Ma’lumki, malakaviy Kurs ishni yoritish o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Biz imkon qadar o’z oldimizga qo’ygan rejalarni uddalashga intildik. Zero, bolalar tarbiyasi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomondan oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan mutlaqo bexabar bo’ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga uning sirlarni o’rganishga intiladilar. Unda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar, maktabda esa o’qituvchilar yaqinda yordam beradilar, ya’ni ular badiiy asarlardan parchalar o’qishni, mazmun va mohiyatini tushunishni o’rganadilar. Badiiy kitoblarning rasmlarini rang-barang harflarini o’qish o’rganishga muvaffaq bo’ladilar. Ulg’ayib ketayotgan yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalashda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ham ahamiyati katta. Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dastur» hamda «Ta’lim to’g’risida» qonunda o’z ifodasini topgan. demak, shunday ekan, tarbiyachilar, murabbiy va o’qituvchi ustozlarning, shoir va adib, olim va adabiyotshunoslarning oldida turgan eng asosiy vazifa yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashdir. Yoshlarda milliy g’urur tushunchasini shakllantirish, tarix sahnasida chaqnagan ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat yulduzlarining asarlarini o’rgatish va shu e’tiqod asosida tarbiyalab voyaga yetkazish muhim ishdir.
Bolalar adabiyoti oz oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, iymon-e’tiqodi butun, bitimi ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani quyganligi bilan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy darsturda, «Ta’lim to’g’risida» qabul qilingan Qonunda ham xuddi ana shu masala ko’ndalang qilib quyilgan. Zotan xalqning bir bo’ladi sanalgan bu yosh avlod sal fursat ichida voyaga etib ulg’ayib qoladi.
Shuning uchun ham bu avlodga alohida e’tibor va hurmat bilan qarash lozim. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chiqir uy-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirish zarur.
Biz o’zimizning mazkur Kurs ishimizda yuqoridagi buyuk ma’suliyatini chuqur anglagan holda boshlang’ich sinflarning 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi»ga kiritilgan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy Adashboyevlar ijodidan namunalardan kiritilgan asarlarni tahlil qilishni lozim topdik.
Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz
A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi.
Darhaqiqat, Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Miraziz A’zam, Tursunboy
Adashboyevlarning asarlarini, she’rlarini dars jarayonida o’qish ishlarini, tahlil qilish, shuningdek, mustaqil o’qish ishlarini tashkil etish o’z e’tibori bilan yangilik sanaladi.
Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Shoir Anvar Obidjon aytganidek:
Obro’yingni baland tutmoq,
E bolam, o’z qo’lingdadir.
Sening olamdagi narxing
Vatan, millat, tilingdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |