(Musiqa ostida Z.M.Bobur kirib keladi).
Choyxonachi: Boburiylar davlatining asoschisi shoir Zahiriddin Muhammad Boburshox!
Bobur: Tole yo‘qki jonimga balolig bo‘ldi,
Har ishniki ayladim hatolig bo‘ldi.
O‘z Yorin qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig bo‘ldi.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, qulluq! Davramizga marxabo!
(Choyxonachi va bolalar Bobur boboga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turishadi).
Shum bola: Choyxonachi aka otlarning dupur-dupur ovozlari kelyapti. Bir bulsa, alloma va momolariimz Navoiy va Bobur bobokalonlariimzni tavallud kunlari Bilan tabriklash uchun tashrif buyuribdilar shekilli.
Choyxonachi: Qani ko‘raylikchi, kimlar ekan.
Ulug‘ Turon o‘lkasining tengi yo‘q xukumdori Sohibkiron Amir Temur Tarag‘ay Bahodirshoh xazratlari tashrif buyurmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |