Shum bola: Xo‘p bo‘ladi.
Choyxonachi: Qani davramizga marhamat!
(«Choyxonachi» musiqasi ostida milliy kiyim kiygan bolalar davraga kirib keladilar. Shum bola «Choyxona» qo‘shig‘ini aytib beradi. Choyxonachi o‘yinga tushadi.)
Bola: Navoiy, Bobur bobolarni,
Yod etmoq uchun.
Alarning ruxini,
Shod etmoq uchun.
Bilganlarimizni yetkazmoq uchun.
Choyxonada bir piyola,
Choy ichmoq uchun
To‘planib aytamiz,
Shirin bir kalom.
Sizlarga yo‘llaymiz,
Hamma: Dildan ASSALOM!
Choyxonachi: O‘xu…. Kelinglar bolajonlar! Choyxonamizga xush kelibsizlar. Hozircha bolajonlar bu yerga she’riyat sultonlari bo‘lmish Navoiy va Bobur bobokalonlarimiz o‘zlarining tavallud topgan kunlarini nishonlash uchun kelib qoladilar. Ularni yana tavallud kunlari bilan tabriklash uchun bobolarimiz va momolarmiz tashrif buyuradilar.
Navoiy bobomiz aziz bolajonlar, 1441 yil 9-fevralda Afg‘onistonning Xirot shaxrida dunyoga keladi. U o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri, buyuk olimi, davlat arbobi, jahon adabiyotining misilsiz siymolaridan biridir. U butun xayoti va faoliyatini insonnig baht-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm va fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. U 1501 yilda Afg‘onistonning Xirot shaxrida olamdan o‘tadi.
Shum bola: Choyxonachi aka davramizga mehmonlar tashrif buyurishyapti.
Choyxonachi: O‘zbek klassik adabiyoti asoschisi, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlari tashrif buyurmoqdalar!
(Musiqa ostida Navoiy kirib keladi. Kuy yangrayotganda choyxonachi A.Oripovning «Uzbekiston» she’ridan parcha o‘qiydi).
Choyxonachi: Ko‘p jaxongir ko‘rgan bu dune,
Hammasiga guvox yer osti.
Lekin do‘stlar she’r axli aro,
Jaxongiri kam bo‘lar rosti.
Besh asrki nazmiy saroyni,
Titratadi zanjir band bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Dune bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston Vatanim manim!
(Choyxonachi va bolalar Navoiy boboga «Xush keldingiz»-deb ta’zim qilib turishadi).
Navoiy: G‘urbatda g‘arib, shodumon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu, mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulga tikanday oshiyon bo‘lmas emish.
Choyxonachi: Ofarin, ustoz, qulluq! Choyxonamizga hush kelibsiz. Davra to‘ri sizniki.
Aziz bolajonlar endi men sizlarga Bobur bobomiz to‘g‘risida aytib beraman.
Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483 yili 14-fevralda Andijon shaxrida tavallud topdi. U Amir Temurning evarasi bo‘lgan. Bizga u judayam ko‘p asarlar yozib qoldirgan. U o‘z davrida shoh, ulug‘ shoir, tarihchi, olim bo‘lgan. U 1530 yili Hindistonning Agra shahrida olamdan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |