Tadqiqotning ilmiy-nazariy hamda amaliy ahamiyati. Marketing terminlari leksik-semantik, tarixiy-etimologik, sistem-struktur tomondan tadqiq qilinib, terminlarning nominatsion-motivatsion xususiyatlari ochib berilgan; marketing terminologiyasining afzallik va termin tanlashda mavjud g‘alizliklar yoritib berilgan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, bugungi kunda o‘zbek tili leksikasi, terminologiyasida shakllangan va shakllanayotgan yangi, zamonaviy terminologik sistemalarni o‘rganishga bag‘ishlangan keyingi tadqiqotlarga keng yo‘l ochadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiyaning xulosalari va materiallaridan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan “Terminologiya” mutaxassislik fanidan ma’ruzalar tayyorlashda, shuningdek, o‘zbek tili mutaxassislari, marketing sohasi xodimlari foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |