Mavlono Muhammad Jomiy — Hazrat Mavlaviy Maxdumi Nuranning
(109)
inisi erdi. Zohir
ulumin takmil qilib erdi. Axloq va sifoti darveshona va suluk ravishi bexeshona, advor va
musiqiy ilmida mohir va soyir fazliyotda komil erdi. Ul ogʻogʻa inilikka loyiq va tariyqi alar
tariyqi bila muvofiq erdi. Bu ruboiy alarningdurkim:
In bodaki, man be tu ba lab meoram,
Ne az pai shodiyu tarab meoram.
Zulfi siyahi tu roʻzi man karda siyoh,
Roʻzi siyahi xesh ba shab meoram
(110)
.
Qabri ul hazratning manzillarida qutb us-solikin Mavlono Sa’diddin Koshgʻariy
(111)
(quddisa
sirruhu)ning sufasida, aning ayogʻi sari voqe’durur.
Do'stlaringiz bilan baham: |