Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети


- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут



Download 1,27 Mb.
bet124/137
Sana25.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#510268
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137
Bog'liq
ФАН ТАРИХИ МАЖМУА

- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут

Din va uning vujudga kelishi hamda shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, u dastlab o’z ichiga totemizm, feteshizm, animizm, sehrgarlik kabilarni qamrab oladi. Sinfiy jamiyatga o’tish davrida politeizm xalq milliy dinlari paydo bo’ladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jahon dinlari: buddizm (er. avv.VI-V asrlarda Hindistonda), Xristiyanlik (eramizning I asrida Rim imperiyasida), islom (eramizningning VII asrida Farbiy Arabistonda) kelib chiqadi.


Din kishilar ongiga o’z tasirini o’tkazish, bilan bir qatorda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga, taraqqiyotiga ham katta tasir ko’rsatib kelgan. Hozir dinning fanga, uning yutuqlariga bo’lgan munosabati haqida yangi fikrlar mavjud. Biz o’tmishda insoniyat madaniyatining tarixi din va fan o’rtasidagi kurashdan iborat deb kelgan edik. Ammo hayot shuni ko’rsatadiki, fan va din o’rtasidagi munosabat hamma davrda bir xil va bir tekis bo’lmagan. Mas: Uyg’onish davrida yashagan Farbiy Yevropa olimlari N.Kopernik, D.J.Bruno, Galiley, XVIII asr fransuz olimlari Pol Golbax, K.Gelvise-,Deni Didro va boshqalar xristian diniga ochiq-oydin qarshi chiqib, uning malumotini inkor etgan bo’lsalar, Markaziy Osiyo mutaffakkirlari fan bilan islom talimotini bir-biriga qarama-qarshi qo’ymasdan, ikkalasidan ham bahramand bo’lib kelganlar. Mas: Farobiy, Xorazmiy, Beruniy, ibn Sinolar dunyoni xudo yaratgan deb e’tirof qilsalar, bobomiz Mirzo Ulug’bek o’zining «To’rt ulus tarixi» asarida «dunyoni Tangri taolo bino qilgan, odamni ham u yaratgan» degan fikrni aytgan.
Shu tariqa Olam, Yer, Koinot haqidagi o’rta asr diniy ta’limotining qarashlari bilan kapitalistik ishlab chiqarish jarayonining yanada rivojlanishi natijasida fan va texnika sohasida erishilgan ixtirolar va yutuqlar asosida olingan ilmiy qarashlar o’rtasidagi kurash yana davom etaverdi.
Manufakturalar o’rtasidagi raqobat, dengiz orqali savdo qilish, yangi mustamlakalarni topish va ularga ega bo’lish, ochiq dengizda kemaning o’rnini planeta va yulduzlarga qarab aniqlash va boshqalar fan sohasida yanada aniqroq fikrga ega bo’lishni talab qilardi.
Shu borada biz Uyg’onish davrining Galeleygacha bo’lgan bosqichida fan yutuqlarini kuzatar ekanmiz, albatta hammadan oldin polyak olimi astranom, geliosentrik nazariya asoschisi Nikolay Kopernik (1473-1543y) haqida eslamasdan ilojimiz yo’k. Kopernik Polshaning Torun shahrida tug’iladi. Uning ota-onasi Krakovdan bu yerga ko’chib kelgan edi. Kopernik dastlab Krakov universitetida, sungra Italiyaning Boloni, Padui va Ferrari universitetlarida o’qidi. Krakov va Boloni universitetlarida Kopernik astranomiya sohasida yaxshi bilimga ega bo’ldi. Shundan so’ng Paduan universitetida ikki yil davomida tibbiyot ilmini o’rgandi. So’ngra Padui va Ferrari universitetlarida yuridik malumotlarga ega bo’ldi. Bundan ko’rinib turibdiki Kopernik faqat yirik astranom emas, balki matematik, vrach va yurist ham bo’lgan. U yunon tilini ham bilgan va yunon tilidan lotin tiliga
bir qator tarjimalar qilgan. Kopernik Polshaning Fraunburg (hozirgi Frombork) shahrida 20 yildan ko’prok kanonik (diniy unvon, ruhoniylar kengashi yoki kollegiyasining a’zosi) lavozimida ishladi. Shu vaqt davomida u sabor devorining (bashnya) kurg’onlaridan birida yashadi. Shu yerda u o’zining observatoriyasini qurdi va shu shaharda u vafot etdi.
Kopernik o’z umrining asosiy qismini astronomiyaga bag’ishladi. Eng oddiy asboblar yordamida osmon jismlarini 30 yildan ko’prok vaqt kuzatgan Kopernikda Ptolemey tomonidan qabul qilingan geosentrik nazariyaga shubha bilan qaraydi. Ya’ni Ptolemeyning «Yer olam markazida turadi, Quyosh va boshqa planetalar esa Yerning atrofida aylanadi» degan xulosasidan kelib chiqsak deydi Kopernik, unda planetalar harakat qilayotgan orbitalarda o’ta murakkab holat sodir bo’ladi. Kopernik o’ta murakkab astronomik hisoblar yo’li bilan Yer Quyosh atrofida va shu bilan birga o’z o’qi atrofida aylanib turadi, yer planetalarining bittasi bo’lib, hamma planetalar Quyosh atrofida aylanib turadi, degan xulosaga keldi. Kopernikning geliosentrik konsepsiyasi Ptolemeyning geosentrik tizimini butunlay uloqtirib tashladi. Antroposentrizm va diniy afsonalarga kuchli zarba berdi. Kopernikning asosiy xizmati ham ana shunda. Uning o’limi arafasida yani 1543 yilda nashr qilingan «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli asari olamning geliosentrik tuzilishining asosiy tasdig’i bo’ldi. « Butun orbitalar markazida» deb yozadi Kopernik –Quyosh joylashgan, bunday nur taratuvchining barcha tomonga yorug’lik uzatish uchun uning boshqa bir yaxshiroq joyda joylashishi ham mumkin emas. Shuning uchun ham Quyoshni Koinot yuragi, Trimegist esa uni «ko’rinuvchi xudo» Sofoklning Elektrida u hammani kuruvchi deb nomlanishi bejiz emas.» (Bernal Dj. Nauka v istorii obshyestva. M., 1956, str. 223)
Kopernikning bu kashfiyoti fanda g’oyat katta o’zgarish yasadi, u dinning obro’ va tasiriga putur yetkazdi. Kopernikning olamning geliosentrik tizimi konsepsiyasi haqidagi murakkab astranomik ilmiy hisoblardan iborat bu ishi uning yagona shogirdi Retik tomonidan 1542 yilda nashrga tayyorlandi va chop etildi.
Kopernikning «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli olamning geliosentrik tizimi xususidagi asari chop etilgach birdaniga tan olinmadi. Bu yangi tizimning tan olinishida keyinchalik Kipler va Galileyning ilmiy izlanishlari katta ahamiyat kasb etadi.
N.Kopernik kashfiyotining inqilobiy darajadagi ahamiyatini boshida tushunmagan katolik cherkovi «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli kitobni 73 yil o’tgach yani 1616 yilda taqiqlangan kitoblar qatoriga kiritdi, faqat 212 yil o’tgach ya’ni 1828 yilda taqiq olib tashlandi.
Daniyalik astranom Tixo Brage ( 1546-1601) o’zining yulduzlar, planetalar va kometalar joylashishi xususidagi uzoq yillar va ko’p qirrali hamda juda aniq o’lchovlari, ilmiy kuzatuvlari bilan astranomiya fanining keyingi rivojiga ayniqsa katta hissa qo’shgan olimlardan hisoblanadi. Kopengagendan unga uzoq bo’lmagan Ven orolida joylashgan Uraniborg rasadxonasini qurgan va boshqargan Tixo Brage bu yerda 20 yildan ortiqroq ilmiy kuzatuvlar olib bordi. Observatoriyada Tixo Brage tomonidan konstruksiya qilingan va uning rahbarligida qurilgan zamonasining eng zo’r astranomik asbob uskunalari bor edi.
Yirik astranom bo’lgan Tixo Brage Kopernikning «Osmon jismlarining aylanishi haqida» nomli asari bilan, albatta, tanish bo’lgan. Biroq u olamning geliosentrik tizimiga qarshi bo’lgan. Olam haqida T.Brage o’zining xususiy konsensiyasini ilgari suradi. Bunga ko’ra: «Yer qo’zg’almas, Quyosh esa Yer atrofida aylanadi va boshqa planetalar, Yerdan tashqari, Quyosh atrofida aylanadi».
Shunday qilib T.Bragening olamning tuzilishi haqida ta’limoti Ptolemey va Kopernik tizimi o’rtasidagi qandaydir yo’nalish edi.
Mashhur italyan olimi va shoiri Jordano Bruno (1548- 1600) fanda materialist, sxolastikaning dushmani, ateist va katolisiziga qarshi kurashchi sifatida tanilgan. U Nepol yaqinidagi Nola shahrida tug’iladi. Ota-onasi uni 15 yoshida Neopoldagi muqaddas Dominik monastiri beradi. 10 yilcha monastirda bo’lgan Jordano o’zini toat-ibodatga emas, balki ilm-fanga bag’ishladi va cherkov dokmatikasining dushmaniga aylanib bordi. N. Kopernik qarashlari bilan tanishib, ularning to’g’riligiga ishonch hosil qildi. 1572- yilda Dj.Bruno ruhoniy martabasiga ega bo’ladi, biroq inkvizisiya tomonidan yeretiklikda ayblangan Dj.Bruno avvaliga Shimoliy Italiyaga ketadi, so’ngra Italiyani butunlay tark etadi.
15 yillarcha chet ellarda yurgan Dj. Bruno bu davr mobaynida Tuluza, Parij va Oksford universitetlarida astranomiya va falsafadan dars berib yuradi. Hatto kalvinizmni tanqid qilgani uchun Jenevada turmada ham o’tirib chiqadi.
N.Kopernik ta’limotini yanada rivojlantirgan Dj.Bruno «Olamning chek-chegarasi yo’q degan fikrga kelib, u Yer ham Quyosh ham koinot markazi emas, balki olam san-sanoqsiz yulduzlardan ibrat bo’lib, ularning har biri bizdan uzoqdagi Quyoshdir» deb aytadi. 1592-yilda Dj. Bruno Venesiyalik patrisiy Mochenigo taklifiga ko’ra, uni falsafa va mnemonikaga o’qitish uchun Venesiyaga keladi. Lekin hiyla bilan qo’lga tushirilib inkvizisiya sudiga beriladi. U turmada 8 yilcha yotadi. Birok inkvizitorlar uni o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qila olmadilar. Shundan sung Dj.Bruno 1601 yil 17-fevralda gulxanda kuydiriladi. U qatl kilingan joyda keyinchalik o’rnatilgan haykalga quyidagi so’zlar yozib qo’yilgan: «U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qildi va shu talabi uchun qatl etildi».
Shu tariqa Dj.Bruno kishilar xotirasida o’z qarashlariga sadoqatli, qo’rqmas, yirik olim sifatida saqlanib koldi.
Tixo Bragening izdoshi ajoyib nemis astranom va matematigi bu Iogann Kepler (1571-1630) hisoblanadi. Kepler janubi-garbiy Germaniyadagi uncha katta bo’lmagan Veyl-der-Shtadt shaharchasida kambagal oilada tug’iladi. Butun umr u moddiy kiyinchilikda yashagan. 1588 yil cherkov maktabini tugatgan Kepler Tyubengin universitetiga o’qishga kiradi. Universitet professori matematik va astranom olim M.Mestlin Keplerga alohida etibor berib, uni N.Kopernikning geliosentrik nazariyasi bilan tanishtiradi. Masalaning nozik tomoni shunda ediki, ya’ni M.Mestlin Kopernik ta’limoti tarafdori bo’lsada, biroq talabalarga leksiyalarda o’zi ishonmagan Ptolemeyning giosentrik sistemasi haqida dars berishga majbur edi.
O’qishni tugatgach, universitet rahbariyati Keplerni uzoq Gras hududiga matematika o’qituvchisi sifatida jo’natadi. Bu davrda Kepler «Predvestnik kosmograficheskix issledovaniy, soderjashyey kosmograficheskuyu taynu» nomli birinchi yirik ilmiy asarini yozadi.
1600-yilda Kepler Pragaga keladi va biz yuqorida aytgan yirik astranom olim Tixo Bragega shogird tushadi. 1601 yilda Tixo Brage vafot etgach Kepler ustozining o’rniga imperator Rudolf II saroyi qoshida matematik va astranom olim bo’lib faoliyat ko’rsatadi. 12 yil Pragada yashagan Kepler Tixo Bragening osmon mexanikasi va yulduzlar jadvali ustida olib borgan ulkan ilmiy kuzatuv materiallari ustida ish olib bordi.
Astranomiya fani sohasiga g’oyat katta hissa qo’shgan Kepler fanda uchta gigant olimlar qatorida turadi. 1). N.Kopernik (Kepler tug’ilishidan 28 yil oldin vafot etgan) 2). Galelio Galeley (Keplerning zamondoshi) 3). I.Nyuton (Kepler o’limidan 13 yil keyin tug’ilgan), qaysikim Nyuton Keplerning izlanishlari va qonunlari yordamida «Butun olam tortishish qonunini» yaratdi.
Astranomik kuzatish natijalarini umumlashtirish asosida Kepler Quyoshga nisbatan planetalar harakatining 3 ta qonuniyatini tuzdi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish