Alijonova durdona farhodjon qizi


I BOB. MARKETING TERMINOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI



Download 193,5 Kb.
bet8/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

I BOB. MARKETING TERMINOLOGIYASINING NAZARIY MASALALARI

1.1-§. Istiqlol davri o‘zbek ilmiy terminologiyasi

Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda tub o‘zgarishlar davrida yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, bir qator leksemalar yangi ma’no kasb etmoqda. Shu bois, leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlarni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Leksikologiyaning eng o‘zgaruvchan sohasi terminologiya bo‘lib, uning rivoji, takomili nafaqat tilshunoslik, balki barcha fan sohalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi5. O‘zbek ilmiy terminologiyasini shakllantirish va uni jiddiy o‘rganish o‘tgan asrning 30-yillarida Oybek, U.Tursunov, S.Jabborov, O.Hoshim, S.Ibrohimov, N.Sayfulmulukov va boshqalarning maqola va risolalari, shu yillarda fanning turli sohalariga doir 30 ga yaqin terminologik lug‘atlarning nashr etilishi bilan boshlangan bo‘lsa-da, 40-50-yillarda bu boradagi ishlar ancha susaydi. 60-yillar oxirida O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutida terminologiya bo‘limining tashkil etilishi bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi. Shu davrdan boshlab, o‘zbek terminologiyasining qayta shakllanishi va rivojlanishi hamda takomillashuvi O.Usmonov, S.Akobirov, R.Doniyorov va ularning shogirdlari faoliyati bilan amalga oshib kelmoqda. Xususan, O.Usmonovning “Internatsional so‘zlar lug‘ati” (1962), “Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati” (1965; R.Doniyorov bilan hamkorlikda), “Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug‘ati” (1976; hamkorlikda) va o‘nlab maqolalari, R.Doniyorov va N.Qosimovlarning texnika terminlari tarixi va ularni tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan monografiya va maqolalari, mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan nashr etilgan “O‘zbek terminologiyasida leksik variantlar”(1986), “O‘zbek tili terminologiyasi va uning taraqqiyot perspektivalari” (1986), “O‘zbek tilida ish yuritish” (1990), “Ish yuritish” (2000) kabi monogarfiya va qo‘llanmalar, 30 ga yaqin fan terminologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan doktorlik va nomzodlik dissrtatsiyalari o‘zbek terminologiyasini rivojlantirishga munosib ulush bo‘lib qo‘shildi.

Fan sohalari bo‘yicha nashr etilgan yuzdan ortiq terminologik lug‘atlarning sifatli chiqishida mazkur bo‘limning, 1988-2004-yillarda faoliyat ko‘rsatgan O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasining, tegishli fan terminologiyalari bilan shug‘ullanib kelgan mutaxassis olimlarning, chunonchi: matematika bo‘yicha T.N.Qoriniyoziy, M.Sobirov, J.Ikromov; fizika bo‘yicha H.Niyoziy, R.X.Mallin, R.Bekjonov; huquqshunoslik bo‘yicha F.Bakirov, G‘.Ahmedov; tilshunoslik bo‘yicha A.Hojiyev va boshqalarning xizmatlari katta6. Termin va terminologiya masalasi umumiy va xususiy tilshunoslikning asosiy masalalaridan biridir. Termin tushunchasi bilan bog‘liq barcha hodisalar lingvistikani ilmiy bilishning har xil sohalari bilangina emas, balki ishlab chiqarish, kundalik ehtiyoj muammolari bilan yaqinlashtiradi. Termin – bu ilm-fan texnika, qishloq xo‘jaligi, san’atga oid tushunchalarning nomini bildiruvchi bir ma’noli so‘z va birikmalardir. Termin grekcha terminos so‘zidan olingan bo‘lib, chek, chegara degan ma’nolarni bildiradi. Terminologiya esa terminlar yig‘indisi va shu terminlarni o‘rganuvchi soha. Tilshunoslikda terminologiya juda ko‘p ishlangan soha bo‘lishiga qaramay, tadqiqotchilar tomonidan terminlarning tasnifi aniq berilmagan, bu masaladagi qarashlar xilma-xil. Masalan, H.A.Jamolxonov o‘zining nomzodlik ishida terminlarni quyidagicha guruhlaydi: “1) asliy terminlar; 2) nisbiy terminlar”7. Olim tomonidan asliy va nisbiy terminlar farqlanar ekan, asliy terminlarga hatto badiiy adabiyotda, so‘zlashuv nutqida, ilmiy adabiyotlarda o‘z vazifasi jihatidan yuksak darajada terminlashgan birliklar ham kiritiladi. Nisbiy terminlar esa past darajada terminlashgan bo‘lib, ma’lum bir ma’no, tushuncha yoki hodisani ifodalashda u to‘liq termin darajasiga borib yetmaydi va umumiste’mol leksika bilan terminologik tizim sarhadida “oraliq uchinchi” maqomini egallaydi8. Tilshunoslikda termin tushunchasiga berilgan ta’riflar ham xilm-xil. Bu hozirgacha terminning mohiyati to‘liq ochib berilmaganligi, shuning uchun unga doir qarashlarda yakdillik mavjud emasligi kabi qator omillar bilan bog‘liq. Masalan, o‘tgan asrning 20-yillarida ayrim olimlar o‘zbek tilidagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy terminlarning turkiy tillarga xos so‘zlar asosida bo‘lishi g‘oyasini ilgari surgan va terminlar tizimida yangi yondashuvni vujudga keltirgan edilar. Xususan, bu borada G‘. Yunusov tomonidan ko‘p ishlar qilindi. U 1926-yilda “Ruscha-o‘zbekcha qisqacha ijtimoiy-siyosiy, huquqiy terminlarni turkiy so‘zlar asosida berishga harakat qildi. Olim o‘z ishida “Temur tuzuklari”ga suyandi va ko‘p huquqiy terminlarni shu kitobdan oldi. Masalan, sud – yorg‘u, guvoh – ayg‘oqchi, kodeks – tuzuk, sudya – yorg‘uchi kabilar9. Lekin ularning ayrimlari so‘zlarning umumiste’moldagi ma’nosiga zid bo‘lganligi sababli ommalashmadi.

Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan bir nechta xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, so‘zlar umumiste’molda qo‘llanadi. Terminlar esa qo‘llash doirsi chegaranlangan bo‘ladi. Terminlar adabiy til me’yorlari doirasidagina qo‘llanadi. So‘zlar esa milliy tilda ham, adabiy tilda ham ishlatilaveradi. Shuningdek, terminlar rasmiylashgan so‘zlar hisoblanib, ular davlat miqyosida ham, dunyo miqyosida ham bir tushunchani ifodalab keladi. Terminlar monosemantik xususiyat kasb etsa, so‘zlarda polisemantik xususiyatlar mavjud bo‘ladi.

Terminlar soha terminlari tizimining bir elementi bo‘lib, har doim bir tizim doirasida qo‘llanadi, so‘zda esa aksincha. Xullas, terminlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, balki zaruriyat tufayli anglangan holda shakllantiriladi va natijada, termin vujudga keladi. Quyida terminga berilgan bir qator ta’riflar bilan tanishamiz:

1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lib, ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, so‘z yoki birikmadir;

2) termin – aniq narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;

3) termin uchun muayyan ta’rif(definitsiya) zarur, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchadan birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni vaqtda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.

4) termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular orasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish va o‘zlashtirish jarayonida qo‘llaniladigan so‘z yoki so‘z birikmasidir. Albatta, bunday ta’riflarni yana keltirish mumkin. Lekin biz yuqoridagilar bilan chegaralandik.

O‘zbek ilmiy terminologiyasi istiqlol yillarida shakllanishi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan ham siyosiy ahamiyat kasb etdi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasi ish boshladi. RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Unda terminologiyaning muhim masalalariga oid maqolalar e’lon qilina boshladi.

Ilmiy terminologiya, asosan, ikki manba: 1) ichki manba – o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida; 2) G‘arbiy Yevropa tillaridan shiddat bilan kirib kelayotgan ko‘pdan ko‘p terminlarning kirishi hisobiga boyib bormoqda. Natijada, o‘zbek tili lug‘aviy qatlamida baynalmilal terminlarning salmog‘i ortmoqda. Ilmiy terminlar ilmiy uslubning birliklaridir. Terminlar ilmiylikning bosh mezoni yanglig‘ aynanlikka ega. Terminlarning muhim xususiyatlari sifatida quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:

1) semantik xususiyat: ixtisoslashganlik, tushuncha bilan aloqadorlik, tushunish darajasida sistemalanganlik, aniqlik, motivlanganlik, bir ma’nolilik, kontekstual mustaqillik;

2) formal xususiyat: ifoda planida sistemalanganlik, invariantlik, qisqalik hamda pragmatik xususiyat ham farqlanadiki, u o‘z ichiga ta’riflanganlik, o‘rnatilganlik kabi xususiyatlarni oladi. Terminlar mana shu qonuniyatlarga to‘g‘ri kelsa terminologiyada g‘alizliklar uchramaydi. Masalan, leybl termini yorliq, belgi ma’nolarini anglatadi. Tovar etiketkasi tushunilib, unda mahsulot ishlab chiqarilgan davlatning nomi yoki maxsus belgisi ko‘rsatiladi. Ushbu terminni yuqoridagi nazariyalardan kelib chiqib, semantik, formal hamda pragmatik xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan deya olishimiz mumkin. Marketing bo‘yicha direktor terminida esa formal xususiyat mavjud emas. Ushbu terminni direktor so‘zi bilan almashtirishning o‘zi maqsadga muvofiq. Ko‘rinadiki, jamiyat ehtiyoji asosida tilimizda turli sohalarga oid ko‘plab terminlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, fanda terminlarga bo‘lgan ilmiy qarashlar mohiyatan yangi tus olib, mazkur tizimning, uni hosil qiluvchi birliklarning yangidan-yangi xususiyatlari ochilmoqda, tavsiflar takomillashib, ilmiy terminologiya rivojlanmoqda.


Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish