Турк адабиёти тарихи


XVI asr turk adabiyotiga umumiy nazar



Download 457 Kb.
bet42/63
Sana11.01.2017
Hajmi457 Kb.
#22
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63

XVI asr turk adabiyotiga umumiy nazar


XVI asr turk mumtoz adabiyotining eng gullagan, yuqori cho‘q­qisiga chiqqan “oltin davri”dir. Bu “oltin davr”da usmonlilar imperiyasi siyosiy, harbiy jihatdan qudratli, uch qit’aga yoyilgan bir davlat edi. Usmonlilarning ulug‘ hukmdorlari ham shu davrda yetishib chiqdi. Imperiya sarhadlari shimolda Rus dashtlariga, Janubda Hind okeaniga, G‘arbda Yunoniston, Sharqda Ajam (arab) ichkarisigacha yetib borgan. Yevropa davlatlari ham turk sultoni bilan hisoblashardi. Davlat siyosiy nufuzining mustahkamligi, albatta ilm-fan, san’at-madaniyat, adabiyot rivojiga zamin yaratdi. Savdo-sotiq ishlari rivojlangan, ko‘plab xorijiy ellardan Istambulga karvonlar oqib kelar, bu o‘z nav­batida xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kuchaytirardi. Diniy, irqiy nizolarga barham berilib, shaharu qishloqlarda osudalik hukm surdi. Istambul adabiyot,milliy madaniyat gullab yashnayotgan shaharga aylandi. Sultonning va beklarning saroylarida ilmiy-adabiy munozaralar uyushtirilar, ijod ahliga e’tibor qilinardi. Istambul, Bursa, Edirna, Manisa, Konya va bosh­qa yirik shaharlarda ko‘plab jome, xonaqoh, madrasa, kutubxona karvonsaroylar qurilib, ajoyib me’morlik yodgorliklari bunyod etildi.

Turk mumtoz she’riyatining eng yorqin yulduzlari Mahmud Abdul Boqiy, Hayoliy, Ruhiy kabi shoirlar ham o‘sha davrning adabiy, madaniy muhiti tufayli yetishib chiqdi. Istambuldagina emas, boshqa yirik shaharlardagi saroy va madrasalarda ham o‘ziga xos adabiy guruhlar to‘plandi. Imperiyaning madaniy markazlari bo‘lmish Istambul, Edirna, Bursa, Konya, Uskup, Diyorbakir shaharlarida adabiy muhit o‘ziga xos tarzda rivojlandi. Endi turk shoirlari forsiy tilda ijod qilgan buyuk shoirlarga emas, Ahmad Posho, Najotiy kabi turkiy tilda ijod qilgan, aytish mumkin bo‘lsa, o‘z vatandosh ustozlari ijodiga ergashib ijod qila boshladilar. Devon she’riyati, asosan, aruz vaznida yaratilgani uchun she’riyatda arab, fors kalimalari nihoyatda ko‘p qo‘llanilardi. Bu davrda she’riyat tilini “turkiylashtirish”ga intilishlar ham shu sabablidir. “Turki basit”, ya’ni sodda xalq turkchasi va xalq tushunadigan majozlarda she’r yozish tarafdorlari ham bor edi. Oydinli Visoliy, Edirneli Nazmiy kabilar. Ammo, bu yo‘nalish tarafdorlari uncha muvaffaqiyatga erisha olmadilar.

XVI yuz yilda tazkirachilik, tarixchilik, masnaviy yozish borasida ham ijobiy siljishlar bo‘ldi. Xalq hikoyalari yo‘lida didaktik asarlar yaratildi. Ishqiy, axloqiy, diniy mavzularda, pand-nasihat, tarixiy voqealarni aks ettiruvchi asarlar, jumladan Ibni Kamolning “Yusuf va Zulayho”, Qora Fazliyning “Gul va Bulbul”, Toshlijali Yahyoning “Xamsa”si yaratildi.

Shaklan murabbaga o‘xshash, ammo sodda tilda, kuyga solib aytish uchun yozilgan, sharqiy nomini olgan she’rlar ham asosan shu davr mahsulidir. XVI asrda “Shaharangiz” janrida Istanbul, Bursa, Edirna, Diyorbakir kabi shaharlarga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar vujudga keldi. Lomiyning Bursa ta’rifi keltirilgan “Shaharangiz”i ayniqsa mashhurdir. Umuman XVI asr­da avvalgi yuz yilliklardagi adabiy yo‘nalish yanada mukammallashib, turk klassik adabiyoti mazmunan ham, shaklan ham ancha bo­yi­di. Bu davrda ko‘plab g‘azalnavis, masnaviynavis shoirlar yetishib chiqib, turk adabiyoti sahifasini yanada bezadilar. Zotiy, Boqiy, Ishoq Chalabiy, Fig‘oniy, Rahmiy, Hayratiy, Lomiy Haq­qoniy, Nazmiy, Shohidiy, Shukriy, Jaloliy, Behishtiy, Sharifiy, G‘azoliy, Shamsiddin Sivasiy, Nihoniy, Hotamiy, Vasfiy, Haylik Bey, Usuliy, Kamol Poshozoda, Bag‘dodli Ruhiy XVI asr turk klassik adabiyotining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridir.



Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish