Majol i s un-Nafoi s (II - qism)
Alisher Navoiy
59
library.ziyonet.uz/
Navoiy shoir she’riyatidagi badiiy obrazlarning oʻziga xosligi haqida fikr bildiradi va shu
she’rni shoir Jomiy huzurida oʻqib berganida, u shunday deganini keltiradi: «Mirzo, she’r
aytasiz yo odam qoʻrqutasiz?». Oʻsha vaqtlarda buoʻnday goʻzal zarofat, mutoyibalar
xalq orasida tez tarqalib ketar edi. Suhayliyning forsiy devoni Tojikistonda
Sharqshunoslik institutida, «Layli va Majnun» dostoni esa Bodlean ra Oksford
kitobxonalarida saqlanadi.
39. Tarj.: Vaysiy va Sogʻariy ikkovlari Haram (Makka)ga safar qilmoqchi boʻldilar.
Lekin u biri eshagi yoʻqligidan va bunisi eshakligidan u yoʻldan qoldilar.
40. Tarj.: Mening koʻzim injulari [yoshlari] bilan bahor buluti birday. Mening nolayu
zorim bilan bulbul navosi birday.
41. Hazrat Shayx — Abu Muhammad Ilyos ibni Yusuf ibni Zakiy Muayid (tugʻ. 1141,
Ganja — vaf. 1209, oʻsha yerda) Nizomiy Ganjaviy nomi bilan mashhur shoir. Birinchi
marta besh dostondan iborat «Panj Ganj» (Besh xazina) nomi ostida «Xamsa» yaratgan;
«Maxzan ul-asror» (Sirlar xazinasi), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft
paykar» (Yetti goʻzal) va «Iskandarnoma». Oxirgi doston «Sharafnoma» va «Iqbolnoma»
nomli ikki qismdan iborat.
Davlatshoh Samarqandiy Nizomiyni sohibi devon shoir deb ta’riflaydi va uning hajmi 20
ming baytdan iborat deb yozadi. Eron olimlari chop etgan shoir lirikasida 16 qasida, 192
gʻazal, 5 qit’a, 68 ruboiy va 17 fard jamlangan.
Nizomiydan keyin uning dostonlariga javob yozish an’anasi boshlangan. Navoiy ham
turkiyda «Xamsa» yaratadi, undagi har bir dostonda Nizomiyni oʻzining buyuk ustodi
sifatida tilga oladi. «Nasoyim ul-muhabbat»da Nizomiyni buyuk shayxlar sirasida
keltiradi va shoir dostonlaridagi «Nazmlar agarchi zohir yuzidan afsonadur, ammo
haqiqat yuzidin haqoyiq (haqiqatlar) kashfi va maorif bayonigʻa bahonadur» deb
ta’riflaydi. Bu yerda Navoiy Fasih Rumiyning Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul-
asror»iga javob yozgani haqida ma’lumot beradi.
42. Tarj.: Sendan kimdir eshitgan har bir nafasni [soʻzni] shaksiz undan oʻzga ham
eshitadi.
43: Tarj.: Yor vasli koʻyida koʻp yugurdim, [ammo] ishning haqiqati bilan tanish boʻlgan
hech kimni koʻrmadim.
44. Tarse’ san’ati — badiiy san’atlardan. She’rda birinchi misra’ soʻzlari bilan ikkinchi
misra’ soʻzlarining bir-biriga ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh boʻlib kelishidir.
45. Tarj.: Oʻzni zarra qadar [ham] mavjud deb bilmaslik, kerak. Yaxshi-yomon soʻzni
Do'stlaringiz bilan baham: |