Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism)



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/118
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#270892
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
Bog'liq
Alisher Navoiy - Majolis un nafois 2-qism

Majol i s  un-Nafoi s  (II -  qism) 
Alisher Navoiy 
 
61 
library.ziyonet.uz/ 
 
51. «Majolis» tarjimoni Muhammad Qazviniy Navoiyning bu soʻzlarini tarjima qilar 
ekan, xuddi shunday ta’rixli qasidani Navoiy vafotiga uning yaqin doʻstlaridan Sohib 
Doro yozganligini ilova qiladi va har baytning birinchi misraidan «abjad» hisobida 
shoirning tugʻilgan yili va ikkinchi misraidan vafoti sanasi chiqadigan qasidadan birinchi 
baytini keltiradi. 
 
52. «Bu ishlar bashar savhidin tashqari uchun ani derlar erdikim, Atorudni istixroj 
qilibdur». Bu yerda Navoiy shoirning ta’rixli qasidasining yuksak ta’rifini berib, uning 
iqtidoriga qoyil qolganini bildiradi va zamondoshlarini shoir, yozuvchilar homiysi, 
Atorud, (Merkuriy) aql, iste’dod qudratining ramzi sanalgan sayyorasini goʻyo u 
kashfetgan, degan mubolagʻali e’tirofni keltiradi. 
 
53. Muhammad Qazviniy Sayyid Kamol 99 yil yashadi, deb ma’lumot beradi. 
 
54. Tarj.: Ey (goʻzal), jon koʻziga ravshanlik sening yuzing nuridandir. Sening qadding 
sarvni yerga oʻtkazib qoʻygan. 
 
55. Tarj.: Saodat shu’lali ul sham’dan jahonga yangidan ravshanlik yetishadi, deb umid 
qilamiz. Bu bayt Xondamirnnng «Habib us-siyar»da yozishicha, Abu Said bilan Husayn 
Boyqaro oralaridagi muxolifat paytida yozilgan. Bayt ma’nosini Abu Saidga 
yetkazganlarida shoirni pinhona (qatl etishni buyurgan. Navoiyning yuqoridagi uni halok 
qilishganida bir joyga koʻmish uchun soʻngaklarini ham topisha olmadi mazmunidagi 
soʻzlarini Xondamir ma’lumoti bilan bogʻlab tushunmoq mumkin boʻladi. 
 
56. Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr oti Fazlulloh, mashhurdin arbobi, olim. Tafsir, hadis, 
fiqh, tariqat ilmi, arab tili va adabiyotida komil bilimga ega boʻlgan. Farididdin Attorning 
«Tazkirat ul-avliyo asarida keltirilishicha, Abusaidning otasi Abulxayr attor boʻlgan va 
Sulton Mahmud Gʻaznaviy yaqinlaridan sanalar ekan. U bir saroy bino qilib, devorlariga 
Sulton, uning lashkarlari rasmini chizdirgan ekan. Yosh bola boʻlgan Abusaid oʻz xonasi 
devoriga «Alloh» soʻzini yozib chiqqach, otasiga koʻrsatibdi. Otasi «Buni nega yozding? 
debdi. Shunda bola: «Sen oʻz Sultoningning nomini yozding, men oʻz Sultonimning» deb 
javob beribdi. Shu asnodan boshlab, ota saroy devoridagi naqshlarni oʻchirtirib tashlab, 
farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan mashgʻul boʻla boshlagan ekan. 
 
57. Tarj.: Sening oy yuzingdan jon oynasi yasaganlar va u oynaga jonni telmurtirib 
qoʻyganlar. 
 
58. Shoir Kamol Xoʻjandiy (qarang: ushbu kitob, 225-b. 86-izoh) koʻzda tutiladi. 
 
59. Tarj.: «Koʻzingga ayt, bizning yuzimiz xayolidan boshqa hech bir suratni nazariga 
keltirmasin», dedi. Men «koʻzim ustiga» (ya’ni, jonim bilan), dedim. 
 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish