Bog‘cha bayramona bezatilgan. To‘rida A.Navoviy va Z.M.Bobur portretlari. Gullar. Zal milliy tusda bezatilgan. Choyxona tasviri, so‘richalarga yakandozlar solingan, choyxonachi davraga kirib keladi.
Choyxonachi: Odamlaru-odamlar, bog‘da bitgan bodamlar,
Eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar.
Umidlar honasiga, bog‘cha choyxonasiga,
Hamma jam bo‘lib kelsin, quvonchga to‘lib kelsin.
Allomalar kelyapti, momolarim kelyapti,
Ajdodlarim ulug‘lagan, o‘zbeklarim kelyapti.
Exe…..xe…….xe……..!
(Davraga Shum bola kirib keladi).
Shum bola: Choyxonachi aka namuncha jar solasiz, tinchlikmi uzi?!
Choyxonachi: Ey..! Shum bola! Bugun bu yerda ulug‘ alloma bobolarimiz, momolarimiz jam buladilar! Bugun xazrat Navoiy va Bobur bobokalonlarimizni tavallud kunlari nishonlanadi.
Shum bola: Ey… bulmasa katta yig‘in boshlanar ekanda.
Choyxonachi: Xa shunday. Kel, sen ham menga qarashib yubor choy-poy tashigani.
Do'stlaringiz bilan baham: |