Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети


Keplerning birinchi qonuni



Download 1,27 Mb.
bet125/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

Keplerning birinchi qonuni: Har qaysi planeta ellipslar bo’yicha harakat qiladi, qaysikim uning markazida Quyosh joylashgan.
Keplerning ikkinchi qonuni: Quyoshdan planetaga o’tkazilgan radius-vektor teng vaqt oralg’gida teng maydon hosil qiladi. Bu qonundan xulosa shuki, ya’ni orbita bo’ylab planetalar harakatining tezligi bir-xil emas, va u qancha tez bo’lsa, planeta Quyoshga shuncha yaqin hisoblanadi.
Keplerning uchinchi qonuni: Planetalarning Quyosh atrofida aylanish vaqtining kvadrati ularning Quyoshga nisbatan O’rtacha masofasining kubiga teng. ( Kvadratы vremen obrashyeniy planet vokrug solnse otnosyatsya kak kubы ix srednix rasstoyaniy ot solnsa.)
Kepler planetalarni harakatlantiruvchi kuch manbai- bu Quyosh deb hisoblaydi. U fandagi «gravitasion massa» tushunchasiga, «og’irlik» tushunchasiga yaqin kelgan edi. Biroq bu muammoni hal qilish Nyutonga buyuradi.
Kepler Quyosh va Oy tutilishi nazariyasini ishlab chiqib, uni oldindan aytish usullarini taklif etadi. Quyosh va Yer o’rtasidagi masofa kengligiga aniqlik kiritadi va o’z davri uchun yilning istalgan vaqtida planetalar holatini o’ta yaqinlik bilan aniqlab beruvchi masalani, yani Rudolf jadvalini (Imperator Rudolf II sharafiga) tuzadi. N.Kopernikning olamning geliosentrik tuzilishi tarafdori bo’lgan Kepler asarlarini Rim Vatikani inkor etadi. Keplerning «Sokrasheniye kopernikovoy astronomii» nomli asari Vatikan tomonidan taqiqlangan kitoblar ro’yxatiga kiritilgan. Kepler 1630 yilda Regensburg shahrida vafot etadi.

Galileo Galiley (1564-1642)


Mashhur italyan fizigi va astranom Galileo Galiley 15-fevral 1564-yilda Piza shahrida tug’iladi. Uning otasi Venchenso muzikant edi. Galiley uncha boy bo’lmagan aslzoda oilasidan edi. U 11 yoshiga qadar maktabga qatnadi. 1574 yili Vinchenso oilasi Pizadan Florensiyaga ko’chib o’tadi. So’ngra o’sha davr taomiliga ko’a u monastirga ma’lumot va tarbiya olish uchun qabul qilindi. Asosiysi u bu yerda yunon va lotin yozuvchilarining asarlari bilan tanishdi. 1581-yilda Galiley medisinani o’rganish uchun Piza universitetiga kiradi. Tibbiyotga unchalik ham qiziqmagan Galiley, bu yerda matematika, mexanika, fizika va astranomiya bilan ishtiyoqmandlik bilan shug’ullandi. Bu yerda asosiy rolni otasining do’sti Ostilio Richchi o’ynadi. Uning maslahati bilan u bu yerda birinchi marta Yevklid, Arastu va Arximed asarlarini o’qib chiqdi.
Matematika, mexanika, geometriya, fizika va astranomiyaga ishtiyoqi baland bo’lgan Galeley Piza universitetini tashlab, 4 yil Florensiyada matematika bilan shug’ullandi. Ana shu davrda uning gidrostatikaga bog’liq bulgan birinchi ilmiy asarini (U metall kotishmalarning tarkibini aniqlaydigan tarozini ixtiro qildi) va jismlarning harakatlanishida og’irlik markazining rolini aniqlashga doir asarlarini yozdi. Bu Arximed ishlarining davomi edi.
1589 yildan boshlab Galeley dastlab Pizadagi matematika kafedrasida, so’ngra 1592 yildan Paduan universitetida matematikadan dars bera boshladi. Galileyning Paduyadagi xayot davri (1592-1610) uning ilmiy faoliyatining eng gullagan davri hisoblanadi.
Ming yillar davomida odamlar tungi osmonga tikilib, sayyora va yulduzlar harakatini kuzatishgan. Ular haqida qanchadan qancha afsona va rivoyatlar to’qishgan, biroq ularning osmon gumbazidagi harakat qonunlari o’sha davr olimlari uchun sirligicha qolavergan. Nihoyat, 1632 yilda G.Galileyning «Olamning ikki asosiy sistemasi xakida diolog» (K.Ptolemeyning geosentrik sistemasi va N.Kopernikning geliosentrik sistemasi haqidagi ) asari bosilib chiqdi. Unda Galiley dinamika asosi - inersiya prinsipi va klassik nisbiylik prinsipiga asos soldi. Inersiya qonuniga (lat: inertia-tinch xolat,xarakatsiz, faoliyatsiz. ) ko’ra, agar jismga hyech qanday kuch tasir qilmasa, jism qancha uzoq muddat bo’lmasin o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli va tekis harakatini saqlaydi. Galiley jismlarning erkin tushish qonunlarini, qiya tekislikdagi harakatini, gorizontga ma’lum burchak ostida otilgan jismning harakat qonunlarini o’rgandi. U mayatnikning tebranish qonunini aniqladi. Tebranishlar davri amplitudaga (amplituda-tebranish kengligi holatlari orasidagi masofa) bog’lik emas ekan. Mayatniklarning bu xossasi izoxronlik (izoxronnost-baravar davom etish) deyiladi.
1609 yilda Galiley uzining 3 marta kattalashtirib ko’rsatadigan birinchi optik teleskopini, bir oz vaqt o’tgach, 32 marta kattalashtirib ko’satadigan teleskopni ixtiro qildi. Uning yordamida Galiley ilk bor Oy yuzasidagi tog’larni va kraterlarni, Quyoshdagi dog’larni va uning o’z o’qi atrofida aylanishini, Yupiterning 4 ta yuldoshi borligini, Venera fazalarini kashf qildi. Shu bilan birga Somon yo’lining juda uzoqdagi yulduzlar turkumi ekanligini isbotladi. Juda katta ahamiyatga ega bo’lgan Galileyning bu kuzatuvlari uning «Yulduzlar axborotnomasi» («Zvezdniy vestnik») nomli asarida yoziladi.
Cherkov xodimlari uning barcha ko’rganlarini optik aldov, u kishilarni chalg’itmokda deb e’lon qiladi. Birok Galiley Olamning geliosentrik sistemasi haqidagi N.Kopernik talimotining tarafdori bo’lib qolaverdi.
1616 y.da katolik cherkovi rasmiy ravishda Kopernik ta’limotini bid’at deb e’lon qildi va uning asarlarini, ta’limotini eslash, fikrlash hamda o’qishni ta’qiqladi. Galiley Kopernik haqida gapirmay yurishga yoki imo ishora bilan gapirishga majbur bo’ldi. Galileyning 1632 yilda nashr qilingan biz yuqorida aytgan «Dialog» nomli kitobida u materialistik g’oyalarni uch suhbatdosh: Salviati, Sagredo va Simplichio orasidagi munozara tarzida bayon qiladi. Cherkov bu kitobni ta’qiqlaydi. Galiley kashfiyotlaridan qattiq g’azablangan papa va ruhoniylar uni Rimga chaqirishadi. 70 yashar olim inkvizisiya sudiga topshiriladi va 5 oy davom etgan so’roqlardan so’ng, u nihoyat 22 iyun 1633 yilda Kopernik talimotidan voz kechishga va tavba qilishga majbur etiladi.
Shundan so’ng Galiley to umrining oxirigacha yolg’iz, odamlardan uzoqda Florensiyadan uncha uzoq bo’lmagan Architri villasida yashashga majbur qilinadi. 1637 yilda Galiley ko’r bo’lib qolsada, biroq umrining oxirigacha ilmiy ishlarini davom ettiradi. U 1638 yil 8 yanvarda vafot etadi.
Nafaqat fizik, mexanik va astranom bo’lgan, balki muzikant va shoir ham bo’lgan Galileyning ilmiy faoliyati mexanika, optika, astranomiya fanlarining kelgusi taraqqiyotiga juda katta barakali ta’sir ko’rsatdi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish