.E.) birining shirin ab’yoti ishtihori Turkistonda bag’oyat va birining latif g’azaliyoti intishori Iroq-u Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud bo`lg’ay.» (MAT. 1-tom, 14-bet.) Alisher Navoiyning Mavlono Sakkokiy ijodi bilan yaqindan tanishligi g’azallaridan birining maqtasida kelgan va faxriyaga murojaat asosida vujudga kelgan quyidagi baytda yorqin namoyon bo`ladi:
Navoiy nazm aro tig’i zabonni uyla surdikim,
Pichoq topmas uyatdin o`zni o`lturmakka Sakkokiy. (4. 423)
Keltirilgan iqtibosda Alisher Navoiyning turkiy adabiyotning bu ustoz qalamkashi ijodiga bo`lgan mehr-muhabbati, hurmati, ayni choqda bu ulug’ shoir bilan o`zaro adabiy musobaqa – mushoira uyushtirgani sezilib turadi. Baytdagi yana bir nozik jihatga e’tibor qilmaslikning iloji yo`q. Alisher Navoiy ikkinchi misrada badiiy san’at qo`llashda nafis mahorat ko`rsatgan. Iyhom tasviriy vositasiga murojaat qilgan ulug’ shoir «pichoq - pichoqchi» so`zlarini «o`ynatadi». Buning uchun «Sakkokiy»ning «pichoqchi» ma’nosiga ega ekanligi unga qo`l kelgan. Shunday qilib, baytni quyidagicha talqin qilish mumkin: Navoiy nazm bobida mahorat ko`rsatib, shunday go`zal misralar yaratdikim («tig’i zabonni uyla surdikim» - bu o`rinda ham «tig’» orqali pichoq nazarda tutiladi va bu bilan misralararo tanosub hosil qilinadi), ularni o`qigan «Pichoqchi» (Sakkokiy) uyalib, o`zini so`yish uchun pichoq topolmay dog’dadir. Fikrimizcha, so`z san’ati bobida bundan-da yuksak nazokat bo`lmas.
Tabiat Alisher Navoiydan o`z ehsonlarini darig’ tutmagan. Jumladan, kuchli hofiza quvvati va bir necha tilni puxta bilish iste’dodini unga ravo ko`rgan. Arab va fors tillarini puxta bilgan shoirga o`ziga qadar bo`lgan fors-tojik va arab adabiyotlarini o`ta sinchkovlik bilan o`rganish imkoniyatini berdi. Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Xoja Hofiz, Shayx Sa’diy, Kamol Xo`jandiy, Salmon Sajaviy, Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy singari ustoz ijodkorlar merosini o`ta zavq bilan mutolaa qildi. O`sha ta’b sohiblarining ma’naviy meroslari uning ijodkor sifatida shakllanishida ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan bo`lsa, ajab emas. Ulug’ shoir o`sha adabiy gulshandan ilk bor tuygan va diqqatini tortgan, dimog’ini qitiqlagan muattar gullar tarovatini bir umrga unutmaydi. Shundan bo`lsa kerak, g’azalchilik bobida Amir Xusrav, Xoja Hofiz, Abdurahmon Jomiy o`rnini alohida ta’kidlaydi va ularni ustoz deyishdan faxrlanadi. «Xazoyin ul-maoniy» va «Devoni Foniy»dagi o`nlab ishoralar shundan dalolat beradi. «Favoyid ul-kibar» devonidagi quyidagi qit’a bu jihatdan, ayniqsa, ahamiyatlidir:

Download 240,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish