Beqasam matosini zamonaviy liboslarda qo’llash
Namangan muhandislik-texnologiya instituti YEST fakulteti Dizayn kafedrasi
Tayyorladi:Olimjonova Malika,Sharifiy LayloBegim.
Anotatsiya:Milliy matolarimizning zamonaviy liboslarda tadbiq etish maqsadida,beqasam matosining odatdagindan farqli o’laroq,yangicha ko’rinishda(libosda),yangicha konstruksiyadan foydalangan holda liboslarda qo’llashga harakat qilingan.Bu borada izlanishlar olib borilgan vaqtda yangicha dasturlardan foydalangan holda ya’ni CorelDRAW dasturida beqasam matosidan faktura yaratib libosda qo’llab ko’rildi.Dasturdan foydalangan holda beqasam matosini turli hil kiyim boshlarga,futbolkalarga print-pechat asosida ham liboslar yaratishga harakat qilindi.
Tayanch so’zlar: ip-gazlama,ipak nimshoyi,milliy matolar,adras,atlas, banoras,paripashsha,shoyi va nim shoyi.
O’zbek milliy kiyimlarini tikishda ishlatiladigan asosiy matolarga ip – gazlama , ipak nimshoyi va jun gazlamalar kiradi . Ip gazlama matolarining turlari va navlari juda ham kop . O’tmishda o’lkamizda butun-butun shaxarlar faqat ma’lum bir nav va ranglardagi gazlamani to’qishga ixtissoslashgan edi. Badiiy to’quvchilikning maxalliy maktablari ham mavjud edi .Bularning bari matolarni bo’yash san’atining yuksakligi,mahalliy gazlama to’qish uslublari,ular qo’lidan chiqadigan matolar rang bo’yog’I va gullarining bir-biriga o’xshashligi,nafisligi bilan ajralib turadi.Quyidagi manashuv matolarning ayrimlariga bir-ikki og’iz ta’rif berib o’tamiz:
Beqasam-yo’l-yo’l gazmol bo’lib,undan erkak,ayol va bolalar uchun kundalik kiyiladigan tonlar,ko’rpa-ko’rpachalar tikilgan.
Banoras-beqasamdan rang turlari bilan,farqlanib,undan ayollarning ustki kiyimlari bo’lmish paranji tikilgan.
Paripashsha- beqasamdan qalinroq mato bo’lib,u paranji,shuningdek,cho’pon tikishda ishlatilgan.
Adras-abr iplar bilan gul solingan nimshoyi gazmoldir.Shuningdek,kanovuz,shoyi,xonatlas,guldor kimxop,duxoba kabilar ham keng qo’llaniladi.
Shoyi va nim shoyi-matolar – beqasam ,adras,yakro’yo,katak shoyi,tovlanma shoyi,abr shoyi va h.k. larga turli-tuman gullar solingan.
Tayyorlangan ip gazlamalar:chit,bo’z,kolenkor,xom surpdan tikilgan kiyim kechaklar kiyish rasm bo’ldi.Boy-badavlat kishilar esa kimxob,ipak,atlas,duxoba,rango rang movutlardan kiyim tiktirib kiya boshladilar.
Shunga qaramay,kosiblar dastgohidan chiqqan mahalliy gazlama:mato,bo’z,nim shoyi,gazmol,adras beqasam,podshoi,kimxob,xonatlas katakshoyi kabilarning turli xillariga ham ehtiyoj katta edi.
Markaziy Osiyo gazmollari ishlash va ularga gul solish texnikasi hiyla murakkab ish edi.
Ularga gul-naqsh solishda ikki hil uslub qo’llanilganki,bu esa yo’l-yo’l va abr uslubida to’qilar edi.
Beqasam –beqasam yol – yol gulli pishiq mato; tanda ipi ipak,arqogi ipdan to’qiladi. Arqoq ipi tanda ipidan yo’g’onroq bo’lgani uchun mato yuzasida kondalang chiziqlar (g’adirbudurroq) hosil boladi. To’qish jarayonida arqoq ipi ho’llanib turiladi. Maxsus ishlov berib kudunglangandan so’ng beqasamning bir tarafi atlasdek silliq, bir tarafi tovlanib turadi . Oldindan bo’yalgan tanda iplari ishlatilishi natijasida beqasam guli ikki tomonlama xilma xil va rang barang bo’ladi. O’rta Osiyoning yirik ipakchilik markazlarida ishlab chiqarilgan beqasamlar qalin yupqaligi mato enining tor kengligi , rang xillarining tanlanishi , yo’l –yo’l gullarning tartibi jixatidan bir biridan farq qilgan . Buxoro Samarqand beqasamlarining arqoq ipi yo’g’on mujassamoti markazi oddiy bir me’yorda takrorlanuvchi aniq keng (pushti, sariq,zangori va pushti , binafsha , sariq tusli) yo’llardan , qirg’og’I esa hoshiya yo’llardan iborat . Bundan tashqari , ‘’zanjira’’ gullar va boshqa tasvirlar qo’shib bezatilgan . Mahalliy yorqin koloriti ranglarga boy . Beqasam Buxoro – Samarqant vodiysida olacha nomi bilan ham mashxur. Farg’ona vodiysi beqasamlari yupqa va mayin , chunki arqoq ipi ingichkaroq ;guli, asosan sovuq feruzabinafsha ranglardan iborat ,ko’proq bo’rko’k tusli va turli xil yashil ranglarning bir – biriga mayin o’tishi bilan boshqa beqasamlardan ajralib turadi .Ba’zi an’anaviy gullar (‘’besh kashta’’,’’Bayroq’’) da yashil rangga yorqin pushti rang aralashtirilgan .Qadimda kuyov to’nlariga ishlatilgan Namangan ‘’oq Beqasamlari ‘’, asosan oq, sariq, yashil tusli qilib to’qilgan . Namangan, Marg’ilon Qo’qon to’qimachilik fabrikalarida beqasamning oq , chiviq, olti katak, marmar va boshqa turlari ishlab chiqarilgan . Beqasamdan kiyim ( to’n kamzul, ko’ylak va boshqalar) ko’rpacha va boshqalar tayyorlanadi. Beqasam matosi – xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qo’lda to’qib tayyorlangan to’qimachilik gazlamasidir, O’rta osiyo hududida olacha , ipak , atlas, baxmal ,shoyi va nim - shoyi beqasam, adras, matolar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan . Dastlab gulsiz (sidirg’a)keyinroq soda gulli – hoshiyali, yo’I – yo’l kataklar hosil qilib bezash yo’lga qo’yilgan ;shuningdek abrbandli usulida bo’yab tayyorlangan, bosma qolibda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan . Hozirda O’zbekiston hududidlarining (Buxoro, Marg’ilon Namangan Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Xorazm va boshqalar )da mato tayyorlash markazlari rivojlangan . Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda an’anaviy usullarda tayyorlanayotgan matolar ( adras, atlas, beqasam, shoyiva boshqalar ) an’anaviy nashi va sifati bilan diqqatka sazovor respublika hududida va xorijda ham ushbu matolarga talab katta . O’zbekistonning milliy liboslarini tikishda ishlatilinadidan asosiy matolardandir ……
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,hozirgi takomillashgan davrda turli hil izlanishlar olib borilgan holatda,milliyligimizdan chetlashmagan holda,milliy matolarimizning foydalanilishi qisqarib borayotgan yana bir matolarimizdan biri beqasamni zamonaviy korinishda qo’llashga harakat qilindi.Bundan maqsad esa,milliy matolarimizning hayotga yanada tadbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |