Alijonova durdona farhodjon qizi


-§. Marketing terminologiyasida terminlashish, determinlashish, transterminlashish jarayonlari



Download 193,5 Kb.
bet18/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

1.4-§. Marketing terminologiyasida terminlashish, determinlashish, transterminlashish jarayonlari

Ferdinand de Sossyur ta’limotiga ko‘ra til – sistema. Bir-birini taqozo etuvchi birliklardan iborat. Umumiy tilshunoslik bo‘yicha tillarning o‘rganish obyekti kengaysa, xususiy tilshunoslikda ma’lum bir til doirasidagina ish ko‘riladi. Tadqiqot ishimiz esa o‘zbek tiliga doir. Shuningdek, tilshunoslik bir bo‘limi – leksikologiya va uning tarkibiy qatlamida yotuvchi terminologiya bo‘yichadir. Terminologiyaning sohaviy terminologiya yo‘nalishining yangi tarmog‘i – marketing terminologiyasidir. Biz marketing terminlarini tadqiq etish jarayonida sohaga oid terminlarni umumterminologik nazariyalardan kelib chiqqan holda yoritib berishga harakat qildik. Har qaysi tushunchalar tizimiga ma’lum bir umumiste’mol so‘zlar yoki xususiy mohiyatli terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan hamohang ravishda rivojlanib boradi. Terminlar qo‘llanish doirasi chegaralanmagan leksemalardan farqli o‘laroq tor lisoniy guruh tomonidan ma’lum darajada “sun’iy” ravishda joriy etilib, ularning qo‘llanishi ma’lum darajada soha jamoasi tomonidan nazorat ostida bo‘ladi. Terminlarga stixiyalik xos emas. Aksincha, ular anglangan zaruriyat sifatida o‘ylab topiladi ijod qilinadi. Shuningdek, oddiy so‘zdan farqli ravishda terminning ma’nosi kontekstga bog‘liq bo‘lmaydi, muayyan leksema terminologik maydonida qo‘llanar ekan, ayni ma’no qolaveradi. Biroq ko‘p ma’noli terminlarning aniq ma’nosini ajratib olish uchun kontekstning zarurligiga shubha tug‘dirmaydi24.

Terminning semantik yasalishi so‘zning shaklini o‘zgartirmaydi, ammo uning ma’nosi yoki vazifasini tahrir qiladi25. Terminlar hamda qo‘llanilish doirasi chegaralanmagan so‘zlarning bir-biriga o‘tish xususiyati mavjud. Faol qo‘llaniluvchi terminlar vaqt o‘tishi bilan ijtimoiylashuvi natijasida tilning bir qismi bo‘lib qoladi. Mana shuday jarayonlarda ular terminlik sifatini yo‘qotib, nutqiy muloqotga zich kirib boradi. Demak, marketing terminologiyasidan qaysi umumiste’mol so‘zlari terminga aylanganligini ko‘ramiz:

Natijada, bank-moliya terminologiyasini tadqiq etgan olima Shirinova Yekaterina nazariyalaridan kelib chiqib ushbu rejani yoritishda davom etamiz. Olima tomonidan tilning lug‘aviy qatlami ikki guruhga ajratilgan: umumiste’mol so‘zlar va terminlar.26 Olima tomonidan aytilgan fikr yuqoridagi chizmada aksini topgan. Lekin qo‘llanish doirasi chegaralangan leksika tarkiban: dialektizmlar, sotsial chegaralangan so‘zlar, terminlar, neologizmlarni o‘z ichiga oladi.

Demak, terminologiyada mavjud uchta jarayon haqida so‘z yuritamiz: terminlashish – umumiste’mol so‘zlarining terminga aylanishi. V.A.Tatarinova umumiste’mol so‘zning terminologik ma’noda qo‘llanishini terminlashish deb ataydi. Bunday terminlar marketing terminologiyasida salmoqli joy olgan: attor, baqqol, baqqollik mollari, baho, dallol, narx, xaridor, mijoz, sarf, xarajat, daromad kabilar. Masalan, bozor terminini olaylik.

Bozor [ forscha bozor, bozor rastasi ] – 1. Aholi savdo-sotiq qiladigan maxsus joy, maydon. Otang – bozor, onang – bozor27. 2. Shunday joyda savdo-sotiq qilinadigan kun; yakshanba kuni. Bozor kuni dam olishga tog‘ga chiqamiz. Iqtisodiyotda esa sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari. Jahon bozorida o‘zbek paxtasining qiymati salmoqli o‘rin egallaydi. Bozor + chi = bozorchi – 1) bozorda savdo-sotiq qiluvchi savdogar; 2) bozorda yuruvchi, bozorni xush ko‘ruvchi odam. Marketing terminologiyasida bozor inglizcha market so‘ziga tenglashtirilgan. Market deganda, hozirda umumleksik qatlamda oddiy kichik do‘kon tushuniladi. Bozor termini natijasida marketing terminologiyasida 25 ta termin hosil qilingan: bozor bilimdoni (market maven), bozor yetakchisi (market lider), bozor infratuzilmasi, bozor iqtisodiyoti, bozor kommunikatsiyalar siyosati, bozor kuchlari, bozor ko‘rsatkichlari, bozor modelini yaratish, bozor narxi (market price), bozor potensiali, bozor razvedkasi, bozor sustlashuvi (market artisan), bozor xabardorligi (market awareness), bozor ulushi o‘sib borishi qoidasi. Ushbu terminlarning bari inglizcha tarjima mahsuli. Hozirgi kunda terminni kalkalash orqali tarjima qilinib tilga olib kirilyapti. Demak, terminologiyaga bitta umumso‘zning qabul qilinishi orqali 30 ga yaqin termin hosil qilingan.

Transterminlashish terminlarning sohalararo ko‘chib yurishi: bozor, donor, valyuta, veb sahifa, veb sayt, fuziya, muvozanat kabi bir qancha sohalar terminlari marketing terminologiyasida ham qo‘llanadi.

Terminlashish jarayoning zidi – determinlashishdir. Yu.V. Akinin fikricha, terminlar nutqiy jarayonga kirib boradi, natijada, avval neologizm bo‘lgan termin oddiy tushunchaga aylanib qoladi. Market termini hozirda umumleksik birlikka aylangan. Shunigdek, market so‘zi ishtirokida hosil qilingan: minimarket, supermarket, gipermarket kabi do‘kon turini ifodalovchi terminlar ham. Ommaviy axborot vositalari, texnika-texnologiyalar, internet tarmog‘i kabilar orqali ijtimoiy hayotga terminning o‘rnashi, nutqiy muloqotga singishi osonlashadi. Brend, imidj, trend kabi so‘zlar ham hozirda umumleksik qatlamga singish arafasida turgan terminlardir.




Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish